1-maruza. Kirish. Moddiy nuqta kinematikasi


Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika



Download 129,66 Kb.
bet3/8
Sana03.07.2022
Hajmi129,66 Kb.
#736062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MARUZA. KIRISH. MODDIY NUQTA KINEMATIKASI

2. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika.


Fizika bizning eramizdan ilgariroq vujudga kelgan fan, o’sha vaqtda uning tarkibiga xozir ximiya, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar xam kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar darajasida shakillangan. Umuman, fizika va boshqa tabiiy fanlar orasida keskin chegara mavjud emas. Bu so’zlarning dalili sifatida ximiyaviy fizika, geofizika, biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko’rsatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, fizikani barcha tabiiy fanlarning poydevori deb xisoblash mumkin. SHuning uchun xam Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkir olimlarimizning ilmiy meroslarida xam fizikaga oid talaygina original fikrlar topilyapti.
Fizikaning va texnikaning rivojlanishi o’zaro chambars-chars boьliq. Ajoyib fizik kashfyotlar ertami-kechmi texnikada katta o’zgarishlar yasaydi. Masalan, elektromagnit to’lqinlarni tarqatish va qayd qilish, yaoni radioaloqaning ixtiro qilinishi radiotexnikaga xayot baьishladi. Ikkinchi misol, neytronlar va ular taosirida oьir yadrolar bo’linishining kashf qilinishi yadroviy energetikaga asos soldi. O’z navbatida texnika taraqqiyoti fizikaning rivojlanishini raьbatlantiruvchi muxim omildir. Birinchidan, texnika fizika fani oldiga yangi vazifalar qo’yadi. Ikkinchidan fiziklarni yangi materiallar, aniqroq asboblar va qurilmalar bilan taominlaydi. Masalan, xozirgi vaqtda yadroviy tadqiqotlarni zamonaviy texnika taraqqiyotini o’zida mujassamlashtirgan qurilmalar (yadroviy reaktor, sinxrofazotron, yarimo’tkazgichli mikrosxemalar, elektron-xisoblash mashinalar)siz tasavvur qilib bo’lmaydi, albatta.
Fizika fani erishayotgan yutuqlar falsafiy dunyoqarashlarni rivojlantiradi. Masalan, XIX asr oxiri va XX asr boshidagi fizik kashfiyotlar (radioaktivlik, elektron massasining tezlikka boьliq ravishda o’zgarishi, energiya va massaning o’zaro boьliqligi, elektron-pozitron juftining annigilyatsiyasi, nisbiylik nazariyasi va shunga o’xshash) ko’pgina fizik tasavvur va tushunchalardan voz kechishni talab qildi. Bu esa bir qator olimlar tomonidan dunyoni idealistik talqin qilish yo’lidagi baxonalardan biri bo’ldi.
Vaxolanki, fan rivojlanishi bilan tabiatda sodir bo’luvchi xodisalarning moxiyatini anglashda inson bilimi boyib boradi. Tabiiy fanlarga, xususan fizikaga, tugallangan fan deb qarash mumkin emas. Fizika fani uzluksiz rivojlanib boradi, bu rivojlanish jarayonida fizik tushunchalar, qonuniyatlar boyiydi va chuqurlashadi. Materiya tuzilishi xaqidagi birorta xam fizik tasavvurni tugallangan deb xisoblash mumkin emas.
Fizik tasavvurlar oboektiv reallikdan taxminiy nusxa (kopiya) bo’lib, ular ko’pqirrali xaqiqatning ayrim bosqichlarini aks ettiradi.
SHuning uchun dialektik materializm pozitsiyasidan fizika yutuqlariga yondashish “krizis”larni bartaraf qiladi va fanning rivojlanishiga ko’maklashadi. O’z navbatida, fizikaning yutuqlari dialektik materializmning rivojlanishiga kattagina xissa qo’shadi. Bunda akademik S.I.Vavilovning quyidagi so’zlarini eslash o’rinli: “Fizika printsiplari va qonunlarining, asosiy tushunchalari va taoriflari-ning nixoyat keng xarakteri bu fanni falsafa bilan yaqinlashtiradi. Fizika fanning moxiyati xaqidagi aniq tasavvurlarga ega bo’lmasdan turib falsafiy jixatdan maolumotli bo’lish mumkin emas”.
Fizika fanning taraqqiyoti boshqa fanlarning rivojlanishiga xam xissa qo’shayapti. Masalan, ximiya va biologiya fanlarida oxirgi kashfyotlarning aksariyati nazariy va ekspermental fizika metodlariga tayangan xolda amalga oshyapti. SHuning uchun xam S.I. Vavilov fizikani zamonaviy fanning “shtabi” deb atagan. Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot bilan baravar qadam tashlaydigan xar bir injener fizikaning asosiy qonunlariga oid bilimni egallashi shart.



Download 129,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish