1-maruza. Kirish. Moddiy nuqta kinematikasi



Download 129,66 Kb.
bet1/8
Sana03.07.2022
Hajmi129,66 Kb.
#736062
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MARUZA. KIRISH. MODDIY NUQTA KINEMATIKASI

1-MARUZA. Kirish. Moddiy nuqta kinematikasi.


Reja:

  1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, gipoteza, nazariya, amaliyot.

  2. Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika.

  3. Fizikaviy kattaliklar va ularning o’lchov birligi. Fizikaviy birliklarning xalqaro sistemasi.

  4. Mexanik xarakat - materiya xarakatining eng sodda turi.

  5. Materiya, vaqt, fazo tushunchasi, sanoq sistemasi. Moddiy nukta.

  6. Moddiy nuqta kinematikasi: tezlik, tezlanish, normal va tangentsial tezlanishlar.

  7. Aylanma xarakat kinematikasi: burchak tezlik, chiziqli tezlik va ular orasidagi bog’lanish. Burchak tezlanish.

  8. xosila va integrallning fizikaviy masalalarga tadbiqi. Absolyut qattiq jismning erkinlik darajasi.



Tayanch so’z va iboralar: Fizika, materiya, xarakat, fizik qonun va xodisa, tajriba, kuzatish, eksperiment, gipoteza, fizik nazariya, fizik model, fizika va boshqa fanlar, fizika va texnika, fizik kattaliklar, asosiy va qo’shimcha birliklar, xarakat, moddiy nuqta, ko’chish, traektoriya, yo’l, vaqt, tezlik, oniy tezlik, tekis o’zgaruvchan xarakat, tekis egri chiziqli xarakat, tezlanish, oniy tezlanish, normal va tangentsial tezlanish, burchak tezlik va tezlanish.

1. Fizika fani. Fizikaviy tadqiqot usullari, gipoteza, nazariya, amaliyot.


Fizika grekcha «Physis» so’zidan olingan bo’lib, tabiat maonosini bildiradi. Fizika fani boshqa fanlar kabi bizni o’rab olgan moddiy dunyoni-materiyaning oboektiv xossalarini o’rganadi.
Materiya tushunchasi oboektiv reallikni ifodalaydigan falsafiy kategoriya bo’lib, bu oboektiv reallikni inson o’z sezgilari bilan idrok qiladi, undan nusxa oladi va aks ettiradi. Materiya bizni sezgi organlarimizga boьliq bo’lmagan xolda yashaydi.
Materiya ikki ko’rinishda – modda (elementar zarralar -elektron, proton, neytron v. b., atom va molekulalar, ionlar, fizik jismlar) va fizik maydonlar (gravitatsion, kuchli, kuchsiz, elektronmagnit) shaklida bo’ladi.
Fizika materiya xarakatining eng umumiy ko’rinishlarini va ularni bir-biriga aylanishlarini o’rganadi. Masalan, Yer va osmon jismlarining xammasi ximiyaviy jixatdan sodda yoki murakkabligidan qatoiy nazar fizika kashf qilgan butun dunyo tortishish qonuniga bo’ysunadi. xamma tabiatda bo’ladigan jarayonlar fizika aniqlagan qonunga  energiyaning saqlanish qonuniga bo’ysunadi.
Fizika barcha tabiat fanlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tadqiqot uslublarini ishlab chiqadi va zarur asboblar yaratishga imkon beradi. Masalan, mikroskopning biologiya fani taraqqiyotidagi, spektral analizning kimyodagi, rentgen analizning tibbiyot taraqqiyotidagi, teleskopning astronomiyadagi axamiyati kattadir.
Stoletovni fotoeffekt xodisasi ustida olib borgan ishlari xozirgi zamon televideniyasi va avtomatikasining taraqqiyotida keng qo’llanilmokda. Fizika fanining qishloq xo’jaligi maxsulotlari ishlab chiqarishdagi roli xam kattadir. 1778 yili Komov "Dexqonchilik xaqida" degan kitobida shunday deb yozgandi: "Dexqonchilik deyarli boshqa fanlar qatori butun fizika bilan chambarchas boьlikdir, uning o’zi xam amaliy fizikaning bir qismidir". Qishloq xo’jalik o’simliklarining xayot faoliyati jarayonlari o’simlik rivojlanayotgan muxitning fizik sharoitlariga: yoruьlik, issiqlik, temperatura, namlik, bosim va x.k. larga boьliq bo’ladi. Bu sharoitlarni o’rganish fizikaning vazifalaridan biri xisoblanadi.
Fizik qonunlar tajribalardan olingan maolumotlarni umumlashtirish natijasida topiladi. Fizik qonunlar fizik xodisalar orasidagi oboektiv ichki boьlanishni va fizik kattaliklar orasidagi real munosabatlarni ifodalaydi.
Tabiatdagi mavjud jismlarning vaziyatini, xususiyatlarini va xarakatlarini o’rganishda xamda ular bilan boьliq bo’lgan jarayonlarni tasvirlashda qo’yilgan maqsadning moxiyatiga ko’ra fizikada xar xil soddalashtirilgan o’xshatmalardan (modellardan) foydalaniladi, yaoni mavjud oboektlarni ularning ideallashgan nusxasi-modeli bilan almashtiriladi. SHu maqsadda fizikaning mexanika bo’limida moddiy nuqta, mutlaq nuqta (absolyut) qattiq jism, uzluksiz (yaxlit) muxit deb ataladigan mexanikaviy o’xshatmalardan (modellardan) foydalaniladi.
O’rganilayotgan sharoitda geometrik o’lchamlari va shakli xisobga olinmaydigan xamda massasi bir nuqtaga to’plangan deb qaraladigan xar qanday jism moddiy nuqta deb ataladi. Moddiy nuqta tushunchasi ilmiy abstraktsiya xisoblanadi. Bu tushunchani kiritganda biz asosiy eotiborni o’rganilayotgan xodisaning bosh moxiyatini aniqlab beruvchi tomonlarga qaratib, boshqa xususiyatlar (jismning geometrik o’lchamlari, tarkibi, ichki xolati va bu xolatning o’zgarishi kabi xususiyatlar) ni inobatga olmaymiz. Fizika fanida faqat birgina jism o’rganilmasdan bir necha jismlar to’plami xam o’rganiladi. Bu jismlarni moddiy nuqtalar to’plami (tizimi) deb qarash mumkin. Bitta makroskopik jismni xam xayolan mayda bo’lakchalarga bo’lib, bu bo’lakchalarni o’zaro taosirlashuvchi moddiy nuqtalar tizimi (sistemasi) deb tasavvur qilish mumkin.

Download 129,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish