FTU dan nazariy
1-(17-47-61-77) Fizikaviy tadqiqot usullari asosan qaysi kimyoviy muammolarni hal etishda ishlatiladi. 1.Fizikaviy usullaming qo‘llanishi kimyoviy tuzilish nazariyasi, kimyoviy bog'larning karraligi, tuzilish, optic va konformatsion izomeriya, atomlarning koordinatsion soni, molekuladagi ichki aylanishlar va katta amplitudali harakatlar, molekulaning energetik, elektrik va boshqa xarakteristikalari, oraliq mahsulotlar va reaksiya mexanizmlari kabi asosiy muammolarning tadqiqotiga imkon yaratadi. Fizikaviy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar odatda molekula tuzilishi bilan bog'lanadi. Ammo molekulaning geometric tuziiishini aniqlash hali atomlar orasida kimyoviy bog‘lar va ularning fazoviy taqsimlanishi haqida ma’lumot bermaydi. Buning to‘liq yechimini toppish uchun o'rganiladigan molekuladagi bog' uzunliklari, yadrolar orasidagi masofa, kimyoviy tuzilish kabi kattaliklarni bilvosita solishtirish talab etiladi. Ayrim hollarda fizikaviy usullar yordamida olingan ma’lumotlar kimyogarlar oldiga yangi vazifalar qo‘yadi, uning yechimi esa so'zsiz, kimyoviy tuzilish nazariyasining rivojlanishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, bugungi kunda zamonaviy kvant va nazariy kimyoning rivojlanishi uchun olinadigan salmoqli miqdoriy tayanch ma’lumotlar fizikaviy usullar yordamida olinmoqda. Fizikaviy tadqiqot usullarining keng qo'llanishiularning rivojlanishiga omil bo'ladi, tadqiqot qilib topiladigan parametrlarning aniqligi va texnik darajasini oshiradi. Bu usullar rivojlanishining muhim an’anasi ulardan kompleks usulda foydalanishdir. Olimlar bu maqsadda eng ko‘pI IQ-,UB-,YaMR-,EPRspektroskopiyasi va mass-spektrometriya usullaridan foydalanishadi. Turli usullarning integratsiyasi o'rganiladigan namuna fizik parametrlarini aniqlash imkoniyatini keskin oshiradi. Kimyoviy element va birikmalarning reaksion qobiliyati va ularning miqdoriy xarakteristikasiga kvant kimyosining keying bosqichlardagi rivojlanishi keng imkoniyat yaratdi. Hozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yo‘nalish bo'lib, o'zining muammolarini fizikaviy-matematik apparat yordamida yechadi. Kimyo fani nazariy asosining yaratilishi uning amaliy imkoniyatini rivojlantirdi va kimyo yutuqlarini ilmiy bashorat qilishga olib keldi. Shunday katta afzallikka ega yangi usullardan chiziqli bo'lmagan optica asta-sekin kimyoviy tadqiqotlarning engin fonnativ, muhim usullaridan biriga aylandi. Kimyo sohasi bo'yicha yetishib chiqayotgan yosh mutaxassislar zamonaviy fizik tadqiqot usullari haqida yetarli bilimga ega bo'lishi kerak. Moddalarning tuzilishi va reaksion qobiliyatini o‘rganishda fizikaviy tadqiqot usullari juda qimmatli va muhim ma'lumotlarni beradi. Fizikaviy tadqiqot usullari molekulaning tuzilishi, stereokimyosi va fizikaviy kattaliklarini aniqlashda kompleks ravishda ishlatiladi va bu usullar bir-birini to'ldiradi. Kimyo fanining sifat va miqdoriy analitik usullari XVIII asrda yaratilgan bo'Isa ham, ular XIX asrda fizikaviy kimyo tarmoqlaridan elektrokimyo va termokimyo usullari bilan boyidilar .Ammo bularning barchasi XX asrda kimyo taraqqiyoti uchun progressive о'rin egallash imkoniyatini bermadi. XIX asr oxirlarida kimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirishda fizika fani o'zining spectral optic usullarini qo‘llab yangi inqilobiy bosqich yaratdi. XX asrdagi kimyo fani keskin yuksalishining asosiy omillaridan biri zamonaviy fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot(UB-,IQ-,YaMR-, EPR spektroskopiyasi, rentgen-spektral, roentgen faza varent gen strukturaviy analiz, mass spektrometriya, nishonlangan atomlar usuli, aktivatsion analiz, magnit kimyoviy) usullarining yaratilishidir. Zamonaviy tadqiqot usullarining kimyoda qo'llanilishi kimyoviy moddalarning aniq tarkibini hisoblash emas, balki juda murakkab tuzilishga ega birikmalarning nozik molekulyar strukturasini isbotlash, kimyoviy reaksiya jarayoni yo'nalishiga har xil faktorlarning ta’sirini o'rganish imkoniyatini yaratib berdi.
Fizikaviy tadqiqot usullarining nazariy asoslari va ishlatilish imkoniyatlariga qarab quyidagi turkumlarga bo'lish mumkin: *optic spektroskopiya;
•radio spektroskopiya;
•-difraksion analiz usullari;
'~ionizasion usullar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |