O‘lchash priborining sezgirligi - o‘lchash vositasini chiqishidagi signal o‘zgarishining shunga keltirgan o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishiga nisbati. Masalan,o‘lchamni 0,5 mkm ga o‘zgarishi pribor ko‘rsatkichini 1 mm ga siljishiga keltirsa sezgirlik 1000:0,5=2000 bo‘ladi.
O‘lchash vositalarini ko‘p turlariga, joiz xatoliklarga va o‘lchash aniqligiga ta’sir qiluvchi boshqa xususiyatlarga bog‘liq holda, muvofiq aniqlik klasslari beriladi.
Aniq ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va mashinalar sifatini oshirish uchun o‘lchash vositalari aniqligini, unumdorligini va ishonchliligini oshirish kerak, ularni to‘g‘ri ishlatish va ekspluatatsiya davrida sistematik ravishda tekshirib sozlab turish kerak. YUqori aniqlikda mahsulot ishlaydigan korxonalarda o‘lchashlar aniqligini ta’minlash uchun maxsus metrologik markazlar tashkil qilinadi. Bu markazlar alohida fundamentda joylashgan termokonstant binolar bo‘lib, ularda talab qilingan o‘lchash aniqligiga qarab 20 0,15 - 20 0,5 gradus temperatura saklanadi. O‘lchash vositalari xatoliklarini kamaytirish uchun ular loyihalanganda Abbe (komparator) prinsipi bajarilishi kerak, ya’ni pribor shkalasining o‘qi bilan o‘lchanayotgan o‘lcham bir chiziqda bo‘lishi kerak.
Uzunlik va burchak o‘lchovlari.
Uzunlik o‘lchovlari shtrixli va uch o‘lchovlariga bo‘linadi. SHtrixli o‘lchovlar etalonlar, namunaviy va ishchi o‘lchovlar sifatida ishlatiladi ham qo‘pol o‘lchashlar asboblarida ishlatiladi. YAssi-parallel uch o‘lchovlari mashinasozlikdagi xozirgi zamon chiziqli o‘lchashlarning asosini tashkil qiladi. Ular o‘lchamni uzunlik birligini ishchi etalondan mahsulotga qadar uzatish uchun ishlatiladi. O‘lchash vositalarini nolga sozlash, o‘lchash asboblar aniqligini tekshirish va shkalalarini belgilash, o‘ta aniq yig‘ish ishlari uchun va boshqa maqsadlarda foydalanadilar.
Bu o‘lchovlar parallepiped ko‘rinishida toblangan po‘lat yoki qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Ikkita parallel ishchi sirtlari jilvirlanadi va me’yoriga etkaziladi.
Uch o‘lchovlarini bir birini ustidan bosib surganda ular ishqalanib yopishish xususiyatiga ega. SHuning uchun bulardan xar xil o‘lchamlardagi bloklar yig‘ish mumkin.
Uch o‘lchovlari 83, 112 donalik va b. to‘plamlar ko‘rinishida ishlab chiqiladi.
Bu to‘plamlar ixtiyoriy o‘lchamni minimal sondagi o‘lchovlardan yig‘ish imkoniyatini beradi. O‘lchov nominal o‘lchami yon tomoniga, o‘lchami 5,5 mm dan kichik o‘lchovlarda ishchi sirtiga tamg‘alanadi.
Ishlab chiqish aniqligi bo‘yicha uch o‘lchovlari 4 klassga (0,1,2,3) bo‘linadi. Foydalanishdagi o‘lchovlar uchun qo‘shimcha 4 va 5 klasslar ham kiritilgan. O‘lchovlar o‘lchamlarini attestatsiya qilish chekli xatoliklariga qarab ular 5 razryadga (1 dan 5 gacha) bo‘linadi. Foydalanganda o‘lchov o‘lchami sifatida uni attestatida ko‘rsatilgan xaqiqiy o‘lchami qabul qilinadi.
Burchak o‘lchovlari prizmalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Bular yassi burchak birligini aniqlash va uzatish, burchak o‘lchash priborlarini va shablonlarini tekshirish va shkalalarini belgilash ham mahsulotlar burchaklarini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu o‘lchovlar 10, 1011, 11, 3011 farq qiluvchi burchaklar yig‘ish imkoniyatini beruvchi to‘plamlar yoki alohida o‘lchovlar ko‘rinishida ishlab chiqiladi. Burchak o‘lchovlari 3 aniqlik klassiga bo‘linadi:
0 - ishchi burchaklar xatoliklari ± 311 dan ± 511 gacha;
chekli xatoliklari ± 1011 gacha;
chekli xatoliklari ± 3011 gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |