1-MA’RUZA
Kirish. Metrologiya asoslari.
Reja:
Kirish.
Metrologiya to‘g‘risida.
O‘lchash vositalarini asosiy metrologik ko‘rsatkichlari
Uzunlik va burchak o‘lchovlari.
Universal o‘lchash vositalari.
Nazorat shaklini va o‘lchash vositalarini tanlash
Kirish.
Mashinasozlik va priborsozlikdagi texnik taraqqiyot templarining tezlanishi
bu sohalarda aniqlik va o‘zaroalmashinish ahamiyatining oshishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarilayotgan mashina va priborlarning sifati bilan ishlash samaradorligi esa bularning ishlab chiqarish aniqligiga hamda texnikaviy o‘lchashlar yordamida sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilishga bevosita bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini oshirish va dunyo bozorida rakobatbardoshligini ta’minlash xalq xo‘jaligi oldida turgan asosiy masala ekanligi ta’kidlangan. SHu munosabatda, ishlab chiqarish vositalarini yaratuvchilar sifatida, mashinasozlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi.
Konstruktorlik va texnologik ish bilan shug‘ullanuvchi xar bir injener xozirgi kunda mavjud bo‘lgan standartlashtirish, dopusklar va o‘tkazishlar tizimlarini yaxshi bilishi, ularni tuzilish prinsiplari va ishlatish uslublari bilan yaqindan tanish bo‘lishi kerak. Konstruktor o‘lchamlarni nazorat qilish usullarini va vositalarini yaxshi bilmasligi u noreal, ishlab chiqarishda nazorat qilib bo‘lmaydigan og‘ishlarni kiritishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dopusklar va o‘tkazishlar sohasidagi bilimlar mashinasozlikdagi injener-texnologlar uchun ulardan ham zarur, chunki texnologik jarayonlarni loyihalayotib, ishlov berish operatsiyalari bilan bir qatorda zamonaviy talablarga javob beradigan o‘lchash usullari va vositalari bilan bajariladigan nazorat qilish operatsiyalarini ham nazarda tutishi kerak.
SHu bilan birga xozirgi zamon konstruktorlari va texnologlari standartlashtirishni ilmiy asoslarini, standartlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbik qilish usullarini ham bilishlari zarur. SHunisi muhimki, bu bilimlarni barchasi yosh injenerlarni mustaqil ish boshlashinining birinchi kunlaridan zarur bo‘ladi. Demak metrologiya, standartlash va o‘zaroalmashinish sohasidagi mustahkam bilimlar va muayyan ko‘nikmalar mashinasozlik sohasidagi mutaxassislar tayyorgarligini ajralmas tarkibiy qismi ekan degan hulosa qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |