1. Korxonani modernizatyalashtirishda lizing uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari



Download 0,84 Mb.
bet1/6
Sana09.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#766954
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs iwi korxona i.umida


Mavzu: Korxonani modernizatsiyalashda
lizingning. o‘rni
M U N D A R I J A

K i r i sh ........


1.Korxonani modernizatyalashtirishda lizing uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari.......................................................................................................... 2.Lizing ob’ekti va sub’ektlari. Lizing shartnomalari: mohiyati, tarkibi va subektlarning huquq va majburiyatlari ......................

3. Kichik korxonalarda lizing munosabatlarni yuritish muammolari, imkoniyat va istiqbollari..................................................................


4. Buxoro viloyati “baraka” kichik korxonasida lizing munosabatlarini qo‘llanilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.....................

Xulosa va takliflar...........................................................................................


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ..................................................................


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining o‘rnatila boshlanganligi va taraqqiy qilishi, ancha eskirgan ishlab chiqarish moddiy texnika bazasini rekonstruksiya qilish zaruratini yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish bazasidan amalda tadbirkorlik faoliyatining bir shakli sifatida lizing yuzaga keldi.
Lizing ilmiy – texnik taraqqiyotning talablariga, xususiy, guruhiy, ijtimoiy, manfaatlarning talablariga mos keladi. Moliyaviy kamchiliklar davrida korxonalarning yangi, zamonaviy va mukammal texnologiya, mashina hamda uskunalardan chetlab ketmasligini ta’minlaydi.
Lizing tadbirkorlikda yangi, ancha keng rag‘bat tizimini shakllantiradi. U g‘oyalar va ishbilarmonlik uchun moddiy va moliyaviy, shuningdek, mehnat resurslarini samarali ishlatish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Har bir ishlovchiga o‘z ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egasiga aylanish imkonini beradi.
Lizing munosabatlarining jozibadorligi shundaki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatida katta cheklangan kapitalga ega bo‘lib turib ham, shaxsiy – xususiy faoliyatini boshlash yoki mustahkamlash imkonini beradi.
Tadbirkorlikning lizing shaklini afzallik jihatlari keng bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston xalq xo‘jaligida bu faoliyat juda sekinlik bilan tadbiq etilmoqda. Ishlab chiqarishda ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini unumli ishlatish imkonini beruvchi yuqori samarali va o‘zgaruvchan investitsion vosita sifatida lizingning moliyaviy imkoniyatlarini mamlakatda yaratilgan normativ baza sharoitida realizatsiya qilinishining umumiy lizing biznesi va iqtisodiy mexanizmi tizimida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
“Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi.” 1deb ta’kidlaydi o‘z nutqida muhtaram yurtboshimiz I. A. Karimov.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolari yechimiga qaratilgan ishlar qatorida S.Abramov, V.Zolotogorov, V.Kovalev, D.Morozov, V.Cherkasov va boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolariga bag‘ishlangan masalalar I.Karimov asarlarida, shuningdek, A.Vahobov, Yo.Abdullaev, M.Angelidi, M.Sharifxo‘jaev, D.G‘ozibekov, N.Karimov, H.Jamolov, F.Dodiev va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan.
O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik bilan shugg‘ullanuvchilar uchun lizingning mohiyati, afzallik jihatlari, uning o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni shakllantirish va rivojlantirish davrida iqtisodiyotga beradigan yordami to‘g‘risida ma’lumot berishdir. Ishda ko‘riladigan masalalar o‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda dolzarb va kundalik muammodir. CHunki milliy iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning eng asosiy yonalishlaridan biri sifatida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish tanlab olindi. Lizing munosabatlarini rivojlantirish ayniqsa engil va oziq – ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Birinchidan, xo‘jalik faoliyatini intensivlashtirish uchun, ya’ni ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash, zamonaviy darajada mahsulotni sifatli, iste’molga yaroqli darajada ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish;
Ikkinchidan, xom ashyoni, tayyor mahsulotni qayta ishlash jarayonini birgalikda amalga oshirishni ta’minlash uchun lozim bo‘ladi. Bu qishloq xo’jalik korxonalarida xo‘jaliklarni sut – go‘sht, meva – sabzavot mahsulotlarini ishlov berish, shuningdek, ularni saqlash bo‘yicha zarur mukammal texnologiya bilan jihozlanishini anglatadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish