Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda fuqarolar muhofazasini samarali yuritish asoslari



Download 21,15 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi21,15 Kb.
#47970
Bog'liq
maqola dostonjon


Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda fuqarolar muhofazasini samarali yuritish asoslari

"Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek,

har bir mintaqaning o'z xususiyatlari, o'z tahdid

manbaalali va xavfsizlikni saqlash omillari bor".

I.A.Karimov

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan izchil islohotlar, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning jadal rivoji, ulkan bunyodkorlik ishlari samarasi o‘laroq shahar-u qishloqlarimiz butkul yangilanib, obodlikka yuz tutdi. Xalqimiz turmush farovonligi yuksaldi. Binobarin, mustaqil O’zbekistonimiz o‘zining taraqqiyot strategiyasida inson va uning manfaatlari ustuvorligidan kelib chiqib, birinchi navbatda, fuqarolarimiz muhofazasini, ularning tinchlik, omonlikda munosib hamda baxtli hayot kechirishdek oliy huquqini yuksak darajada ta’minlamoqda. Xususan, o‘tgan chorak asrda yurtimiz aholisini va hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishga yo‘naltirilgan tizim qayta isloh qilindi, bosqichma-bosqich takomillashtirildi. Bugungi kunda barcha jabhada erishayotgan zalvorli yutuqlarimiz qatorida, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilg‘or yondashuv xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani bejiz emas. Uning zamirida chuqur o‘ylangan islohotlar, tizimli moddiy-texnika ta’minotini zamonaviy ilm-fan yutuqlariga hamohang ravishda rivojlantirishga, pirovardida aholi hayoti va salomatligini asrashga berilayotgan yuksak e’tibor hamda g‘amxo‘rlik mujassamdir. Yer yuzida kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishlari, insoniyatning tabiatga salbiy ta’siri oqibatida ko‘payib borayotgan ekologik muammolar, ba’zi mintaqalardagi epidemiologik beqarorlik har bir davlat oldiga fuqarolar muhofazasiga doir muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Insoniyat tarixida texnikaning rivoji ortib borar ekan, tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi, bu texnikalar insonga katta foyda keltirish bilan birga ba’zida fuqarolar va ularning muntazam ishlashlari uchun xalaqit qiladigan zararli oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Bunday holatlarda har bir davlatning bosh maqsadi o‘z fuqarolari xavfsizligini ta‘minlash bo‘lganligi sababli, sayyoramizda ro’y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xaarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofatlar ko’lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni ta’minlash o’ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.

Favqulodda vaziyat­ — bu muayyan hududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi, odamlar sog’lig’i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizotiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir. Fuqaro muhofazasi esa umumdavlat himoyalash vazifasi bo`lib, uning maqsadi barcha aholini, ishlab chiqarish korxonalari, jamoa xo`jaliklarini, o`simliklarni, oziq-ovqat mahsulotlarini, ichimlik suv manbalarini, barcha boylik manbalarining eng muhimi fuqarolarning hayotini har qanaqa xavf-xatardan asrash, hayot izmini eng og`ir vaziyatda ham ushlash kabi oilyjanob vazifalarni bajarishni o`z oldiga maqsad etib qo`yadi. Tabiiy ofatlarda va urushning og`ir oqibatlaridan vujudga kelgan vaziyatni yo`qotish, eng muhimi, tez sanitariya yordami, qutqarish ishlarini ommaviy bajarishni tinchlik davrida aniq rejalashtirib, yuzaga kelgan oqibatni tugatish asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shuning uchun, favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning har tomonlama omillarida alohida o‘rin tutadigan uslub-bu, albatta, fuqarolarni o‘z vaqtida ogohlantirishdir. Fuqarolar ogihlantirilganidan so‘ng fuqarolar xavfsizligini ta‘minlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshirilishi shart. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: "Fuqaro mudofaasi birinchidan, faqat xabardor qilish bilan shugʻullanib qolmay, balki ilmiy maʼlumotlardan, tarixiy tajribalardan, gidrometeomarkaz axborotlaridan, Oʻzbekiston hududining geologik oʻziga xos tomonlaridan foydalangan holda favqulodda vaziyatlarni bashorat qila olishlari, odamlar xavfsizligini taʼminlash va obyektlar barqarorligini oshirish borasida tavsiyalar berishlari darkor. Ikkinchidan, fuqaro mudofaasi tashkilotlarining koʻrsatmalari barcha vazirliklar, boshqarmalar, mahalliy hokimiyat tizimlari, fuqarolar tomonidan bekam-u koʻst bajarilishi lozim. Uchinchidan, fuqaro mudofaasi tizimlari faqat koʻrsatmalar berish bilan chegaralanib qolmay, balki harbiylar sifatida rahbarlarni, fuqarolarni taklif etilgan muhandislik-texnik va profilaktik tadbirlarni bajarishga majbur etishlari va ushbu ishlarni tashkil etishlari lozim. Fuqaro muhofazasining maqomi va roli o’z o’rniga to’g’ri qo’yilishi zarur. Bu bo’limlarda o’z kasbining ustalari ishlashlari kerak".

Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, o’tgan asrning 60-yillarida dunyo aholisining 1,6 foizi, 80-yillarda esa 3,5 foizi favqulodda vaziyatlardan aziyat chekkan bo’lsa, oxirgi yigirma yil ichida dunyoda favqulodda vaziyatlar tufayli 600 ming nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, tabiiy ofat, texnogen va ekologik xususiyatli talafotlardan jabr ko‘rgan hamda boshpanasiz qolgan insonlar esa 4 milliard nafardan ortiqni tashkil qilgan. Albatta, bu statistik ma’lumotlarning barchasida birinchi navbatta inson omili bo’ganligi va bu ko’rsatkichning yildan-yildan o’sib borishi kuzatilayotganligi sababli, buni daxshatli ko’rsatkich deb aytishimiz mumkin. Shu sababli, favqulodda vaziyatlarlar sonini, ulardan fuqarolarga va fuqarolarning faoliyatiga yetadigan zararlarning ko’lamini kamaytirish uchun nafaqat butun dunyoda, balki bizning yurtimizda ham ko’pgina islohotlar va dasturlar amalga oshirilayapti. Buning amaliy natijasini mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mo'tadil hayot faoliyatini ta'minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun O'zbekiston hukumati tomonidan 1991-yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirilganida, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil 4-martdagi Farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O'zbekiston Rcspublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi(FVV) tashkil qilinganligida, ko’plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qaror va farmoyishlar qabul qilinganligida va shu bilan birga, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASIda ham fuqorolar xavfsizligi masalalari keltirilganligida ko’rishimiz mumkin. HARAKATLAR STRATEGIYASIning xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaromanfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlari haqidagi V bo’limida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomuillashtirish masalalari keltirib o’tilgan.



Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joiz-ki, yurtimizda favqulodda vaziyatlar oldini olish, ulardan keladigan zararlar ko’lamini kamaytirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarning amaliy ijro etilishida nafaqat, davlat organlari va mansabdor shaxslar, balki fuqarolar ham o’zining beminnat yordamini xavfsizlik qoidalariga to’liq amal qilgan holda ko’rsatishi kerak.
Download 21,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish