1.2. LIZING OB’EKTI VA SUB’EKTLARI.
Lizing predmeti sifatida har qanday istemol qilinmaydigan buyumlar kochuvchi va kochmas mulklar, jumladan, korxona va boshqa mulkiy majmualar, bino va inshootlar, uskunalar, transport vositalari lizing oluvchilar tomonidan ularning tadbirkorlik faoliayatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa kochadigan yoki kochmaydigan mulklar ishtirok etadi.
Lizingning eng asosiy sharti shundaki, lizing uchun beriladigan obyektlar faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalanilishi shart. Lizing predmeti sifatida tan olinadigan mulkning yana bir xususiyati shundaki, ishlab chiqaish jarayonida oz moddiy xususiyatlarini yoqotmaydi.
YAni lizing muddati tugaguncha predmet sotish uchun yoki yana ijraga berish uchun yaroqli bolishi kerak. Bunday talabga korxonaning asosiy ishlab chiqarish vositalari javob berishi kerak. Amalda lizing uchun qimmatbaho mashinalar, stanoklar, uskunalar, qurilish va yol texnikasi, avtomobillar, dengiz va daryo kemalari, samolyot, vertolyotlar, hisoblash texnikasi, traktor, kombaynlar, bino inshootlar, manaviy eskirish tempi yuqori bolgan texnologik asboblar beriladi.
Klassik lizing munosabatlari unda uch tomonning ishtirok etishini kozda tutadi.
Lizing beruvchi
Lizing oluvchi
Mulkni lizing predmetini sotuvchi.
Lizing operatsiyasining mohiyati quyidagicha :
oz moliyaviy vositasiga ega bolmagan, bolajak lizing oluvchi lizing xizmati korsatadigan tashkilotga lizing kelishuvini tuzish togrisidagi taklif bilan murojaat etadi. Bu kelishuvga kora, lizing oluvchi ehtiyoj sezilayotgan mulkka bolgan sotuvchini tanlaydi, lizing beruvchi esa, uni oz mulki sifatida ozlashtiradi va lizing oluvchiga qisman tolov sharti bilan malum muddatga foydalanish uchun beradi.
7 chizmada Lizing munosabatlari ishtirokchilarini klassifikatsiyasi
SHartnoma tugagach, uning shartlaridan bogliq holda mulk lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchi egaligiga otkaziladi.
Lizing togrisidagi qonunda qayt etilganidek, lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir. Lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini, lizing shartnomasi shartlarida hamda qonun hujjatlarida talablariga muvofiq nazorat qilish;
Lizing beruvchi lizing shartnomasi boyicha mol mulkni olish va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;
Lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uni sotuvchisini tanlash;
Qonun hujjatlarida hamda lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini olib qoyish;
Lizing oluvchi uchun mol mulk olayotganda mol mulk muayyan shaxsga lizingga berishga moljallanganligini sotuvchiga malum qilish;
Lizing obyektini agar, shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bolsa, saqlab turish, tamirlash, va uni texnik xizmat korsatish boyicha lizing oluvchi oldida oz vaqtida va toliq hajmda bajarish shart;
Lizing beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bolishi va oz majburiyatlarini bajarishi mumkin.
Oz navbatida lizing oluvchi:
lizing obektini qabul qilib olishi va undan lozim bolgan darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
lizing tolovlarini oz vaqtida tolab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bolsa, lizing obyektini lizing beruvchidan
day holatda olgan bolsa, shunday holatda, normal eskirishi va tomonlarning kelishuvida shartlashilgan ozgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart.
lizing oluvchining lizing obektini tamirlash va unga texnik xizmat korsatishga doir huquqi va majburiyatlari sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.
Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlariga ega bolishi va ozga majburiyatlarini bajarishi mumkin.
Tabiiy mulkni lizingga berish huquqiga mulk egalari yoki ularning vakillari egadirlar. Bunda taminotchi sifatida oldindan tanlangan uskunalar, ehtiyot qismlar va firma xizmatlarini kafolatli etkazishni taminlaydigan firmalar qatnashishlari ancha keng qollaniladi.
Taminotchi va lizing beruvchi sifatida bir shaxsning ozi qatnashsa, lizing kelishuvlari va ishtirochilari minimum ikki shaxsga qisqaradi. Bunday holda lizing operatsiyalarini mashina uskunalarini tayyorlovchi korxonaning maxsus filiallari yoki uning oz tovarlarini bozorda lizing asosida harakatlanishi bilan shugullanuvchi maxsus bolimlari amalga oshiradilar.
Hozirgi kunda lizingga beriladigan mahsulot noz nematlar ishlab chiqaruvchilar barcha afzalliklarga va boshlangich manba sifatida kafolatlarga ega. Faqat ayrim sabablarga kora doimiy istemolchilar bilan aloqa qila olmaydilar. Bu sabablar tarkibida quyidagilar mavjud:
ishlab chiqaruvchilarning kopgina regionlarda ancha uzoqroqda joylashganligi;
mulklarni etkazishda transport xarajatlarining ancha kattaligi keyinchalik bu xarajatlarga ehtijot qismlarini etkazish sarflari ham qoshilishi;
ananaviy regional (hozirgi kunda xalqaro ) aloqalarni uzilishi;
bu bilan bogliq holda bojxona tosiqlarini valyuta operatsiyalarida cheklanishlarning paydo bolayotganligi, ayniqsa, valyuta konvertatsiyasi bilan bogliq muammolar;
Bularning barchasi tabiiyki, kopgina ishlab chiqaruvchilarni ularning bevosita istemolchilardan ajratadi va ishlab chiqaruvchilarning istemolchilar bilan togridan togri lizing operatsiyalarini samarali otkazishda tosiq boladi.
Lizing biznesi doirasida faoliyat yurituvchi investor sifatida davlat hududida har qanday jismoniy shaxs, shuningdek, lizing kelishuvini amalga oshirishda moliyaviy mablaglarini taklif qila oladigan shaxs bolib, u xorijiy mamlakat hududida rasmiylashtirilgan bolishi shart.
Sugurta qiluvchilar ham juda zarur hisoblanadilar. Sugurta qiluvchilar lizing munosabatlarini amalga oshirishda sugurta ishlarini yuritish huquqiga ega bolgan tijorat tashkilotlari yoki yuridik shaxslardir. Lizing munosabatlarida tavakkalchilik bolishini inobatga olgan holda, sugurta qiluvchilardan tashqari lizing majburiyatlarini kafolatlovchi shaxslar ham talab qilinadi.
Kafolatlovchi mazkur davlar hududiga har qanday tashkiliy huquqiy shaklda rasmiylashtirilgan jismoniy shaxs, shuningdek, xorijiy davlat hududida rasmiylashtirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs bolib, kreditorga (investor yoki lizing beruvchiga) qarzdor (lizing beruvchi yoki lizing oluvchi)dan undirilishi lozim bolgan summani berishi uchnu majburiyatlarni oz zimmasiga olish imkoniyatini beradi. Lizing xizmatlarini butun majmuasi bilan qoida boyicha investitsiyalash uchun zarur vositalarga ega bolgan ixtisoslashgan maxsus kompaniyalar shugullanadilar. Lizing kompaniyalar (firmalar) lizing munosabatlarining boshqa subyektlari singari, tijorat tashkilotlari Ozbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari hisoblanishadi. Lizing kompaniyalari lizing faoliyatini amalga oshirish uchun har qanday yuridik va jismoniy shaxslardan mablaglar jalb qilish huquqiga ega. Lizing kompaniyalari taklif qiladigan xizmatlar tolaligi va sohasi turlicha boladi. Lizing xizmatlari korsatishga ixtisoslashgan kompaniya va firmalar texnika va sanoat uskunalari, transport vositalarining konkret tipi bilan shugullanadilar va ular lizingga ixtisoslashadilar.
Ular ijarachi yoki ijaraga beruvchi amalga oshiradigan funksiyalarning ayrimlarigagina ixtisoslashadilar (masalan, yangi mashina va uskunalar xaridi, qolib ketgan mashina va uskunalar xaridi hamda ularni sotish, mashinalarga texnik xizmat korsatish, va boshqalarga). Bunday firmalar oz zimmlariga mijozlarning mashina va uskunalarini manaviy eskirishi xataridan himoya qilish, buxgalteriya hisobini yuritish, mashina va uskunalarni samarali ishlatish masalalari boyicha konsultatsion faoliyat korsatish majburiyatlarini oladilar.
Moliyaviy lizing kompaniyalari bank vazifalariga oxshash funksiyalarni oz zimmalariga oladilar. Ular ijarachiga yetmayotgan moliyaviy mablaglarni taklif qiladilar. Bunday firmalar odatda uzoq muddatga xizmat qiladigan mashina va uskunalar, shuningdek, kochmas mulkning ayrim turlarining lizinggi bilan shugullanadilar.
Brokerlar lizing firmalari lizing operatsiyasini moliyalashtira oladigan bank, lizing firmasi, ishlab chiqaruvchi va potensial ijarachini izlash va axborot bilan taminlash kabilar bilan shugullanadilar.
Brokerlik firmalari xizmatlari turlicha boladi. Bazida brokerlik firmasi qandaydir mashina va uskunalar ishlab chiqarishning agenti bolib, kompleksion tolov asosida daromad oladi. Ijarachi buyurtmasi asosida ishlaydilar. Lizing boyicha eng maqbul yolni izlaydilar va ijara bilan lizing beruvchi ortasida lizing shartnomasi tuzishga yordam beradi. Bundan brokerlik firmasi ijarachidan mukofot oladi.
Lizing munosabatlari subektlarning oziga xos asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, ular faqat ayrim holatlardagina mustaqil holda yani, boshqa kompaniyalardan alohidalashgan holda faoliyat korsatadilar.
Asosan ular yirik sanoat korporatsiyalar, savdo kompaniyalarining filiallari hisoblanadilar.
Lizing biznesida bank kapitali ishtiroki darajasi juda muhim. YAngi tashkil etiladigan lizing kompaniyalari oz faoliyatlarining birinchi davrlarida bank kreditlari korinishida tashqaridan moliyaviy resurslar jalb qilishga majbur boladilar.
Zamonaviy lizing kompaniyalari ortasida vositachi firmalar katta rol oynaydi. Bunda ular asosan yirik ishlab chiqaruvchilarning dilerlari, distribyuterlari sifatida faoliyat korsatadilar. Yirik ishlab chiqaruvchilar korxonalarning rasmiy dilerlari bolib turib, ular bilan uzoq muddatli konsignatsiya uchun huquq oladilar. SHunday qilib ular bunday imkoniyatni qoshimcha kredit resurslarini jalb etmay turib mulklarini lizing operatsiyalariga kiritishda qollay oladilar.umuman olganda, vositachilar xizmatlaridan foydalanish darajasi lizing bozori taraqqiyoti darajasi bilan baholanadi.
Vositachilar tovar ishlab chiqaruvchi yoki istemolchilar manfaatlarini kozda tutuvchi, bazan esa ular nomidan harakatlanuvchi shaxslardir. Ular ishlab chiqaruvchilarning ish samarasini oshirishga yordam beradilar. Tovarning harakatlantirish funksiyasini vositachiga berilishi orqali ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonining oziga moslashishi, unga asosan katta etibor berishga yordam beradi. Bundan tashqari lizing operaoitsyalariga vositachilarni jalb qilish kapitalning aylanish muddatini qisqartiradi va oz navbatida ishlab chiqarishning daromadliligini oshiradi. Murakkab lizing beruvchilar, taminotchilar va ijarachilar tomonidan koplab yuridik shaxslar ishtirok etadilar. CHunki, kelishuvga turli vositachilar, broker, firmalari, sugurta kompaniyalari, trast kompaiyalari va boshqa kompaniyalar jalb qilinadi. Lizing bozorida talabni birinchi navbatda xalq xojaligining barcha tarmoqlarida faoliyat korsatuvchi tadbirkorlar, shuningdek, alohida fuqarolar yuzaga chiqaradilar.
Lizing xizmatlarining istemolchilari quyidagi asosiy shartlariga javob berishlari kerak:
yuqori foyda normasi va massasini taminlash;
zarur professional va iqtisodiy tayyorgarlikka ega bolishlik;
tolov qobiliyati taminoti borasida ishonchlili kafolat bera olishi;
2. LIZING SHARTNOMALARI: MOHIYATI, TARKIBI VA SUBEKTLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Lizing turli xildagi shartnomalrni tuzishga yol beradi. Bu shartnomalarning shartlari ijaraga oluvchi tomonidan moliyalashtirish operatsiyalarining umumiy miqdorini ananaviy manbalaridan foydalanishni rad etmagan holda hisobga olish mumkin.
Lizingda ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi ortasidagi munosabatlar Ozbekiston Respublikasining ijara haqidagi qonunchiligi asoslari, ularga muvofiq holda chiqariladigan qonun hujjatlari, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi hamda lizing togrisidagi nizom va tuzuvchi tomonlar ortasida tuziladigan lizing shartnomalari bilan boshqariladi. Lizing shartnomasi obyekti ijaraga oluvchining oz xojalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishi uchun zarur uskunalar yoki boshqa mulklardan iborat boladi.ijraga oluvchi ijraga beruvchi bilan lizing shartnomasini tuzish ehtimolini va uning shartnomalarini oldindan kelishilgan holda etkazib beruvchilar, tayyorlovchilarni tanlash, buyurtmani joylashtirish, kapital qoyilmalarni joylashtirishning moliyalashtirilishni bunday shakliga xos bolgan alohida xususiyatlarni nazarda tutuvchi yetkazib berish shartnomalarini tuzish masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi.
Lizing shartnomasi obekti ekspluatatsiyada bolgan yoki ombordagi zaxiralarda bolgan shu jumladan, ijarachining ozida bolgan uskunalar va boshqa mulk bolishi mumkin. Lizing shartnomasi obyekti bolgan mulk ijraga beruvchining xususiy mulki hisoblanadi.
Ijaraga beruvchi xojalik faoliyatini amalga oshirishda mulkka egalik qilish va foydalanish boyicha oziga beriladigan huquqlardan qonun mezonlariga, texnikaviy yoriqnomalar va qoidalarga qatiy rioya qilgan holda foydalanishi, profilaktika, tamirlash ishlarining butun majmuini belgilangan muddatlarda va oz hisobidan bajarishi lozim. Bunda ijaraga beruvchidan xarajatlarni qoplash, ijara tolovlarini toxtatish yoki miqdorini kamaytirishni talab qilish huquqiga ega emas. Ijaraga olingan mulkni saralashi, sotishi, almashtirishi boshqalarga ijaraga berishi ijaraga beruvchining yozma ruxsatisiz vaqtincha bepul foydalanishga yoki qarzga berishi taqiqlanadi. Bunday ruxsat bolgan lizing shartnomasini imzolagan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida uning qonuniy manfaatlariga rioya qilish uchun masul shaxs hisoblanadi. Ijaraga olingan mulkka ijraga oluvchi qarzlari boyicha jarimalar solinishi mumkin emas.
Etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi orasida tuziladigan etkazib berish shartnomasida quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim:
ushbu shartnomani tuzuvchi (ijaraga oluvchi) xojalik tashkiloti yuk qabul qiluvchi deb hisoblanadi. Unga barcha huquqlar beriladi, ishlab chiqarish, texnikaviy mahsulotlarni shu mahsulot xaridori oluvchi uchun qonunda kozda tutilgan masuliyatlar tolaligicha zimmasiga yuklatiladi.
tolovchi mulkning bahosini ijaraga oluvchining yozma xulosasi boyicha tolov topshirigi bilan dastlabki aksept uchun tayinlangan, pochta operatsiyalari vaqti uchun oshirilgan muddat davomida tolovchi ijaraga beruvchi hisoblanadi.
etkazib beruvchi yuk qabul qiluvchi (ijaraga oluvchi)ga mulkning bahosi miqdorida topshirigini taqdim qilishi, uning tolovdan bosh tovlagani uchun belgilangan jarimani undirishi va tolovchi (ijaraga beruvchi)dan mahsulot haqini tolashni rad etishi haqida xabarnoma olingan holda hamda tolov muddatini otkazib yuborgani uchun jarima undirish huquqiga ega. Ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi lizing shartnomasini yetkazib berish shartnomasida faqat yuqorida sanab otilgan talablar bolgan va ularni yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilingan holdagina tuzadilar.
Lizing shartnomasi tugagandan va ijaraga oluvchi ijara haqini tolaganidan keyin ijaraga beruvchi tomonidan qoldiq bahosi yoki tanlangan bahosida sotilishi, ijaraga beruvchining yozma topshirigi bilan boshqa ijaraga oluvchiga berilishi yoki ijaraga beruvchiga qaytarib berilishi mumkin.
Lizing badallari tomonlarning kelishuviga bogliq ravishda har xil bolishi mumkin. Lizing tolovining qatiy belgilangan, tomonlar bilan kelishilgan tartibda tolanadigan umumiy miqdori mavjud.
Bunda tolovlarning jadvali tuzilib, unda birinchi lizing tolovi qabul qilingan kunda amalga oshiriladi, songra alohida talabnoma bilan yoki uciz vaqti vaqti bilan tolanishi korsatiladi. Lizing shartnomasida lizing tolovlarini ozgartirish ehtimoli haqida shart kiritilishi mumkin.
Avans bilan tolash ijaraga oluvchi lizing firmasiga avans yoki kelishilgan miqdordagi badal taqdim qilishni nazarda tutadi.
Tolov turlari va usullarini tanlash hisobga olingan ijara stavkasi darajasiga bogliq bolib, u lizing shartnomasi bilan tayinlanadi. Bu stavka ijara muddati boshida obektning joriy bahosini ijaraga beruvchining nuqtai nazaridan qaraganda eng kam ijara haqi miqdorida va kafolatlanmagan tugatish bahosi sifatida aniqlash imkoniyatini beradi.
Lizing tolovi tarkibiga ijaraga olingan mulk bahosidan amortizatsiya tolovlari va qoshimcha xarajatlarni hamda ijaraga beruvchi daromadini ijaraga oluvchi mulkni ijaraga olish huquqiga ega bolgan ilgaridan kelishilgan qoldiq bahosi yoki tiklangan bahosidan tashqari qoplashni taminlovchi ijara foizi kiradi.
Ijaraga olingan mulkka amortizatsiya oddiy usulda va jadallashtirilgan amortizatsiya usulida hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan amortizatsiya tolovlari kiritilganda bir maromdagi hisoblash uchun qollaniladi. bunda bellgilangan tartibda tasdiqlangan yillik amortizatsiya tolovlari meyori ortadi, lekin ikki barovardan ortiq emas. Jadallashtirilgan amortizatsiyaning hisoblash usuli tadbirkorning manfaatlari sohasiga bogliq holda mashinalar, uskunalar va transport vositalarining malum turlariga tadbiq qilinishi mumkin.
Lizing tolovlari usullari shartnomada belgilanadi. Tolovlar bir vaqtlik tolov odatda tomonlar qabul qilish bayonnomasini imzolaganlaridan keyin amalga oshiriladi va faqat etkazib beruvchi tomonidan oldi sotdi shartnomasini yoki etkazib berish uchun majburiyatni bajarish davridagi moliyaviy bitishuvlarni nazarda tutadi.
Davriy tolovlar ijaraning butun muddati davomida teng miqdorda bolishi, badallar yoki malum eng birinchi badal hamda agar ijaraga oluvchi uskunalarga sarflanadigan xarajatlar kamroq bolganda oz qarzini koproq qismini uskunalarni ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida tolasa, jadallashtirilgan tolovlar bolishi mumkin.
Ijaraga beruvchi har qanday holda shartnomada kelishilgan mablaglarni toliq miqdorda olishi lozim. Lizing tolovining muddati otkazib yuborilgan holda yoki uni tolamaganda ijaraga beruvchi lizing shartnomasini bekor qilishi va oziga berilgan kafolatlarni amalga oshirishi mumkin. Tolovning muddatini otkazib yuborganlik uchun ijaraga oluvchi muddatni otkazib yuborish boshlangan sanadan boshlab jarima tolashga majbur.
Lizing shartnomasida tomonlarning Ozbekiston Respublikasining Ijara togrisida”gi qonunchiligidan kelib chiqadigan hujjatlari va majburiyatlari kozda tutiladi.
Lizing shartnomasida tomonlarning Ozbekiston Respublikasining Ijara togrisida”gi qonunchiligidan kelib chiqadigan hujjatlari va majburiyatlari kozda tutiladi. Unda ijara obektining aniq nomi, zavod tartib raqami va boshqa rekvizitlari hamda uning bahosi ijara muddatlari, ijara tolovlari miqdori va tolash jadvallari korsatiladi. Lizing shartnomasi agar mulkni qabul qilish dalolatnomasini tagida ijara oluvchining imzosi bor bolib, ijaraga oluvchi tomonidan ijara tolovlarining barcha miqdori uchun ularni tolash boyicha kelishilgan jadvalga muvofiq bolgan topshiriqlar majburiyatlarning toliq toplami taqdim qilingan bolsa kuchga kiradi.
Sanab otilgan shartlarning loqal bittasi yoq bolgan holda ijaraga beruvchi hujjatlarni olganidan song ikki kun ichida etkazib beruvchini va ijarachini mahsulot uchun haq tolashni rad etish haqida xabardor qiladi.
Mahsulot kamchiliklarini togrilashga sarflanadigan mablaglar va ularni tolash, ijarachi tomonidan ijaraga oluvchisiz bevosita hal qilinadi. Ijaraga oluvchi tomonidan yol qoyilgan harakatlar ijarachi manfaatlariga iqtisodiy ziyon keltirganda ijarachi shartnomani bekor qilishga haqi bor va etkazilgan zararni undirib oladi. SHuningdek ijaraga topshirilgan mulklarni qaytarib olishga ijarachi va ijaraga oluvchi ortasida vujudga kelgan barcha bahsga sabab bolgan masalalar xojalik sudi orqali hal qilinadi. Lizing kelishuv shartlariga kora asosiy mablaglar bir yilda yoki ozga muddatda korxona ixtiyoriga qayta otishi mumkin.
Lizing shartnomasini otkazish uchun zarur hujjatlar royxati:
lizing olishga iqtisodiy layoqati bolgan huquqiy yoki jismoniy shaxsning buyurtmasi;
lizing oluvchi korxona rahbarining anketasi (pasport va mehnat daftarchasi nusxasi);
korxona pasporti;
lizing oluvchi huquqiy yoki jismoniy shaxsning tasis hujjatlari;
buxgalteriya balansi (1,2,3,4,5 raqamli formalar);
raqobat varagi;
lizing obektlarini (mashina, texnika va uskunalarni) etkazib berish boyicha shartnoma;
lizing shartnomasi;
lizing obektlarini qabul qilib olish va ularni ijarachiga topshirish togrisida dalolatnomalar;
lizing operatsiyasini kafolatlovchi hujjatlar;
lizing tolovlari jadvali;
monitoring boyicha hisobot.
Lizing shartnomasida aks ettirilishi lozim bolgan shartlar:
lizing obektining tarkibi va uning qiymati;
amaldagi lizing shartnomasining boshlanishi va tugash muddatlari;
lizing obektini oluvchiga berish tartibi;
lizing oluvchiga berilayotgan mulkning holati;
lizing tolovi shartlari va miqdori hamda ularni qaytarish muddatlari;
qaytarilayotgan mulkning lizing shartnomasi tugatilgan paytdagi holati;
lizing oluvchining mulkdan foydalanish shartlari;
sublizing shartlari;
mulkni sotib olish shartlari, tartibi va muddatlari;
lizing obektini qayta tiklash va tamirlash xususida tomonlarning majburiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |