1. Korxonani modernizatyalashtirishda lizing uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari


KICHIK KORXONALARDA LIZING MUNOSABATLARNI YURITISH MUAMMOLARI, IMKONIYAT VA ISTIQBOLLARI



Download 0,84 Mb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#766954
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs iwi korxona i.umida

3. KICHIK KORXONALARDA LIZING MUNOSABATLARNI YURITISH MUAMMOLARI, IMKONIYAT VA ISTIQBOLLARI

Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi tufayli jamiyatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatda har bir iqtisodiy faoliyatning boshlanishi davlat yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib borishi mumkin. Jumladan, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan qonunda, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda banklarning roli oshib borishiga alohida e’tibor berilgan.


Kichik va o‘rta xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular olib borayotgan faoliyat xom-ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to‘lash, transport, kommunal xizmatlari uchun to‘lovlarning barcha turlari banklar orqali, o‘z navbatida olinadigan kreditlar ham, boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshiriladi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha bank va banklar orqali bo‘ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon iqtisodiyotini muhim xo‘jalik yuritish qismi bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarining barcha faoliyatlari banklar bilan bog‘langanligi bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lib qoldi. SHuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan AQSHda bank tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bo‘lib, tadbirkorlarning aktiv iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko‘rsatadi.
Hozir respublikamizda kichik va o‘rta korxonalarda lizing munosabatlarini amalga oshirishning deyarli barcha huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy asoslari yaratilgan. SHu bilan birga, bu yo‘nalishda qo‘shimcha ravishda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolari ham mavjuddir.
Birinchidan; kichik va o‘rta korxonalarda lizing munosabatlarni rivojlantirish maqsadida lizing infratuzilmalarini kengaytirish zarurdir. Avvalambor, bu lizing beruvchilarga taalluqlidir. Lizing beruvchilar faqat o‘z mablag‘lari hisobiga ham lizing beruvchi sifatida xizmat ko‘rsata olishi huquqiy jihatdan tasdiqlanishi zarur.
Ikkinchidan; lizing mulkiga tenglashtirilgan amortizatsiya me’yorlarini qo‘llash ruxsati berilishi zarurdir. Bizningcha lizing beruvchilar lizing oluvchilar bilan tuzgan bitimlarida mulkning qiymati va lizing muddatidan kelib chiqqan holda har bir shartnoma bo‘yicha lizing ob’ekti qiymatini to‘lashni hisoblash uchun tezlashtirilgan amortizatsiya me’yorlarini o‘zlari aniqlashlari va belgilashlari zarurdir. Ushbu masala ham huquqiy jihatdan hal etilishi lozimdir. SHu munosabat bilan, amaldagi qonunchilikda belgilangan va tezlashtirilgan amortizatsiya me’yorlari o‘rtasidagi farq soliq olinadigan bazaga kiritilishi muammosi ham muhokama qilinib, hal etilishi kerak.
Uchinchidan, lizing beruvchi va lizing mulkini sotuvchi bir shaxsni o‘zida mujassamlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi masala ham huquqiy jihatdan hal etilishi lozim. Bu masala to‘g‘ri lizingga taalluqlidir.
To‘rtinchidan; lizing mulki bo‘yicha turli tavakkal, xatarlar lizing munosabatlari ishtirokchilari o‘rtasida qanday tartibda taqsimlanishi va ular kimning zimmasiga yuklatilishi qo‘shimcha ravishda ishlab chiqilishi hamda bu huquqiy jihatdan hal etilishi talab etiladi.
Beshinchidan; lizing mulki lizing beruvchi hamda lizing oluvchi nomlariga rasmiylashtirilgan va qayta rasmiylashtirilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobiga mulk qiymati o‘zgarishi masalasi ijobiy hal etilishi va lizing mulkiga qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etmasligi huquqiy jihatdan qonunchilikda ko‘rsatilishi zarur.
Oltinchidan; qonunchilikda lizing to‘g‘risidagi shartnoma bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar, xususan, tomonlarning kelishuvi bilan lizing ob’ekti sug‘urta to‘lovini kim olishi va boshqa masalalar aniqlanishi zarur.
Kichik va o‘rta korxonalarda lizing munosabatlarini kengaytirilishining yana bir omili tadbirkorlik muhitini vujudga kelishi bilan bog‘liq. Ushbu muhitda uskunalarni doimiy ravishda yangilab turishga intilish bo‘lishi talab etiladi. Lizing oluvchilar tomonidan asosiy vositalar bozorini egallab olishga intilish ham vujudga kelishi kerak. SHu bilan birga lizing oluvchilar mavjud qonunchilikni bilishi, iqtisodiyotdagi imkoniyatlardan samarali foydalanishi zarurdir.
YUqorida ta’kidlanganidek, moliyalashtirish uslublari to‘g‘ri tanlab olinishi, barcha xatarlar hisoblanishi, o‘zga iqtisodiyotdagi valyutada moliyaviy lizingni yo‘lga qo‘yish masalalari kabilar lizing munosabatlarini rivojlantirishning asosiy omillaridan hisoblanadi. SHuningdek, lizing shartnomasi ishtirokchilarining o‘zaro manfaatlari bir-biriga mos tushishi lizing rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.
Lizingning g‘oyat muhim tomoni shundaki, u moliyaviy resurslar cheklangan davrda korxonalarning mablag‘ tejash asosida mashina va asbob-uskunalarni qisqa muddatda yangilashga yordam beradi. Ayniqsa, moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan ishbilarmon tadbirkorlarga lizing juda ham qo‘l keladi. Lizing xalq xo‘jaligiga chet el sarmoyasi va eng zamonaviy yangi texnologiya hamda asbob-uskunalar kelishiga ham imkoniyat yaratadi. Zamonaviy chet el asbob-uskunalari va qurilish texnikasidan foydalanish milliy korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshiradi. Lizingning muhim sharti ijara korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir qismini chet elga eksport qilishdir. Bundan kelgan mablag‘ chet elga valyutasida olingan bank kreditini to‘lash uchun zarur bo‘ladi.
Lizing imkoniyatlari:
1. Xarajatlarni iqtisod qilish va kapitalni muzlatmaslikka;
2. Soliq imtiyozlari – ya’ni lizing to‘lovlari tannarxga kiradi va yalpi xarajatlarga qo‘shiladi, natijada esa soliq undirilgan daromad kamayadi;
3. Lizing muddati davomida texnikani qimmatroq sotib olishni bartaraf etishga;
4. Nisbatan kam moliyaviy mablag‘lar hisobiga ko‘proq texnikani xarid qilishga;
5 Lizing muddatini kamaytirish va buning natijasida lizing oluvchining texnikaga to‘liq egalik qilish huquqini yaratishga;
6.Tadbirkor uchun katta mablag‘larsiz o‘z faoliyatini boshlashga imkoniyat yaratadi;
7. Texnika lizing kompaniyasiga tegishli bo‘lib, sotib oluvchi mulk solig‘ini to‘lamaydi. Texnik debitorlarga ham, kreditorlarga ham kirmaydi;
8. Ijaraga olingan mashinalar va asbob-uskunalar qiymatini asta-sekin qaytarish, shu jumladan ekspluatatsiya hisobiga ham lizing mashinalar parkini tez muddat ichida yangilaydi;
9. Lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish informatsion, yuridik servis xizmatlari, lizing bankrot bo‘lishni bartaraf etadi;
10. jarachi operatsiyalarini amalga oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini vujudga keltirishga ko‘maklashadi. Bunda ko‘p texnika xarid qilinadi.
Bozor munosabatlari rivojlangan sari asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar o‘z mahsuloti sifatini yaxshilab boradi. Ayni vaqtda ular o‘z mahsulotini sotish maqsadida iste’molchilarga ancha qulay moliyaviy shart-sharoitlar taklif qila boshlaydi. Lizing bunday vositalarning biri hisoblanadi.
Banklar esa an’anaviy bo‘lgan uzoq muddatga kredit berishdan ko‘ra, marketing va ilg‘or texnika asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish sohalarida yangi xizmat turlarini amalga oshiradilar. Ayni paytda lizing mexanizma, lizing operatsiyalari turlari bo‘yicha to‘lovlarni hisoblashga doir uslubiy ko‘rsatmalar mavjud emas. Lizinglar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy, tezkor bevosita, bil vosita, tez muddatli qayta yangilanadigan, sof, to‘liq shartnoma usullari ishlab chiqilmagan. Lizing firmalariga to‘lanadigan komission yig‘im mukofotlarini aniqlashga doir yo‘riqnomalar ishlab chiqish ham ushbu sohadagi echilmagan muammolardan biridir. CHet el tajribasi ko‘rsatishicha, lizingdan foydalanishda alohida joylashgan hududlarda va sohalarga bu operatsiyalar bo‘yicha imtiyozlar berilishi mumkin.
Respublikamizda lizing operatsiyalarini ommaviy rivojlantirish uchun ularni joriy etish me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun lizing faoliyatini litsenziyalashtirish to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilib, tasdiqlanishi lozim bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, O‘zbekistonda lizing rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lizing to‘lovlarini o‘tkazilishi bo‘yicha uslubiy yo‘riqnomalar aksiyador lizing kompaniyalari tashkil etish namunaviy ustavlari, moliya lizingini joriy etishga doir namunaviy shartnoma bitimlarini ishlab chiqish hozirgi paytda asosiy vazifalaridan biridir. Lizing kompaniyalariga foydadan olinadigan soliq to‘lovlari uchun imtiyozlar berish yoki undan belgilangan vaqt ichida ozod etish O‘zbekistonda lizing rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Moliyaviy lizingni rivojlantirish va takomillashtirib borish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- iqtisodiyotimizga katta hajmda nodavlat investitsiyalari, ayniqsa, xususiy investitsiyalar kiritilishini ta’minlaydi;
- texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish asosida yalpi ichki mahsulotni o‘sishiga asos soladi;
- lizing asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish sohalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘stirish evaziga bevosita soliq tushumlar o‘sishini ta’minlab beradi;
- investitsiya faoliyatini yuksaltiradi, kichik va o‘rta biznesni shakllantirib,o‘rta mulkdorlar sinfini rivojlantirishga yordamlashadi.
YUqorida bayon etilgan muammolarni echish barobarida, lizing kompaniyalariga asosiy fondlar bo‘yicha tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash imkoniyatlarini ham berish zarur bo‘ladi.
Bunday tadbir o‘z navbatida respublikada ishlab chiqarish salohiyatini tez sur’atlar bilan yaxshilash muammosini hal etadi. Lizing mohiyatidan kelib chiqqan holda, lizing operatsiyalari sub’ektlariga asbob-uskunalarni amortizatsiyalash muddatlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqlarini berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amortizatsiya ajratmalarini jamg‘arishda va ularni lizing oluvchilar tomonidan o‘z faoliyatida safarbar etish yo‘nalishlarni aniqlashda mustaqillik berish lizing faoliyatini rivojlanishiga olib keladi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda lizingni tadbiq etish uchun muqobil moliyalashtirish usullarini taqqoslab chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ayniqsa, istiqbolda olinadigan sof samaraning hozirgi qiymati bo‘yicha muqobil moliyalash uslublari natijalarining taqqoslanishidir. Xalqaro mulkni lizing asosida olish uchun u to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni taqqoslash yo‘li bilan baholab olish lozim bo‘ladi. Buning uchun lizing oluvchilar zimmasiga tushadigan xarajatlar kredit evaziga bo‘ladigan xarajatlarga nisbatan kamroq bo‘lishi kerak. Bu esa o‘z navbatida Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkalarini pasaytirish muammolarini hal etishni taqozo etadi. Bu muammolarga lizing kompaniyalari o‘z faoliyatlari boshlanishidayoq duch kelmoqdalar. Muammolarni bartaraf etilishi esa mamlakatimizda lizingni taraqqiylashtirishda istiqbollar ochib beradi.
Respublikada lizingni rivojlantirish uchun amaliy choralar ko‘rilmoqda. Axir rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar 30 foizi lizing operatsiyalari vositasida amalga oshiriladi. Lizing bozorimiz endi shakllanayotgan bo‘lsa ham, hozirning o‘zida zarur zamin yaratishga harakat qilinmoqda.
YAqin orada oldimizda turgan vazifa – O‘zbekiston milliy kompaniyalari Milliy uyushmasini tashkil etishdir. U mamlakatimiz barcha xalq xo‘jaligi sohalarida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha lizing kompaniyalari harakatlarini mujassamlashtirib turadi.
Istiqbolda O‘zbekistonning yangi iqtisodiyotini vujudga keltirishda lizing muhim o‘rin tutishiga aminman.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish