Mavzu: Korxonani modernizatsiyalashda
lizingning. orni
M U N D A R I J A
K i r i sh ........
1.Korxonani modernizatyalashtirishda lizing uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari.......................................................................................................... 2.Lizing ob’ekti va sub’ektlari. Lizing shartnomalari: mohiyati, tarkibi va subektlarning huquq va majburiyatlari ......................
3. Kichik korxonalarda lizing munosabatlarni yuritish muammolari, imkoniyat va istiqbollari..................................................................
4. Buxoro viloyati baraka kichik korxonasida lizing munosabatlarini qollanilishi va uning oziga xos xususiyatlari.....................
Xulosa va takliflar...........................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar royxati ..................................................................
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ozbekistonda bozor munosabatlarining ornatila boshlanganligi va taraqqiy qilishi, ancha eskirgan ishlab chiqarish moddiy texnika bazasini rekonstruksiya qilish zaruratini yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish bazasidan amalda tadbirkorlik faoliyatining bir shakli sifatida lizing yuzaga keldi.
Lizing ilmiy texnik taraqqiyotning talablariga, xususiy, guruhiy, ijtimoiy, manfaatlarning talablariga mos keladi. Moliyaviy kamchiliklar davrida korxonalarning yangi, zamonaviy va mukammal texnologiya, mashina hamda uskunalardan chetlab ketmasligini taminlaydi.
Lizing tadbirkorlikda yangi, ancha keng ragbat tizimini shakllantiradi. U goyalar va ishbilarmonlik uchun moddiy va moliyaviy, shuningdek, mehnat resurslarini samarali ishlatish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Har bir ishlovchiga oz ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egasiga aylanish imkonini beradi.
Lizing munosabatlarining jozibadorligi shundaki, tadbirkorlarning xojalik faoliyatida katta cheklangan kapitalga ega bolib turib ham, shaxsiy xususiy faoliyatini boshlash yoki mustahkamlash imkonini beradi.
Tadbirkorlikning lizing shaklini afzallik jihatlari keng bolishiga qaramay, Ozbekiston xalq xojaligida bu faoliyat juda sekinlik bilan tadbiq etilmoqda. Ishlab chiqarishda ilmiy texnik taraqqiyot yutuqlarini unumli ishlatish imkonini beruvchi yuqori samarali va ozgaruvchan investitsion vosita sifatida lizingning moliyaviy imkoniyatlarini mamlakatda yaratilgan normativ baza sharoitida realizatsiya qilinishining umumiy lizing biznesi va iqtisodiy mexanizmi tizimida korib chiqish lozim boladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi. 1deb takidlaydi oz nutqida muhtaram yurtboshimiz I. A. Karimov.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolari yechimiga qaratilgan ishlar qatorida S.Abramov, V.Zolotogorov, V.Kovalev, D.Morozov, V.Cherkasov va boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolariga bagishlangan masalalar I.Karimov asarlarida, shuningdek, A.Vahobov, Yo.Abdullaev, M.Angelidi, M.Sharifxojaev, D.Gozibekov, N.Karimov, H.Jamolov, F.Dodiev va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan.
Ozbekistonda xususiy tadbirkorlik bilan shuggullanuvchilar uchun lizingning mohiyati, afzallik jihatlari, uning ozbekistonda kichik va orta biznesni shakllantirish va rivojlantirish davrida iqtisodiyotga beradigan yordami togrisida malumot berishdir. Ishda koriladigan masalalar ozbekiston iqtisodiyoti uchun juda dolzarb va kundalik muammodir. CHunki milliy iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning eng asosiy yonalishlaridan biri sifatida kichik va orta biznesni rivojlantirish tanlab olindi. Lizing munosabatlarini rivojlantirish ayniqsa engil va oziq ovqat sanoati, qishloq xojaligi sohasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Birinchidan, xojalik faoliyatini intensivlashtirish uchun, yani ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash, zamonaviy darajada mahsulotni sifatli, istemolga yaroqli darajada ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish;
Ikkinchidan, xom ashyoni, tayyor mahsulotni qayta ishlash jarayonini birgalikda amalga oshirishni taminlash uchun lozim boladi. Bu qishloq xojalik korxonalarida xojaliklarni sut gosht, meva sabzavot mahsulotlarini ishlov berish, shuningdek, ularni saqlash boyicha zarur mukammal texnologiya bilan jihozlanishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |