Baliqchilik xo‘jaliklarini intensivlashtirish
O‘zbekistonda mavjud baliqchilik xo‘jaliklarida karpsimonlar oilasiga kiruvchi karp, oq amur, oq do‘ngpeshona, chipor do‘ngpeshona, shuningdek, osyotr, kamalak rang gulbaliq va tropik baliq turlaridan afrika laqqasi, tilyapiya etishtiriladi. O‘zbekiston xududi iqlimi va geografik o‘rni jixatdan issiqsevar va sovuqsevar baliq turlarini etishtirish uchun etarli imkoniyatlarga ega.
Bunda tog‘li hudud suv omborlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida qafas usulida sovuq suvda yashovchi losossimonlar oilasiga mansub, kamalakrang gulbaliq va lasossimon baliq turlar urchitilib ko‘paytiriladi. Baliq xo‘jaligini samarali tashkil qilish, baliqlar yashaydigan gidroekosistemani u yoki bu darajada nazorat qiladi. Bu holat an’anaviy respublikamizda balikchilikning ikki faoliyat turi baliqchilikning birinchi turida baliq ovlanayotgan havza deyarli yoki umuman boshqarilmasdan, shunchaki baliqlarning yovvoyi galasi ovlanadi. Haqiqatan ham baliqchilar okean, dengiz va hatto daryo va ko‘l gidrologik tartibini boshqarishmaydi. Biroq, keyingi vaqtlarda nazorat qilishning u yoki bu usullari tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
Baliq ovlashning intensivlashuvi natijasida mutaxassislar havzalarda baliq ovlashni boshqarishni, tanlab baliq turlari bilan baliqlantirish kabi usullardan foydalanib, havzani boshqarishga urinmoqda. Amalda baliq mutaxassislari tanlab olingan bir tur yoki chegaralangan mikdordagi baliq turlari uchun har qanday raqobatni va ularning o‘limiga sabab bo‘ladigan omillarni bartaraf etadigan sun’iy sharoitni yaratadi. Buning uchun havza (hovuz, basseyn, qafas) qurishi lozim shu tariqa suv almashinuvini nazorat qila oladi. Bu narsa baliqchiga o‘stirilayotgan baliqlarning tabiiy holatda o‘sayotganlaridan bir necha yuz baravar ortiq miqdorda o‘stirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda akvakulьturada gidroekosistema parametrlari va shu orqali baliq mahsuldorligini boshqarish imkoniyatini beruvchi turli tizimlar ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.
Eng yaxshi baliqchilik xo‘jaliklarida baliqchi quyidagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega;
- tubi yaxshi tekislangan maydoni birmuncha katta bo‘lgan hovuzlarni to‘ldirishni boshqarish;
- hovuzlarga o‘stiriladigan, sun’iy usulda olingan baliq turlarini o‘tkazish (garchi bunday baliqlar ro‘yxati juda kam bo‘lsada: oq do‘ngpeshona, karp, ba’zan oq amur va chipor do‘ngpeshona)
- xashaki baliq va boshqa organizmlarni yo‘qotish elementlaridan foydalanish;
- tabiiy ozuqa bazasining rivojlanishini (ko‘pincha plankton) rag‘batlantirish;
- hovuzlar “gullab” ketishining ma’lum darajada oldini olish; - baliqlarni qo‘shimcha oziqlantirish;
- hovuzlar melioratsiyasi uchun vegetatsiya davri oxirida baliqlarni to‘liq tutib olish uchun hovuzlarni quritish.
Garchi karp balig‘ini baliqchilikning yarim intensiv sharoitda etishtirish 1970-1980 yillarda rivojlangan bo‘lsada, akvakulьturaning bu tizimi ekstensiv hisoblanadi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda akvakulьtura 1960 yillardan boshlab katta maydonlardagi hovuzlarda karpsimon baliqlarni boqish shaklida rivojlana boshladi. Baliq chavoqlari o‘stiriladigan hovuzlar 10-50 gektar, tovar baliqlar uchun yaylov hovuzlari esa 50-150 gektar bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, baliqlarni sanoat usulida ko‘paytirish rivojlangan edi. Bunda baliqlar jinsiy mahsulotlari gormonal qo‘zg‘atuvchilar yordamida olinib, urug‘langan ikralarni inkubatsiya qilish, uvildiriqlarni hayotga chidamli davrigacha o‘stirish usullari qo‘llanilgan. SHu usulda karp, oq va chipor do‘ngpeshona, oq amur, shuningdek, kichik hajmda kamalakrang gulbaliq (forelь), kanal laqqasi va buffaloning uch turi ko‘paytirilgan. 1960-1980 yillarda hovuz baliqchiligi sezilarli darajada muvaffaqiyatlarga erishib, baliq etishtirish yiliga 20-25 ming tonnagacha etkazilgan. Bugungi kunda jahonda akvakulьtura rivojlanmoqda, yangi texnologik vazifalar paydo bo‘lmoqda. Eng oddiy hisob-kitobni keltiramiz. 1 gektarlik (o‘rtacha chuqurligi 1,5 m) hovuzni to‘ldirish uchun 15 ming m3 suv kerak bo‘ladi. Bizning iliq iqlim sharoitda suv sathidan bug‘lanadigan suvlar o‘rnini qoplash uchun yana 9 ming m3 suv jami 24 ming m3 suv ishlatiladi.
O‘zbekistonda harakatdagi baliqchilik hovuzlari maydoni 31 ming gektarni tashkil qiladi demak, bir vegetatsiya mavsumida 744 mln m3 suv zarur. Xo‘sh, bu suvlar uchun ketgan xarajatlar qay darajada qoplanadi? O‘zbekistonda hovuz mahsuldorligi eng yaxshi bo‘lgan yillari gektariga 30-40ssentnerni tashkil etgan hamda bu sobiq ittifoq respublikalari ko‘rsatkichidan bir muncha yuqori bo‘lgan. Hozirgi paytda omixta emlardan foydalanishning keskin qisqarishi va baliqchilikning tanazzulga yuz tutishi tufayli mahsuldorlik pasaygan.
Ko‘rsatkichlarni qayta hisob-kitob qilish natijasi shuni ko‘rsatadiki yaylov hovuzlari mahsuldorligi 0,07-0,13 kg/ m3 ni tashkil etadi. Bu sharoitda o‘stirilayotgan baliqlar (asosan oq dungpeshona)ning bozor narxi taxminan 10-15 ming so‘mni tashkil qilib, bir kub metr suvimiz 1950 - 2600 so‘mlik mahsulot beradi. Bu holat sug‘oriladigan dexqonchilik bilan shug‘ullanadigan hududlarimizdan samaralimi? Hovuzlar suvdan tashqari katta hajmdagi er zaxiralarini jumladan, irrigatsiya va oqova tizim hududlaridagi maydonlarni ham band etishini hisobga olishimiz zarur. Er maydonlaridan samarali foydalanish masalasini qo‘yish lozim. CHunki, O‘zbekistonda er va suv zaxiralari tanqisligi masalasi juda keskin bo‘lib turibdi. Hovuz baliqchiligida mavjud suv va er zaxiralardan foydalanishning samaradorligini aniqlash uchun akvakulьtura mahsuloti bo‘lgan baliqni etishtirish tannarxining umumiy iqtisodiy holatini ko‘rib chiqamiz. Akvakulьtura xarajatlarining asosiy qismi ozuqaga sarflanadi. Etakchi ozuqa ishlab chikaruvchilar omixta emning ozuqa koeffitsienti 1,5 ga teng edi, ya’ni bir kg baliq biomassasi etishtirish uchun sarf etilgan omixta em birligi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha etishtirilayotgan baliq tannarxining 60-70% ini ozuqa tashkil qiladi. SHu sababli baliq etishtirishni optimallashtirish maqsadida ozuqa isrofgarchiligini kamaytiradigan tizimlarni yaratishga, tashlangan ozuqa to‘liq baliqlar tomonidan o‘zlashtirilishiga. SHu tariqa intensiv baliqchilikka o‘tildi. Intensiv tizimda bemalol bir m3 suvda 20-40 kg baliq etishtirish mumkin, nazariy jihatdan bu ko‘rsatkichni 200 kg/m3 darajasiga ham etkazish mumkin. SHuning uchun baliqchilar havzalar hajmini keskin qisqartira boshlashdi. Endi yuz tonna baliq etishtirish uchun 35 gektar emas, 5 gektar havzadan olish er va imkoniyati paydo bo‘ldi. Buni tejash foyda ko‘rishdir. Er va shu tariqa suv zaxiralaridan kompleks foydalanishning aniq texnologiyalari paydo bo‘ldi. Baliq etishtirishda suvdan foydalanishning ekstensiv va intensiv tizimlari samaradorligini taqqoslaydigan bo‘lsak, ekstensiv tizimda bir m3 suvda bir yilda 2,5 - 3,0 AKSH dollari ekvivalentiga teng miqdorda baliq mahsulotlari etishtirishimiz mumkin.
Intensiv tizim hisob-kitobini unchalik qimmat bo‘lmagan afrika laqqasi bo‘yicha hisoblab chiqamiz. Intensiv tizimda bir m3 suvda kamida 50 kg afrika laqqasini etishtirish mumkin. Amerika, Evropa va Janubisharqiy Osiyoda bu baliqdan 200kg/m3 mahsuldorlikka erishishadi. Olingan 50 kg baliq o‘rtacha 10-15 ming so‘mdan sotilganda ham o‘rtacha 500-600 ming so‘mni tashkil qiladi yoki 0,5-0,6 AKSH dollari ekvivalentiga teng. SHunday qilib, intensiv baliqchilikda ekstensiv baliqchilikka nisbatan bir necha yuz barobar ortiq mahsuldorlikka erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |