Ilgari surilgan masalalardan kelib chiqqan holda quyidagilar vazifalari korib chiqiladi:
* Lizing, uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari ;
* Lizing ob’ekti va sub’ektlari ;
* Lizing shartnomalari: mohiyati, tarkibi va subektlarning huquq va majburiyatlari ;
* Lizing munosabatlarining huquqiy asoslari;
* Ozbekistonda lizing kompaniyalarining faoliyati;
* Kichik korxonalarda lizing munosabatlarni yuritish muammolari, imkoniyat va istiqbollari;
* Buxoro viloyati baraka kichik korxonasida lizing munosabatlarini qollanilishi va uning oziga xos xususiyatlari.
1. KORXONANI MODERNIZATSIYALASHDA LIZING, UNING FUNKSIYALARI, LIZING TURLARI VA UNI GURUHLASHTIRISH MEZONLARI
Lizing bir vaqtning ozida moliyalash va yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablaglarni toldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablaglarni ozod qilish imkonini beruvchi moliyaviy vositalardan biridir.
Hozirgi zamon iqtisodiy amaliyotida lizing sohasidagi muammolar turlicha tariflanadi.
Lizing muomalasi oz xususiyatiga kora mulkni pirovardida uzoq muddatli ijaraga berish, hamda undan vaqtinchalik foydalanish uchun xarid qilish asosida boshqa subyektga topshirish bilan bogliq mulkiy munosabatlar majmuini tashkil etadi. Texnologiya va uskunalar olishni kreditlashning ananaviy bank beradigan ssuda (qarz)ga nisbatan muqobil shakllaridan biri hisoblanadi. Lizing tushunchasi oz ichiga bir qator elementlarni jumladan: uskunani xarid qilish, uni ijaraga berish, sugurtalash va lizing tolovlarini taminlash (kafolatlash)ni qamrab oladi.
Lizing deganda, mulkni davriy ijara tolovlarini amalga oshirish hamda undan malum davrda foydalanish uchun uni sorayotgan mijozga ijaraga berish tushuniladi.
Lizing bu:
Texnika qiymatini bir necha yillik uzoq muddat davomida qaytarish hamda jahonda eng zamonaviy xizmat turi;
Lizing muddatidan qatiy nazar texnikani ishlab chiqaruvchi zavodning narxida otib olish va yetkazib berish;
Texnikaga ishlab chiqaruvchi zavod kafolatining mavjudligi;
Bank kreditlariga nisbatan arzonroq bolgan moliyalashtirish manbai;
Texnik markazlarining xizmatidan foydalanish imkoniyati;
Bankdan kredit olishdagiga nisbatan osonroq bolgan hujjatlarni rasmiylashtirish;
Xorij kapitalini jalb qilish;
Lizing mulkni ijaraga berishning turi bolib, bunda lizing obyekti ijarachi uchun barcha ijara muddati davomida ijaraga beruvchining huquqi saqlangan holda undan ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida sotib olinadi.Lizing funksiyalari: Lizing bu tadbirkorlik faoliyatining alohida turi bolib, ularning tashkiliy iqtisodiy munosabatlarining uch shaklini qamrab oladi: ijara, kredit va savdo munosabatlari bolib, ularning har biri oziga xos mulkiy moliyaviy operatsiyalarni ozida aks ettiradi.Lizing mazmuni, uning iqtisodiy va ijtimoiy mohiyati lizing funksiyalari xarakteristikasini yoritish orqali tolaroq ochib berish mumkin. Ular iqtisodiyotda lizing munosabatlarining alohida shaklini ozida namoyon etadi. Lizing bajaradigan funksiyalar amal qilish chegarasiga qarab ichki va tashqi funksiyalarga bolinadi.
Lizingning ichki funksiyasi korxona doirasida amal qiladi.
Lizing kop ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyatini aktivlashtirish uchun zarur ijtimoiy iqtisodiy jarayon sifatida bir qancha funksiyalarni bajaradi.
Lizingning ishlab chiqarish funksiyasi ishlab chiqarish masala muammolarini vaqtinchalik ishlatish yoli bilan hal qilishni nazarda tutadi va qimmat turuvchi, manaviy eskirgan uskunalarni sotib olish yooli bilan bu masalalarni hal qilishni inkor etadi. Bu ishlab chiqarishni moddiy texnikaviy taminlashning unumdor yooli bilan hisoblanadi va yangi texnika, ilmiy texnik taraqqiyot natijalarini ozlashtirishning unumli yooli hisoblanadi.
Tola lizing holatida mulkni berish turlicha servis xizmati bilan texnik xizmat korsatishi, sugurta, xom ashyo bilan taminlash kabilar bilan birga olib boriladi. Lizingning bu funksiyasidan kelib chiqadigan asosiy xususiyati operativlik va moslashuvchanlik hisoblanadi.
Lizing korxonada resurslarni ratsional taqsimlash imkoniyatini yuzaga chiqaradi. Ishlab chiqarish omillari resurslari narxi, jumladan asosiy kapitalni xarid qilish narxi va ularning ijara narxi defitsit resurslarini ratsional ishlatish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga oz tasirini korsatadi. Malumki, bozor narxlari qanday mahsulot, tovarni qanday ishlab chiqarish lozimligini korsatadi. SHuningdek, lizing ham ishlab chiqarish unumdorligiga tasir korsatadi. Masalan, ijaraga beruvchi nuqtai nazaridan qaraganda, u alternativ hal qiladi yoki ijaraga beruvchining kozda tutilgan uskuna, texnikani ishlatadi, bu esa bir qancha sabablarga kora katta unum bermaydi yoki ularni foydalanuvchi lizing oluvchiga lizing asosida beradi. Bu esa uskunani katta qaytim bilan foydalanish imkoniyatini beradi. Natijada mulk egasi ijara haqi korinishida daromad oladi. SHu manoda korxonada lizingning resursni tejash defitsit resurslar, ishlab chiqarish aktivlarini ratsional ishlatish funksiyasi namoyon boladi.
Lizingning moliyaviy funksiyasi.
Lizing oluvchi korxona lizingga moliyaviy jihatdan yondashganda uning uchun zarur mulkdan oziga tegishli bolgan xususiy mablaglar yoki bank kreditini jalb qilmay turib foydalanish mumkin. Lizing oluvchi mulk tola qiymatini birdaniga tolashdan ozod qilinishi, lizing munosabatini oldi sotdi munosabatidan farqlantiruvchi xususiyat ekanligini bildiradi. Ammo, kopincha lizing oldi sotdi munosabatlarining bir korinishi sifatida baholanadi. Bundan tashqari lizing zarur mulk egasi bolish uchun imkoniyat manbai hisoblanadi va chegaralar yuzaga kelganda yollagan vositalar, mablaglardan foydalanish imkonini beradi.
Lizingning savdo funksiyasi. Bu istemolochilar doirasining kengayishi va yangi savdo bozorlarini ozlashtirish, lizing sohasiga u yoki bu turdagi mulkni birdaniga sotib olish imkoniyatiga ega bolmagan jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish. Lizingning savdo funksiyasi boshqa funksiyalar kabi ahamiyatga ega. Ammo u tola amalda qollanilmaydi, lizingning yaratilgan mahsulotni sotish kanallarining bir korinishi sifatida qatnashishi ishlab chiqarish darajasining umuman tushib ketishi va mashina texnik mahsulotlar bozorining muvozanat holatida bolmasligi oqibatidir. Lizingning savdo funksiyasi istemolchilar miqdorida, uskunalarni sotib olish uchun zarur moliyaviy resurslarga ega bolmagan, shuningdek, bunday uskunalarga doimiy egalik qilishga ehtiyoj sezmaydigan korxonalar jalb qilinadi. Ayrim holatlarda lizingni texnikaning bir birligini sinov uchun olib, kelgusida uning yirik partiyasini xarid qilishni moljallash borasida qollaydilar. Lizingning xalq xojaligi doirasidagi funksiyalari. Bunda lizingning moliyaviy funksiyasi boshqa funksiyalar ortasida keng qollaniladi. Bu holatda lizingning ishlab chiqarish ichki moliyaviy funksiyasini takrorlanishi bolmaydi. SHu jumladan, lizing investisiyalashning bir shakli hisoblanadi va makro sohada investitsiya faoliyatini ragbatlantiradi.
Lizingning takror ishlab chiqarish funksiyasi.
Lizingdan foydalanish, lizing biznesi ishtirokchilarining ozaro munosabatlari zanjirida mulkchilikning yangi munosabatlarini shakllantiradi, kozlangan tovarni qayta ishlab chiqarish, shuningdek, umumiy ishlab chiqarish siklining takrorlanishiga yordam beradi. Malumki, har qanday xojalik faoliyatining pirovard natijasi uning ikki qismi yigindisi sifatida namoyon boladi. Ularning biri ishlab chiqarish vositalari, mehnatda moddiylashgan avvalgi natijalar hisoblansa, ikkinchisi mazkur xojalik zvenosiga kiritilgan yangi hissa hisoblanadi. Buni quyidagi korinishda ifodalash mumkin.
jarayonini har bir zvenosida bu faoliyatni ancha harakatchan bolishiga olib keladi.
Soliq va amortizatsiya imkoniyatlari funksiyasi oziga xos xususiyatlarga ega:
Lizing asosida ozlashtirilgan mulk. Lizing beruvchi yoki foydalanuvchilarning balansida ularning ozaro kelishuvlariga kora aks ettiriladi.
b) Ijara haqi ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladi. Mos ravishda soliqqa tortiladigan foydani qisqartiradi.
c)SHartnoma muddatiga asosan hisoblanadigan tezlashtirilgan amortizatsiyaning qollanishi foydani kamaytiradi va moddiy texnika bazasini yangilashni tezlashtiradi. Natijada lizing oz sohasiga yangi obektlarni jalb qilish orqali takliflar diversifikatsiyasiga oz tasirini otkazadi. Ishlab chiqarish bozorini rivojlantiradi va uni diversifikatsiyalaydi. YAngi texnika avlodini ozlashtirish siklini qisqartiradi.tadbirkorlikning lizing shakli prinsiplar shakliga asoslanadi.
Lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari.
Lizing munosabatlarini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun uning turlari, realizatsiya qilish shakllari va usullari togrisida malumotga ega bolish, ularning orasidan maqulini tanlash lozim boladi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti lizing kelishuvlarining juda koplab variantlarini ishlab chiqqan va taqdim etgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda lizing turlarining aniq talqini berilmagan, ancha chalkashliklarga yol qoyilgan.
Lizing turlari kelishuvni amalga oshirish shakli, munosabatlar muddati, tomonlarning majburiyatlari, hajmi. Lizing obyektlari xususiyatlari va ularning amortizatsiya shartlari, lizing tolovlari tiplari kabilarga guruhlashtiriladi .
Lizing operatsiyasini amalga oshirish texnikasi va uni tashkil etish shakliga kora:
togri bevosita lizing;
bilvosita lizing;
taminochi lizing kabi turlarga ajratiladi.
Bevosita lizing - bu ikki tomonlama operatsiya bolib, bunda uskunani ishlab chiqaruvchi lizing obyektini mustaqil ravishda lizing shartlari asosida ijaraga beradi. Bu lizing turiga binoan, bir shaxs ayni vaqtda ikki subyekt ham uskunani yetkazib beruvchi, ham lizing beruvchi vazifasini bajaradi. Uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar lizing operatsiyalarini yuzaga chiqarish uchun oz korxonalari tizimida marketing xizmati tarkibida maxsus bolimlar tashkil etadilar. Vositachilarsiz ishlash kelishuv mexanizmini soddalashtiradi va uni amalga oshirish xarajatlarini tejaydi.
Marketing faoliyatini diversifikatsiyalash mahsulot savdosi bozorini kengaytiradi va asosiy ishlab chiqarish zvenosi hisoblanuvchi korxonaning maliyaviy barqarorlashuviga yordam beradi.Vositali lizing. Mulkni vositachilar orqali lizingga berish nazarda tutiladi.
Amalda lizing kelishuvlari asosan kopchilik holatlarda vositali lizing qollaniladi.
Vositachi ayni vaqtda lizingga beruvchi avvalo ishlab chiqaruvchish vositalarini sotib olish xarajatlarini moliyalashtiradi. SHuningdek, foydalanuvchiga yetkazadi. Song esa ijarachidan lizing tolovlarini qabul qiladi. Vositali lizing faoliyatida minimum 3 shaxs: sanoat korxonasi, lizing kompaniyasi va ijarachi ishtirok etadi, ammo bu jarayonga undan ham kop ishtirokchilar qatnashishi ham mumkin.
Qaytaruvchi lizing. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda mulk egasi avvalo bolajak lizing beruvchiga sotadi, songra ozi esa ayni shu obyektni xaridordan ijarag oladi. YAni aynan bir shaxs (birlamchi mulk egasi ) ham taminotchi sifatida va ham lizing oluvchi sifatida ishtirok etadi. Natijada lizing beruvchi ijarachi qoltida bolgan mulkni garov asosida ssudaga beradi. Bu lizing turi balansini tenglashtirish uchun kopincha qollaniladi.
Taminotchi lizinggi bu qaytariluvchi lizingdan shunisi bilan farqlanadiki, asbob uskuna taminotchisi sotuvchi va iajarachi sifatida bir vaqtning ozida qatnashadi, ammo u mulkni ishlatuvchi bolmaydi; qaysiki, albatta sub lizingni uchinchi shaxsga yetkazish shart .
Kelishuv davomiyligi, lizing turi farqlanadi: moliyaviy va operativ lizing.
Moliyaviy lizing lizingning eng kop tarqalgan turi hisoblanadi, uzoq muddatga texnikani ijaraga berish va uning qiymatini foydalanish davrida tola qoplashni kozda tutadi.
Lizing shartnomasi harakati muddati tugagach, foydalanuchi mulkni xususiylashtirib olishi mumkin, shartnomani yangilash, bunda imtiyozli yoolni qollash yoki munosabatlarni umuman toxtatib qoyish mumkin.
Moliyaviy lizingning farqli jihati shundaki, u ijaraga beruvchi tomonidan mulkiy servis xizmatini kozda tutmaydi. SHartnomaning muddatidan ilgari toxtalishiga yool qoymaydi.
Moliyaviy lizing doirasida uning turlicha korinishlari qollanishi mumkin: alohida (oddiy va murakkab), guruhiy (hissadorlik asosida), togri va boshqalar. Alohida lizing yirik lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun bir necha kredit tashkilotlarini birlashtiradi. U lizing beruvchi tomonidan bir ikki (oddiy variant)
Moliyaviy lizingni boshqa lizing korinishlaridan farqi
Munosabat tarkibi
|
Amalga oshirish shartlari
|
Lizing obektini va uni sotuvchisini tanlash
|
Umumiy qoida boyicha lizing oluvchi bajaradi.
|
Ijarachi uchun lizing mulkini ozlashtirish
|
Lizing beruvchi sotib oladi. U sotuvchining malum shaxsga mulkni lizingga berish togrisidagi ruxsati boyicha ishlaydi.
|
Lizing mulkini belgilash
|
Faqat tadbirkorlik maqsadlarida
|
Kelishuv davri davomidagi lizing tolovi summasi
|
Kelishuv muddatidagi narxlarda lizing mulki tola qiymatini oz ichiga oladi.
|
Lizing obekti sugurtasi va servis xizmati
|
Lizing oluvchi majburiyatiga kiradi.
|
Lizing obektini tosatdan yoqotish, buzilishi tavakkali
|
Ijarachiga lizing obektini berish davrida otkaziladi.
|
Lizing mulkining tezlashtirilgan amortizatsiyasi
|
Soliq organlari vakolati orqali qollanilishi mumkin.
|
Lizing obektini sotuvchi bilan lizing beruvchi va ijarachi munosabati
|
Erkin kreditorlar sifatida
|
Lizing muddati davomiyligi
|
Lizing obektining qoplanish va foydalanish normativ muddati
|
Lizing obekti eskirish xarajatlari
|
Lizing beruvchi amalga oshiradi.
|
Lizing predmetlari
|
Odatda qimmatbaho obektlar
|
Lizing obektini hisobga olish
|
Lizing beruvchi balansida va lizing oluvchining 001-balansorti schetida yoki ular ortasidagi kelishuvga muvofiq
|
Kreditor funksiyalari
|
Lizing beruvchi tomonidan lizing predmetini sotib olishni tola yoki qisman moliyalashtirish.
|
Moliyaviy lizing boshqa lizing turlaridan farqlanuvchi oziga xos xususiyatga ega. ( 3 chizmada aks ettiriladi.)
bir necha (murakkab variant) kreditorlarni lizing summasining 70 80 % gacha qiymatini qoplash uchun jalb qilishini kozda tutadi. Alohida lizingda yollovchi lizing beruvchi ssudani qaytarish uchun tola masuliyatni oz ichiga olmasligiham mumkin.
Alohida lizing iborasi qollanilishi lizing kompaniyasi va ijjarachini boglovchi ijara munosabatlarining kredit tashkilotiga ijara tolovlarini tolash tartibi kabilar alohidaligi bilan baholanadi.
Guruhiy (hissa asosida) lizingda ijaraga beruvchi sifatida ishtirokchilar guruhi aksionerlar qatnashadi. Ular maxsus korporatsiyani tasis etadilar va lizing munosabatlari boyicha zarur jarayonlarni kelgusida ham amalga oshiruvchi ishonchli vakillarni saylaydilar.
U asosan yirik kelishuvlarda: rekonstruksiya qilinuvchi yoki yangidan tashkil etiluvchi korxonalarni jihozlash, qimmatbaho obyektlar (samolyot, dengiz kemalari, kosmik obyektlar va boshqalar)ni ijaraga berishda qollaniladi.
Togri moliyaviy lizing: mulkni sotuvchi hisoblamaydigan ijaraga beruvchining ozi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Kop davlatlarda lizingning bu turi kapital lizing deb nomlanadi. Agar quyidagi talablarga mos kelsa:
Kelishuv muddati tugashi vaqtida obyektni boshqarish huquqi ijarachiga berilishi kerak.
Kelishuv muddati shartlari konkret savdoda xarid huquqini berishni kozda tutadi.
Ijara doimiyligi lizing obyektini 70 80 % iqtisodiy asoslangan xizmat muddatini tashkil etadi.
Minimal lizing tolovlarini diskont qiymati ijaraga oluvchi obyektning kamida 90 % real qiymatini tashkil etadi.
Operativ (servisli)lizing.
Lizing beruvchi uchun oz mulkini uning normativ xizmat muddati davomida bir necha marta ijaraga berish imkoniyatini kozda tutadi.
Operativ lizing xususiyatlari
Munosabat tarkibi
|
Amalga oshirish shartlari
|
Kelishuv muddati
|
Obektning jismoniy eskirish davridan nisbatan ancha qisqa
|
Servis xizmati korsatish
|
Lizing beruvchi oz zimmasiga oladi.
|
Lizing tolovlari stavkalari
|
Odatda yuqori
|
Operativ lizing quyidagi hollarda ancha manfaatli
|
Ijara mulkka egalik qilish tavakkalini oz zimmasiga olmaydi.
Ijarachi ozining tolov qobiliyati uzoq muddatliligiga ishonmaydi.
Obektni sotib olish uchun vositalar etishmaydi.
Obektni tanlash togriligiga ishonish zarur.
|
Lizing beruvchining xatarlari
|
Mulk qiymatini qoplash borasida: lizing obektining yoqotilishida
|
Lizing obekti
|
Manaviy eskirishi yuqori tempda bolishi tez-tez uchraydi; maxsus texnik xizmatni talab qiladi; kelishuv muddati bilan istovchilarga mulk qayta ijaraga beriladi.
|
Ijarachi huquqi
|
Lizingning muddati tugamasdan toxtatilishi va mulkni egasiga qaytarilishi mumkin.
|
Lizing obektini qaytarishdagi munosabatlar
|
SHartnomada obektning qoldiq qiymatini turli davrlar uchun belgilanadi;
Ijarachi obektning qoldiq va likvidatsiya qiymati ortasidagi farqni qoplaydi.
|
Foydalanuvchining kafolatlari
|
Obektning belgilangan qoldiq qiymatini shartnoma tugash davrigacha tolashni taminlash.
|
Kochmas mulk lizingida lizing beruvchi ijarachi buyurtmasiga kora kochmas mulkni koradi yoki sotib oladi va unga ishlab chiqarish, tijorat maqsadlarida foydalanish uchun beradi. Kochmas mulk obyekt klassifikatsiyasiga asoslanib lizing turlari quyidagicha farqlanadi. Korxonalarning sanoat lizingi ishlab chiqarish binolari va inshootlarining lizingi, lizing savdosi, ombor xojaliklari, ofis idoralar va boshqa inshootlar lizingi. Kop davlatlarda yer uchastkalari lizingi ham qollaniladi.
Kochuvchi mulk lizingi: ishlab chiqarish va qurilish uskunalari, kompyuterlar, transport vositalari, stanoklar lizingi kabilarga bolinadi. Uning asosiy korinishlaridan biri maxsus lizing hisoblanadi. Unga kora lizing obyekti ijarachi xoxishiga, talabiga kora tayyorlanadi.
Foydalaniladigan mulk amortizatsiyasi holatiga kora toliq va toliqsiz amortizatsiyali lizingga ajratiladi:
Tola amortizatsiyali lizing xususiyatlari:
- obekt amortizatsiyasi normativ muddatining shartnoma muddati davomiyligi bilan togri kelishi;
- lizing obekti qiymatining bir ijara davomida tola qoplanishi;
Toliqsiz amortizatsiyali lizing ob’ekt qiymatining qisman tolanishini kozda tutadi va oz mazmuni boyicha operativ lizing korsatkichlariga yaqin hisoblanadi. U asosan kochmas mulk obyektlarini, shuningdek, turlicha uskunalarni, stanoklar va korxonalarni ijaraga berish va olish borasida amalga oshiriladi. SHuningdek, tezlashtirilgan amortizatsiyali lizing korinishi ham farqlanadi. Bu lizing turi tomonlar kelishuviga kora, soliq organlari vakolati bilan amalga oshiriladi.
Bozor doirasiga tegishliligiga kora ichki va tashqi (xalqaro) lizing farqlantiriladi.
Ichki lizingda barcha ishtirokchilar bir davlatga tegishli hisoblanadi.tashqi yoki xalqaro lizingda esa ishtirokvchilarning hech bolmaganda biri boshqa davlatga tegishli hisoblanadi. Xalqaro lizing bir necha modifikatsiyaga ega bolib, ular:
togri eksportli;
togri importli;
tranzitli lizingdir.
Togri xalqaro lizing ozida shunday kelishuvni aks ettiradiki, unda barcha operatsiyalar tijorat tashkilotlari ortasida ikki davlatning yuridik shaxs huquqi bilan amalga oshiriladi.
Uning afzallik tomonlari:
lizing beruvchi eksport kreditini oz davlatida olishi va shu orqali oz tovar va xizmatlari bozori hajmini kamaytirish imkoniyatiga ega;
ijarachi zamonaviy mashinalarni, uskunalarni ishlatish borasidagi moliyaviy taminotni va ishlab chiqarishni texnik jihozlash amalga oshirishni oz zimmasiga oladi.
Eksport va import lizingi ortasidagi lizing beruvchi va lizing oluvchi joylashgan davlatlar orni bilan begilanadi. Import lizingida taminotchi xorijda joylashadi, eksport lizingida esa xorijiy hamkor sifatida lizing oluvchi ishtirok etadi.
Tranzit xalqaro lizingi: bir davlatning lizing beruvchisi, ikkinchi davlatdan kredit olib yoki zarur uskunani olib, uchinchi davlatda joylashgan ijarachig etkazgan vaqtda qollaniladi. Tranzit operatsiyalarining katta qismi transmilliy korporatsiyalar va oz lizing kompaniyalariga ega bolgan banklar tomonidan nazorat etiladi.
Tranzit lizingi investitsiyalash ijaraga beruvchi uchun ancha qulay hisoblanadi. CHunki,
ijarachi joylashgan davlatning mahalliy moliya manbalari imkoniyatlaridan foydalana olish huquqiga ega boladi;
valyutani almashtirish bilan bogliq xatarni qisqartiradi;
lizingga beriluvchi texnika vositalari nomenklaturasi kengayadi;
lizing tolovlarini chegaradan otkazishda soliq tosiqlari qisqaradi;
xorijiy hamkorlar lizing beruvchilar faoliyatidagi cheklanishlar olib tashlanadi;
mulkni xorijiy egalari nomiga rasmiylashtirish ancha soddalashadi;
ishlab chiqariladigan mahsulotning xorijiy savdo bozori kengayadi.
Soliq va amortizatsiya imtiyozlari belgisiga kora:
Noqonuniy
Qonuniy lizing farqlanadi.
Noqonuniy lizing chayqovchilik xarakteridagi jarayon bolib, asosan davlatda amal qiluvchi soliq va boshqa boralarda beriladigan imtiyozlar hisobidan foyda olishga qaratilgan boladi.
Qonuniy asosli lizing qonun qoida asosidagi faoliyat hisoblanadi va lizing tadbirkorligining barcha iqtisodiy mazmuniga mos keladi.
Qonuniy lizingning asosiy belgilari :
kelishuvning butun muddati davomida yuridik jihatdan mulk egasi lizing beruvchi va iqtisodiy jihatdan mulk egasi foydalanuvchi hisoblanadi.
L
Lizing tolovlari
izingga berilgan mulk faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniladi.
4
4
1- Davlat lizing beruvchisi
Davlat lizing oluvchi
1
1
1
2
3
3
2
Obyektni yetkazish
5-Davlat taminotchisi
Obyektnioldi sotti qilish
Lizing tolovlari . 5 chizma.
Qoida boyicha mulk egasi butun xatarni, tavakkalni oz zimmasiga oladi, belgilangan imtiyozlardan foydalanadi, obyektning boshlangich qiymatini qisman yoki tola moliyalashtiradi.
Lizing beruvchi normal bozor foydasiga ega boladi.
Ijarachi uskunani faqat bozor narxida sotib olishi mumkin va lizing beruvchi tomonidan uskunani sotib olish jarayonini moliyalashtirishda ishtirok etish huquqiga ega bolmaydi.
Ijarachiga korsatiladigan qoshimcha xizmat qiymati lizing tolovlari tarkibiga kiritiladi.
Ijarachi ijara tolovlarini daromad summasidan chegirib tashlashlari va soliq xizmatiga deklaratsiya tuzishda uni taqdim etishi mumkin.
Lizing tolovlari xarakteriga kora: pulli, kompensatsiyali, aralash lizing farqlanadi. Pulli lizing tolovlar pul shaklida amalga oshirilganda qollaniladi.
Kompensatsiyali lizing qollaniladigan uskunalarda ishlab chiqariladigan tovarlar bilan yoki zarur xizmatlar shaklida amalga oshiriladigan tolovni nazarada tutadi.
Aralash lizing tolovni ham pulli ham kompensatsiyali tarzda amalga oshirish yoki barter kelishuvi elementlarini birgalikda qoshllash usulidir.
Lizing kelishuvlari olchamiga kora uch xil: kichik, standart va yirik lizing farqlanadi. Kichik lizing dunyoning juda kop davlatlarida keng tarqalgan. Bunday kelishuvlarning predmeti kopincha noishlab chiqaish yani ishlab chiqarish jarayoniga bevosita kiritilmaydigan kompyuterlar, organik texnika, telefon stansiyalari, xavfsizlik tizimlari, ofis idora inshootlarning jihozlari hisoblanadi.
Standart lizing asosan mini novvoyxonalar, suv quyishga asoslangan zavodlar va boshqalar lizinggi hisoblanadi.
Yirik lizing kelishuvlari samolyotlar, kemalar, energetika uskunalari va boshqalar lizingiga qaratilgan. Bozorning bu sektorida faoliyat korsatish katta moliyaviy resurslarga ega bolish, shuningdek, lizing kompaniyalarining mutaxassislarining jiddiy tayyorgarligini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |