YAshirin qurol sotish. «Bu biznes ham mintaqaviy mojarolar va mahalliy urushlarning foydalanib qoluvchilarga katta daromad keltirmoqda. Bunday korchalonlar uchun qurolli qarama-qarshilikni davom ettirish va keskinlikni saqlab turish uchun qurol-yarog‘larning sotish uchun yaxshi sharoit ekanligini yana bir bor ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak.
YAshirincha qurol sotish xalqaro terrorizm deb atalmish jinoiy xodisa bilan birga yuradi, ba’zan esa uni keltirib ham chiqaradi. O‘zgalar qonini to‘kish hisobiga mo‘may daromad olishni istovchilar batamom yo‘q bo‘lib ketadigan zamonlar kelishiga hali ancha borga o‘xshaydi. Bu toifaga kiruvchi «bizneschilar» qon va nopok siyosat qorishgan pul dunyoning turli burchaklarida xalqaro qotillarni yollash va sinab ko‘rish mumkin bo‘ladigan majoralarni rag‘batlantirish borasida eng qulay vosita ekanligini gapirmasa ham bo‘ladi»21.
«Ushbu jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari uning ishtirokchilarini milliy qonunlar majmui bilan ham, ayniqsa, «oq ajal»ning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay, hamma ishni qilishga majbur etmoqda»22.
O‘zbekiston hududida yashirin qurol sotilishiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilayotgan bir vaqtda, qo‘shni davlatlar hududida bo‘layotgan majoralar Respublikamiz oldida tashvishli muommolarga sababchi bo‘lmoqda. Bu haqda Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev o‘z fikrini shunday bildiradi:
«Mintaqamiz xususiyati uning jug‘rafiy-siyosiy ahamiyati shundayki, voqealar salbiy tus olgan taqdirda, bu er butun dunyodagi barqarorlik o‘chog‘iga aylanib qolishi hech gap emas.
Hozirning o‘zidayoq Afg‘oniston va Tojikistondagi voqealar 60 milion kishi taqdiriga salbiy tasir ko‘rsatmoqda.
Bu mamlakatlardan kelayotgan xavf markaziy osiyo davlatlari uchun eng muhim muommalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kelinglar mintaqada to‘plangan qurollarning katta zahirasi solayotgan tahlika, yangi qurbonlar qidirib tarqalayotgan narkobiznes, ekologiya tinchligi, aholining nazoratdan chiqib ketgan ko‘chishi, uyushgan jinoyatchilik o‘rnida tinchlik, barqarorlik va hamkorlik Markaziy Osiyodagi haqiqatga aylanishi uchun nima qilish lozimligi haqida o‘ylab ko‘raylik»23.
1984-86 yillarda mafiyabozlik O‘zbekistonda ancha o‘sib, shu darajada kuchaygan ediki, boshqaruv aparatini ham mafiya guruhlari nazorat qilib turar edi. Bunday holat faqatgina O‘zbekistonda emas, hatto, sobiq SSSR davlati boshqaruvi tizimigacha aralashib borgan edi.
"Mahalliy partiya va chekistlik tizimlari sobiq SSSRda mafiya bilan chatishib ketgan edi. Ular Moskva operativ-tergov birigadalari yo‘liga ahillik bilan g‘ovlar qo‘yishar, bu hol esa jinoiy holatlarni topilishiga imkon bermaydi"24.
O‘zbekiston mustaqillika erishgandan keyin ko‘plab jinoiy guruhlar yo‘qotildi va davlat boshqaruv aparatini o‘zi mustaqil olib borishiga erishildi. Ammo mafiya guruhlari ma’lum darajada haligacha borligi aniqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |