O‘rta bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar jinoiy guruhlardan pora olib turadi va ularning jinoiy faoliyatlarini amalga oshirishda rahnomalik qiladi, hamda sezilib qolayotgan jinoyatlarini yopishga harakat qiladi. O‘rta bo‘g‘inli korrupsiya Respublikaning hamma viloyat va shaharlarida uchraydi.
Mamlakatda jinoiy "xufyona iqtisodiyot"ning mavjud bo‘lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat xokimiyati tizimlarining turli bo‘g‘imlari va turli daraja vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib, u eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘riidan-to‘g‘rii yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bunday xol esa jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlari tufayli jamiyat xavfsizligiva barqarorligiga putur etkazadi. Sobiq ittifoq davlat davridagi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning ko‘plab turlari mafiyabozlik, poraxo‘rlik, iqtisodiy o‘g‘irlik, narkobiznes va boshqa sarqitlari saqlanib qoldi. Mafiyabozlik xolati sobiq ittifoq davridagiga qaraganda ma’lum bir darajada kamaydi, ammo "xufyona" iqtisodiyot poraxo‘rlik, narkobiznes, korrupsiya xolatlari kamayish o‘rniga, keyingi yillarda ortayotganligi ko‘zga tashlanib qolmoqda. Bu xolning o‘sib borishiga ayrim qo‘shtirnoq ichidagi ma’sul rahbarlarni o‘z manfaatlari yo‘lida noqonuniy yo‘llardan ko‘proq foydalanishi , uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga ma’lum ma’noda yo‘l ochib bermoqda. Mana shunday salbiy illatni kuchayib borishi, o‘tmishimizdagi jinoiy merosdan qutula olmayotganimizga sabab bo‘lmoqda.
Sobiq ittifoq davridan meros bo‘lib qolgan "qo‘shib yozish" degan illatni xozirgacha davom etayotganligi korrupsiya va jinoyatchilik hollarini yanada o‘sishiga turtki bo‘layapdi. Agar biz O‘zbekiston Respublikasining bitta Jizzax viloyatini misol qilib ko‘rsak, "viloyatning Do‘stlik paxta tozalash korxonasida ma’sul mansabdor shaxslar, o‘zaro jinoiy guruhga uyushib, so‘ng jinoiy manfaatlarini ko‘zlab, mansabini su’istimol qilib, jinoiy til biriktirib, 1999-yil paxta tayyorlash davlat rejasini ko‘zbuyamachilik yo‘li bilan bajarishgan. Terimchilarga berildi deb 93 milion so‘mni o‘marishgan. 12 kishidan iborat, bu uyushgan gurux tomonidan jami 2 ming 650,7 tonna paxta, 48 milion 514 ming 929 so‘mlik juda ko‘p mulk o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingan. 2001-yil 1-iyyun xolatiga ko‘ra, yani 2001-yil dagi paxta xosilini qabul qilish va ishlov berishda beistisno barcha korxonalar milionlab so‘mlik zarar keltirgan. Jumladan Paxtakor- 81milion 77 ming , Irjar- 103 milion 521 ming so‘m , Akmal Ikromov 307 million 613ming, Do‘stlik 60 milion 520 ming, Uchtepa 15 milion 905 ming, Dashtobod 22 milion 970 ming, Zafarobod 2 milion 170 ming, viloyat bo‘yicha 471 milion 881 ming so‘mni tashkil etmoqda. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki viloyatning bosh rahbarlari ham mana shu noqonuniy ishlardan mafaatdor bo‘lishgan"25.
Sobiq ittifoq davrida, O‘zbekistonga to‘ldirib bo‘lmaydigan rejani yuklagan Moskvaga reja bajarildi deb hisobot berish uchun bunday ko‘zbuyamachiliklarga majbur bo‘lingan edi. Bugungi kunda bunday xolatga aslo hojat yo‘qku.
Do'stlaringiz bilan baham: |