Ikkinchi ko‘rinish - korrupsiyadir. (Bunga «xufyona» iqtisodiyot, poraxo‘rlik, xullas mansabdor shaxslarning o‘z manfaati yo‘lida qonun taqiqlagan xarakatlardan foydalanishlari kiradi). Biz O‘zbekistonda korrupsiyani uch bo‘g‘inga, ya’ni, yuqori, o‘rta va mayda bg‘inlarga bo‘lganimiz maqulroq.
YUqori bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqador bo‘lmaydi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar davlat mulklarini o‘marishga ( qo‘shib yozish, pora olib ishga joylashtirish, urug‘-aymoqchilik va hakozalarga urinayotganligi ma’lum bo‘lmoqda) harakat qiladilar.
YAngi mustaqil davlatlarda shu jumladan O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan islohatlar orqali amalda mulkni qayta taxsimlash jarayoni yuz bermoqda. Avvalgi tuzimda davlat tomonidan tortib olingan boylik endilikda uni yaratgan va o‘z mehnati bilan ko‘paytirayotganlarga qaytarib berib, uni davlat uchun ham, aholi uchun ham ko‘proq foyda keltirishga urinilinmoqda. Mana shunday xolatlarda mulkni jinoyatchilar to‘dasining tazyiqidan ixtiyot qilishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |