1. Korrupsiya tushunchasi va mazmun-mohiyati. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari


Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy



Download 102,03 Kb.
bet3/49
Sana19.09.2021
Hajmi102,03 Kb.
#178889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurash

2. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy

zaminlari va kuchayishining sabablari.

Korrupsiyaning paydo bo‘lishi inson sivilizatsiyasi singari, juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Tarixiy ma’lumotlardan bizga ayonki ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida insonlar bir xil mehnat qilib, bir xil turmush tarziga ega bo‘lishgan. Keyinchalik mulkiy tengsizlikni paydo bo‘lishi insonlarni turlicha hayot kechirishiga olib keldi. Mulkiy tengsizlik faqatgina insonlarning mehnati bilangina emas balki ularning jinoiy harakatlari oqibatida yuzaga kelgan va rivojlangan. Davlat paydo bo‘lib, mulkdorlar o‘zining manfaatini ximoya qilish uchun, qonun-qoidalarni joriy etganlar va shu qonun-qoidalarga zid ishlarni jinoyat deb belgilaganlar. Qadimgi davrlarda jinoyatchilikni sodda turlari, o‘g‘irlik va talonchilik ko‘proq uchragan bo‘lsa, keyinchalik bosqinchilik, qaroqchilik kabi turlari yuzaga kela boshlagan. Inson sivilizatsiyasi o‘sishi natijasida, jinoyatchilikning turlari ortib bogan va korrupsiya yuzaga kelgan.

Barcha davlatlardagi jinoiy harakatlarda asosan birinchi o‘rinda moddiy manfaat, yuqori lavozimni olish va lavozim orqasidan tekin boylik orttirish yotadi. Agar biz korrupsiyani sobiq SSSR misolida ko‘rib chiqsak, Aholisi to‘q va farovon, hech kamchiligi yo‘q deb ko‘krak urgan davlatda ham etarlicha jinoiy uyushmalar mavjud ekanligini kuramiz.

"Sobiq SSSRda I.V. Stalin hukmronlik qilgan yillarda jinoiyatchilik va korrupsiya juda kam bo‘lgan. Bu vaqtlarda sodda turdagi jinoyatlar mavjud bo‘lib, asosiy eng og‘ir jinoyatlar davlat tomonidan qonuniylashtirilgan tarzda olib borilgan"8.

I.V. Stalin vafotidan keyin sobiq SSSRda jinoyatchilik, korrupsiya holati o‘sa boshlagan, ayniqsa poraxo‘rlik holati avj olib ketgan. "Stalin vafot etgach, sal kam 14 yil davomida butun mamlakat poraxo‘rlik gullab yashnagan bepoyon bir botqoqqa aylanib... bu botqoq istagan daqiqada mafkurani ham, davlatni ham, o‘z qa’riga yutib yuborishi hech gap emas edi"9.

Ittifoqdosh Respublikalarda ahvol Markazga qaraganda ancha yomon edi. "KGBning mahsus kanallari bo‘ylab tunu-kun ahyoborotlar oqib keladiki, Andropovning eng yaqin odamlari ularni o‘qib, muzdek terga tushishardi. Ozorbayjonda rayon prokurori mansabi 30 ming so‘m, rayon militsiya bo‘limining boshlig‘i mansabi 50 ming so‘m turgan. Bu mansablarni naqd pul to‘lash yo‘li bilan raykom kotibidan sotib olish mumkin. Kolxoz raisining o‘rni garchi saylanadigan mansab bo‘lsada, 80 ming so‘m turgan, sababi, bu mansab raykom nomenklaturasiga kirgan va undan nomenklatura pillapoyalari bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish kerak bo‘lgan. Raykom kotibi bo‘lish uchun esa ancha ko‘p pul talab qilingan - 200 ming so‘m to‘lash kerak bo‘lgan. Ikkinchi kotibning o‘rni 100 ming so‘m turgan. Pullar Ozorbayjon kompartiyasi Markazqo‘mi kotiblariga to‘langan, chunki, bu mansablar Markazqo‘mning nomenklaturasiga kirgan. Markazqo‘mda hamma davlat mansablari, nafaqat davlat mansablari teatr direktorining o‘rni 30 ming so‘m, ilmiy - tatqiqot direktorining o‘rni 50 ming so‘m, akademiklik unvoni 50 ming so‘m bo‘lgan. Respublikadagi istalgan oliy o‘quv yurtining rektori bo‘lish uchun 200 ming so‘m to‘lash shart edi. Bu lavozim - xuddi raykom kotiblarinikiday juda qimmat turgan. Ammo bu pullar juda tez qaytgan, chunki, aytaylik, CHet tillar institutiga kirish uchun 10 ming so‘m, Boku dorilfununiga kirish uchun 20 ming so‘m, Tibbiyot institutiga kirish uchun 30 ming so‘m, halq xo‘jaligi institutiga 35 ming so‘m (70- yillar bahosida) to‘lash lozim bo‘lgan. Ijtimoiy ta’minot vazirligi lavozimi 120 ming so‘m, Savdo vazirligi mansabi uchun 250 ming so‘m berish zarur edi. Kompartiya Markazqo‘miga a’zo bo‘lish uchun yarim milion so‘m talab qilinardi. Bunday ahvol faqatgina Ozorbayjonda emas, Ittifoqdosh Respublikalarni barchasida ham uchrar edi. Guriziyada ahvol bundan besh battar edi"10.

YUriy Vladimirovich Andropov xokimiyat tepasiga kelgandan keyin poraxo‘rlikka qarshi kurashish uchun ko‘plab choralar ko‘rdi, hamda, sobiq SSSR Oliy lavozimida ishlaydigan, ko‘plab poraxo‘rlik va jinoiy harakatlarni olib borgan mansabdorlar (Ligachyov, Solamensov, Rekunkov - Bosh prokuror, Terebilov, Afanasev, Georgadze) uylarida tintuv O‘tkazib, qamash ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tekshirishni "Georgadzedan boshlashga qaror qilishdi. U ko‘pdan beri SSSR Oliy Prezidumining kotibi lavozimini egallab kelardi. Bu etarli darajadagi yuksak mansab edi, lekin Georgadze loaqal Markazqo‘m a’zosi ham bo‘lgan emas, uning umri nomzodlikda o‘tgan.

Operatsiyani o‘tkazguncha juda qattiq sir saqlashdi. Negaki, Georgadze nomenklatura qatidan joy olgan bo‘lmasada, uni bir chekkadagi rahbar deb ham aytib bo‘lmasdi. U o‘rtoq Stalin zamonlaridan beri Kremlda o‘tirardi. Dohiyning o‘zi unga xomiylik qilgan - uni bir marta ham qamamagan. Tergovchilar Georgadzeni pulat quttilaridan va uyning yashirin joylaridan 8 kilogramm javohir va olmos, 100 ta oltin yonbi (har-biri 20 kilogrammdan), 40 milion so‘m sovet puli, 2 milion dollar, hovo‘ch-hovo‘ch uzuk, Zirak, marjon, Lionardo da Vinchi, Rubens, Van-Deyk, Ayvazovskiyning suratlarini topishdi. Hammasi bo‘lib 6 miliard so‘mlik buyum chiqdi.

Georgadze nisbatan maydaroq amaldor edi. Unga nisbatan rutbasi balandroq rahbarlarnikidan nimalar chiqishi mumkinligini o‘ylaganda odamning yuragi orziqib ketardi. Georgadze loaqal Markazqo‘m a’zosi ham emas ediya"11.

M.S. Gorbachyov hokimiyat tepasiga kelgandan keyin mamlakatda (butun ittifoqda) uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haddan tashqari darajada ko‘payib ketdi. Uyushgan jinoyatchilikning har xil ko‘rinishlari (bandalar, reket, terrorizm, xuvfyona iqtisodiyot, narkobiznes, qimorbozlik O‘yinlari, mafiya va boshqalar) mavjud edi. Ayniqsa, uyushgan jinoyatchilikning katta turlaridan biri mafiyabozlik davlat boshqaruvi sistemasini ham qurshab olgan edi. O‘zbekiston halq yozuvchisi Tohir Malikning "SHaytanat" nomli asarida, yuqoridagi illatlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

"Bir narsani yaxshi anglashimi lozim, M.S.Gorbachyov zamonidan boshlab, mamlakatda (sobiq SSSRda) milionlab odamlar qurbon bo‘ldi. Nega? Agar o‘n ettinchi yil tuntarishdan so‘ng xususiy mulklar davlat xisobiga olingan bo‘lsa, 1985-yildan so‘ng aksincha davlat mulki shaxsiy mulkka aylantiriladi, keyinchalik qonli, daxshatli ko‘rinmasin, birinchi yo‘l jun va oson edi. CHunonchi falonchining etikdo‘zlik ustaxonasi bor edi. Uni hokimiyat tortib oldi va halqniki deb e’lon qildi. Ustaxona egasi jabr tortdi, ammo, uni qo‘ni-qo‘shnisi, tanish-bilishi uchun bu judayam fojia emasdi. 1985-yildan keyin aksincha, davlat mulkini taqsimlab, bo‘lib olish jaroyoni boshlandi. Bu esa jamiyatda o‘lja ustiga otilib, bir-birini turtib - cho‘qib, o‘ljadan mumayrog‘ini olib qochishga intilayotgan quzg‘unlar kurashiga o‘xshash xolatni vujudga keltiradi. Har kim har qanday yo‘llar bilan, ko‘proq, salmoqliroq ulushni olish payida hech narsadan toymadi"12.

Bu fikrlardan biz aniq xulosaga kelamizki sobiq SSSR parchalangandan so‘ng, korrupsiya MDHga kiruvchi davlatlarning ayrimlarida ancha kuchaygan. "Uyushgan jinoyatchilik xonlar va sovetlar davrida ham bo‘lgan. Lekin qattiq nazorat sharoitidan va gap etkazuvchilar ko‘pligidan hukumat oldidagi qo‘rquv sababli amaldorlar insof bilan yulishar edi. Davlat ularga tillarini va dillarini mum tishlashlari uchun oylik maoshlaridan tashqari mablag‘ ajratardi. (Sovet hukumatining dastlabki yillari nazarda tutilmoqda.)

«Korrupsiyaning kuchayishiga sabab, mansabdorlar, boringki, davlat xizmatiga o‘tiradigan fuqorolar o‘z iqtisodlarini etarli darajada yaxshilash uchun, masalan: asosiy xizmat mashinalariga ega bo‘lishga, dang‘illama uylar qurishga, dam olish uchun yo‘llanmalar va chet elga chiqishga imkon yaratish, o‘zlarini farzandlarini yuqori lavozimlarga, yoki, daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qo‘l uradilar. Asosan amaldorlarning bu "ovqatlanish" usuli Ekaterina naslining davridan o‘tgan. Lekin SSSRda bo‘linadigan narsa yo‘qligidan davlat hamma narsani o‘zi egallab oldi, uyushtirilgan jinoyatchilik ham sodda edi"13.

Korrupsiya keyingi yillarda o‘sib bormoqda. Ko‘plab hollarda saylab qo‘yiladigan organlarni ham sotib olish holatlari ham ko‘p uchramoqda. "Deputatlarni sotib olish bilan oligarxik (yirik kapital vakili) gruppalar shug‘ullanishadi. Ularning har biri gapga kiruvchilardir. Bunday shaxslar va rahbarlar kompromotga (obrusizlantirishga) ega.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat sirtida (sferasida) ayniqsa markazda yoki maxsus joylarda saylovlar yashirishga olib keladi.

Rossiyada Partiya va demokratik saylovlarni moliyalashtirish umuman foyda bermay qo‘ydi, natijasiz bo‘lmoqda. SHuning uchun 1999 - yilgi davlat dumasida saylovlar ancha yomonlashib ketdi. Partiyalar ustidan yoki Prezident oldi qarorlarini boshqaruvchilar ana shu salbiy holatlarni oqibatidir. Demokratiyaning emirilishi, Rossiya jamiyatida avtoritor (obro‘li) tendensiya (qarama - qarshilik) olib kelmoqdaki, vayron bo‘lgan va lol bo‘lgan demokratiyani aholi ko‘proq Prezidentning (V. Putin nazarda tutilmoqda) toza qo‘lidan kutishga majbur bo‘lmoqda.

Korrupsiya tomonidan yog‘liq daromad keladigan iqtisod sohalarii aniqlangan. Bular quyidagilar: neft va gaz eksporti, metallar, Elektroenergiya, temir yo‘l xizmati, harbiy buyurtma, armiyani oziq - ovqat bilan ta’minlash, ulgurji savdolardir.

Ikkinchi korrupsion esholonlar esa quyidagilardir: aroq va aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish, benzin, mazut, dori-darmon ishlab chiqarish va tarqatish. Qonun himoyachilirining qo‘liga faqat mayda jinoiy holatlar ilinmoqda. Noiloj xollardagina kam kompaniyalar ustidan ish qo‘zg‘atishmoqda halos. U ham ishni sudgacha olib boradimi yo‘qmi noma’lum.

Hududlarda korrupsiyaning markazlari va ularning mablag‘ bilan ta’minlovchi bosh joylari ham bor. Ularning cho‘ntaklari Fediral darajada ishlashga yo‘l bermaydi. Lekin ayrim hududlarda korrupsion siyosiy - iqtisodiy nuqtalar tashkil etilmoqda. Dengiz bo‘yi atrofidagi barcha davlatlarida ham, Rossiyada ham noqonuniy baliqchilik (ikra sotish) holatlariri ko‘payib ketgan. Bundan tashqari o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarini sotish, oltin qazib olish va qayta ishlash, don mahsulotlarin va ularni xorijiy mamlakatlarga yashirin sotishni nazorat qilib turibdi. SHunday kompaniyalar borki Fideratsiyaning bir qismiga egalik qiladi va butunlay saylov natijalarini, qonun chiqarish holatlarini, hududiy amaldor boshliqlarini tayinlashni, militsiya organlarini, sudlarni butunlay nazorat qiladi"14.

Hozirgi ko‘plab davlatlarda (Italiya, Rossiya, Lotin Amermkasi va Afrika davlatlarida) hokimiyatning asosiy qismi korrupsiya yo‘li bilan egallanib olinmoqda. "Rossiyada kuzatuvchilarning fikriga qaraganda, shunday xulosaga kelindi. Mamlakatda hokimiyatni korrupsiya yo‘li bilan olish holati ketmoqda. Bunday olishga ko‘pgina sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va katta monopolistlar sababchi bo‘lmoqda"15.

XXI asr davlatlarida korrupsiyaning ko‘chayishiga birinchi navbatda amaldorlar sababchidir. "Amaldorlar ish bajargani uchun daromadni 10 foizini oladi. Qiladigan ishining miqdoriga qarab, u o‘ziga avto xarid qilishi mumkin, bog‘ sotib oladi, yaxshi xonodon, xullasi kalom o‘zining umrini oxirigacha g‘amini g‘amlaydi. Lekin bu eng kam miqdori. YUqori o‘rinda uyushgan jinoyatchilik, moliyaviy tovlamachilik ishlari bilan shug‘ullanadi, shu bilan ular davlatga katta zarar etkazadilar va davlatni xavf ostiga qo‘yadilar. Ekspertlarni (tekshiruvchilar) ta’kidlashicha daromadni katta miqdorda olish uchun rahbarlar sotib olinadi. Bu esa yiliga 20-25 milion dollarni tashkil etadi. Soliqdan chiqarilgan to‘lovlar, soliq qo‘riqchilariga 25 foiz baholanadi.

So‘roqlar qilinishi natijasida 57 foiz tadbirkorlar, uyushtirilgan jinoyatchilikni aniqlanishiga qaramasdan, pora bermaganligi haqida yolg‘on gapiradilar yoki to‘g‘rii javobdan bosh tortadilar.

Qaysiki mamlakatlarda korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotgan mansabdorlar va ishbilarmonlar aholini kambag‘allashuviga, o‘z mamlakatlarining rivojlanishiga to‘siq qo‘ymoqdalar.



Download 102,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish