1
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI
KAFEDRASI
QAHHOROV JAMOLNING
“5141500 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr darajasini olish uchun
“
Islom Karimov asarlarida ma'naviy barkamol
insonni tarbiyalash g’oyasi
” mavzusidagi
Ilmiy rahbar:
o‘qituvchi N.O‘roqova.
“Himoyaga tavsiya etildi”
Tarix
fakulteti dekani
___________dots. B.Saidov.
_______________2012 yil
Qarshi-2011
3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi:
O`zbekiston mustaqilligi sharoitida
o`zligini anglayotgan xalqimizning ijtimoiy siyosiy va ma’naviy
ongini yuksaltirish,
millatimizning uzoq tarix davomida shakllanib kelgan umuminsoniy qadriyatlarni tiklash istiqlol
mafkurasini rivojlantirish va madaniy taraqqiyotimizning o`ziga xos xususiyatlasrini ochish
hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatimizni yanada yuksaltirish bevosita kishilardan yuksak darajadagi ma’naviyatni
talab etadi. Ma’naviy taraqqiyotsiz jamiyat rivojlanishining yuksak darajada borishini tasavvur
qilib bo`lmaydi. Chunki ular o`zaro dealektik bog`lanishda taraqqiy qiladi. Ma’naviyati yuksak
darajada rivojlangan
kishilargina istiqlol, mustaqillik uning muhitini chuqur anglay oladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga
yetkazish, biz uchun umummilliy umumdavlat miqyosdagi kechiktirib bo`lmaydigan vazifa
sanaladi. Bu ezgu maqsad yo`lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan
davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi.
Haqiqatdan ham mustaqillikning dastlabki kunidanoq bu masalaga uzluksiz e’tibor berib
kelinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning har bir nutqi va ma’ruzasi maqola va
asarlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlamoqda. “Zero, deb
o`qtiradi Islom Karimov-Biz jamiyatimiz taraqqiyotini
faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik
bilan emas, xalqimizning ma’naviy barkamolligi, demokratlash
va insonparvarlik
tamoyillarining kishilar ongida nechog`lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz
1
.
Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayotida
turmushi yuksalishida
hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin.
Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo`lidagi ko`zlangan
maqsad to`la amalga oshirildi.
Ma’naviy, g`oyaviy-mafkuraviy parakondalik davriga barham berildi. Ijtimoiy hodisalar
bilan birga milliy ma’naviyatimiz yuksala bordi.
Mamlakatimiz rahbariyati ma’naviyatning qudratli va yengilmas kuch ekanini to`g`ri
anglab, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish,
ularni
mustaqil fikrga ega bo`lgan barkamol inson etib tarbiyalash ishiga alohida e’tibor qaratib
kelinmoqda.
Zotan, mustaqil mamlakatimiz kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar
zarur. Shuning uchun ham yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori”, “Yuksak
1
I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T. Ma’naviyat. 2008 y. 18 bet.
4
ma’naviyat – yengilmas kuch” kabi shiorlarni yanada balandroq ko`tardiki, yuksak ma’naviyat
mustaqillikni asrab avaylash, mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va
zaruriy tamoyillardan biri bo`lib qoldi.
Ma’naviyatli e’tiqodli kishilar o`z maslagi, vatani uchun
jonini fido qilishga har doim,
har daqiqa tayyor bo`ladi. O`zbekiston mustaqilligi sharoitida ma’anviy-axloqiy qadriyatlarning
ahamiyati tobora o`sib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb
masala sifatida kun tartibiga qo`ymoqda.