Birinchisi: giyohvandlik moddalari bilan savdo qiladigan guruhlar. (Bunda uyushgan guruhning oddiy, o‘rta, yuqori darajalari, mafiyalar va hakozalarini o‘z ichiga oladi). Ular faqatgina giyohvandlik moddalari bilan emas, davlat taqiqlagan boshqa bizneslar (rangli metallar, paxta biznesi, kontrabanda mahsulotlari, faxsh savdosi, qurol-yarog‘ va boshqalar) bilan ham shug‘ullanadi. Asosan narkobiznes (giyohvandlik savdosi) jinoiy guruhlar uchun juda katta daromad manbaidir. SHu sababli narkobeznis yil sayin oshib bormoqda.
Respublikada jinoiy unsur bo‘lmish "Narkobiznes"- ning uchrayotganligi va ko‘plab aholi, hamda jinoiy guruhlarning diyarli hammasi, mana shu og‘u bilan mashg‘ul ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi narkobiznes yo‘lining chorrahasida joylashganligi, davlatimizda narkotik moddalar bilan shug‘ullanilishga katta sharoitlarni yaratilishiga olib kelayapdi. Narkotika o‘chog‘i bo‘lmish Afg‘onistonning, keyingi yillarda bundan foydalanayotgan Tojikistonning yaqinligi, bu savdoni yanada chuqurlashtirmoqda. Faqatgina O‘zbekiston fuqoralari emas, balki qo‘shni davlat fuqoralari ham O‘zbekiston hududidan narkotik moddalarni olib o‘tishga urinishmoqda. Hattoki ayollar, bolalar ham bu ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda. CHegara postlarida mutasaddi kishilar pora olishi orqali narkotik moddalarni o‘tkazib yuborayotganliklari ham aniqlanmoqda. "O‘zbekiston Respublikasida 2001-yilga kelib narkotik moddalar bilan shug‘ullanish 2000-yilga qaraganda 31,7 foizga oshgan"19. Bu raqamlar faqatgina aniqlangani halos, aniqlanmay qolgpnlari esa bundan bir necha barobar ko‘proqni tashkil etishi ham mumkin.
Jinoiy guruhlarning ma’lum uyushmalari faxsh savdosi orqali daromad topishga harakat qiladilar. Respublikani tuman, shahar joylarida maxsus yashirin faxshxonalar ochishadi, ularni o‘z xomiyligiga olib, foxishalar bilan ta’minlab turadi. Vaqti-vaqti bilan foxishalarni almashtirib (birinchi shahardan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga) turadi. Faxshxonalardan tushayotgan daromadlar maxsus kishilar orqali jinoiy guruhlarga (xomiylarga) etkazib turiladi. Xomiylar faxshxonalarni o‘z himoyasida saqlab, maxsus tekshiruv organlaridan himoyalaydi. (Ularni pora berish usuli bilan o‘zlariga og‘dirib olishadi). Faxsh savdosi haqida yozuvchi Solih Qahhorning «Daydi qizning daftari» nomli asarida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
Mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab, to hozirgacha kontrabanda faoliyatidan foydalanish tobora o‘sib bormoqda. O‘zbekiston hududining barcha joylarida yaroqsiz mahsulot kupayib ketgan. Bu mahsulotlar aholi uchun salbiy holatlarni to‘g‘dirmoqda. "2002-yilning dastlabki olti oyida 2,3 miliard so‘mlik kontrabanda yaroqsiz mahsulotlari qo‘lga olingan va davlatimiz ichkarisiga kiritilmagan"20.
Jinoiy guruhlar davlat taqiqlagan mahsulotlar bilan shug‘ullanishi narkobiznesdan keyingi daromadni ko‘proq keltiruvchi biznesdir. O‘zbekiston hududida ko‘plab rangli metallar, neft-gaz mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, paxta xom ashyosi qo‘shni davlat hududlariga o‘tkazib yuborilmoqda. Bu holat esa keyinchalik jinoiy guruhlar tomonidangina emas balki, oddiy fuqarolar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |