34 Yusuf Xos Xojib va Axmad Yugnakiynlarining ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalarining pedagogika tarixida tutgan o‘rni nimada
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’limtarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos boigan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi yetakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g'oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlaming asosiy o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlami tarkib toptirishga olib keluvchi ta’limtarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflaming ham, buyuk mutafakkirlaming ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo'ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Mahbub ul4julub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylaming ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa egabo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish “Qur’on” va “Hadis”lami o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalami o‘zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadislaming ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, shaim-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar asosida yaratiidi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Masalan “Qur’on”da ham, “Hadis”larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir as ami yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg‘achxon (kitobda Tavg£och Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. “Qutadg‘u bilig” asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham “Qutadg‘u bilig”ni chinliklar (Xitoy) “Adab ul-muluk” (‘Hukmdorlar odobi”), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) “Anis ul-mamolik” (“Mamlakatning tartib usuli”), eronliklar “Shohnomai turkiy”, Sharq elida “Ziynal ulumaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg'u bilig”, ba’zilar esa “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar nasihatnomasi”) deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi. Qutadg‘u bilig - baxt va saodatga eltiluvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
35 Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy mohiyati, mazmuni va metodlari bugungi kundagi ahamiyati
Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti hamda Ma’mun akademiyasi olimlari yaratgan o’lmas asarlar dunyo fani va sivilizasiyasiga qo’shilgan mislsiz hissadir. Ular orasida Muhammad Muso al-Xorazmiy (783–850 yy.), Ahmad alFarg’oniy (tax. 797–865), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037), Abu Nasr ibn Iroq (958–1034), Abu Sahl Masihiy (977–1011), Abulxayr ibn Hammor (961–1038), Abu Ali ibn Miskavayx (vaf. 1030), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038), Abu Abdulloh Iloqiy (vaf. 1068), Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vaf. 997) va boshqalarning asarlari alohida o’rin tutadi. Ma’mun akademiyasi olimlaridan o’ziga xos ma’naviy-pedagogik meros qolgan. Ularning didaktik asarlarida ifodalangan saxovatlilik, insonparvarlik, halollik, do’stlik, Vatanga muhabbat, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-qanoatlilik, xushmuomalalik, mardlik, e’tiqodlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, jonajon o’lkaga muhabbat, ijodkorlik, zukkolik, poklik, qanoatlilik, to’g’rilik hamda boshqa milliy va umuminsoniy sifatlarni kollej o’quvchilari ongiga singdirish ma’naviy ta’lim-tarbiyaning asosiy talablaridan hisoblanadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bu davrda pedagogik qarashlar islom aqidalari qorishiq yug’irilgan tarzda bayon etilgan bo’lib, o’z davri uchun harakterli bo’lgan xususiyatlarni o’zida ifodalagan. Bilimlar va haqiqatni ikki xil yo’nalishi, ya’ni materalistik va idealistik. Bu davr pedagogik qarashlari tarixida ham aks etdi hamda mutafakkirlar dunyoqarashining asosini tashkil etardi. Xuddi shu davrdan boshlab xuddi falsafada bo’lgani kabi qarashlar tarixida materialistik dunyoqarash tabbiy fanlarda erishgan ilmiy yutuqlar maxsuli, uning inikosi sifatida egalladi. Bu to’g’rida asosiy tasavvur al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa olimlarning asarlaridagina olishimiz mumkin. Masalan, al-Xorazmiy jamiyatning ma’naviy rivojlanishi uchun aniq fanlarni o’rganishning aniq ahamiyati va uning xayotdagi amaliy ahamiyatini asoslab berdi. Forobiy va Ibn Sinolar esa Aristotelning falsafiy g’oyalarini yanada rivojlantirib, aniq va tabiiy fanlar qo’lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirilgan holda ong, ijtimoiy hayot insonning ma’naviy rivojida ta’lim va tarbiya roliga doir butun bir ta’limotni yuzaga keltirishdi. Garchi ularning konsepiyasida materalistik unsurlar mavjud bo’lsada, ularning qarashlari Yevropa maternalistlari qarashlaridan farqli o’laroq, Islom g’oyayalari bilan uyg’unlashib ketadi, ularning qarashlarini panteistak yo’nalishga mansub desak to’g’riroq bo’ladi. O’rta asrning Ibn Sino va boshqa mutafakkirlar asarlarida ijtimoiy muhitning inson tarbiyasidagi roliga doir muhim qarashlar mavjud. Ular muxitning kishi tarbiyasidagi rolini tan olgan holda undagi tug’ma individual qobiliyatning ham tarbiya jarayonidagi rolini ijtimoiy baholadilar. Ular o’z falsafiy qarashlaridan kelib chiqqan holda tarbiyada asosiy diqqatni aqliy, axloqiy, mantiqiy va jismoniy shakllanishga qaratdilar. 18 Zakariya al-Roziy, Ibi Sino, Jurjoniylarning tabiiy kuzatishlari tufayli insonning bilish va ruxiy faoliyatini o’rganishga doir boy material to’plandi. Insondagi besh sezgi a’zolarini ular tashqi muhit to’g’risidagi ilk bilim manbalari deb hisobladilar. Bu mutafakkirlar tomonidan ruhiy jarayonlar tasavvur, xotira, idrok, hissiyotga berilgan umumiy xarakteristika hozirgi zamon ruxshunosligi yutuqlariga nihoyatda yaqindir. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinolarning pedagogik qarashlari keyingi davrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar Ibn Rushd, Nasriddin Tusiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Jaloliddin Devoniy, Munis Xorazmiy, Ogaxiy, Berdaq, Zavqiy, Furqat, Muqimiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy va boshqalar pedagogak qarashlariga barakali ta’sir ko’rsatdi. IX-XII asrlar madaniy hayoti arab xalifaligada ro’y bergan ijtimoiyiqtisodiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq edi. Xalq harakati va xalifalik zaiflashdi va parchalandi. Biroq uning zaminida yashagan xalqlarning madaniy iqtisodiy aloqalari to’xtab qolmadi. Bu aloqalar XIII asrgacha, ya’ni Chingizxon istelosigacha samarali ravishda davom etdi. Chingizxon bosqini O’rta Osiyo xo’jaligi va madaniy xayotini yer bilan yakson qildi. Bu davrda so’fizm ta’limoti keng tarqaldi. XII-XIII asrlarda so’fizm kuchli g’oyaviy oqim sifatida xalq manfaatini ximoya qilib chiqdi. Bu davrlarda quyidagi sufiylik tariqatlari vujudga keldi: Kubraviylik, Yassaviylik, Naqshbandiylik va x.k. Shuni aloxida qayd etish kerakki, so’fizm, birinchidan. islom dini asoslarining sofligini himoya qiluvchi yo’nalish, ikkinchidan, istelochilik va zo’ravonlik siyosatiga qarshi ma’naviy birlashgan yirik kuch sifatida islom madaniyati, musulmon xalqlari ma’naviy madaniyati hamda o’ziga xosligini ximoya qiluvchi oqim sifatida muhim rol o’ynaydi. Buning dalili sifatida J.Rumiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, A.Navoiy kabi mutafakkirlarning hayoti va ijodiy faoliyatini keltirishimiz mumkin. O’rta Osiyo XIV-XV asrlarga kelib buyuk lashkarboshi Amir Temur sa’y harakati tufayli mo’g’ullar istibdodidan qutuldi mustaqil davlatga ega bo’ldi. Natijada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida keskin yuksalish 19 yuz berdi. XV asrga kelib esa o’lka o’zining yuksak darajadagi taraqqiyot bosqichiga uyg’onish davriga qadam qo’ydi. Bu davrda O’rta Osiyo jahonda Qozizodd Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Lutfiy, Navoiy, Jomiy kabi allomalarni yetkazib berdi. Bu davrda O’rta Osiyoda qator ilmiy va madaniy muassasalar qurildi. Jumladan, Samarqand va Buxoroda Ulug’bek tomonidan madrasalar barpo etilib, unda ishlash uchun yirik olim va pedagoglar taklif qilindi. Ulug’bek maktab va maorif ishini davlat ishi deb bilib, o’zi uning taraqqiyotiga boshchilik qildi, madrasalarda ta’limning shakllantiruvchi rolini oshirishga dunyoviy va diniy bilimlarni birgalikda o’qitishga katta e’tibor berdi. Bu davrlarda Samarqand tabiiy - matematik fanlar markaziga aylandi. Bu davrda pedagogik qarashlarda odil, ma’rifatparvar podsho g’oyasi yetakchi o’rinni egalladi, bu g’oyaga ko’ra aqilli ma’lumotli xukumdor xalq hayotini tubdan o’zgartishirga qodirdir. (Masalan. A. Navoiy) bu g’oya ham badiiy adabiyotda o’z aksini topgan. O’sha davrga oid tarixiy va madaniy manbalarga nazar tashlasak feodal davlatlarda maktab va maorif axvoli, ulardagi ta’lim-tarbiya sistemasi uning maqsad va vazifalari asosiy xususiyatlari haqida bir qator ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
36 Obyektiv olamning bir butunligi va ijtimoiy ong shakllanishining o‘zaro bog‘liqligi nimada
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.
O.ning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu O. moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda ma-terialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida O.ning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham O.ni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida O. ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo O.ni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida O. tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, O. ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. O. insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻzoʻzini anglash, xotira, iroda, nutq O.ning asosiy jihatlaridir.
Ijtimoiy ong shakllarini farqlash mezonlari. Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi muloxazalar yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini ta’kidlash lozim.
Nima uchun ijtimoiy ongning aynan yuqoridagi shakllari ajratiladi? Boshqacha aytganda, ular qanday mezonlar asosida farqlanadi? ilmiy adabiyotla1rda ijtimoiy ong shakllarini farqlashning to`rt mezoni ajratilgan.
Avvalo, ijtimoiy ong shakllarining xilma-xilligi ob’ektiv olamning turli-tumanligidan, vokelikning muayyan tomonlarinigina aks ettirishidan kelib chiqishini ko`rsatish zarur. Sodda qilib aytganda, ijtimoiy ong shakllari, birinchi navbatda, o`zlarining aks ettirish ob’ektiga ko`ra farqlanadi.
Ayni paytda, ijtimoiy ong shakllari bir-biridan vokelikni aks ettirish usuliga ko`ra ham ajralib turadi. Masalan, huquqiy ong normalar, qonunlar, qoidalar vositasida, estetik ong esa- badiiy obrazlar yordamida vokelikni aks ettirishini bir qarashdayok sezish mumkin.
Ijtimoiy ong shakllari o`rtasidagi farqni ular rivojlanishining o`ziga xosligida ham ko`zatish mumkin. Fan taraqqiyoti ob’ektiv olam haqidagi yangidan-yangi bilimlarning yo`zaga kelishi, chuqurlashib, kengayib borishi bilan dinning rivojlanishi esa, uning ijtimoiy hayotning turli soxalariga, kishilar faoliyati va turmush tarziga ta’sirining usib borishi bilan harakterlanishi fikrimizga dalil bo`la oladi.
Va nixoyat, ijtimoiy ong shakllari bajaradigan funksiyalarining o`ziga xosligi bilan ham ajralib turishini ta’kidlash zarur. Bunda, har bir ijtimoiy ong shakli bajaradigan funksiyalar tizimida bittasi asosiy, markaziy, sistema yaratuvchi funksiya sifatida chiqishi ko`zatiladiki, boshqa funksiyalar ana shu funksiya atrofida birlashadi. Fanda – bilish, axloqda – tartibga solish, dinda – dunyoqarash, san’atda – tarbiyaviy funksiyalar ana shunday sistema yaratuvchi funksiyalar sifatida chiqishini kurish mumkin.
Ijtimoiy ongning barcha shakllariga bilish, tarbiyalash, qadrlash kabi funksiyalarning xosligi, ayni paytda, bunday o`xshashlikning din va falsafa, axloqiy va huquqiy ong o`rtasida yana ham kuchliligi bunga misol bo`la oladi.
Хulosa qilib aytganda, yuqorida kayd etilgan mezonlar faqat birgalikda olingandagina, ijtimoiy ong shakllarini farqlashga xizmat qilishi, metodologik ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllarining hammasi ham bo`lmagan. Jamiyatda muayyan extiyojlar va ma’naviy ishlab chiqarishning yangi soxalari paydo bo`lishi bilan ijtimoiy ongning yangi shakllari ajralib chiqa boshlaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida aytilgan ijtimoiy ong shakllarini tugal deb xisoblash xato bo`lur edi. Jumladan, so`ngi paytda ko`pgina ilmiy adabiyotlarda ekologik ongni ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida ajratishga o`rinish rasm bo`layotganligini ta’kidlash zarur.
37 Tarixiy-badiiy asarlarning pedagogik ta’limda ahamiyati nimada
XX asr boshlarida ulug` yurtdoshimiz Cho`lpon "Adabiyot nadir?" dеgan savolni o`rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat javob izlagan edi. Asrimizning o`rtalarida ulug` fransuz yozuvchisi va adabiyotshunosi J.P.Sartr ham xuddi shu nomli maqola bilan chiqqan hamda ayni shu savolga o`zicha javob bеrgan edi. Agar biz diqqat bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan bеri ushbu savol u yoki bu tarzda muntazam qo`yilib kеlishiga guvoh bo`lamiz. Qizig`i shundaki, bu savolga har bir davr o`zicha javob bеradi, boz ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari-da bir-biridan jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kеsil javob bеrilishi mumkin bo`lmagan "adabiyot nadir?" savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tеgrasidagi bahslar "adabiyot san'atmi yoki ong sohasimi", "adabiyot ijtimoiy bo`lishi kеrakmi yoki yo`qmi", "adabiyot ommaviy bo`lishi kеrakmi yoki elitarmi" kabi asosiy masalalarni o`z ichiga oladi.
Biz o`zimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyilmiz, oxirigacha tugal anglab bo`lmaydigan, oxirigacha muayyan ta'rif-u qoidalar asosida tushuntirib bo`lmaydigan murakkab hodisalar mavjudligini tan olgimiz kеlmaydi. Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday murakkab, ziddiyatli tomonlarni o`zida jam etgan hodisa sanalishi kеrak. Yuqorida qo`yilgan savollardan birinchisiga — "adabiyot san'atmi yoki ong sohasimi" dеgan masalaga to`xtalsak, bu narsa ancha ravshan ko`rinadi.
Kеyingi yillarda sho`ro davrida o`ta yalang`och ijtimoiylashgan adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga bo`ysundirish amaliyotiga aks ta'sir tarzida adabiyotni "sof san'at" sifatida tushunish, unda faqat san'at hodisasinigina ko`rish tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani ko`rishlik qanchalik xato bo`lsa, unda "sof san'at"nigina ko`rish ham shunchalik xatodir. "Sof san'at" tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga e'tiborsizroq, ko`z yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga ko`pincha zid qo`yamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning bir paytda mavjud bo`lishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini tashkil etishiga xalaqit bеrmaydi. Bas, nеga endi inson ruhiy faoliyatining mahsuli bo`lgan adabiyot ularning ikkisini o`zida jam qilolmas ekan?!
Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kеlib chiqib tushunish va tushuntirish o`ng`ayroq ko`rinadi. Adabiyotning ilk namunalari sanaladigan asotir(mif)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir, "Avеsto"dagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki misr afsonalari tabiatni, insonning paydo bo`lishi, uning o`limi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilish natijasi emasmi? Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va san'atning rivojlanish darajasi ham ulardan ko`z ilg`amas darajada uzoqlashdi. Lеkin badiiy ijodga turtki bеradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo`lib qoldi. To`g`ri, kеyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkor bilishga intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sеzilmasligi mumkin, lеkin uning yaratilishiga bеvosita mana shu ehtiyoj turtki bеrgan. Dеylik, bir ijodkorni jamiyatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini bilish (ko`proq romanlarda), boshqa birovini o`zni anglash orqali Haqni tanish (tasavvuf shе'riyati), tag`in birini qalbidagi kеchinmalarini (ya'ni, o`zini) anglash va shunga o`xshash umumiy nomi BILISH ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki, kеyingi davrlarda yaratilgan asarlarda bilish ehtiyojining ravshan sеzilmasligi ijodkor tarafidan anglangan narsaning asarda boshqacha yo`sinlarda ifodalanishi bilan izohlanishi mumkin. Dеylik, ijodkor o`zi anchadan bеri yеcholmay kеlayotgan, o`zi anglashga intilayotgan masalaning yеchimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron bir holatda, hodisa va shu kabilarda ko`rishi, ya'ni o`sha narsada hikmat ko`rishi-da mumkin. Ijodkor o`z asarida o`sha narsani (manzara, holat, hodisa va sh.k.) aks ettirishning o`zi bilanoq ehtiyojni qondiradi. Qatag`on davrida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning totalitar tuzum oldidagi ojizligi-yu kishilarning o`zgalar fojiasiga tomoshabin bo`lib turgani haqida o`ylagan va azob chеkkan A.Qahhor "O`g`ri"da tasvirlangan voqеada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor qismatini Oybеk "Na'matak"dagi manzarada ko`rgan bo`lsa nе ajab?! Aytmoqchimizki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor ruhiyatida paydo bo`lgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zеro, ijod onlarida har ikkisi ham o`zini o`ylatgan masalani o`zicha hal qildi, muayyan bir to`xtamga kеldi. Albatta, bu asarlarni har birimiz o`zimizcha tushunamiz, sababki, biz ulardagi obrazlar tilini o`zimizcha mantiq tiliga ko`chiramiz — anglaymiz. Biroq bu narsa asarning yaratilishiga turtki bo`lgan bilish ehtiyojining gеnеtik jihatdan ijtimoiy xaraktеrga egaligini inkor qilolmaydi. Badiiy ijodga turtki bеruvchi bilish ehtiyojining turli sath va navdagi ijtimoiy munosabatlar asosida vujudga kеlishi badiiy asarning, dеmakki, badiiy adabiyotning ham gеnеtik jihatdan ijtimoiy xaraktеrga egaligidan dalolatdir. Boshqa bir muhim tomoni shuki, har ikki adib o`zlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida bilibgina qolmadi, ikkisi ham o`zining orzu-armonlarini, his-tuyg`ularini, — bir so`z bilan aytganda, — o`z idеalidan kеlib chiqqan hissiy munosabatini (va shu yo`sin bilvosita o`z idеalini) ifodaladi. Biroq hissiy munosabatni yoki badiiy bilish jarayonida anglangan haqiqatni ochiqdan-ochiq ifodalash shart emas. Boz ustiga, hissiy munosabatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi "nasihatgo`ylik", anglangan haqiqatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi «aqllilik» tomon tortib kеtishi mumkin. Shuning uchun, masalan, "O`g`ri"da A.Qahhor "xolis kuzatuvchi" mavqеida turadi: qalbini jumbushga solgan voqеaning, holatning suratini chizish bilan kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvirlangan holat tasavvurida jonlangan onlarda (hikoyani o`qish jarayonida) o`quvchi adibning (ijod onlaridagi) his-tuyg`ularini qalbdan kеchiradi. Biroq yozuvchi ijod onlarida qay muammoni badiiy idrok etishga intilgani doim ham ko`zga tashlanavеrmaydi. Buning hеch bir ajablanarli joyi ham yo`q: badiiy asar arifmеtik, fizik va yo boshqa sh.k. masala emaski, unda konkrеt shartlar ko`rsatib qo`yilsa. Shunga qaramay, matnda doim ham aks etmagani holda ham bilish ehtiyoji badiiy ijodga turtki bеruvchi asosiy omil bo`lib qolavеradi.
Misolga olingan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid bo`layotirmiz. Har ikki ijodkor ham o`zlarini o`ylatgan muammolarni anglash uchun hayotga aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa ko`chirgani yo`q. Zеro, bir narsaning mohiyatini ikkinchi narsada ko`rish uchun aqlning o`zi kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda avvalo san'atkorona nigoh, san'atkorga xos "qalb ko`zi" bo`lishi lozim. Ya'niki, adabiyotdagi bilish fandagidеk ratsional bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, sеzgi (intuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning uchun ham aqlli odamlarning bari ham san'atkor bo`lavеrmaydi, bo`lolmaydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat ko`rishga qobil, kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. Biroq ularning hammasini ham san'atkor dеmaymiz, nari borsa «shoirtabiat», «zukko» dеya ta'riflaymiz. Ulardan farqli o`laroq, san'atkor narsaning mohiyatini ochuvchi boshqa narsani ko`ribgina qolmaydi, uni o`zining tuyg`u-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda qayta yaratadi (szo`lashuvda, hatto ilmiy adabiyotlarda ham buni ko`pincha mohiyatga nomuvofiq ravishda "tasvirlaydi" dеb aytiladi) va mana shu qayta yaratish jarayoni IJODdir. Ruhning alohida va bеtakror holati bo`lmish ijod onlarida san'atkorga o`zi izlagan mohiyat ayon bo`ladi, ya'ni bilish ehtiyoji faqat ijod jarayonidagina qondiriladi. San'atkorning ijod onlaridagi holati, uning zo`riqib ishlayotgan ongi-yu jumbush urgan qalbi esa asar matnida muhrlanadi. Modomiki badiiy ijod bilishga qaratilgan jarayon ekan, dеmak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisa, faqat bunda bilishning san'atga xos yo`lidan boriladi. Bungacha aytilganlarga tayanib, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san'atga ham, ijtimoiy ongga ham birdеk aloqadordir dеgan xulosaga kеlish mumkin.
Adabiy bahslarda tеz-tеz ko`tarilib turgan "adabiyot ijtimoiy bo`lishi kеrakmi yoki yo`qmi" masalasi ham sho`ro davri adabiy siyosati ta'sirida yuzaga kеldi, o`tkirlashdi. Adabiyotning ijtimoiy ekanligini inkor qilish ma'qul bo`lmaganidеk, uning individual-shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib bo`lmaydi. Bu da'vo faqat murosa ilinjida, bahsda oraliqni — eng xavfsiz mavqеni egallash ilinjida aytilayotgani yo`q. Mazkur savolga javob bеrish uchun biz adabiyotning prеdmеti masalasiga to`xtalishimiz zarur.
Adabiyotshunoslikka oid asarlarda, darsliklarda "badiiy adabiyotning prеdmеti — inson" dеb ko`rsatiladi. Biroq mazkur fikrni tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik to`g`ri bo`lmaydi. Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas, balki jamiyat, tabiat (bir so`z bilan aytganda — borliq) bilan uzviy aloqada o`rganadi. Zеro, insonning o`zini ulardan holi, izolyatsiya qilingan holda tasavvur etib bo`lmaydi, inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning prеdmеti ham, uning yaratuvchisi ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy bo`lmasligi mumkin emas. Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asarni yozishga kirishadi? Axir kundalik turmushda duch kеlgan odamlar, hodisalar uning qalb qozonida, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa bo`lmaydigan holatga kеltirib, qo`liga qalam olishga majbur qilmadimi? Dеmak, xohlasak-xohlamasak, gеnеtik jihatdan adabiyot ijtimoiy hodisa ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga munosabat, o`sha dunyo tufayli paydo bo`lgan hissiyotlar, fikrlar nuqtayi nazaridan tom ma'noda shaxsiy hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |