1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni



Download 331,2 Kb.
bet1/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jamiyat

1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada

Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.

Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.



Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog’liq.

Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:



  1. So’z orqali ifodalash usuli.

  2. Ko’rgazmalilik usuli.

  3. Amaliy namuna usuli.

  4. Rag’batlantirish va jazo usullariga bo’linadi.

Bu metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi.



Birinchi guruh - so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.

Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish orqali tarbiyalash usullariga.

Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o’rnak ko’rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko’rsatish.

To’rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o’rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag’batlantirish.

Jazo - bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish.

Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.

Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini tiya bilish.

Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go’zallikka intilish kabilardir.



Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir.

Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar juda keng qamrovli bo’lib, adolatli inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish, yo’l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov "O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz" (1999 yil, 13 fevral) mavzusidagi "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal bo’ldi.

Fevral (lot. Februarius - halollanish oyi) - Grigoriy kalendarika, yilning ikkinchi oyi (28 kunga, kabisa yilida esa 29 kunga teng). Nomi kad. rimliklarning har yili 15 fevralda oʻtkazilgan halollanish marosimi bilan bogʻliq.



  • Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatda to’g’ri yo’lni tanlash uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak.

  • Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo’lmog’i darkor.

  • Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish kerak.

  • Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.

  • Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish lozim.

Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.

Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.

« Biz uchun mustaqillik-eng avvalo, o’z taqdirimizni qo’limizga olish, o’zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».

Shu nuqtai nazardan, yoshlarda ijtimoiy adolat haqidagi tushunchalarni shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo’lamiz.

Istiqlol sharofati bilan ko’plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to’g’ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohatlar, ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim.

Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir. Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar insonlararo munosabatlaridagi adolatga bog’liq.

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.

Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy,siyosiy ne’matlar, sog’liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am’aqi odil shoh g’oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish lozimligini o’qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist», ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko’rib, adolat yuzasidan taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o’z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi va taraqqiyot yo’lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o’z faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.

«Mutafakkir Am’aqi Buxoriy adolat-Ollohning benazir inoyatidir, undan barchani bahramand qiling-degan g’oyani ilgari surgan.

Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro - 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) - islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk fors muhaddis.



Bu borada mashvaratga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bojarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qushin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog’liqligini ko’rsatib beradi.

Tarbiya jarayonida o’qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim - tarbiya berish, o’kuvchilar bilim, ko’nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.



2 Ibtidoiy jamiyatda ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rnini asoslang

Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi.

Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.

Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:



  1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.

  2. Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.

  3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug’chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug’ning áarcha a’zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.



  1. bolalar va o’smirlar;

v) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;

s) keksalar.

Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. o’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo’lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.

Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.

Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo’lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo’ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.

Eramizdan oldingi ming yillik o’rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo’llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo’lib yashash an’anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo’lishning o’ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni o’zaro bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta dengizga “Buyuk ipak yo’li”ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ladi.

Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o’tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari qo’llanilgan.

Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. “Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir”, - deydi olim. SHunga ko’ra ular ko’proq o’g’il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to’g’ri so’zlikka o’rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’g’il bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar.

O’g’illar hech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.

Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. SHu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar1.



Gerodotning ushbu ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo’ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko’taradilar: “Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku!” Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar.

Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: “Bu shaharga qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin”2.

YUqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o’zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o’rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to’g’rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. SHu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o’z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar.

Plutarxning yana bir o’rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf-odatlarini o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. SHu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo’lgan harbiy san’at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko’p murabbiylar tayinlangan. YUnon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan dalolat beradi.

So’g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so’g’d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (SHarqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xatlar3 tashkil qiladi.

Imperator YAn Li (615-617)ning elchisi Vey TSzi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savdoni o’rgata boshlaydilar. O’qishni o’rganishi bilan savdo ishlari ham o’rgatilgan.

Syuan-TSzin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o’qitilgani, ta’lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to’grisidagi ma’lumotlarni beradi.



Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o’zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi.
3 Xitoy va Hindistonda yozuv, ta’lim-tarbiya tizimida ilmiy tarixiy ahamiyati nimada

Qadimgi Hindiston madaniyati. Hindiston territoriyasining hajmi va aholisining soni jihatidan uzoq o'tmishdayoq hozirgiday kabi Osiyoning eng katta mamlakatlaridan biri bo'lgan. Uning tabiat yaratgan keskin chegaralari uni tashqi olamdan ajratib qo'ygan, boshqa mamlakat va xalqlar bilan aloqasini qiyinlashtirgan. Uning janubiy, janubi-g'arbiy va janubi - sharqiy chegaralari Hind okeani, Arabiston dengizi va Bengal qo'ltig’i bilan o'ralgan. Shimoliy chegarasi esa yer yuzining eng baland Ximolay tizma tog'lariga taqatgan. Tog'li to'siqlar sira o'tib bo’lmaydigan darajada bo'lmasa-da, juda bahaybatdir va ular Hindistonni g'arbda Erondan va sharqda Hindi - xitoydan ajralib turardi. Qadimgi Hindiston tarixiga doir asl nusxa manbalarining ko'p qismi yo'q bo'lib ketgan. Qadimgi hind adabiyotining ko'p asariari qayin po'stlog'iga yoki palma daraxti bargiariga yozilgan bo'lib, ular Misrdagidan ko'ra ancha nam iqlim sharoitiga bardosh bera olmagan (Misrda papirusdan mo'rt material ham saqlangan). Ikkinchi tomondan, yong'inlar Old Osiyoning kitoblariga zarar keltirmagan bo'lsa, qadimgi Hindiston kutubxonalari va arxivlarini obdan xarob qilgan, toshga o'yib yozilgan matnlarning asl nusxasi saqlangan bo'lsa-da, ular nisbatan ozdir.

Qadimgi Hindiston yilnomalarining axvoli ulardan ham yomon. Vedalar, Maxabxarata va Ramayana hajmi ancha katta va mazmundor she'riy asarlardir.

Vedaiar - gimniar, qo'shiqlar, afsungar va diniy duolardan iborat katta to'plamdir. Bunday to'plamlardan to'rttasi saqlangan. Bu to'plamlar - Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Abxarveda deb atalgan. Eng qadimgi qismlari eramizdan avvalgi 2 ming yillikka mansubdir, keyin uiar taxminan ming yildan ziyodroq davr davomida qayta ishlangan va uning eng oxirgi nusxasi bizning eramizga yaqin davrda yozilgan.

Hind xalqining og'zaki ijodidan ikkita doston borki, ularni adabiy qimmati va tarixiy ahamiyati jihatidan olamga mashhur Gomer dostoniari bilan tenglashtirish mumkin. Bu dostonlarning biri Maxabxarata (Bxarta avlodlarining buyuk urushi) deb, ikkinchisi esa Ramayana (Ramaning faoliyati tog'risida qissalar) deb atalgan. Garchi an'anada bu dostonlar avtorlarining nomi (Vayasi va Valmiki) saqlangan, ammo afsonaviy Gomerning tarixan rostligi qanchalik gumon bo'lsa, u mualliflar ham shundaydir U dostonlarning ikkisi ham eramizning avvalgi 1 ming yillikning taxminan o'rtalarida tarkib topa boshlagan va eramizdan dastlabki asrlarida qat'iy shakl olgan (vaqtlarni mutlaqo aniq belgilab bo'lmaydi).

Qadimgi Hindistonda har xil falsafly oqimlar shu jumladan, materialistik oqim tarkib topgan. Masalan, charvak ta'Iimotiga ko'ra bilishning birdan - bir manbai tajribadir.

Eramizdan avvalgi V-Vi asrlarda Hindistonda Yerning sharsimon ekanligini va yerning o'ziga tortish qonuni, shuningdek , yerning o'z o'qi atrotida aylanishini juda yaxshi bilganlar. Bu ilmiy kashfiyotlarni o'rta asrlarda arablar hindlardan o'rganib olganlar.

Ilk hind davridayoq (eramizdan avvalgi III - II ming yillikdayoq) Hind vodiysida hisobning o'nli tizimi tarkib topgan. Keyinchalik hindiar matematikada ba'zi jihatdan boshqa sharqiy davlatlardan o'zib ketgan. Masalan, nolni bildiradigan alomat faqat Hindistonda ishlatilgan. Biz rim raqamiaridan farq qilib arabcha raqamlar deganimizni aslida qadimgi hindiar ixtiro qilgan va keyin bu raqamlar arablarga o'tgan. Arab algebrasiga ham hindlar algebrasining ta'siri bor.

Qadimgi hind kimyogarlari sulfat, xlorat va azot ksilota ishlashni bilaganlar. Tabiat kasalliklarini muayyan tizimga solishga uringanlar va organizmdagi asosiy shiralar nazariyasini yaratganlar. Hindistonda juda ko'p til va shevalar bo'lishi filologiya sohasida tadqiqotlar olib borilishini talab qilgan. Braxman olim Panini (eramizdan avvalgi V- VI asrlarda yashagan) "tozalangan" tilning, ya'ni adabiy (sanskrit) tilining grammatikasini tuzgan.

Gumbazli binolar va o'ziga xos g'orlar-ibodatxonaiar qadimgi hindlarning ajoyib arxitektura yodgorliklaridir. Ajanta g'or-ibodatxonalarida saqlangan xilma-xil rangidagi freskalar (eramizdan avvalgi I - III asrlarda) o'zining realizmi bilan kishini hayratda qoldiradi.

Hind madaniyati Markaziy va Sharqiy Osiyo mamiakatlariga (asosan buddizmning yoyilishi munosabati bilan) katta ta'sir ko'rsargan. Hindiston g'arb olamiga arablar orqali ta'sir ko'rsatgan.

Qadimgi Xitoy adabiyoti. Qadimgi Xitoyliklar o’zlarining ajoyib adabiyotiga ega bo’lganlar. Qadimgi Xitoy adabiyotining shakllanishi xalq og’zaki ijodiyoti bilan bog’liqdir. Yozuv kelib chiqqan yozma adabiyot rivoj topgan.

Xitoyda “Shi-Szin”, “Chun-syu” kabi asarlar yaratilgan. Xitoylar ajoyib afsona, ertak, qo’shiq, topishmoq va ko’plab maqollar yaratganlar. Dostonlar Xitoyning qadimgi adabiyotidan katta o’rin olgan. Xitoy adabiyotida diniy, tarixiy va falsafiy mavzular keng o’rin olgan. Xitoyda miloddan avvalgi IV-I, milodning I-IV asrlaridan Soy Yuan, Sima Suan kabi shoirlar ijod etishgan. Qadimgi Xitoyda musiqa, raqs, qo’shiq san’atiga qiziqish erta boshlangan. Ularda musiqa asboblarining torli, urib, puflab chalinadigan turlari keng tarqalgan. Xitoyga qo’shni O’rta Osiyo xalqlarining arfa kabi musiqa asbobi I-II asrlarda kirib borgan.

Xitoylar adabiyotida diniy an'analar juda keng o'rin olgan. Ajdodlarga sig'inish katta ahamiyatga ega bo'lgan. Tabiat hodisalari va har xil ixtirolarni ilohiy kuchdan deb bilganlar Matriarxat davrida bu kuch butun mavjudotning otasi Nyuyva bo'lgan: olamni va odamzodni o'sha yaratgan, osmondagi teshik va yoriqlarni toshlar bilan o'sha bekitib, tekislab qoygan. Keyinchalik tabiat va insoniyat ajdodi ruhlarining panteoni vujudga keltirilgan, unga osmonni gavdalantiruvchi Shan Di bosh bo'lgan.

G'ayri tabiiy kuch egalari bo'lmish qahramonlar to'grisida dostonlar yaratilgan. Bu dostoniar epik sikllarga birlashtirilgan. Kishilarni o't hosil qilishga o'rgatgan Suy Jey to'g'risidagi ayniqsa ta'kidlab o'tmoq kerak (bu yunonlar greklar titani Prometeyni esiatadi).

Qadimgi Xitoyda me’morchilik, rassomchilik va haykaltaroshlik. Me’morchilik Qadimgi Xitoy san’atining bir turidir. Uning kelib chiqishi. Xitoy tarixining uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Me’morlar ajoyib saroylar, ibodatxonalar, ma’muriy binolar va xarbiy istexkomlar qurganlar. Xitoyning qadimgi Xao Sanyan, Dalyan, In, Shoychun, Chanan kabi yirik shaharlarida ko’pdan-ko’p saroylar, ibodatxonalar va ma’muriy bunolar bo’lganki, uni xitoylik qo’li gul ustalar ishlaganlar. Me’morchilik ishlarida loy, g’isht, paxsa va ko’proq yog’och ishlatilgan. Bu jihatdan miloddan avvalgi I-II asrlarda uch qavatli qilib, oynavand peshayvonlar va to’tr chekkasida qorovul xonasi bo’lgan Chanandagi Xan podsholarining saroyi diqqatga sazovordir. Xitoyda rassomlik ancha rivojlangan edi. Rassomlar shox saroylari, ibodatxona devorlari va amaldorlarning uyi devorlarini o’simlik, daraxt, ot, otlik askar, jang aravalari it, fil va qandaydir maxluqlarning tasvirlari bilan bezaganlar. Xitoyda haykaltaroshlik kamroq rivojlangan. Ustalar miss, jez, kumush va oltin toshlardan xilma-xil idishlar yasab, ularning sirtini qush va ajdarxo va turli afsonaviy maxluqlar bilan bezaganlar. Haykaltarosh ustalar podsho, sarkarda, boy va oddiy kishilarning haykallarini o’ta nafis did bilan ishlaganlar. Qadimgi Xitoyning qo’li gul ustalari ajoyib zargarlik, kulolchilik, miskrlik va boshqa badiiy buyumlar ishlatishda shuhrat qozonganlar. Shunday qilib qadimgi Xitoyliklar adabiyot, me’morchilik va tasviri san’at sohasida o’zlariga xos asarlar yaratib, shuxrat qozonganlar.

Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda xo’jalikning rivojlana borishi bilan ilmiy – amaliy bilimlar ham ravnaq topgan. Ular matematika, geografiya fanlari sohasida jiddiy yutuqlarga erishganlar. Bu jihatdan miloddan avvalgi II asrda tuzilgan “Matimatikaning to’qqiz kitobi” degan asar diqqatga sazovordir. Qadimda matematikaning asoslari tushuntirib berilgan. Bu kitob dehqon, olim, hunarmand, tarixchi, astranom, chorvador va me’morlar uchun uzoq vaqtgacha qo’llanma bo’lib xizmat qilgan. Xitoy olimlari astranomiya sohasida ham jiddiy yutuqlarga erishganlar. Davlat, xo’jalik ishlarini yuritish, vaqtnu xisoblash va taqvim tuzish zaruriyati astranomiya bo’limlarni to’plashni taqozo etadi. Xitoy astranomlari miloddan avvalgi 2 ming yildayoq astranomik kuzatishlarni olib borganlar. Miloddan avvalgi 145-190 yillarda yashagan xitoy tarixchisi Sim Syanning “Tarixiy xotiralar” kitobining bir bo’limi osmon jismlari masalasiga bag’ishlangan. Tarixchi Ban Guning “Xan tarixi” kitobida 783 yulduzning nomi keltirilgan.

Milodning II asrida yashagan Chjan Xenning astronomiya va matematikaga oid asarida esa 124 yulduz turkumi, 2500 yulduzlarning nomi eslatib o’tilgan. Bu davrda planetalar xarakatini kuzatishga katta ahamiyat berishgan. Xitoy astronomlari bir yil 365 kun ekanini aniqlashgan. Ular bir yilni 12 oyga bo’lganlar va quyosh-oy taqvimini tuzganlar.

Qadimgi Xitoy tabobat ilmining rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda tabobat ham ancha yaxshi rivojlangan. Tabiblar bemor tomirlarni ushlab ko’rib, ularning kasalliklarini aniqlab, tekshirib so’ng davolashga kirishganlar. Qadimgi Xitoyda Van Shu Xe, Van Sio va Xua Tu kabi mashhur tabiblar yashaganlar. Van Shu Xe tabobatga oid “Ney-Szi”,-“Odam tabiati va xayoti”, Van Sio esa “Qiyinchilik haqida kitob” kabi asarlar yozilgan. Ular bemorlarni davolashda meva, o’simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va murakkab dorilardan foydalanganlar. Xitoy tabiblari dunyoda birinchi bo’lib, tomirdan shifobaxsh suyuqli dori yuborib davolash usulini qo’llaganlar. O’sha vaqtda Xitoyda dori-darmonlarning 1000dan ortiq turi ma’lum bo’lgan.

3. Qadimgi Xitoy yozuvi. Qadimgi Xitoy ko’hna Misr va Mesopotamiya singari o’z yozuvi va adabiyotiga ega bo’lgan. Qadimgi Xitoyliklar hozirgi kunimizdan 3.5- 4 ming yil ilgari o’zlarini yaratganlar. Ularning yozuvi ham Misrliklarniki singari rasm-belgilardan ierogliflardan iborat bo’lgan. Har bir ieroglif-belgi butun bir so’zni ifoda etadi. Bir kichik shoxcha belgisi “daraxt”, ikkitasi “o’rmon”, uchtasi “chakalakzor” kabi ma’nolarni bildiradi. Xitoyda dastlabki yozuv miloddan avvalgi 2 ming yillikda kashf etilgan. Bu Shan-In davlati davriga to’g’ri keladi. O’shanda yozuvlar soni 2000 ga yaqin bo’lgan. Xan davrida esa ierogliflarning soni 18000 ga yetgan. Xitoy yozuvlari asrlar mobaynida ayrim o’zgarishlarga duch kelgan. Ammo u o’zining asosiy belgilarini zamonamizgacha saqlab qolgan. Xitoyliklar xatni dastlab suyak, yog’och, cho’p teri va bambuk tanasidan tayyorlangan maxsus taxtachalarga yozganlar. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab esa ipakdan tayyorlangan shoyi parchasiga yozganlar.

Miloddan avvalgi I asrda xitoylar qog’ozni kashf etgach, yozuvlar ana shu qog’ozga yozilgan. Xitoyliklar dunyoda birinchi bo’lib qog’ozni kashf qilishgan ekan. Matnlar o’ngdan chapga tomon ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan. Yozuvda bo’yoq, cho’p, qush patlari va cho’tkachalardan foydalanilgan. Xitoyliklar qog’ozni bambuk, latta va po’stloq aralashmasidan tayyorlaganlar.

Eramizdan avvaigi I ming yillik o'rtalariga kelib Xitoyda har xil falsafiy oqimlar paydo bo'lgan. Ularning eng etiborlisi konfutsiychilikdir: bu falsafiy oqim garchi vaqtincha mag'Iubiyatga uchragan bo'lsa - da, o'z mavqelarini to yangi zamongacha saqlab kelgan.

Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish