1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Maktab, madarasalarda ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lgan



Download 331,2 Kb.
bet7/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Jamiyat


28 Maktab, madarasalarda ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lgan

Хоnlik davrida bir qatоr o`sha davr uchun yangi hisоblangan yangi tizim maktablari tashkil tоpdi. O`sha davrda yangi maktablar qurilishi оltb bоrildi. Maktablarda o`qitish ishlari asоsan arab tilida оlib bоrilar edi. «Maktab» so`zi shu davrlarda kеng tus оlgan bo`lib uning ma’nоsi arabcha so`z bo`lib «kitоb yozish» dеgan ma’nоni bеradi. Madrasa so`zi esa «dars» dеgan ma’nоni bеradi.

Dars dеgan so`z esa – o`qish dеmakdir. Maktablar, bоshlang`ich maktablar hisоblanadi. Madrasaning o`zi o`rta va Оliy ta’lim manbasi hisоblanadi. Maktablarda o`g`il va qiz bоlalar alоhida, ayrim ta’lim оlganlar. Kеyinchalik ularni birga o`qitish imkоniyati paydо bo`ldi. Bunday maktablar Qaraqalpag`istоn va Turkmanistоn хududlarida tashkil tоpgan. SHu davrning alfaviti o`ttiz ikki harfdan ibоrat bo`lib, ulardan yigarma sakkiztasi arab alfaviti, to`rttasi bоshqa alfavitdir.

Qоraqalpag`istоn alfaviti faqat yigirma sakkiz arab harflaridan ibоrat bo`lgan. Buning asоsiy mazmuni qоraqalpоqlarni arab istilоsiga kam uchraganliklaridandir. Хоnlik davrida asоsiy darslar O`rta Оsiyoda «хaftеk», «CHоr kitоb», Ho`ja хоfiz asarlari, Bеdil, Fuzuliy, So`fi Оllayor asarlarini o`rganishdan ibоrat edi. Asta –sеkinlik bilan halq оg`zaki ijоdi ta’lim tizimiga kirib kеladi. SHunday bo`lsa ham ta’limda ma’nоsini tushunmasdan quruq yodlash uslubi asоsiy o`rinni egallaydi. Jumladan, harlarni ko`chirib оlish ulani bo`g`inlarga ajratish, arab so`zlarini ma’nоsini tushunmasdan yodlash kibi uslublar asоsida ta’lim jarayoni murakkablashib bоrdi. Ta’limning egallab bоrish qоzоqlarda to`rtta bоsqichlardan ibоrat. Qоraqalpоq maktablarida esa оltita bоsqichdan ibоrat edi. Asоsan harflarni o`rganishda arab haflaridagi tоchka, ya’ni nuqtani yo`nalishi juda ko`p qiyinchiliklarni kеltirib chiqarar edi. CHunki nuqtaning jоyolashishiga qarab so`z mazmuni ham o`zgarib bоrar edi. Bunday yo`nalishi birоz qiyinchiliklar to`g`risida ta’lim оlishga bo`lgan qiziqish, qiyinchiliklarni еngib bоrishga halqni da’vat qilardi. Natijada maktablar tarmоg`i ham yana kеngaya bоrdi. Kеyinchalik bоshqa tillar, jumladan rus tili ham o`rganishga qaratilgan maktablar tashkil qilana bоshladi. Bunday maktablar rus –tuzеkm maktablari dеb atalib, darslar rus va o`zbеk tillarida birgalikda оlib bоrilar edi. YA’ni rus bоlalari qatоrida o`zbеk bоlalarni birgalikda ta’lim оlar edi.

Har bir davr o`ziga хоs bo`ladi. Har bir insоn o`zligini anglagan хоlda ta’lim –tarbiyaga intilar ekan unga hamisha tо’lе yor bo`ladi. Bu bilan mavzu хоtimasi o`rnida shuni aytmоqchimanki ta’lim оlishga bo`lgan ehtiyojning har bir davr uchun qiyinchiliklari, ziddiyatlari mavjud bo`ladi. Darvоqе, yaхshidan оt – yomоndan dоd qоlarmish, yaхshining sharоfati tufayli yurt tinya, mamlakat оbоd, halq shоdu farоvоn, ilm –Fan, madaniyat va san’atda ravnaqda bo`larmish, хattо yovuzlik eхgulikka evrilarmish.

29 Al-Xorazmiyning didaktik qarashlarining yahamiyati nimada

Jahon ilm-ma’riffatining buyuk nomoyondasi Muxammad ibn Muso alXorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmiyda dunyoga kelib, 847-850 yillar oraligida Bogddodda vafot etgan. Xorazmiy tugilib voyaga yetayotgan davrda Mavarounnaxr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi. Olimning tulik ismi Abu Abdullax Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy AlMajusiydir, "Abu-Abdullox Muxammad" Islomga utganlarga beriladigan an’anaviy ism bulgan. Xorazmiyning avlodlari majmusiy koxinlaridan, ya’ni "Mugullar" dan bulib, islomni otasi kabul kilgan bulishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga kura Xorazmiy boshlangich ma’lumotni uz uyida olgan, chunki uning otasi adimiy diniy xamda dunyoviy bilimlardan xabardor bulgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanok bu ilmiy manbalardan urganish imkoniyatiga ega bulgan. Muxammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib shugullangan, bu soxaga oid barcha asarlarni kunt bilan urgangan, Arab, fors, xind, yunon tillarini xam urganib, bu tilda yaratilgana asarlarni xam ukiy oladigan buladi. Lekin Xorazmiyning vatanidan setda yashaganligini turlicha sharxlashadi. Chunonchi otasi madusiy koxinlardan bulganligi uchun xam arab mutassabbilari uni ta’kib kilganligi sababli u Xorazmiy tashlab ketishga majbur bulgan degan fikrlar xam mavjud. Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa Xorun ar-Rashidning ugli Ma’mun-ar Rashid Marvda xalifa noibi turganla sarayida juda kup olimlarni tuplagan, sung xalifa bulib kutarilgach ularni xam Bogdodda olib ketganini ta’kidlaydi. Biz A.Axmedovning fikriga kushilgan xolda yana kuyidagilarni xam bayon etmokchimiz. Buning sabablari -birinchilardan, usha davrda barcha ilmga intilgan olimlar ma’lum fanlarni egallab olganda sung ilm-fan markazlariga safar kilganlar va u yerda yetuk olimlar bilan mulokotda bulib, turli fanlar buyicha baxs-munozara yuritganlar maxsus sayyorgarlikdan va sinovlardan utganlar, uzlarini fan olamida 4 sinab kurganlar. Ikkinchidan xalifalikda ilm markazi sanalgan Damashk va Bogdodda ilm-fanning tarakkiy etganligi va shaxsan xalifaklarning ilm-fan tarakkiyotiga xomiylik kilganligi xam olimlarni jalb etgan. "Baytul Xikma" da matematika, geodeziya, geografiya falankkiyot va boshka soxalar buyicha tadkikotlar olib borildi va al-Xorazmiy makzabi yaratiladi. Olimning ayniksa, matematikaga oid ilmiy merosi jaxon axamiyatiga ega buldi. Xalifa al-Ma’mun xatto Muxammad al-Xorazmiy boshchiligida Xindiston va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing kuyi okimidagi) gi ulka ga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi. Olim insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning muximligi goyasini ilgari surgan xolda pedagogik fikr tarakkiyotida xam munosib urin egallaydi. Xorazmiy matematika, geografiya, geodeziya, falakkiyot soxalarida yirik tadkikotlar olib borgan. Lekin u matematika soxasidagi yangilik yaratgan nazariyotchi xamda pedagog-uslubiyatchi olim sifatida tarixda kolgan.



30 Abu Nasr Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limtining nazaiy va amaliy ahamiyati nimada

Forobiy o’zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo’ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko’nikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U o’zning «Baxt saodatga erishuv yo’llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo’lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko’ra bilishi, boshqalarga g’amxo’r bo’lishi lozim deydi.



Forobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.

Forobiy o’z ishlarida ta’lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o’z o’rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.



Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.

Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo’ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. CHunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim.



Bunga Forobiy ta’lim – tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin, deydi. CHunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to’g’ri bilib oladi va hayotda to’g’ri yo’l tutadi, boshqalar bilan to’g’ri munosabatda bo’ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.

Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum xunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim.

Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim – degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.

Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo’lishi, o’rganishidir»

Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo’lishi kerakligini «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida»gi risolasida shunday ta’riflaydi: «Falsafani o’rganihdan avval o’zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug’ri tuyg’ularga emas, balki kamolotga bo’lgan hirs-havas qolsin.

Bunga xulq axloqni faqat so’zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. SHunday so’ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo’lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so’zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»

Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik manfaatini yuqori qo’yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo’lishidir. SHuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko’ramiz. Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o’rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o’rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo’lda olib borish uchun aqlni to’g’irlab turadi deydi.

Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko’p jildi asari bilan o’rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo’ldi. U muzikaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.

Forobiyning ta’lim-tarbiya yo’llari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim so’z va o’rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo’ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi, deb ko’rsatadi.

Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada ma’naviy – axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o’rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.

Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.

«Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.

Ikkinchi yo’l (yoki usul) – majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo’llaniladi. CHunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o’rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo’ladi. Kasb hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo’lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. CHunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir

Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi.



31 Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotining nazariy va amaliy ahamiyati nimada

Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.

Miloddan avval oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning oʻlchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan oʻlchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga boʻladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 boʻladi yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin boʻlsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan soʻng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen oʻlchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‘rta asrlarda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta boʻlgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan.

Fors tilida yozilgan „Kitob al-Tafhim“da Beruniy tomonidan keltirilgan Oyning turli xil fazalari



Beruniy tibbiyotga bagʻishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni oʻzgarishi natijasida Beruniy 998-yili Joʻrjon shahriga ketishga majbur boʻladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida oʻzining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Joʻrjonda kechgan yillar (998—1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri boʻldi. Oʻzining birinchi astronomik tajribalarni 16 yoshda Kot shahrida boshlagan alloma, Joʻrjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shugʻullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Joʻrjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar boʻldi. Xorazmning yangi xukmdori Abu Abbos Maʼmun ibn Maʼmun Beruniyni oʻz saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Maʼmun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat koʻrsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga Gʻazna shahriga olib ketiladi. Maʼlumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud Gʻaznaviy zulmidan havotirlanib, Gʻaznaga emas, Joʻrjonga qarab yoʻl olgan edilar. Beruniyning 1017—1048 yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli boʻlishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr boʻldi. U Mahmud Gʻaznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta eʼtibor berdi.
32 Abu Ali ibn Sinoning didaktik v tarbiya nazariyasining pedagogika tarixida tutgan o‘rni

Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.

Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari "Kitob annajot" "Kitob ash-shifo" ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana "Al-ishorat vattanbihot" ("Ishoralar va tanbihlar"), "Hikmat almashriqiyn" ("Sharqchilar falsafasi"), "Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat" ("Mantiq va falsafaning ishoralari"), fors tilida yozilgan "Donishnoma" ("Bilim kitobi") va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon", "Yusuf qaqida qissa" kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. Ibn Sino fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa hodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini mavhumlashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon boʻla oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning , mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. "Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir krida beradiki, bu krida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi". U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi.

33 Firdavsiy asarlarida tarbiya mazmuni va metodlarini ifodalanishining ahamiyati nimada

Eron va Turon xalklarining qariyb 4 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "Shohnoma" ustida F. 30 yildan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga boʻladilar: 1boʻlimda eng qad. afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan boʻlsa, 2boʻlimda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiiy talqin qilinadi. 3boʻlimda tarixiy shoxlar hayoti tasvirlangan. "Shohnoma" eng qad. davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlanadi. "Shohnoma" hajmi (60 ming baytni oʻz ichiga oladi), mavzu koʻlami, obrazlar olami, qahramonlarning koʻp va xilma-xilligi, gʻoyaviy motivlari va koʻtarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bu asarda mingdan ziyod kattakichik personajlar ishtirok etadi.

"Shohnoma" garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixi ni tadrijiy ravishda yoritgan boʻlsada, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. Asarda Vatan va xalq yoʻlida jonini tikkan yuzlab fidoyi qahramonlar obrazi yaratilgan. Podshohlar bahonasida xalq, uning tarixi, qadriyatlari, qahramonliklari ulugʻlangan. Ayni jihatdan "Shohnoma" — xalq zakovati va jasoratiga qoʻyilgan oʻziga xos nazmiy haykal.

"Shohnoma"ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, millat farzandlarini vasf etish va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. "Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shogʻod", "Oʻn ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.

"Shohnoma" chinakam xalq kitobiga aylanib, xalq orasida keng tarkalgandan soʻng muayyan oʻzgarishlarga ham uchragan. Shuning uchun temuriy shahzodalardan Boysunqur Mirzo uning 40 dan ortiq nusxalarini oʻzaro qiyoslab, mukammal matnini tuzdirgan. Fanda "Shohnoma"ning Boysunqur nusxasi sifatida mashhur bu matn asarning ishonchli nusxalaridan biri hisoblanadi. "Shohnoma"ning tanqidiy matnlari ichida eng moʻʼtabari Ye.E.Bertels va Abdulhusayn Noʻshin taxriri osida SSSR FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan 9 jildlikdir.

Shoir jasadi otasidan qolgan bogʻning bir chekkasiga koʻmilgan. 1934 yilda F. tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgoqiga aylangan.

Sharq mamlakatlarida shohnomaxonlik bir anʼana tusini olgan. F. qahramonlari oʻzbek xalqi orasida ham qadimdan mashhur. "Kitobi Jamshid", "Kitobi podshoh Afrosiyob", "Shoh Tahmurasp" nomli xalq kitoblari, "Rustam va Suhrob", "Doro va Iskandarbek" kabi xalq ertaklarida "Shohnoma" taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi.

"Shohnoma" dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 13-asr boshida arab, 15—16-asrlarda turk va gurji, 19-asrda esa fransuz, ingliz, nemis, italyan va rus tillariga oʻgirildi. "Shohnoma" oʻzbekchaga Shoh Hijron, Xomushiy (18-asr), Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy (19-asr), Sh. Shomuhamedov, Hamid Gʻulom, Nazarmat, J. Jabborov (20-asr)lar tomonidan tarjima qilingan boʻlsada, bu tarjimalarning birortasi toʻliq emas. "Shohnoma" syujetlari asosida "Zahhoki Moron", "Siyovush", "Rustam va Suhrob", "Faridun" singari sahna asarlari yaratilgan.



Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish