1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Amir Temur mamlakatning madaniy, ta’lim – tarbiya tizimini rivojlantirishdagi xizmatlarini asoslang



Download 331,2 Kb.
bet9/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Jamiyat


38 Amir Temur mamlakatning madaniy, ta’lim – tarbiya tizimini rivojlantirishdagi xizmatlarini asoslang

Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o’rin egallaydi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr madaniyati o’z tamoyillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX-XII asr madaniyatining davomi sanaladi. Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq Uyg’onish davri madaniy ravnaqini IX-XII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, 51 adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga havas kuchaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot shaharlari madaniyat, ilmma’rifat markaziga aylandi. Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun juda katta xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. Chunki uning e’tiqodiga ko’ra bilimdon va tadbirkor insongina mamlkatning rivojlanishiga hissa qo’sha oladi. Shuning uchun ham sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Bu borada ta’lim tizimining o’ziga xos o’rni bo’lishi kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat poytaxti Samarqand atrofida o’n ikki bog’ va qasr yaratadi, shahar arki Ko’ksaroy, uning atrofida esa Bo’stonsaroylar bino etadi. Jome’ masjidi, maqbaralar, me’moriy yodgorliklar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning o’zi emas, uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-qosh bo’ladilar. Bulardan Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur, mavlono Qutbiddin, umr yo’ldoshi Saroymulkxonim, nabirasi Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar. Madrasalar ma’lum darajada ixtisoslashgan edi. Masalan, boshqaruv kadrlarni tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida, diniy muassasalar uchun kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, umumiy mutaxassislar, ya’ni ziyoli, imom, olim, maktab o’qituvchisi tayyorlashga Idigu Temur, Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgan. Lekin ularning hammasida Qur’on, Hadis, fiqh o’rganilgan. Shuningdek madrasalarning ixtisosligiga ko’ra umumi aqliya, umumi askariya, umumi ma’muriyalar ham o’rgatilgani haqida ma’lumotlar bor.

39 Amir Temur va temuriylar davrida ta’lim – tarbiya tizimi qanday bo‘lgan

Madrasalarda darslar arab, fors, turkiy (o’zbek) tillarida olib borilgan. Arab tili grammatikasini o’rgatishga ko’proq vaqt ajratilgan. Shuning uchun Sa’diy 52 Sheroziyning «Guliston», «Bo’ston», Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» va boshqalar ham o’qitilgan. Har bir madrasaning vaqfnomasida tolibi ilmlar, mudarrislar va boshqa xodimlarni qabul qilish, o’quv ishlarini yuritish belgilangan1 . Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab — madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda qurilgan uch madrasada fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo’lib keldi. Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha ko’zga yaqqol tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Ulug’bek 1428—1429 yillarda Samarqandda rasadxona qurdiradi. 1437 yilda ana shu rasadxonada «Ko’ragoniy jadvali»ni, ya’ni yulduzlar jadvalini tuzadi. U yaratgan kutubxonada esa fanning turli sohalariga oid 1500 jild kitob mavjud edi. Samarqand shahrida X asrda 17 ta madrasa bo’lib, ularda yirik olimlar dars bergan bo’lsa, XIV— XV asrlarga kelib ular soni yanada ortdi. Tabobat ilmi, tarix, adabiyot va san’at ham rivojlandi. Boysunqur Mirzo davrida saroy kutubxonasi keng rivoj topadi. Uning rahbarligida kitoblarni ro’yxatdan o’tkazish va ilmiy matn ishlari ham olib borilgan. Firdavsiyning «Shohnoma» asarining shu davrda to’liq matni tuzilib, miniatyuralar bilan bezatilgan. Bular XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan deya olishimizga asos bo’la oladi.



40 Amir Temur va temuriylar davrida hunarmandchilik, rivojlanishining mohiyati nimada

Bu davrda o’zbek adabiyotida ham ancha siljish ro’y berib, Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Shuningdek, tarixiy va adabiy asarlarni o’zbekchaga tarjima qilish ishlari jonlandi. Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, uning o’zi, ayniqsa, astronomiya va matematika fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Samarqandda Ulug’bek tomonidan rasadxonaning barpo etilishi va uning o’sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqyea hisoblandi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid bin Ma’sudi, Mo’yiddin va uning o’g’li Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Birjondi va boshqalar ijod etdilar. Hirotda esa Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug’ rassom Behzod, tarixshunos Xondamir, hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodiyot cho’qqilariga ko’tarildilar. Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy (1403—1474) o’sha davrda Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynadi. Astronomiya to’g’risida «Risolai dar falakiyot» degan kitob yozgan Ali Qushchini o’z davrining Ptolomeyi deyishardi. Uning mazkur asarida geometrik bilimlarning asoslari bayon qilindi, nuqta, chiziq, yuza, aylana va shu kabi tushunchalar to’la ta’riflab berildi, tabiiyot fanlari va shuning singarilar sohasida boshlang’ich bilimlar bayon qilindi. Bu asar hamma narsa oddiy va murakkab narsalarga bo’linib ta’riflanadi. Sulton Husayn Boyqaro davrida olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko’chib o’tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylandi. Alisher Navoiy Hirotda fan, madaniyat, ma’rifat ishlarini yo’lga qo’yishda, u yerni obodonlashtirishda katta xizmatlar qildi. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da Hirot to’g’risida yozar ekan butun dunyoda bunday obod shaharni ko’rmaganligini aytadi. Alisher Navoiy ham masjidlar, madrasalar, hammomlar, kasalxonalar, hovuz va ko’priklar, rabotlar qurdirgan. U shaharning eng xushhavo joyida barpo etgan Xalosiya va Ixlosiya binolari guruhi fan, adabiyot, san’atga xizmat qiladigan madaniy markazga aylangan. Hirotda Alisher Navoiy bilan birga Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Behzod, xattotlar — Sulton Ali Mashhadiy, kotib Mir Ali, sozanda — Qulmuhammad, tarixchilar — Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir va boshqalar yashab ijod etgan. 54 Hirotda xattotlik san’ati rivojlangan. Hatto Buxoroda «Hirot yozuvi» mirzalar, xattotlar tomonidan 1920 yilgacha qo’llanilganini tarixchilar manbalarda keltiradilar. Bu davrda Movarounnahrda ham san’at, arxitektura, binokorlik texnikasi ancha ravnaq topdi. Musiqa, tasviriy san’at, madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiyaga oid qator asarlar yaratildi. Hasan Buxoriy Nisoriyning (1556) «Muzakkir alahbob» tazkirasi, Mutribiyning «Tazkira — tush shuaro» (1604—1605) to’plamlari, tarixiy va adabiy yodgorlik bo’lgan «Boburnoma» o’sha davrda yaratilgan asarlar orasida o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Amin Ahmad Roziy «Haft iqlim» («Yetti iqlim») degan geografik bibliografik lug’at tuzdi. XVI asrda xattotlik san’ati yuksak darajaga yetdi. Sulton Ali Mashhadiy, Mirali Halaviy, Mahmud ibn Is’hoq ash-Shixaybiy va boshqalar ustoz xattot bo’lib nom qozondilar. Darvesh Muhammad ibn Do’stmuhammad Buxoriy xattotlik san’atining nazariyasi to’g’risida asar yozdi. Bu davrda bir qator ilm maskanlari bunyod etildi. jumladan: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqa inshootlarning qurilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim bosqich bo’ldi. Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasida ham ma’lum darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o’qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o’qitish 6 yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o’rganar, uning ayrim harflarini chizishni mashq qilar edilar. O’quvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, IX— XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi

41 Amir va temuriylar saltanatida ta’lim – tarbiya mazmuni va tashkiliy asoslari qanday bo‘lgan

15-asr va 16-asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib, olimu muhandis, shoiru bastakor, meʼmoru binokor va naqqoshu musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilmfan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilmfanning va sanʼatning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr shaharlarini, xususan, Samarkand va Buxoroni ilmu maʼrifat dargohiga aylantirishga intildi. Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: "Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir", degan kalima yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.), joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi. Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan.

15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandip va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab ijod qildilar. "Zubdat attavorix" muallifi Hofizi Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va T. hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond "Ravzat ussafo" va Xondamir "Habib ussiyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yezdi.

T.davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfip va boshqa yashab ijod qiladilar. Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoni, Atoiy devoni, Lutfiyning "Zafarnoma" va "Gul va Navroʻz" dostonlari shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan. U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yezdi.



42 Amir Temur amal qilgan o‘n bir sifatlarning ta’lim tarbiyadagi o’rni

Amir Temur Mag‘ribdan Mashriqqacha bo‘lgan butun bir imperiya tuzgan. Shu imperiyani tuzishdagi strategik va taktikasini o‘rganar ekanmiz, yoshlarimizga uning tuzgan tuzuklari va hikmatli so‘zlarini shu davrgacha ishlatib kelinganligi va bundan buyon har o‘rni bilan ulardan foydalanishni zarur deb bilamiz.

Amir Temur aforizmlari:

1. Birliksiz kuch bo‘lmas.

2. Botir jangda bilinar, dono mashvaratda bilinar.

3. Boshingga qilich kelsa-da, faqat rost so‘zla.

4. Dushmandan qurqma, munofiqdan qurq.

5. Do‘stlik – sinovda chiniqadi.

6. mergan ovda bilinar – botir yov kelsa.

7. Ozuqla ot – horimas.

8. Til – qilichdan o‘tkir.

9. Qonni – qon bilan emas, suv bilan yuvishni o‘rgan.

10. Yaxshini – yomon kunda sina.

11. Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.

Sohibqiron Amir Temur amal qilgan aforizmlarga nazar tashlasak, ular yoshlar va harbiy kasb egasiga yo‘l-yo‘riq berayotganligini hayotda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan turli xil kungilsiz voqea-hodisalarning oldini olishga xizmat qilishini sezib turamiz.

Sohibqiron Amir Temurning 27 ta davlatni o‘z ichiga olgan ulkan imperiyasi mohirlik bilan boshqarib, ayni paytda, saltanatni jahon miqyosida shavkatli o‘lkaga aylantirganining tub sabablari nimada?, deb biriladigan savolga avvalo, adolatli boshqarishda, - deb javob bermoq lozimdir. Binobarin, «Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir», deyilgan falsafiy tasdiq, uning rahbarligidagi besh tamoyildir.

Bu sohada qomusiy qamrovga ega bo‘lgan «Temur tuzuklarida» mamlakatning idora qilishning 12 ta tamoyili prinsiplari haqida batafsil malumot beriladi. Ularning umumiy tomoni adolatning ustivorligidir, behudaga zulm qilmaslikdir.

Ulug‘ amir u yoki bu muhim tadbirlar xususida malum xulosaga kelishi tajribali, shijoatli, maslahatchilar mulohazalariga tayanadi. Bu o‘rinda uning «… Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon va shijoat sohibi, azmi qatiy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir», - degan xulosasini keltirib o‘tish o‘rinlidir.

Umumlashtirib aytgan, saltanatni idora qilishda, to‘rt narsaga amal qilingan, ya

i 1) kengash, 2) mashvaratu maslahat, 3) qatiy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik, 4) ehtiyotkorlik. Ko‘rinib turibdiki, boshqaruv ishlarida muayan qonun qoidalarga og‘ishmay amal qilingan.

Darvoqe, jahongir bobomizning: «Saltanat martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib. Ziyon yetkazishda hech bir kimsaning qurbi yetmasdi», - degan so‘zlarini o‘qib, qudratli imperiyaning kuchli ildizlari nimada ekanligini yana bir imon keltirasan, kishi.

Mustaqil Respublikamizga rahbarlik qilishning bugungi kunda joriy etilgan beshta tamoyilida Amir Temur tamoyillari bilan anchagina hamohangliklar mavjudligini ko‘rib merosiy qadriyatlarimizning davlatni boshqarish sohalariga qo‘llanilayotganligidan katta qoniqish hosil qilish va bu sohadagi imkoniyatlarimizni oshirish mumkin.

Buyuk sarkarda, taniqli davlat arbobi Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, hatto jahon tarixida salmoqli o‘rin egallagan. Ayniqsa, temuriylar sulolasining XVI-XV asrlar davri olamshumul voqealarga boyligi bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlarini yagona bir tur ostida birlashtirishga muvofiq bo‘ldi. Talantli sarkarda barcha xalqlarni o‘z ortidan ergashtirishga erishib, markazlashgan, buyuk va qudratli davlatni vujudga keltirdi. U o‘z davlatini dunyo miqyosida tan olishini istab dastavval davrning eng yuksak bilimiga asoslangan harbiy va davlatchilik sohasida muhim islohotlarni amalga oshira oldi, zamonasiga mos davlat boshqaruv tizimlarini ishlab chiqdi. buning natijasida O‘rta Osiyoda qariyib ikki asrga yaqin mug‘ullarning beboshligi natijasida bosqinchilik, zo‘rovonlik, adolatsizlik va vayronagarchilik hukm surgan feodal tarqoqligini barham berildi, o‘lka xalqlarining o‘z huquqlari, mustaqilligi qayta tiklandi. Iqtisodiy, madaniy, ma

ifiy turg‘unlik girdobidan olib chiqildi. Uning buyuk ishlari va salobatli davlati o‘z davrida faqat Sharqda balki, dunyo, ayniqsa Yevropada ham tan olingan edi.



43 Amir Temur o‘gitlarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati nimada

Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo‘lsa-da, bayon qilib bo‘lmaydi. Amir Temurning tarixi ko‘p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To‘g‘risi, buni qilish imkoniga ega bo‘lmadik, chunki ko‘hna tariximiz, ulug‘ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo‘ygan kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o‘z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo‘lsinki, shu kunlarga kelib ko‘p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o‘rganish imkoniyatiga endi ega bo‘lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to‘g‘risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (bu qishloq hozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay — o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas’ul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobe’ yerlarning bekligi esa Amir Tarag‘ayning og‘asi Hoji barlosning qo‘lida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig‘atoy ulusi og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o‘zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo‘ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag‘an o‘rtasida kuchli bo‘ldi. O’zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo‘g‘ullar istilosi ostida qolgan o‘sha og‘ir sharoit ikki iste’dodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo‘la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.

44 Amir Temur davrida maorif tizimi qanday bo‘lgan

Sohibqiron davlatining majburlov funksiyasini tashkil etishdan asosiy maqsadi ommani qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo tayinlash, davlat va jamiyatning tinchligi hamda xotirjamligini saqlash bo‘lgan. Bu davrda huquqbuzarlik va jinoyatlarni ochishda haqiqatni aniqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur o‘z tuzuklarida bu haqda alohida to‘xtaladi:


"Buyurdimki, g‘arazgo‘y, tuhmatchi va nafsi buzuq kishilarning tuhmat so‘zlari bilan katta va kichik shaharlar aholisidan hech kimni jazolamasinlar. Faqat birovning gunohi to‘rt kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolansin". 

Davlatning majburlov kuchini saqlab turishda sudlar katta ahamiyat kasb etgan. Sudlar ixtisoslashgan bo‘lib, ularning uch xil turi mavjud edi. Birinchisi, lashkar qozisi. Bu qozilik harbiy masalalarga oid jinoyat va jazo masalalarini ko‘rgan. Ikkinchisi, shariat qozisi bo‘lib, u shariat bilan bog‘liq jinoyat va nizolarni ko‘rib chiqqan. Uchinchi qozilik dunyoviy-fuqarolik va davlatga tegishli bo‘lgan masalalarni – o‘g‘irlik, moliyaviy va ma’muriy sohalarga oid ishlarni ko‘rgan.

Ushbu qoziliklarning har birining aniq va alohida vazifalari izchil belgilangan. Sudlar faoliyati haqidagi barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri devonga – shaxsan Sohibqironga uzluksiz hisobot berib turgan va sud-huquq tizimi qat’iy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan.

Adolat va qonun ustuvorligi tamoyili nafaqat mamlakatda, xalqaro munosabatlarda ham bosh mezon bo‘lgan. Bu haqda Sharofiddin Ali Yazdiy shunday ma’lumot keltiradi: "Viloyatlarni zolimlarning eliklaridin qutqarib, adlu ehson bila orosta qildi. Va aning adlidin andoq bo‘ldikim, agar birov bir tabak oltun yo kumush boshiga qo‘yub yalg‘uz sahroda Botardin Xovarg‘acha borgay, hech kishi anga tik boqa olmas erdi. Ammo ul holda ko‘b yerlarni talab asiru toroj qildi zarurat jihatidankim, agar andoq qilmasa erdi, olam nizom topmas erdi".


Sharofiddin Ali Yazdiyning fikricha, agar Sohibqiron qattiqqo‘l siyosat yuritmasa va beboshlarni jazolamasa, olamda tartib o‘rnatib bo‘lmasdi. Zo‘ravonlikka qarshi davlatning kuch ishlatmog‘i shart. Shundagina adolat va qonun ustvorligiga erishish mumkin.

Shuningdek, davlatda o‘g‘irlik, zo‘ravonlik, sharob ichish, zino va boshqa jinoyatlar uchun eng og‘ir jazolar tayinlangan. Akademik I.Mo‘minov bu haqda shunday ta’kidlaydi: "Sohibqiron yozishmalaridan anglanishicha, saltanatda vaqti-vaqti bilan so‘roq va taftishlar o‘tkazib turilgan. O‘z amalini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik, ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik og‘ir gunoh hisoblanib, bunga yo‘l qo‘ygan kishilar qattiq jazolangan".

Amir Temur va temuriylar davridagi majburlov apparatining tarbiyaviy kuchi shundaki, jazolar xalqdan yashirincha emas, ochiqchasiga, xalq gavjum bo‘lgan maydonlarda ijro etilgan.
Sohibqiron bir so‘zida shunday deydi: "Adolat va insof bilan Tangri bandalarini o‘zimdan rozi etdim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohiylarga in’omlar ulashdim. Zolimga qarshi mazlum dodiga yetdim". 

45 Amir Temurning axloq – odob haqida qarashlarining pedagogik ahamiyatini asoslang

“Temur tuzuklari”XIV –XV asrlar voqealari va hayotini yorituvchi qimmatli manba, Amir Temurning harbiy, siyosiy faoliyatidan ma'lumot beruvchi asar kim tomonidan qachon so'ralgani noma'lum.

“Temur tuzuklari”da do'stlik, vafodorlik, imon va e'tiqod, kasb –hunar va boshqa insoniy fazilatlarga rioya qilish to'g'risida fikr yuritiladi, fuqarolarning shariat qonun –qoidalariga buysunish lozimligi aytib o'tiladi, qozilarning qonunlarga to'la amal qilish, tartibbuzarlarni ayamay jazolash, sipohlar va askarlarni saqlash va ularga oziq –ovqat, maosh to'lash qoidasi, vazirlar va ularning vazifalari, amirlar, sipohlar va ularni taqdirlash tartiblari, ularning bir –biriga muomalasi va turli boshqa masalalar bo'yicha mufassal ma'lumot beriladi. “Temur tuzuklari” eski o'zbek tilida yozilgan va boshqa tillarga tarjima qilingan.

“Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat:

Birinchiqismda Amir Temurning Movarounnaxrda saltanatni qo'lga kiritish uchun olib borgan urushlari va bu borada o'z yaqinlari bilan o'tkazgan kengashlari, amirlar bilan olib borgan muzokaralari haqida tavsilotlar berilgan.

Ikkinchi qismida Amir Temurning davlatni boshqarish mamlakatni idora qilish uslubi haqidagi tuzuklari, ya'ni yo'l -yo'riqlari qonun qoidalari, pand –nasixatlari o'rin olgan. Saltanatni boshqarishda Amir Temur islom dini va shariat talablariga, adolat, insof va haqiqatga tayanadi, turli tabaqa va toifaga mansub kishilarni teng ko'rib, qilgan xizmatlariga qarab ularni hurmat qiladi, mamlakatni boshqarishda eng avvalo olimu fuzalo, sayyidlar, shayxlar va oriflarga tayanardi.

«Kuch-adolatdadir»degan shiori Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon, uning butun umr bo'yi amal qilgan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmunini mujassamlashgan.

Amir Temurning ma'naviy-ma'rifiy qarashlariuning o'z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o'gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o'z ishiga munosabati, aholi turli qatlami, raiyatning haq-huquqlarini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayoti ma'naviy-axloqiy qonun-qoidalarda o'z ifodasini topgan.

Sohibqironning «Temur tuzuklari»danquyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o'qish mumkin: «Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».

«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o'rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o'rniga boshqasiga jabr-zulm o'tkazmadim».

Amir Temur kechirimli bo'lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaydi:«Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko'tarib, ishimga ko'p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o'chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo'l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu-qo'rquv bo'lsa, unut bo'lardi».

«Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvatu ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko'rib, hijolat teriga g'arq bo'ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do'stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o'zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».«Hech kimdan o'ch olish payida bo'lmadim. Tuzumni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...». «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko'rsat».

Amir Temurning do'stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham ibratlidir:«Sodiq va vafodor do'st ulkim, o'z do'stidan ranjimaydi, do'stning dushmanini o'z dushmani deb biladi. Agar kerak bo'lsa, do'sti uchun jonini ham ayamaydi».

Amir Temurning umr bo'yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag'alparvarligini uning quyidagi o'gitlaridan ham bilish mumkin: «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yoki biror bog' ko'kartirsa, yohud biror harob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig'sinlar». «Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...». Amir Temurning quyidagi

so'zlari asarlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg'urishga chorlab keldi: «Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsa».Bu jumlalar Amir Temurning ma'naviyati naqadar yuksak bo'lganligini bildirib turibdi.

I.A.Karimov asarlarida A.Temurni o'rganishni zarurligi va uning ma'naviy merosi bebaho xazina ekanligi haqida.

Prezident I. KarimovTemurning xizmatini munosib baholab quyidagicha izohlaydi:

Birinchidan , Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida o'chirib tashlangan milliy tuyg'ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish uchun kerak.

Amir Temurning “Biz kim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimiy, eng ulug'i –turkning bosh bug'inimiz” degan gaplari xalqimizga milliy o'zligini, buyuk va jaxonshumul an'analarga voris ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi.

Ikkinchidan,xalqimizning milliy g'ururini milliy ongini yuksaltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko'xna tarixning buyuk cho'qqisidir.

Uchinchidan ,Amir Temurning hurmatini jayiga qo'yish farzandlarimizni kelgusi avlodni ulug' ajdodlarimizning nomi va me'rosi bilan faxrlanishga o'rgatish, ularni ana shu buyuk an'analarning munosib davomchilari qilib tarbiyalash milliy g'ururni yuksaltirish uchun kerak.

To'rtinchidan,Amir Temur qadriyati bizga demokratik huquqiy qudratli O'zbekiston davlatini barpo etish uchun, “O'zbekiston kelajagi buyuk davlat” degan g'oyani ro'yobga chiqarish uchun kerak. Yangi asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir Temur o'zbek xalqiga tog'dek tayanch bo'lib xizmat qiladi.

Beshinchidan, Amir Temur qadriyati mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod vatan qoldirish uchun kerak.

Xulosa.Uzoq yillar davomida mustamlaka iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o'z vatandoshini qadrlashdan maxrum edi. Ollohga shukurlar bo'lsinkim, Mustaqillik mana shu nurafshon kunlaridan yurtimiz uzra Amir Temurning ruxi bizdan rozi bo'lib kezib yurgan bo'lsa ne ajab.

46 Mirzo Ulug‘bekning marifatparvarlik qarashlarini gapirib berish

 Mirzo Ulug`bek fan xomiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb yozdirib qo`ygan. 

 Tarixchilarning yozishicha, Ulug`bek kuchli xotira sohibi: geo­metriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantik, musiqadan hamda Qur’on, hadis va fiqh ilmlaridan yaxshi xabardor bo`lgan. Ammo Mirzo Ulug`bek hayotining asosiy qismini astronomiyaga bag`ishlagan va ushbu fanning XV asrdagi rivojida uning xizmati beqiyos. Chunki O`rta asrlargacha mavjud bo`lgan yo`lduzlar jadvalining sifati, ya’ni aniqligi, O`sha zamoy astronomlarini qoniqtirmas edi. Shu bois, osmon jismlarini kuzatish uchun Samarqandda Mirzo Ulug`bek boshchiligida rasadxona bunyod etish va uni jihozlash ishlari amalga oshirilgan.

 

47 Ulug‘bek madrasasida ta’lim – tarbiya tizimi qanday bo‘lgan

Ma’lumki, rasadxona 1427-1429 yillarda ko`rilgan va uni barpo etish rejasi bo`lajak alloma Mirzo Ulug`bekda bolalik chogidayoq tug`ilgan edi. Chunki olim yoshligida Tehron yonidagi Maroga observatoriyasini ko`rib, havas bilan «men ham shundayni ko`raman», deb ahd qilgan ekan. Ulug`bekning yoshi 26-27 larga yetganda u olimlar bilan yaqindan tanishgan va ular bilan ko`p suhbatlar ko`rgan. 1420-yillarga kelib uning atrofida 60-70 tacha matematik va astronom olimlar to`plangandi. Ulug`bek ko`rdirgan rasadxonaning asosiy qismi radiusini 40,2 metrdan iborat kvadrant tashkil etgan va unda astronomik o`lchashlarni amalga oshirish uchun bir qator boshqa asbob-uskunalar ham o`rnatilgan.

  Rasadxona binosi uch qavatli binodan iborat bo`lgan. Mirzo Ulug`bek o`zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalardagi 100 dan ortiq ilm ahlini to`plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Qavofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi o`z zamonasining zabardast olimlari edi.

  Afsuski, rasadxona binosi Ulug`bek vafotidan keyin qarovsiz qolib, asta-sekin yemirila boshlagan va XVII asrning oxiriga kelib, ustki qismi butunlay buzilgan. Inshootning yer ostidagi qismi esa tuproq ostida qolib, ko`milib ketgan. Rus arxeolog olimi V.Vyatkinning 1908 va 1914 yillardagi Samarqandda olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida Ulug`bek rasadxonasi qoldiqlari joyi aniqlanib, keyinchalik uni o`rganish ishlari da­vom ettirilgan.

  Mirzo Ulug`bek Samarqandda rasadxona zamirida «Ulug`bek akademiyasi»ga asos solgan va bu yerda olib borilgan ilmiy kuzatishlari natijasida «Ziji jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali») va «To`rt ulus tarixi» kabi mashhur asarlari yaratilgan. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «Ulug`bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida esa Ptolomeyga o`xshardi».

  «Ziji jadidi Ko`ragoniy» asarida 1018 ta harakatlanmaydigan yo`lduzning koordinatlari hayron qolarli darajadagi aniqlikda ko`rsatib berilgan. Mutaxassislarning tan olishicha, ushbu yo`lduzlar jadvali grek olimlaridan miloddan avvalgi II asrda yashagan Gipparx va milodiy I-II asrlarda ijod qilgan Ptolomey tuzgan jadvallardan keyingi davrda yaratilgan eng aniq astronomik manba hisoblanadi.

  «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi trigonometrik jadvallar ham o`zining aniqligi bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, Mir­zo Ulug`bek astronomiyadagi muhim o`zgarmas miqdor - bir darajaning sinusi qiymatini verguldan keyin 18 ta belgi miqdoridagi aniqlikda hisoblashga muvaffaq bo`lgan.

  Quyosh bir yilda bir marta aylanib chiqadigan fazoviy doira - ekliptikaning og`ishi qiymatini aniqlashda Mirzo Ulug`bek dunyo astronomiya fanida eng oldingi o`rinlarda turadi. Uning 1437-yilda amalga oshirgan hisob-kitoblariga ko`ra, ekliptikaning og`ishi 23°30'17"ga teng va bu qiymat hozirgi zamondagi hisob-kitoblardan bor-yo`g`i 0'32"ga farq qiladi. Shuning uchun ham Ulug`bek tomonidan hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekundga teng va bu hozirgi zamon ma’lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi. 

  Ulug`bekning yozib qoldirgan asarlarida bir qator geografik ma’lumotlar ham mavjud. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi jadvallarda dunyodagi 683 ta aholi punktining geografik koordinatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug`bekning yozishicha, u yaratgan rasadxona 39°37'28" geografik kenglikda joylashgan. Hozirgi vaqtdagi o`lchashlar shundan dalolat beradiki, ushbu inshootning joylashgan o`rni 39°40'37" geografik kenglikka to`g`ri keladi. Agar O`rta asrlardagi kuzatish uskunalari va uslublarini hisobga oladigan bo`lsak, Ulug`bek amalga oshirgan ulchash natijalarini juda aniq, deb e’tirof etish mumkin.

  Bundan tashqari, Samarqandlik tarixchi olim Mutrubi Samarqandiyning 1605-yilda yozilgan «Tazkirat ush-shuaro» asarida Ulug`bek tomonidan yaratilgan Sharqiy yarimsharning xaritasi o`rin olgan. Muallifning yozishicha, ushbu noyob xarita Samarqanddagi Ulug`bek madrasasi devoridagi xaritaning kichraytirilgan nusxasi. Unda Sharqiy yarimshar yarim aylana tarzida, o`ziga xos iqlimga ega bo`lgan yetti mintaqaga bo`lingan, daryolar va dengizlar turli ranglarda belgilangan. Xaritada Misr, Basra, Multon, Xo`jand, Buxo­ro, Xazorasp, Xorazm, Qashqar, Sayhun, Sinh va boshqa bir qator joy nomlari ko`rsatilgan.

  Mutrubi Samarqandiyning ma’lumotiga ko`ra, Samarqanddagi Ulug`bek madrasasida toliblar diniy bilimlar bilan bir qatorda adabiyot, metafizika, arif­metika, geografiya va boshqa dunyoviy fanlarni ham o`rganishgan. Muallifning yozishicha, geografiya fani ayni Ulug`bek tuzgan xarita yordamida o`rganilgan.

  Mirzo Ulug`bek yaratgan Samarqand astronomiya maktabining ushbu fan rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi dunyo olimlari tomonidan keng tan olingan. «Ziji jadi­di Ko`ragoniy» asari XVII asrda Oksfordda ingliz tiliga va keyinchalik bir qancha sharhlar bilan dunyoning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. 1648-yilda astronom Yan Gaveliy tomonidan Polshada chop etilgan «Yo`lduzli osmon katalogi»ga dunyo astronomlarining ramziy yigilishini tasvirlovchi gravyura ilova qilingan bo`lib, undan dunyoning mashhur olimlari qatoridan Ulug`bek ham o`rin olgan. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»da keltirilgan yo`lduzlar jadvali uzoq vaqt davomida dunyodagi eng yaxshi qo`llanma sifatida foydalanib kelindi va hozirgi vaqtda ham u o`zining ilmiy-tarixiy ahamiyatini yo`qotgan emas. 

48 Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini olamshumul ahamiyati nimada

Alisher Navoiy taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʼrifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi.

Buyuk soʻz sanʼatkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bagʻishlaydi. “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) falsafiy-taʼlimiy dostondir. Navoiy bu asarida oʻzining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga taʼlim va oʻgit berish masalalariga katta eʼtibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgoʻylik va toʻgʻrilik, ilmning foydasi va kambagʻal oʻquvchilarning bu yoʻlda chekkan azoblari haqida batafsil toʻxtalib oʻtadi.

“Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va taʼlim-tarbiya masalasiga bagʻishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulugʻlab, taʼlim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni oʻstirish, oʻqitish va balogʻatga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli boʻlishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb taʼriflaydi:



Boshni fido ayla ato qoshigʻa,

Jismni qil sadqa ano boshigʻa…

Tun-kunungga aylagali nurposh,

Birisin oy angla, birisin quyosh…

Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolgʻizlikka nisbatan koʻpchilik – jamoatni ulugʻlab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, doʻst boʻlishlarini istaydi:

…Yoʻq hunari yolgʻuz esa, oʻz ishi,

Qayda kishi sonida yolgʻuz kishi?

Fard[1] kishi davrda topmas navo,

Yolgʻuz ovuchdin[2] kim etmish sado?…

“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqoloti rostgoʻylik, halollik va toʻgʻrilikka bagʻishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgoʻy va toʻgʻri boʻlishga chaqiradi, yolgʻonchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolgʻon soʻzlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzogʻiga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi.

Dostonning oʻn birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzathurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir oʻsha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yoʻlida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.

Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini taʼkidlaydi:



Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

Endiki ilm oʻldi amal aylagil.

Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni oʻqish, oʻrganish va yuksak odobli, aʼlo xulqli boʻlishga chaqirishi katta ahamiyatga ega boʻlib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-taʼlimiy qarashlari hozirgi kunda ham oʻz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.



48 Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini olamshumul ahamiyati nimada

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan.

"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

„Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli.



49 Zahriddin Muhammad Boburning marifatparvarlik qarashlarining ahamiyati

Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“ va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998 yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh asSalom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi

Boburning oʻz guvoxligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, BinoiyAbulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan.

Oʻtmish adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boʻldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.

50 Yevropa mamlakatlari taraqqiyotida maktab va pedagogika fanining tutgan o‘rni nimada

O’rta asr G’arbiy Еvrоpa mamlakatlarida ikki guruhga bo’lingan va еtti fanni o’z ichiga оlgan ta’lim dasturi vujudga kеlgan edi. Birinchi guruh uchta fandan ibоrat edi, shu sababli unga lоtincha «trivium» nоmi bеrildi. Bunga grammatika (lоtin tili grammatikasi), ritоrika va dialеktika kirar edi. Ikkinchi guruh to’rt fandan ibоrat bo’lgani uchun uni lоtincha «kvadrivium» dеyiladi. Unga arifmеtika, gеоmеtriya, astrоnоmiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo’lib bu еtti fanni «еtti erkin san’at» dеb atash rasm bo’lib qоldi.

Mazkur o’quv fanlari qadimgi YUnоnistоn ta’lim tizimidan оlingan edi, birоq o’rta asrlarda ularga diniy mazmun bеrilib, hammasi ramz bilan diniy ma’nоda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad — muqaddas diniy kitоblarni o’qishni bilib оlish, ritоrika (nоtiqlik san’ati nazariyasi)ni o’rganishdan maqsad va’zхоnlik qilish, хutba o’qish san’atini egallab оlish, musiqa dеyilganda esa diniy musiqa nazarda tutilardi (katоlik chеrkоvida ibоdat vaqtida оrgan musiqa asbоbi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialеktika, munоzara, bahslashish san’ati dеb tushunilar va katоlitsizmga qarshi chiquvchilar bilan munоzara qilishga yordam bеradigan fan dеb hisоblanar edi. Hattоki matеmatikaga ham diniy ma’nо bеrilar edi. Gеоmеtriya chеrkоv binоlarini qurish uchun zarur fan hisоblanar edi, arifmеtikani o’qitganda ayrim sоnlarni ramz bilan diniy ma’nоda (masalan «1» raqami bu хudоning birligi simfоli (ramzi) dеb tushuntirilar edi. Astrоnоmiyadan esa diniy kalеndarь tuzishda fоydalanardilar.

Hamma fanlarning tоji dеb — tеоlоgiya hisоblanar edi. O’rta asrlarda bеriladigan ta’lim dasturi chеrkоv maktablari оrqali amalga оshirilar edi.

CHеrkоv maktablarining asоsiy turlari: priхоd maktabi (ya’ni chеrkоvga qarashli), mоnastirь maktabi va bоsh chеrkоv yoki еpiskоp maktablaridan ibоrat edi.

Priхоd maktablari bоshlang’ich diniy maktablari bo’lib, unda o’g’il bоlalar o’qir edi. Ular mahalladagi chеrkоvga qarashli bo’lib, unda ruhоniy yoki uning yordamchisi o’qituvchilik vazifasini bajarar edi. Priхоd maktablarida bоlalar хristian dini asоslari va qоidalarini, diniy ashulalar aytishni, lоtin tilida o’qish va yozishni o’rganardilar. Ba’zilarida esa bоlalar bоshlang’ich hisоb ilmini ham o’rganardilar.

Mоnastirь maktablari mоnastirь huzuridagi maktablar bo’lgani sababli shu nоm bilan yurgiziladi. O’rta asrlar Еvrоpadagi mоnastirlar faqat tarki dunyo qilgan mоnaхlar yashaydigan diniy muassasagina bo’lib qоlmay, balki ba’zi jоylarda ular o’z zamоnasiga munоsib madaniyat markazi, ma’rifat o’chоg’i ham edilar. Bunday mоnastirlarda turli kitоblardan nusхa ko’chirish, kitоbхоnalar tashkil qilish bilan shug’ullanar, ba’zi mоnaхlar ilmiy muammоlar ustida ish оlib bоrar edilar. Mоnastirь maktablarida o’qitish vazifasi uchun maхsus mоnaхlar tayinlanardi. SHu ishda ishlab turgan mоnaхlar ta’lim-tarbiya ishini uyushtirish va uni оlib bоrish sоhasida ancha tajriba to’playdilar.

Mоnastirь maktablarining ko’pida priхоd maktabida o’qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqоrida aytilgan «еttita erkin san’at»dan dars bеrilar edi.

Mоnastirь maktablariga bоshda faqat mоnaх bo’lishga tayyorlanadigan o’g’il bоlalar qabul qilinar edi, kеyinchalik esa bu maktablarga o’qishni хоhlagan har bir kishi qabul qilinavеrdi. SHu sababdan mоnastirь maktablari «ichki maktab» (mоnastirь dеvоri ichida, faqat kеlgusi mоnaхlar uchun) va «tashqi maktab» (mоnastirь dеvоri tashqarisida, hamma o’qishni istaganlar uchun) nоmli ikki maktabga bo’lina bоshladi.

Bоsh chеrkоv yoki еpiskоp maktablari markaziy diniy оkrugdagi bоsh chеrkоv (sоbоr)ga qarashli maktablar edi. Bunday оkrugda din ishlari bоshqarmasi jоylashgan bo’lib, uning bоshida yuqоri lavоzimli ruhоniy — еpiskоp turar edi. SHuning uchun bu maktablarni bоsh chеrkоv yoki еpiskоp maktablari dеyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda faqat o’g’il bоlalar o’qir edi. Bоsh chеrkоv maktablarida оdatda yuqоrida ko’rsatilgan еtti fanning hammasi o’qitilib, bu fanlardan tashqari eng оliy va asоsiy fan dеb hisоblangan tеоlоgiya (din aqоidlari) ham o’qitilar edi. Mоnastirь maktablari singari, bu maktablarga ruhоniy bo’lish maqsadini qo’ymagan shaхslar ham qabul qilinavеrar edi, chunki хat-savоdi bo’lgan kishilarga talab tоbоra kuchayib bоrar edi. SHu sababli mоnastrь maktablari singari, bu maktablar ham «ichki maktab» (faqat ruhоniylarni еtishtiruvchi) va hamma o’qishni istоvchilar uchun «tashqi еpiskоp maktablari» nоmi bilan ikki хil maktabga bo’lina bоshladi.

O’qish chеrkоv tоmоnidan tasdiqlangan din darsliklari va din aqidalarini yodlashdan ibоrat edi. Bu maktablarda bеlgilangan o’quv yiliga riоya qilinmay, maktabga istagan vaqtida kirib, uni turli vaqtda tamоmlab chiqish mumkin edi. Sinf-dars tizimi ham yo’q edi. O’quvchilar bir хоna ichida to’plangan bo’lsalar ham, har qaysisi faqat o’z sabоg’i bilan shug’ullanar, o’qituvchi esa shоgirdlarini bitta-bittadan o’z оldiga chaqirib, har qaysisiga alоhida-alоhida sabоq bеrardi.

Bu maktablarda qattiq intizоm o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazоlanardilar. Bunday maktablarda оdatda o’quvchilarga tan jazоsi bеrilar edi (savalash, оch qоldirish va shu kabilar).

O’rta asrlarda G’arbiy Еvrоpada mulkdоr fеоdal va aslzоda tabaqalariga mansub оilalarda tug’ilgan qiz bоlalar оdatda хоtin-qizlar mоnastirlari ichida yoki maхsus murabbiyalar va оilaga birkitilgan ruhоniylar qo’l оstidagi uylarda tarbiya оlardilar.

Ritsarlik tarbiyasi. G’arbiy Еvrоpada ham dunyoviy fеоdallar muhitida ritsarь fazilatlariga ega bo’lgan tajribali, mоhir va mard jangchi, shuningdеk, оlijanоb, nazоkatli, оdоbli, хushmuоmalali, vijdоnli, fidоkоr va sоdiq insоn — tarbiyasi bilan bоg’liq alоhida tarbiya tizimi, ya’ni ritsarь tarbiyasi maydоnga kеldi

51 Amos Komenskiyning pedagogik ta’limotining tarixiy va olamshumul ahamiyati nimada

Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Jan. Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan "Chex qardoshlari" diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan. Mazkur uyushma aʼzosi sifatida taʼqibga uchrab, togʻ va oʻrmonlarda yashirinib yurishga majbur boʻlgan. Dastlabki maʼlumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608—10 yillarda lotin maktabida, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg universitetida oʻqigan. Katolik cherkov taʼqibi natijasida Polshaning Leshko shahriga kelgan va u yerda gimnaziya tashkil etgan. 1631 yil "Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi", 1632 yil "Buyuk didaktika", "Onalar maktabi" daryolik va qoʻllanmalarini yaratgan. K.ning "hamma narsani bilish, hammaga bilim berish" shiori ostida yozilgan asarlari ilgʻor fikrli inglizlarda zoʻr qiziqish uygʻotgan. U lotin tili daryoligi va til oʻqitish metodikasi boʻyicha qoʻllanma yaratgan. 1650 yil Vengriyaga keldi va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan "Pansofiya maktabi" (1651), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) kitoblarini, oʻquv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan "Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri" (1658) asarini yozdi.

K. har bir bola taʼlim olishi lozimligini uqtiradi, umumtaʼlim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini koʻzdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat boʻlib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik taʼsir koʻrsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini taʼkidlaydi. K. bolalarning oʻqish yoshini ona maktabi (tugʻilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga boʻladi. K. ped.si mohiyati oʻqitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uygʻun holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" asarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda koʻrsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan.

K. jahon taʼlimi tarixida birinchi boʻlib taʼlimning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, taʼlim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan oʻquvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, taʼlim beriladigan vaqtni oʻquv yili, choraqlar hamda oʻqish kunlariga ajratish yoʻllarini koʻrsatdi. Taʼtillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik oʻquv soatlari miqdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas.

52 Ukraina va Belarusiyada qardoshlik maktablari

2000 yil boshlarida 22 mingga yaqin umumiy taʼlim oʻquv yurtida 6600 mingdan koʻproq oʻquvchi taʼlim oldi, salkam 570 ming oʻqituvchi dare berdi; 665 oliy oʻquv yurtida 560 ming talaba, hunartexnika maktablarida 510 mingdan ziyod oʻquvchi tahsil oldi. Xususiy taʼlim tizimida 170 oliy oʻquv yurti va 250 umumiy taʼlim muassasasi bor. 20,4 ming ommaviy va universal kutubxonaning umumiy kitob fondi 339 mln. nusxadan iborat, 6 ming kino qurilma mavjud. Klub tipidagi 20,2 ming madaniyat muassasasi, 386 muzey, jumladan, 123 oʻlkashunoslik, 134 tarix va arxeologiya, 63 sanʼatshunoslik, 44 adabiyot muzeyi mavjud.

Ukrainada 1490 tashkilot ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat bilan shugʻullanadi, ularda 10 mingdan ortik, fan doktori va 60 mingdan ziyod fan nomzodi ishlaydi. Milliy Fanlar akademiyasi, Taʼlim va fan vazirligi, Ukraina agrar fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saklash vazirligi, Tibbiyot fanlar akademiyasi, Agrar siyosat vazirligi tizimlaridagi ilmiy muassasalar oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi. Ukraina Milliy fanlar akademiyasi, oliy maktab tizimi va tarmoq vazirliklarida yirik ilmiy muassasalar faoliyat yuritadi.

Ukraina adabiyotining ilk manbalari qad. rus pandnasihatlari, avliyoanbiyolar haqidagi rivoyat va qissalar, 11 –13-asrlarga oid yilnomalardan boshlanadi. Kiyevda yaratilgan Ostromir injili (1056–57), "Oʻtgan yillar qissasi" (taxminan 1113) Kiyev Rusidagi ilk adabiy yodgorliklardir. 14–15-asrlarda yilnoma va voqea-hodisalar tarzidagi adabiy asarlar dunyoga keldi. Keyinroq xalq sheʼriy ijodiyoti, shu jumladan, tarixiy qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, sevgi va mehnat qoʻshiklari, xalq ertaklari paydo boʻldi. 16–17-asrlarda munozarali adabiyot va ilohiyotga doyr adabiyot muhim rol oʻynadi. (Gerasim Smotritskiy, Vasil Surazskiy, Meletiy Smotritskiy (mashhur "Grammatika" darsligi muallifi, 1619), Yoanikiy Galyatovskiy, Petro Mogila (Sharqiy Yevropadagi dastlabki akademik oʻquv yurti asoschisi; keyinchalik uning nomi bilan KiyevMogila akademiyasi deb nomlangan, 20-asrning 90-yillarida qayta tiklangan), Ivan Vishenskiy, Feofan Prokopovich, Ipatiy Potiy, Zaxar Kopistenskiy va boshqa]. Bu davrda Lvovda Ivan Fyodorov tomonidan Ukraina hududida birinchi kitob – "Apostol" nashr etildi. Yevropa Uygʻonish davrida adabiyot tez rivojlandi, 17–18-asrlarda adabiy mavzular kengayib, gʻoyaviyuslubiy jixatdan boyidi, xilmaxil janrlardagi asarlar yaratila boshladi. Yozuvchi, shoir va maʼrifatparvar G.S. Skovoroda (1722–94)ning ijodi kad. ukrain adabiyotining xotimasi, yangi ukrain adabiyotining muqaddimasi boʻldi ("Xarkov masallari" toʻplami, "Ilohiy qoʻshiqlar boʻstoni" sheʼrlar toʻplami).



19–20-asr boshlarida mumtoz ukrain adabiyoti shakllandi. I. Kotlyarevskiy (6 qismdan iborat "Enenda" dostoni), P. Gulak Artemovskiy, G. Kvitka Osnovyanenko, I. Franko, L. Ukrainka, P. Mirniy, O. Pchilka, N. Gogol, M. Kotsyubinskiy va boshqalarlarning asarlari mashhur boʻldi. Buyuk qoʻbizchi Taras Shevchenko esa yangi ukrain adabiyotiga asos soldi. 20-asrda V. Sosyura, P. Tichina, M. Rilskiy, M. Kulish, O. Gonchar, I. Le, M. Stelmax, P. Zagrebalniy, B. Oleynik, V. Simonenko, M. Bajan, I. Drach, M. Movchan va boshqa koʻpgina adiblar yaratgan nasriy va nazmiy asarlar, A. Korneychuk pyesalari Ukraina adabiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Hozirgi zamon ukrain adabiyoti milliy anʼanalarni zamonaviy Yevropa va jahon madaniyati tajribasi bilan qoʻshish ruhida rivojlanib bormoqda.

53 Livov brodarlik maktabining ta’lim – tarbiya tizimi qanday bo‘lgan

54 Kiyev akademiyasida ta’lim tizimi qanday bo‘lgan

Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish