1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni



Download 331,2 Kb.
bet11/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Jamiyat


65 Boshlang‘ich diniy maktablar

XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.

SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi.

SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi.

«CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar.

Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.

Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan.

Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan.

Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.

Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan edi.

Quyi maktab – bu maktablarda o’g’il bolalarga savod o’rgatishgan (4 yil).

Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.

Qorixona - Qur’on yod olingan.

Madrasa.

Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan.

Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi.

Mustamlaka ma’muriyati mashg’ulotlar o’rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o’qitishni rag’batlantiruvchi choralar ko’rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o’rganishga ko’proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilindi.

Eski maktablarda ham ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o’rgatish joriy qilindi, qizlarga o’qishni o’rgatish bilan birga yozishni ham o’rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko’ra o’zbek maktablari hayotida katta siljish ro’y berdi.



66 Furqat marifatchilik harakatlarini ahamiyati qanday bo‘lgan

Turkiston xalqining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi.  

Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik,  feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi  ozod va  farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat tili makomini berish, milliy pul birligi, milliy kushin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma‘rifatchilarining Turkiston o’lkasida ma‘rifatparvarlik g’oyalarini  tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining  vujudga kelishi asta-sekin bo’lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi  maxalliy xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy – ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g’oyalari tarkala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi. 

 

Turkistonda jadidchilik harakati (Turkistonda jadidchilik harakati) uch soha orqali faoliyat ko’rsatdi. Bular – maorif (yangicha maktablar ochish, ta‘lim usulini yangilash), san‘at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. 



Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma‘rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida, uzligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston  jadidchilari tomonidan  ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar qilindi.

Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so’nggi choragida uyg’ongan ma‘rifatchilik, ma‘rifatparvarlik qarashlarining ta‘siri katta bo’ldi.     

XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e’tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g’oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko’ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik g’oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo bo’lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g’arbdan kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo’gib qo’yilishi, uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning qatl etila boshlaganligi edi.

Jadidchilik harakati vakillari o’zlarining ma‘rifatparvarlik mafkurasiga  bir tomondan o’sha davr uchun dolzarb bo’lgan demokratik g’oyalarni: ilm o’rganish, fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo’lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, so’z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat q’urilishiga asoslangan milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g’oyalar qatlamini shakllantirish, adabiyot va san‘atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan mustamlakachilik siyosati ta‘siri ostida o’z milliy qiyofasini yo’qotayotgan turkiy til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma‘naviy-axlokiy takomillarni yanada kuchaytirish, milliy o’zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy e’tiqodlarni mustaxkamlash kabi g’oyalarni asos qilib oladilar. Albatta bu vazifalarni amalga oshirishda an‘anaviy islom dini, shariat asoslari va xadislar ham o’z ta‘sir kuchini saqlab turgan ta‘limotga suyanadilar. 

Jadidchilar o’zlarining ilg’or g’oyalarini Xalq o’rtasida tarqatish uchun milliy matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta‘lim sistemasini joriy qilish, ilg’or g’arb mamlakatlariga maxalliy yoshlarni o’qishga junatish yo’li bilan amalga oshirishga harakat qildilar. 

67 Turkiston ulkasidagi o‘g‘il bolalar gimnaziyasi, ahamiyati nimada

Tadqiqotchi A.Muhammadjonovning ma’lumotiga ko’ra o’lkada tashkil etilgan rus-tuzem maktablari 1870-1904 yillarda quyidagi holatda edi

Rus-tuzem maktablarida o’quvchilarga rus muallimi rus tilini hamda arifmetikani va boshqa fanlarni o’rgatar, buning uchun o’qish vaqtining yarmi ajratib qo’yilgan edi. O’qish vaqtining qolgan yarmi «Musulmon domla» ixtiyoriga berib qo’yilgan bo’lib, u eski usul maktablaridagidek bolalarga diniy darslar o’qitish bilan shug’ullanardi.

Rus-tuzem maktablarida faqat o’g’il bolalar o’qitilar edi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903 yilda Turkiston pedagogika to’garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa cho’zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi.

Rus-tuzem maktablarida rus tilini o’qitish dasturi va uslubi rus bo’lmagan o’quvchilar uchun mo’ljallab tuzilar edi. (bu maktablarda ba’zan rus bolalar ham uchrab qolar edi).

1884 yili, sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabida (Turkiston o’qituvchilar seminariyasining rus qismida) tarbiyalanuvchilar uchun o’zbek tili kiritildi. Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va o’zbek tilini yaxshi o’rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bo’lib o’zbek tilini o’qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi o’qituvchisi edi. Nalivkin V.P. seminariyada 1890 yilgacha dars berdi. Dars chog’ida Nalivkin bo’lajak cho’qituvchilarga faqat o’zbek tilinigina o’rgatib qolmasdan, balki ularda o’lkani o’rganishga ham havas uyg’otgan edi. Seminariyada o’qib chiqqanlar orasida rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bo’lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi.

Turkistonning rus aholisi maktab ta’limi bilan yerli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq ta’minlangan edi. Turkiston o’lkasida birinchi bo’lib rus maktabi Toshkentda 1866 yilda, Samarqandda 1870 yilda, oradan 1-2 yil o’tgach, Turkiston o’lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bo’ldi.

Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876 yilda Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va qizlar progimnaziyasi ochiladi. 1894 yilda real bilim yurti ochildi. Bu o’quv yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan o’quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan ta’minlanar edi.

1879 yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus boshlang’ich sinflari uchun o’quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham kirishdi. Mahalliy tilni o’rganish majburiy qilib qo’yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri bo’ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin o’zbek tilida dars bera boshlagan birinchi o’qituvchi bo’ldi. 1887 yilda Nalivkin tuzgan lug’at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida o’zbek tiliga doir birinchi qo’llanma bo’ldi.

Maktablar uchun ajratilgan mablag’larning kattagina qismi o’rta o’quv yurtlariga sarflanardi. Toshkentdagi kodetlar korpusiga ayniqsa ko’p mablag’ sarf bo’lar edi. Ishlab turgan to’rtta o’quv yurtidan tashqari 1900 yildan boshlab yana beshta o’quv yurti ochildi. Samarqandda va yangi Marg’ilonda qizlar va erkaklar gimnaziyalari ishga tushdi; 1905-1916 yillar ichida o’rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq ko’paydi; uyezd markazlarining deyarli hammasida o’rta maktablar paydo bo’ldi.

Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qo’qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907 yillarda yangi tipdagi o’rta maktablar - o’g’il va qiz bolalar birga o’qiydigan kommertsiya bilim yurtlari ochildi.

Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning ochilishiga olib keldi. CHunonchi, 1896 yildayoq Toshkentda paxta zavodlari va boshqa zavodlarni ta’mirlash uchun kadrlar tayyorlaydigan bilim yurti ochildi; 1897 yilda irrigatsiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 1902 yilda Toshkent yaqinida qishloq xo’jalik gidrotexnika maktabi ochildi: 1904 yilda Samarqandda bog’dorchilik va shu yilning o’zida Toshkentda temir yo’l texnika bilim yurti ochildi. 1908 yilda A.M.Malinovskaya Toshkentda qo’l-hunar ustalari hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar maktabini ochdi. SHu tariqa Turkistonda madaniy iqtisodiy rivojlanish ancha yuksa pog’onaga ko’tarildi.



68 Rus-tuzem maktablarida o‘qitish tartibi

Rus-tuzem maktablari (rus. tuzemets — mahalliy aholi) — Turkistonda Okt. toʻntarishiga qadar mahalliy aholi bolalari uchun ochilgan boshlangʻich rus maktablari. Uni ochishdan asosiy maqsad oʻlkani ruslashtirish edi. Turkiston generalgubernatori K.P. fon Kaufman "musulmon va rus maktablarining ajralib turishi"ni iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu gʻoyani Kaufmanning izdoshi generalleytenant N.O. Rozenbax davom ettirib, ibtidoiy turdagi yangi maktablar — Rus-tuzem maktablarim. tarmogʻini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Birinchi rustuzem maktabi 1884 y. 19 dek.da Toshkentda ochilgan. Unda 41 bola oʻqigan. 1891 y. Xivada, 1894 y. Buxoroda ham ochilgan. Ularning soni 19-asr oxirida 100 dan oshgan. Rus-tuzem maktablarim.da taʼlim muddati 4 y. boʻlgan. Rus-tuzem maktablarim. ruscha va mahalliy sinflarga boʻlingan. Rus tili, oʻqish, yozish, hisob, geom., tarix, boshlangʻich oʻzbek tili, arab tili va islom dini asoslari oʻqitilgan. Rus tili, hisob, yozuv, geom., tarix darslarini rus oʻqituvchisi, oʻzbek tili, arab tili, islom dini asoslarini oʻzbek muallimi oʻqitgan. Saidrasul Saidazizovning "Us todi avval" (1902), Aliasqar Kalininning "Muallimi soniy" (1903), S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan iborat oʻqish kitoblari Rus-tuzem maktablarim. oʻquvchilarining asosiy darsliklari boʻlgan. Ayrim Rus-tuzem maktablarim. qoshida kattalar uchun (rus grammatikasi asosini oʻrgatish maqsadida) kechki maktablar, koʻchmanchi aholi uchun esa internatlar tashkil kilingan. Keyinchalik 2 y.lik va ayollar uchun ham Rus-tuzem maktablarim. ochilgan. Rus-tuzem maktablarim. mahalliy aholining bir qismiga oʻsha davr uchun ilgʻor boʻlgan madaniyat yutuqlaridan baxramand boʻlish imkonini yaratgan.

69 XVII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda allomalarining ta’lim-tarbiya tizimi va pedagogik firklar.

Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso al-Xorazmiy “Alkitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala”, Al-Kindiy “Insoniy bilimlar tasnifi”, Abu Nasr al-Forobiy “Ixso al-ulum” (“Ilmlar tasnifi”) va “Fozil odamlar shahri”, Abu Ali ibn Sino “Donishnoma”, “Tadbiri manzil” va “Aqsom al-ulum aqliyya”, Abu Rayhon Beruniy “Minerologiya”, “Hindiston”, “Saydona”, Abu Abdulloh al – Xorazmiy “Mafotih al-ulum” (“Ilimlar kaliti”), Ismoil al – Buxoriy “Al-Jome’ as-sahih” va “Aladab al-mufrad”, Abu Iso at-Termiziy “Al-Jome’ as-sahih”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”, Kaykovus “Qobusnoma”, Zamaxshariy “O’git va nasihatlarning oltin shodalari”, Najmiddin Kubro “Odob qoidalari”, So’fi Olloyor “Sabot ul-ojizin” Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida yo’llanma”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul -haqoyiq”, Amir Temur “Temur tuzuklari”, Ulug’bek “Zij” va “Tarixi arba’ ulus”, Alisher Navoiy “Hamsa” va “Maxbub ul-qulub”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”, Sa’diy “Guliston”, Davoniy “Axloqi Jaloliy”, “Husayn Vaiz Koshifiy, “Axloqi Muhsiniy”, Bobur “Boburnoma”, Abdulg’oziy “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima”, Munis Xorazmiy “Munis ul-ushshoq”, va “Savodi ta’lim”, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), Muhammadrizo Ogahiy “Ta’vizul-oshiqin”, Furqat “Ilm hosiyati”, “Ko’rgazma” va “Gimnaziya”, So’fi “Ustod”, “Mudarris” va “Dars”, Ahmad Donish “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”), Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval”, Ali Askar Kalinin “Muallimi Soniy”, Munavvar Qori “Adibi avval”, Abdulqodir Shakuri “Rahnamoi savad”, Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” (“Adabiyotdan xrestomatiya”), “Adibi avval”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yohud axloq”, Mahmudxo’ja Behbudiy “Bolalar uchun kitob”, “Islomning qisqacha ta’rifi”, “Amaliyoti islom”, Sadriddin Ayniy “Taxzib us-sibyon” (“Bola tarbiyasi”), Abduxoliq Usmon Qori “Tahsil ul-tavjid”, “Engil adabiyoti”, Muhammadjon Qori Naimjon “Odobli bola”, Rahimov Muhammadjon Mirza “Ta’limiy hisob” (“Arifmetika ta’limi”), Saidahmad Siddiqiy “Mir’ati adab” (“Odob ko’zgusi”), Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” va “Sayyohi hindi bayonoti”, H.H.Niyoziy “Qiroat” (“Engil adabiyot”, “O’qish kitobi” kabi ma’rifiypedagogik asarlarida, G’arbda esa Platon “Davlat”, Aristotel “Siyosat”, Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”, Iogann Genrix Pestolotstsi “Gertruda o’z bolalalarini qanday qilib o’qitadi”, Iogann Gerbart “Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to’g’risidagi xatlar”, “Pedagogikaga doir lektsiyalar ocherki”, Adolf Distverg “Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma”, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy “Bolalar dunyosi”, “Muallimlar uchun qo’llanma”, “Kishi – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”), Lev Nikolaevich Tolstoy “Alifbe” va “O’qish kitobi”, Anton Semenovich Makarenko “Pedagogik poema”, “Ota-onalar kitobi”, “Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar”, “Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar”, Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy “Pavlish maktabi”, “Bolalarga jonim fido” kabi asarlarida va o’zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, - degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir. Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishni, o’rganishidir”1 Ma’rifat darg’asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur...

70 Avloniy ilmiy merosini metodologik asosi.
Jumladan “Adabiyot yoxud milliy she`rlar” to`rt qismdan iborat, “Birinchi muallim” (1911), “Ikkinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Maktab guliston” (1915), “Mardikorlar ashuvlasi” (1917) va boshqa darslik va o`qish kitoblarini yaratgan. Bu asarlarida hamda publitsistika maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni ulug`lab o`z xalqini madaniyatli bo`lishga chaqiradi.

U 1906 yilda “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalarini chiqargan. Keyinchalik 1907 yilda “SHuhrат” va “Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshlagan. Qisqa fursatda bu vaqtli nashrlar el orasida dovrug` qozondi. Bundan tashvishga tushgan chor amaldorlari ushbu gazetalarni yoptirib qo`yadi. Keyinchalik Avloniy “Sadoyi Turkiston”, “Turon”, “Ishti-rokiyun” gazetalarida, “Kasabachilik harakati” jurnalida bosh muharrir bo`lib ishlaydi va shu barobarida o`zbek mat-buotining asoschilaridan biri sifatida xalqqa taniladi.

Abdulla Avloniy o`zbek teatrining asoschilaridan biri edi. U 1913 yilda “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. “Turkiston” o`zining qat`iy Nizomini ham e`lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g`oyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (Abdulla Qodiriy) kabi XX asr boshlari o`zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan. Teatr ozarbayjon va tatar dramaturglari asarlari “Badbaxt kelin”, “Xo`r-xo`r”, “Jaholat”, “O`liklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man o`lmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va  Qaram”, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oila”larni o`zbekchaga tarjima qilib sahnaga qo`ygan. Abdulla Avloniyning o`zi Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“To`y”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.

U truppa uchun “Advakatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki sevgi”, “Po`rtugaliya inqilobi” kabi dramalarini yozadi.

Abdulla Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan, jumladan, I.A.Krilovning 21ta masali, “Maymun ila ko`zoynak”, “G`ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo`lovchi”, “Qarg`a ila Zag`izg`on”, “Tulki ila Qarg`a” kabi asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqqan.

Bu borada J.SHaripov “Maktab guliston” kitobidagi tarjimalarini atroflicha tahlil etib, ularning sifatiga ham yuksak baho beradi. “Abdulla Avloniy asl nusxaning mazmunini, badiiy nafosati, chiroyli obrazlarini to`g`ri talqin qilib, ehtiros bilan tarjima etgan”, – degan.

Abdulla Avloniyning 1913 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. U 1917 yilga  kelib ikkinchi marta nashr qilindi, asarda insonlarni “yaxshilik-ka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm” – axloq haqida fikr yuritilgan.

U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.

Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.

Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.

Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.

Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.



Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish