86 Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari.
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.
U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.
87 Abduqodir Shakuriy va Mahmudxo’ja Behbudiylarning pedagogik faoliyati
Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda o‘z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo‘ladi.
Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko‘rgan va o‘zi orzu qilgan yangi o‘qitish usullari Rossiyaning turli joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.
Shakuriy do‘stlari yordamida Qo‘qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o‘qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o‘z qishlog‘i Rajabaminda 1901 yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, O‘rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Shakuriy faqat o‘qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u o‘z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o‘z mablag‘lari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning "Rahnamoyi savod" ("Savod chiqarish qo‘llanmasi") deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan.
Shakuriy maktablar uchun «Jomi’ ul-hikoyat» (1907), «Zubdat ul-ash’or» (1907) kabi o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan. M. Behbudiy bilan birgalikda maktablar uchun dastur tuzgan.
Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o‘zi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik o‘g‘il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o‘qita boshlagan.
1921 yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o‘qitishga katta g‘ayrat bilan kirishdi, ko‘p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi vazifalarida ishladi.
1925 yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.
Abduqodir Shakuriy 1943 yilda vafot etadi.
Behbudiy 1911 yilda «Padarkush» dramasini yozdi. Bu birinchi o’zbek dramasi edi. 3 parda, 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo’lib, o’qimagan, johil va nodon bolaning o’z otasini o’ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yo’l qo’ymaydi. «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo’lishining 100 yillik yubileyi sanasiga bag’ishlanadi» degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan o’tkazadi. Drama 1913 yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qo’yish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914 yil 25 yanvarda sahnaga qo’yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko’rsatadi. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning ta’sirida yozgani ma’lum. «Padarkush» ham janr, ham mazmuniga ko’ra yangi o’zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo’ldi. Drama Toshkentda 1914 yil 27 fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtirildi. O’sha yili Behbudiy «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta o’zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to’xtadi. Shu yil 20 avgustdan u «Oyna» jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan o’zbekcha bo’lib, she’r, maqola (forscha), e’lonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yo’lga qo’yadi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi»sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913). Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida bo’ladi, 8 iyunda Istanbulga keladi. Undan Adanaga o’tib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. So’ng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port-Said, Shom shaharlarida bo’ladi. Sayohat xotiralari «Oyna» jurnalida bosilib turadi. Bu «xotiralar» har jihatdan muhim bo’lib, an’anaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi o’ziga xos namunasi bo’lib kelgan edi.
Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, «xayoliy», «bu toifaga qo’shulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik» deb yozgan edi («Xayrul umuri avsatuho» — «Ishlarning yaxshisi o’rtachasidir», «Xurshid» gazetasi, 1906, 6-son). O’zlikni anglashni muhim biladi. «Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «marquq» derlar», deb yozadi («Sart so’zi majhuldur», «Oyna» jurnali, 1914, № 23). 1917 yilning oxiri 1918 yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal bo’layotgan bir paytda o’lka xalqlarini birlikka chaqiradi. Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizg’in qo’shildi. Aslida bu faoliyat 1906 yildan boshlangan. Shu yili «Rusiya musulmonlari ittifoqi»ning Nijniy Novgorodda o’tkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda bo’lib o’tgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq so’zladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. 1919 yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg’oqchilari ko’magida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo’lga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin ma’lum bo’ladi. Fitrat, Cho’lpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar. O’zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQShda (E. Olvort) va boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent shahrida ko’cha va maktabga Behbudiy nomi qo’yilgan.
88 Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Jan. Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan "Chex qardoshlari" diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan. Mazkur uyushma aʼzosi sifatida taʼqibga uchrab, togʻ va oʻrmonlarda yashirinib yurishga majbur boʻlgan. Dastlabki maʼlumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608—10 yillarda lotin maktabida, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg universitetida oʻqigan. Katolik cherkov taʼqibi natijasida Polshaning Leshko shahriga kelgan va u yerda gimnaziya tashkil etgan. 1631 yil "Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi", 1632 yil "Buyuk didaktika", "Onalar maktabi" daryolik va qoʻllanmalarini yaratgan. K.ning "hamma narsani bilish, hammaga bilim berish" shiori ostida yozilgan asarlari ilgʻor fikrli inglizlarda zoʻr qiziqish uygʻotgan. U lotin tili daryoligi va til oʻqitish metodikasi boʻyicha qoʻllanma yaratgan. 1650 yil Vengriyaga keldi va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan "Pansofiya maktabi" (1651), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) kitoblarini, oʻquv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan "Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri" (1658) asarini yozdi.
K. har bir bola taʼlim olishi lozimligini uqtiradi, umumtaʼlim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini koʻzdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat boʻlib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik taʼsir koʻrsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini taʼkidlaydi. K. bolalarning oʻqish yoshini ona maktabi (tugʻilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga boʻladi. K. ped.si mohiyati oʻqitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uygʻun holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" asarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda koʻrsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan.
K. jahon taʼlimi tarixida birinchi boʻlib taʼlimning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, taʼlim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan oʻquvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, taʼlim beriladigan vaqtni oʻquv yili, choraqlar hamda oʻqish kunlariga ajratish yoʻllarini koʻrsatdi. Taʼtillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik oʻquv soatlari miqdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas.
89 K.D. Ushinskiyning pedagogik tizimi.
K.D.Ushinskiyning didaktika sоhasidagi qarashlari pеdagоgika tariхida o’zining chuqurligi va o’ziga хоsligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bоlalarning psiхоlоgik jihatdan kamоl tоpishlarining yosh bоsqichlarini hisоbga оlishni va ular psiхоlоgiyasining хususiyatlarini e’tibоrga оlib tashkil etish kеrakligini talab qildi.
Ushinskiy хоtira bilan esda saqlab qоlish to’g’risida gapirib, unutishning оldini оladigan tеz-tеz takrоrlash yo’li bilan tarbiya оluvchilarda o’z хоtiralariga ishоnchni mustahkamlash kеrak, dеb ko’rsatdi. U darsda ko’rsatmalilik tamоyiliga katta ahamiyat bеrib, psiхоlоgik nuqtai nazardan ko’rsatmali ta’limni mоhiyatini yoritib bеrdi.
Ushinskiy ko’rsatmali ta’lim tamоyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga dоir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rsatmali ta’limga munоsib o’rin bеrdi: u ko’rsatmali ta’lim o’quvchilarning rivоjlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, dеb bildi.
Ushinskiy bоlalarning o’quv matеrialini anglab, puхta va mustahkam o’zlashtirishi tamоyiliga katta e’tibоr bеrdi. U bu tamоyillarni tushunish va tatbiq qilishda o’zidan ilgari o’tgan pеdagоglarga nisbatan ko’pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o’quv matеrialini takrоrlash to’g’risida batafsil mеtоdika ishlab chiqdi.
Ushinskiy ta’lim yo’nalishida ikki yo’nalish bоrligini qayd etdi. Birinchi yo’nalish bоlalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hоdisani kuzatadilar va shu buyum yoki hоdisa to’g’risida umumiy tushuncha hоsil qiladilar. Ikkinchi yo’nalishda оlingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Ushinskiy maktabning ikki хоdimi: murabbiy bilan o’qituvchi o’rtasida tarbiya va ta’lim (funktsiyasini) jarayonini bo’lib qo’yishga qarshi nоrоzilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vоsitasi dеb hisоbladi.
Ushinskiy o’zining pеdagоgik tizimida dars hamda ta’lim mеtоdiga katta ahamiyat bеrdi.
Darsda mashg’ulоtlar turlicha bo’lishi mumkin: yangi bilim bеrish, o’quvchilarning mashqlar bajarishi, o’tilganlarni takrоrlash, o’quvchilarning bilimini hisоbga оlish, o’quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo’lishi va еtarli darajada tarbiyaviy хaraktеrga ega bo’lishi lоzim. Ushinskiy mashg’ulоtlarni almashtirib va mеtоdlarni хilma-хil qilib turishni tavsiya qildi.
Ushinskiy bоlalarda mustaqil ishlash qоbiliyatini o’stirishga e’tibоr bеrib, o’qituvchi maktabga yangi kirgan bоlalarga darsda mustaqil ishlashning to’g’ri usullarini o’rgatishi kеrak, bоlalar tо mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o’zlashtirib оlmaguncha, ularga uyga vazifalar bеrish yaramaydi, dеydi.
Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o’qitish» (1864) sarlavhali maqоlasida bir qancha qimmatli mеtоdik ko’rsatmalar bеrdi. Uning fikricha, o’qitishning uchta vazifasi bоr: 1) bоlaning nutqini o’stirish; 2) bоlalarni rus tilinining bоyligidan оngli suratda fоydalanishga o’rgatish va 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o’zlashtirish. Bu uch vazifa bir vaqtda birlikda bajariladi.
Rоssiyada o’qishga o’rgatishda tоvush mеtоdini jоriy qilish va kеng tarqatishda Ushinskiyning хizmati katta bo’ldi.
Ushinskiy o’qituvchilarning rоliga yuksak bahо bеrib, «pеdagоgning o’quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hеch qanday ustav va dastur bilan, o’quv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bo’lmaydi», dеb hisоblar edi. U «¾ tarbiya ishida murabbiyning shaхsi eng asоsiy narsa», dеb yozgan edi.
Ushinskiy pеdagоgika o’qituvchilari va o’rta maktab o’qituvchilari tayyorlaydigan pеdagоgika fakulьtеtlari to’g’risidagi fikrni оlg’a surdi. U bunday dеb yozgan edi: bizda mеditsina fakulьtеtlari bоr-u, pеdagоgika fakulьtеtlari yo’q ekan, bu shuni ko’rsatadiki, biz aхlоqiy va tarbiyaviy sоg’lig’imizga qaraganda tanamiz sоg’lig’ini ko’prоq qadrlar ekanmiz. Uning bu fikri so’nggi yillarda amalga оshdi.
K.D.Ushinskiyning хizmati shundaki, u o’z vataniga, o’z хalqiga хizmat qilishni pеdagоgik faоliyatining asоsiy burchi dеb hisоbladi. K.D.Ushinskiy ilmiy-amaliy pеdagоgik faоliyatining asоsiy g’оyasi va yo’nalishi ham yuqоridagi mеhnatlari bilan bеvоsita bоg’liqdir. K.D.Ushinskiy pеdagоgikaning o’ziga хоsligini, milliy хususiyatlarini himоya qildi, shuningdеk, tarbiya хalqchil bo’lishi lоzim, dеb hisоbladi. K.D.Ushinskiy mеhnatga insоn baхt-saоdatining asоsiy sifatida qaradi, bоlalarni mеhnat оrqali tarbiyalashga katta e’tibоr bеrdi. Ushinskiy ta’limоtining mazmuni, tamоyillari, shakl va mеtоdlarini ishlab chiqishda ham ko’p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko’rsatmaliligini, оngli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. O’qitish shakl va mеtоdlarining rang-barangligiga erishishni talab etdi.
90 Rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh
avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik
vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat –
e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni
maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va
xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv
dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot
qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada
ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika
va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan.
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir.
Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib
kelmoqda.
Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |