1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning pedagogik ta’limotga qo‘shga hissasi nimada



Download 331,2 Kb.
bet16/18
Sana13.03.2020
Hajmi331,2 Kb.
#42319
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Jamiyat


91 Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning pedagogik ta’limotga qo‘shga hissasi nimada

O‘zbek adabiyotiga yangicha yo‘nalishlar kiritgan shoir Furqat adabiy merosining asosiy qismini lirika tashkil etadi. U o‘zbek adabiyotida gumanistik lirikaning rivojiga hissa qo‘shgan shoirdir. Furqat o‘zining eng yaxshi lirik asarlarida Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Ogahiy singari ustozlarning tajribalariga suyangan holda o‘zbek lirikasining ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. U she’rlarida insonning g‘oyat murakkab, to‘liq tasvirlash mushkul bo‘lgan ruhiy holatlarini ifodalay olish iqtidorini ko‘rsatdi. Furqatning lirika sohasidagi dastlabki mashq qilish davri g‘oyat qisqa bo‘lgan. Uning she’rlari nazm ahliga manzur bo‘lgani uchun ham yosh yigitlik yillaridayoq alohida devon tartib berilgan, ,,O‘lturg‘usi» radifli g‘azaliga Muqimiydek taniqli shoir taxmis bog‘lagan.

Furqat lirikasining katta qismida ko‘p asrlik an’anaga muvofiq, ishq mavzusi qalamga olinadi. Lekin Furqat o‘z davrining shoiri edi. Davr esa bu vaqtga kelib tubdan o‘zgargan, yangilangandi. Binobarin, shoir lirikasida ana shu yangi davrda yashayotgan yangi odamning muhabbat quvonchlari, iztiroblari, kuzatish-u xulosalari tasvir etiladi. An’analarga to‘liq rioya qilib yaratilgan lirik she’rda ham kutilmaganda zamonning muammosi aks etadi. Furqat eng yuksak she’riy an’analar ruhida, arab va fors adabiyotining yuqori tajribalari ta’sirida shakllangani, nozik ruhiy jilvalarni batafsil tasvirlashga intilgani uchun ham shoir asarlari tili Muqimiy she’rlarinikiga qaraganda murakkabroq. U turli xil tuyg‘ularni, chigal hayotiy vaziyatlarni aks ettirishda arab, fors so‘zlaridan unumli foydalanadi.

Furqat lirikasining tabiatini, undagi yetakchi yo‘nalishlarni belgilashda «Qosido, ayg‘il o‘shal dildorg‘a» deb boshlanadigan g‘azal alohida o‘rin tutadi. Shoirning bu she’rida uning olamni mutasavvuf ko‘zi bilan ko‘rishi, so‘fiylik tuyg‘ulari bilan his etishi yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu g‘azal ham aslida ishqiy mavzuda. Lekin bu o‘rinda qalamga olingan ishq faqat majoziygina bo‘lib qolmay, ilohiy xususiyatga ham ega. Qizig‘i shundaki, shoir g‘azalning ilohiy mohiyatini darrov ko‘z-ko‘z qilmaslikka, pardada tutib turishga urinadi:

Qosido, ayg‘il o‘shal dildorg‘a,

Bir tarahhum aylasun men zorg‘a.

Ikkinchi baytda o‘zining ma’shuqa rahm-shafqatiga zorligi sababini izohlaganday bo‘ladi:

Tushti savdoyi judolig‘ boshima,

Yurmisham rasvo bo‘lub bozorg‘a.

Jo‘ngina so‘zlardan iborat bu bayt zamiriga teran mazmun yashiringan. Chunonchi, «savdoyi judolig‘» birikmasi Allohdan ayriliqni, «bozor» esa dunyoni anglatadi. Yaratgandan judolik oshiq «rasvo»ligiga sababdir. Keyingi baytda shoir o‘z holatini o‘zgalar nazari bilan baholaydi:

Ba’zilar holim ko‘rub majnun dedi,

Bilmaganlar o‘xshatur hushyorg‘a.

Oshiqning holini ko‘rganlar uning «majnun»-telba ekanligini aytishadi, bilmaganlar esa sog‘ odamga o‘xshatishadi. Chin ishq yo‘lida dunyodan kechish, o‘tkinchi dunyoning omonat tartiblaridan yuz o‘girish-majnunlik belgisi. Oshiq o‘zining ishq ahlidan ekanini biladi. Faqat bilmaganlargagina u oddiy odam ko‘rinadi. To‘rtinchi baytda ana shu ikki xil munosabat tufayli yuzaga kelgan holat tasvirlanadi.

G‘azalning beshinchi baytida shoir ko‘nglidagi so‘fiyona tuy-g‘ularni ochiq bildiradi. She’rning asl tasavvufiy mohiyati ham ayni shu o‘rinda namoyon bo‘ladi. G‘azalning qahramoni haqiqiy ishq yo‘lida har qanday sinovga tayyorligini bayon etadi:

No‘sh etib avval muhabbat bodasin,

So‘ng osilay Mansur osilg‘on dorg‘a.

Ma’lumki, mashhur so‘fiy Mansur Xalloj, azbaroyi Allohga bo‘lgan hadsiz muhabbati haqi, o‘zidan kechib, «men»ligini yo‘qotib: «An al-Haq», ya’ni «Men xudoman», degan va johillar tomonidan dorga tortilgan. Furqat ham g‘azalda o‘z muhabbati miqyosini, darajasini buyuk Mansurning holatiga mengzaydi. Shoir bu qadar yuksak tuyg‘ularni, odamni o‘zidan kechishga olib boradigan holatlarni hamma ham tushunavermasligini shunday ifoda etadi:

Dilda ohi bo‘lmog‘on bedardni,

Mahram etma har nechuk asrorg‘a.

Chindan ham kishining dardiga begonalik, uning o‘ziga begonalikdir. Chunki dard-ko‘ngil hosilasi. Inson ko‘nglini angla magan kimsa, qon jihatdan unga qanchalik yaqin bo‘lmasin, baribir begonadir. Shu bois shoir bedardga ko‘ngil sirlarini aytmaslik kerak, deb hisoblaydi. G‘azalning teran va zalvorli ma’nosiga u qadar mos kelmaganday tuyuladigan bir qadar yengil ohang uning o‘qilishi va anglanishini osonlashtirgan. She’rga o‘zgacha tarovat, shira bag‘ishlagan.

Shoirning «Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez tarso ko‘zlaring» misrasi bilan boshlanadigan g‘azali an’anaviy yo‘sinda bitilgan. Furqat ma’shuqaning ko‘zlari oshiqqa turfa yo‘llarda azob berayotganini o‘zigagina xos mahorat bilan aks ettiradi:

Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez tarso ko‘zlaring,

Kim solur islom eliga sho‘r-u g‘avg‘o ko‘zlaring.

Mumtoz shoirlar yor vujudining har bir muchasidan yog‘iladigan azoblarni tasvirlashning boy an’anasiga ega. Bunda ma’shuqaning kiyimidan tortib, ko‘zi, qoshi, kipriklari, tishlari, qo‘llari turli yo‘llar bilan oshiqqa azob berishi tasvirlanardi. Furqat birgina ko‘z vositasida ma’shuqa oshiqni qanday og‘ir holatlarga solganligini shunday yangicha ifodalaydiki, shoir mahoratiga tan bermaslik mumkin emas. G‘azalning dastlabki baytlarida yorning ko‘zlari qon to‘kuvchi, gunohkor, mo‘minlar orasiga g‘avg‘o soluvchi, zulfi esa ko‘ngillarni band etguvchi sifatlari bilan ko‘rsatiladi. Uchinchi baytda ko‘zlarning «vazifasi» bir qadar o‘zgarganday bo‘ladi:

Ketkil ul yon deb, ishorat qilsa har gah qoshlaring,

Kel beri deb, aylashur ohista imo ko‘zlaring.


92 Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitratning pedagogika fani taraqqiyotiga qo‘shgan /hissasi nimada

Fitrat vataniga qaytgach, Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni maʼrifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi, xususan u Buxoroning turli tumanlarida o‘qituvchilik qilib, jadidchilik g‘oyalarini keng targ‘ib etdi. 1915-yildan „Yosh buxoroliklar“ harakatining so‘l qanotiga boshchilik qildi. 1916-yilga qadar buxorolik jadidlar yakdil va yagona jabha bo‘lib ish olib borgan boʻlsalar, keyinchalik ular ikkiga bo‘linib ketadilar. Abdulvohid Burhonov boshchiligidagi jadidlarning bir qismi eski tarzda faqat maʼrifat-madaniyat tarqatish yo‘lini tutgan bo‘lsa, ularning boshqa bo‘lagi Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev kabi chet mamlakatlarda o‘qib kelgan yoshlar omma o‘rtasida maʼrifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashishni ham yoqlab chiqadilar. Bunday bo‘linishning asosiy sabablari:



  • Turkiston o‘lkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning og‘irligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati;

  • bolsheviklarning mahalliy xalq o‘rtasida yurgizgan tashviqot va targ‘ibotlari taʼsiriga ishonuvchanlik;

  • mahalliy xalq vakillarining siyosiy vakuumda saqlanganligi, ularning siyosat borasidagi g‘oyaviy-nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi.

Fitrat 1917-yilgi fevral voqealaridan so‘ng jadidlarning Buxorodagi ahvoli murakkablashgach, Samarqandga ko‘chib borib 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha chiqib turgan „Hurriyat“ gazetasiga muharrirlik qiladi (1917-yilgi 27-sonidan 1918-yilgi 87-sonigacha), gazeta ishlarini rivojlantirish maqsadida Fitrat nashriyotga O‘rta Osiyo jadidchiligining darg‘asi, muftiy Mahmudxo‘ja Behbudiyni taklif etadi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Fitrat shu-yillarda „Ittihodi taraqqiy“ tashkiloti Eski Buxoro bo‘limining raisi ham bo‘lgan.

1917-yilning oktyabr oyini „Yurt qayg‘usi“ deb baholadi. Ammo nurli kelajakdan umid uzmadi. 1917-yil 27-noyabrda eʼlon qilingan Turkiston Muxtoriyatini so‘ngsiz mehr bilan qarshi oldi. Hatto 27-noyabrni „Milliy laylatulqadrimiz“ deb atadi. Ammo uning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, 1918-yilning 19-20 fevralida Turkiston muxtoriyati bolsheviklar va armanlarning „Dashnaksutyun“ partiyasi tomonidan qonga botirildi. Bu voqea tarixda „Qo‘qon voqeasi“ nomini olgan.

1918-yil martdagi Kolesov voqeasidan keyin u Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan boshlab Turkiston musulmon dorilfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-1920-yillarda Afg‘oniston Amirligining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi.

Toshkentda u asosan ilmiy, ijodiy maʼrifiy ishlar bilan ko‘proq band bo‘ldi. Bir qator darsliklar tuzdi, „Chig‘atoy gurungi“ nomli ijtimoiy-adabiy tashkilot tuzib, unda faol ishtirok etdi. 1920-yil 9-aprelda „Tong“ jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashga kirishdi. „Tong“ jurnalining shiori bo‘lgan: „Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas!“ so‘zlari Fitratning shu-yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to‘la ifodalaydi. Jurnalda „Chig‘atoy gurungi“ aʼzolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, jurnal ishi 3-sondan keyin to‘xtab qoldi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat 1921-yilda Buxoroga taklif qilinadi va shu-yildanoq maorif noziri vazifasida ish boshlaydi. 1922-yilda xorijiya (tashqi ishlar) noziri, Xalq xo‘jaligi Kengashi raisi, Markaziy Ijroya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Xalq nozirlari sho‘rosi raisi o‘rinbosari, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXSR mehnat kengashining Prezidium aʼzosi va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mablag‘lari hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o‘qishi, Buxoroda Sharq musiqasi maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyatga doir xalq qo‘lida sochilib yotgan noyob qo‘lyozmalarni to‘plashda tashabbuskor bo‘ldi. Fitratning saʼy-harakatlari bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turk (o‘zbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi. Davlat teatri tashkil qilinib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan Mannon Uyg‘ur va Cho‘lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa Munavvar Qori Abdurashidxonov taklif etildi (1921).

Ammo 1923-yilda Yan Rudzutak boshchiligida Moskvadan kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, Rossiyaga „chaqirib olingan“ deb eʼlon qildi va Fitrat 1923-1927-yillarda Moskvadagi Sharqshunoslik instituti (1921-yilgacha Sharq tillari instituti deb nomlangan)da ishladi, ilm bilan shug‘ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Turk, arab, fors tili va adabiyoti, madaniyatidan talabalarga dars berdi. Leningrad Davlat universiteti professorligiga saylandi. „Abulfayzxon“, „Bedil“, „Qiyomat“, „Shaytonnig Tangriga isyoni“ kabi asarlar yozib, chop ettirdi. 1927-yilning boshida Rossiyadan qaytgach, 1937-yilga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti (hozirgi Samarqand Davlat universiteti) hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutida faoliyat ko‘rsatdi. Fitrat o‘z hayoti davomida yuzlab ijtimoiy-publitsistik maqolalar, o‘nlab ijtimoiy-siyosiy va ilmiy risolalar yaratdi. U birgina Turkistonda emas, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo‘yi matbuotida ham faol ishtirok etdi.



93 Еng qadimgi davrda tarbiyaning kеlib chiqishi. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.

Bu davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalaimir, Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon kabi mil. avv.VI-IV asr yodgorliklaridan ko’plab mehnat qurollari topilgan. Dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan. Bu hududlarda undan tashqari chorvachilik, kulolchilik, temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) ham rivojlanadi.

O’tgan asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar «Avesto» ma’lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo’yicha birlashishi) Gerodot va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), shuningdek, Ktesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari va nihoyat arxeologik tadqiqotlar natijalari O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo’lishi muammolarini o’rganish uchun asos bo’lgan bo’lishiga qaramasdan, qadimgi davlatlar hududlari, shakllari, boshqaruv tizimi va sanasi bilan bog’liq bo’lgan mavzularning ayrim yo’nalishlari hamon ilmiy bahslarga sabab bo’lmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg’oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo’lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli ma’lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo’lib, aholining, qudratli shaharlar va qal’alarning ko’pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat beradi.

So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar «Katta Xorazm», «Qadimgi Xorazm» masalalariga birmuncha aniqliklar kiritdi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Xorazm tuprog’ida mil. avv. VIII-VII asrlarga oid paxsa yoki xom g’isht turar joylar aniqlanmagan (turar joylar yarim erto’lalardan iborat). Qadimgi Xorazm davlati mil. avv. VI asrda Amudaryoning o’rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo’lgan erlarda vujudga kelgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi erlar orqali o’tgan. Xorazmning yirik sug’orish inshootlari mil. avv. VI-V asrlarga oiddir. O’lkada bu davrlarga oid ko’pgina shahar va qishloqlar xarobalari ochib o’rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom g’isht va paxsadan qad ko’targan bo’lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan.

Qadimgi So’g’diyona, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashgan bo’lib, janubi-sharqda Baqtriya, shimoli-g’arbda Xorazm bilan chegaradosh bo’lgan. So’g’diyona haqida «Avesto», ahmoniylar davri, mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlar beradilar. Qashqadaryodagi bir qator turar-joylar va uy-qo’rg’onlar qoldiqlari mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. So’g’diyonada Afrosiyob, Erqo’rg’on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo’shni viloyatlar va davlatlar bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi.

O’zbekiston hududlaridagi eng qadimgi davlatlar haqida zardo’shtiylarning muqaddas diniy kitobi «Avesto», ahmoniylarning mixxat yozuvlari (Bexistun, Naqshi Rustam, Suza, Persepol) yunon-rim tarixchilarining (Gerodot, Gekatey, Kurtsiy Ruf, Arrian, Strabon va boshqalar) ma’lumotlar beradi. So’nggi yillarda qadimgi Baqtriya, So’g’diyona va Xorazm hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ko’p hollarda yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlaydi.

Mil. avv. 559 yilda Eronda podsho Kir II ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil. avv. 545-540 yillarga kelib ahmoniy podsholari O’rta Osiyodagi Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona kabi viloyatlar va ko’chmanchi qabilalar ustidan o’z hukmronliklarini o’rnatdilar. O’rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Xususan, ko’chmanchi massaget qabilalari ahmoniylarning katta qo’shinlarini tor-mor etdilar (mil. avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir II ham halok bo’ldi. Shuningdek, mil. avv. 522 va 519-518 yillarda Marg’iyonada hamda saklar o’lkasida forslarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tariladi.

Bu davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalaimir, Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon kabi mil. avv.VI-IV asr yodgorliklaridan ko’plab mehnat qurollari topilgan. Dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan. Bu hududlarda undan tashqari chorvachilik, kulolchilik, temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) ham rivojlanadi.

Mil. avv. VI-IV asrlarda So’g’diyonada ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to’lab turganlar. Xususan, bu davrga oid Uzunqir, Erqo’rg’on, Afrosiyob, Lolazor, Xo’ja Bo’ston, Sangirtepa, Chordara, Qo’rg’oncha, Ko’ktepa kabi 50 dan ziyod yodgorliklar o’rganilgan. Bu hududlardan topilgan ko’pgina topilmalar aholining dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. Shuningdek, savdo-sotiq va o’zaro aloqalar ham ancha rivojlanadi.

Bu davrda Xorazm hududlarida ham yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda esa hunarmandchilik rivojlangan edi. Jonbosqal’a, Ko’zaliqir, Tuproqqal’a kabilar madaniy markazlar hisoblangan. O’zbekistondagi eng qadimgi mahalliy yozuv namunalari ham Xorazm hududlaridan (Tuproqqal’a, mil. avv.IV asr) topilgan.

Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlandi. Iskandar qo’shinlari So’g’diyona va Ustrushona erlarida juda qattiq qarshilikka duch keldi. Janglarda Iskandarning o’zi ham bir necha marta yarador bo’ldi. Mil. av. 329-327 yillar davomida mahalliy so’g’diy aholi Spitaman boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurash olib borib, ularga juda katta talafot etkazdi. Iskandar qo’shinlari hech qachon So’g’diyonadagidek qarshilikka uchramagan edi.

Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandar vafot etganidan so’ng O’rta Osiyo erlari Salavka hukmronligi ostiga o’tadi (mil. avv. 306 yil). Salavkiylardan bo’lgan Antiox I davrida (mil. avv. 280-261 yy.) O’rta Osiyo viloyatlarida tinch hayot boshlanib, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. O’rta Osiyo erlari salavkiylar davlatining muhim qismi bo’lib, harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. O’rta Osiyo viloyatlarining salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon yurishlari paytida vayron bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning va baqtriyaliklar, so’g’diylar hamda pafiyaliklarning bosqinchilarga qarshi kurashda birlashuv davri bo’ldi.



Mil. avv. III asrning o’rtalariga kelib, salavkiylar davlatida taxt uchun o’zaro kurashlar avj olib ketdi. Natijada dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylardan ajralib chiqdi. Mil. avv. 250 yilda birinchi Yunon-Baqtriya podshosi Diodod o’zini hukmdor deb e’lon qildi va tangalar zarb etdi. Tangashunoslik ma’lumotlariga ko’ra, mil. avv. III asrning oxirigacha Yunon-Baqtriyada bir necha podsholar o’tganki, ular yozma manbalarda eslatilmaydi. Mil. avv. II asr boshlariga kelib Demetriy, Evkratid kabi podsholar Yunon-Baqtriya erlarini janubga tomon kengaytirib boradilar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko’chmanchi qabilalarning hujumlari va o’zaro kurashlari natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi qulatiladi.
94 Qadimgi davlatlar Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim – tarbiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi.

Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyat ni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi", ikkinchisini esa "harbiy demokratiya bosqichi" deb ataydi. 20-asr davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" davrini ikki fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi.
95 Xalq og’zaki ijodida ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarining ifodalanishi.

Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo`ladi. Badiiy adabiyotni o`rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og`zaki poetik ijodini o`rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o`rganish obyekti badiiy adabiyot bo`lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g`azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she`r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o`rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og`zaki adabiyotidagi maqol, qo`shiq, ertak, doston kabi janrlarning o`ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat`i nazar har bir yo`nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo`shilgan hissa sifatida baholanaveradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko`ra uch xil bo`lishini esga olaylik. Jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og`zaki adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya`ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko`ra (og`zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo`lishi mumkin.

Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qo`shiq so`zidan iborat bo`lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma`nosini anglatadi. Ta`rifdagi “qo`shiq” so`ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo`shiqlar so`zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so`z vositasida hikoya qilinadi. Xalq og`zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda o`rgangan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga to`rtinchisini ham qo`shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy o`tirish olqishlari, qarg`ish, so`kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar”, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida tasavvur hosil qilish uchun aniq ma`lumot, axborot mavjud bo`lishiga qarmay, aytilgan matnning hajm jihatdan o`ta ixchamligi alohida ko`zga tashlanadi. 

Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov o`zbek xalq og`zaki ijodidagi dostonlarni “Qahramonlik eposi” deb ataganlar. 1947- yilda Moskvada e`lon qilingan katta hajmdagi kitobni “O`zbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Go`ro`g`li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug`mish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan.       

Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bo`lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg`usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma`lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro`y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta`sirida shaxs qalbida paydo bo`lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo`lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo`lishini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o`tgan zamonda, o`n olti urug` Qo`ng`irot elida Dobonbiy degan o`tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o`g`il farzand paydo bo`ldi. Alpinbiydan tag`in ikki o`g`il paydo bo`ldi: kattakonining otini Boybo`ri qo`ydi. Kichkinasining otini Boysari qo`ydi”, - deb boshlanadi. O`z-o`zidan ma`lumki, Fozil Yo`ldosh o`g`li dostonni tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani yuzasidan ma`lumot bermoqchi. Matnda baxshi Qo`ng`irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning to`liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qo`shiqdan bir namuna keltiraylik:

“Tolga chiqib tol bo`ldim,

Tusholmay behol bo`ldim.

O`z tengimning ichida

Muncha betole bo`ldim”.4    

Qo`shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas. Balki o`z tengini topa olmay qalban iztirob chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qo`shiqlarning dastlabki misralari, ko`pincha, tinglovchini chalg`itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to`qiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, ba`zan 3-4-misralarda ifodalanadi.Inson qaysi vosita bilan bo`lmasin, o`zining his-tug`usini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning ma`nosiz qofiyalar yig`indisidan iborat she`riy asarlarini lirika namunasi deb bo`lmaydi. Haqiqiy ma`nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga ma`naviy huzur bag`ishlaydi, estetik rohat beradi.

Xalq og`zaki ijodidagi har bir lirik qo`shiq qachonlardir dil so`zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o`zgarishlarni bildirmoqchi bo`lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo`shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.


Download 331,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish