100. Axloqning tarkibiy tuzilishi tushunchasi. Tayanch atamalar: axloqiy ong va uning elementlari, ijtimoiy va individual ong, axloqiy tuyg‘ular, xissiyotlar, ishonch, axloqiy sifatlar, axloqiy talablar, normalar, odob va an'analar.
Axloq tuzilmasida uch omil — asos — axloqiy ong, axloqiy his- siyot va axloqiy xatti-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Axloqshunoslik tizimida uchta asosiy unsur, ya’ni odob, xulq va axloq tushunchalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bolmaydigan, milliy urf-odatlarga asos- langan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
d) Axloqiy ong Axloqiy ong — jamiyatdagi axloqiy munosabatlarning in’ikosi sifatida: kishilarning yurish-turish normalari, ularning xulq- atvorlari, odob va axloqlari to‘g‘risidagi tasawur va tushunchalar,g‘oyalar va qarashlar, tamoyillar va nazariyalar tizimidir. Axloqiy ong, dastlab. kishilik jamiyatining qaror topishi, kishilar o‘rtasida axloqiy munosabatlarning paydo bo‘lishi va ularni kishilar anglay boshlashi bilan vujudga kela boshlaydi. Axloqiy ongning ildizlari kishilaming kundalik amaliy faoli- yatlarida sinalib, ular va jamiyat uchun foydali bo‘lgan, har ikkisining ehtiyoj va manfaatlariga mos kelgan dastlabki rasm- rusumlar; urfVodatlarga borib taqaladi. Axloqiy ongning о 'zagini axloqiy qarashlar va normalar tashkil qiladi. Axloqiy ong bular- dan tashqari, yana axloqiy baholashlar hamda axloqiy qadriyat- larni ham o‘z ichiga oladi. Hozirgi zamon fanida axloqiy ongning ikki darajasi: 1) kundalik amaliy axloqiy ong va 2) nazariy axloqiy ong farq qilinadi. Odatda, kundalik amaliy axloqiy ong deganda, jamiyatda va kishilar o'rtasida keng tarqalgan odob normalari: kishining o‘zini tuta bilishi, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat, Ularni oddiy ong darajasida baholashlar tushuniladi. Nazariy axloqiy ongda esa muayyan ijtimoiy birliklar, mutaxassislar, muassasalar, buyuk shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan axloqiy normalar, qarashlar, nazariyalar, axloqiy ideallar o‘z ifodasini topadi. Axloq — inson ma’na- viyatining asosiy negizidir. Xitoy faylasufi Konfutsiy aytganidek, „axloq nima degan savolga javob topmay turib, inson nima degan savolga javob berib bo‘lmaydi“. Axloqiy ongning nazariy darajasi yaxshilik va yomonlik, shon- sharafvd badnomUk, vijdonlilik va vijdonsizlik, nonius va benomuslik, olijanoblik va tubanlik, baxt va baxtsizlik, qadr-qimmatva beqadrlilik, burch va burchsizlik va shular kabi axloq, odob kategoriyalarida ifodalanadi. Ular jamiyat va har bir kishi tomonidan hech bir nazoratsiz va majbur qilishsiz erkin, o‘z xohishi va irodasi, o‘z imkoniyati darajasida amalga oshiriladi. Bu shundan dalolat beradiki, axloqiy ongning eng muhim xususiyati — uni axloq bilan bevosita va chambarchas bog‘ liqligidadir. Axloqiy ong axloqning muhim elementini tashkil qiladi. Axloq shunday ijtimoiy hodisaki, u inson qiyofasini belgilab beradi. Axloq, shu bilan birga, tarixiy hodisa hamdir, chunki u jamiyat bilan birga paydo bo‘lgan. Axloq insonni inson qilgan, insoniyat taraqqiyotining zarur sharti, uni hayvonot dunyosidan ajratuvchi asosiy omillardan biridir. Konfutsiy aytganidek, „insonning har bir ishida, so‘zida, xatti-harakatida boshqalar oldidagi o‘z burchi va mas’uliyatini bilishi — axloqdir“.Umuman, axloqiy ong va axloqning jamiyatda, inson faoliyati- dagi roli juda buyukdir. Zero, ular jamiyat va inson faoliyatini tartibga solib turuvchi asosiy omillardir. Axloqning muhim xususiyati — uning inson ichki ruhiy dunyosiga oidligidir. Axloq kishining jamoat joyida о ‘zini tutishi, yurish-turishi, muomalasi, xulqi, odobidan tortib, jamiyatdagi kishilarning bir-birlariga, ularning jamiyatga munosabatlari hamda jamiyatning o‘z a’zolariga nisbatan qo‘yadigan ma’lum axloqiy talab va normalarini o‘z ichiga oladi. ,,Axloq“ tushunchasidan ,,axloqiylik“ tushunchasi farq qiiadi. Masalan, ,,axloq“ tushunchasi jamiyatdagi kishilarning yurish- turishi, xulq-atvori, xatti-harakatlari kabi munosabatlari va ularga oid axloqiy normalar, axloqiy talablar va axloqiy qoidalami o‘z ichiga olsa, ,,axloqiylik“ esa jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keluvchi ish yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |