97. Kant etikasi. Tayanch atamalar: Kant etikasida burch kategoriyasi, qat'iy imperativ, motiv.
Immanuil Kant (1724-1804) nemis klassik falsafasining asoschisi. Uning falsafasi tushunish uchun qiyin bo’lib, falsafiy bilimning barcha jihatlarini o’z ichiga oluvchi keng tizimni tashkil etsada asosiy e’tibor ontologiya, gnoseologiya va axloq masalalariga qaratiladi. Kant konsepsiyasi: «Sof aql tanqidi» (1781), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» (1790)da, shuningdek faylasuf ijodining o’ziga xos sarhisobi sanaluvchi asar – «Sof aql chegaralarida din» (1793) kabi kitoblarida bayon etilgan. Kant bilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch bosqich: 1) sezgilar darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o’tadi. Bilishning birinchi bosqichi -sezgilar darajasida inson narsaning mavjudligini biladi, idrok yordamida uni fikrlaydi. Narsani haqiqiy bilish aynan shu ikki bosqichni sintez qilishni talab etadi. Idrok darajasidagi bilishning quroli – kategoriyalar. Ular idrokka ichdan xos. Hodisalar rang-barangligi kategoriyalar tizimida aks etadi. Kategoriyalar yordamida inson bilimi tasodifiy empirik emas, balki umumiy zarur, ya’ni ilmiy xususiyat kasb etadi. Ilmiy bilim kategorial bilimdir. Biroq shundan so’ng Kant subyektiv idealist sifatida mulohaza yuritadi: idrok tabiat qonunlarini ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi. Kant fikriga ko’ra, kategoriyalar birligi va ularning bilish (sintez qilish) qobiliyati zamirida dunyoning obyektiv moddiy birligi emas, balki o’zlikni anglashning transsendental birligi yotadi. Idrok etish – bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning kuchi uning sintez qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Biroq bu to’liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi. Biroq idrok o’z chegaralarini o’zi bilmaydi. U doim bu chegaralardan chetga chiqadi, ya’ni hodisalar dunyosidan o’zidagi narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq tajriba chegaralarini tark etgach (shu tariqa idrok emas, balki aqlga aylangach), u yechib bo’lmas ziddiyatlar sohasiga tushib qoladi, uning mulohazalari esa muqarrar tarzda xom xayolga aylanadi. Aql – bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita – idrok orqali bog’lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo’lsa-da, idrokka ko’p jihatdan yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach, dunyoqarash darajasidagi savollarning birortasiga ham uzil-kesil – ha yoki yo’q deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi yoki dunyoda hyech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga ko’ra yuz beradimi? Xudo bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan bo’lardi. Aql esa bunday savollarni beradi, biroq ularga javob topa olmaydi. Uning da’volari imkoniyat darajasida emas. Sof nazariy aql o’z mag’lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.Ammo nima uchun u shunga qaramay bilishning oliy bosqichi deb e’tirof etiladi? Shuning uchunki, aqlning sof g’oyalari (Kant ularni tamoyillar deb nomlagan) bilishda oliy tartibga solish vazifasini bajaradi. Ular idrokka yo’l ko’rsatadi. Aql g’oyalarini ufq chizig’iga o’xshatish mumkin: garchi bu chiziqqa yetib bo’lmasa-da, u insonga makonda mo’ljal olish, ko’zlangan maqsad sari to’g’ri harakatlanish imkonini beradi. Shunga qaramay, Kant bilish nazariyasida metafizik bo’lib qoldi: u aqlning ziddiyatliligi (ya’ni cheksizlikning ziddiyatlililigi)ni uning ojizligi, narsalar mohiyatini anglashga qodir emaslik belgisi sifatida talqin qildi. Holbuki, bu amalda, Gegel keyinroq ko’rsatganidek, aqlning qudratli kuchidan dalolat beradi. Sof aql tanqidida Kant falsafa o’zidagi narsalar, ya’ni dunyoning oliy qadriyatlari haqidagi emas, balki faqat bilish chegaralari haqidagi fan bo’lishi mumkin, degan xulosaga keladi. Oliy mohiyatlar va oliy qadriyatlar – bu Xudo, ruh va erkinlik bo’lib, ularni biz biron-bir tajribada ko’ra olmaymiz, ular haqida oqilona fan bo’lishi mumkin emas. Biroq ularning borligini isbotlashga qodir bo’lmagan nazariy aql, buning aksini isbotlashga ham qodir emas, ya’ni u Xudoning borligiga, ruhning o’lmasligiga va iroda erkinligiga ishonishni taqiqlamaydi. Insonga e’tiqod va ishonmaslik
Do'stlaringiz bilan baham: |