1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Evropada O‘rta asrlar va yangi davr axloqiy ta'limotining asosiy yo‘nalishlari. Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet88/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
Bog'liq
falsafa

96. Evropada O‘rta asrlar va yangi davr axloqiy ta'limotining asosiy yo‘nalishlari. Tayanch atamalar: Bibliya va axloq, Foma Akvinskiy qarashlarida axloq, Spinoza etikasi, Golbax va Gelvetsiy qarashlarida axloqiy muammolar.

Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bolib, ii o‘rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qay- tadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiya- da «toma» bolib o‘zgargan) Foma Akviniyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga kola, ilm va e’tiqod oltasida tola muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir-birini toldirib turadi, har ikkisi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qollanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko‘r-ko‘rona, shunchaki ishonch bolmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bolishi kerak. Xudoning mav- judligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Neotomizm hozirgi dunyoda sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. 0 ‘z navbatida bu demokratiya ustuvor bolgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi. Foma Akvinskiy (1224—1292) mo’tadil realizmning yana bir yirik vakili hisoblanadi. Akvinskiy ta’limoticha, dunyo iyerarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo’lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. G’arb ma’naviy sivilizasiyasi o’zgarishlarga, haqiqatning tagiga yetish yo’lidagi izlanishlarga ochiq bo’lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo’nalishlarda kechgan. Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. O’rta asrlarda G’arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo’lgan, lekin ishchini o’ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integrasion asos din bo’lgan. Ikkinchidan, o’rta asrlarda din G’arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo’lgan. Shuningdek, u siyosiy jihatdan ham o’ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o’qimishli odamlar bo’lgan. Yurisprudensiya, tabiatshunoslik va falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan. Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko’rilgan. Teosentrizm, ya’ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o’rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o’rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to’la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo’lgan. Buddizm falsafasi asosiy e’tiborni borliqning o’tkinchiligi va yo’qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va abadiy ma’naviy dunyoni anglab yetish yo’lida o’zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o’z shakl-shamoyilini o’zgartirishi muammolarini o’rganishga qaratgan. Konfusiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va daosizmning idealistik va daosizm g’yalarini o’zlashtirgan: odamlar o’zlarining «yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo’ysunishlari lozim. Hokimiyatga bo’ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta’limot konfusiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish