1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Xulk va uning motivlari. Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet93/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184
Bog'liq
falsafa

101. Xulk va uning motivlari. Tayanch atamalar: o‘z-o‘zini anglash, xatti-xarakatni tanlash erkinligi, Gegel iroda erkinligi haqida.

Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. ^_^aiL-Emotsiyalarni muvalTaqiyatli amalga oshirish subyektning irodasi bilan uzviy bogiiqdir. Subyekt faoliyat ko‘rsatayotgan obyektiv sharoit bilan uni amalga oshirishning subyektiv imkoniyatlari tafovut qilib qolganda subyekt faoliyatini iroda yordamida tiklash, tartibga solish zanir boiadi. Shaxs awal yeehim tanlab, qaror qabul qilib, so'ngra uni amalga oshirishi zarur boiib qolgan hayotiy vaziyatda iroda ishga solinadi. Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning xatti-harakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi. Bu yerda subyektning ishning ko‘zini bilib qaror qabul qila olishi alohida rol o'ynaydi, bu esa iroda erkinligini bildiradi.

Taftazoniy falsafiy qarashlaridagi diqqatga sazovor masalalardan yana biri bu — insonga xos qazo va qadr hamda iroda erkinligi masalalaridir. U o'zining „Taxzib al-mantiq va al-Kalom“ asarida insonning xulq-atvoridagi iroda erkinligi masalasiga keng to‘xtaladi. Taftazoniyning fikricha, Xudo o‘z bandalariga ikki yo‘lni „taklif‘ etadi: birinchisi — sharafli, xayrli ishlami qilish va makruh ishlami qilmaslik; ikkinchisi — nomatlub ishlar qilib, gunohga botish va qilgan gunohlari uchun jazo tortish. Bunda qaysi yo‘lni tanlash esa, insonning o‘z irodasiga bog‘liqdir. Mutafakkirning fikricha, Xudo tomonidan insonlarga ko‘proq yaxshi, xayrli, matlub ishlami qilish buyuriladi. Yomon xulq-atvorli kishilar o‘z yomonliklaridan qaytmasa, Xudo ulami jazolaydi. Bu jazodan qo'rqqan kishilar o‘zlarining yomon xulq-atvorlandan voz kechishi, qutulishlari lozim. Bu esa, yana ularning irodalariga bog'liqdir.

Nemis falsafasi o'z rivojining cho'qqisiga Gegel{ 1770— Fridrfx G e^™ 1^31) ijodida erishdi. Gegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi taiimotni rivojlantirib, birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o'sha davrda- gi taiimotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. Kantning “narsa o'zida”siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo'ydi: mohiyat o'zini namoyon etadi, hodisa mohiyatlidir. Gegelning qayd etishicha, asosida “ dunyo aqli', “ mutlaq g'oya” yoki “ dunyo m hi’ yotgan kategoriyalar voqelikning obyektiv shakllaridir. Bu dunyoni paydo bo'lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir. O'z-o'zini bilish jarayonida dunyo aqli uch bosqichni bosib o'tadi: o'zini idrok qiluvchi mutlaq g'oyaning o'z uyasida bo'lishi davri, ong tabiatida, ya’ni g'oya o'z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimida (Mantiq) ochishida; tabiat hodisalari ko'rinishida g'oyaning “boshqacha borliq” (инобытие)da rivojlanishida, ya’ni tabiatning o'zi rivojlanmaydi, balki tushunchalargina rivojlanadi ( Tabiat falsafasi)', g'oyaning inson ongi va bashariyat tarixida rivojlanishida (Ruh falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda mutlaq g'oya o'z-o'ziga qaytib, o'zini insoniy ong va o'z-o'zligini bilishda tushunib oladi. Taraqqiyot g'oyasi butim Gegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma- ketin, quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o'zgarishlaridan sifat o'zgarishlariga o'tish yuz beradi, taraqqiyotning manbayi esa har qanday o'z-o'zidan bo'ladigan harakat prinsipidan iborat bo'lgan qarama-qarshiliklardir.

Gegel nuqtayi nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so‘zlar bilan ifodalash mumkin: “ aql tarixdadi?'. Aql, Gegel fikricha, umumjahon tarixiy ibtidosi bo‘lib, tarixda mutlaq g‘oyaning rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. U yoki bu davrda dunyoviy ruhning sohibi sifatida qandaydir bir xalqning ruhi oldinga chiqadi. Ayni vaqtda boshqa xalqlar o‘zlarining gullab-yashnagan davrlarini orqada qoldir- ib, o‘z imkoniyatlarini tugatganliklari sababli inqirezga yuz tutadilar, boshqa bir xalqlar esa endigina taraqqiyot sari yo‘l boshlagan bo‘ladilar. Gegel

102. Axloq va ma'naviy hayotning boshqa shakllari. Tayanch atamalar: axloq va siyosat, jamiyatning iqtisodiy asosi, millatlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatga ta'siri, urf-odatlar, an'analarga ta'siri.



Axloq va siyosat. Axloqning siyosat bilan aloqasi ham nihoyatda qadirhiy, ilk davlat yuzaga kelgandan buyon mavjud. Masalan, aytib o‘tganimizdek, miloddan avvalgi XVIII asrda Bobilon podshosi Xammurapi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar majmui huquqiy hujjat bo‘lsa-da, uning asosida axloqiy fazilat — adolatni barqaror etish yotadi. Zero, Xammurapi bu qonunlarni mamlakatda haqiqat qilish, adolat o‘rnatish, yetim-yesirlar va beva-bechoralarga himmat, rahm-shafqat ko‘rsatish maqsadida joriy etganini ta’kidlaydi. Axloqshunoslik tarixida axloq bilan siyosatning munosabatlari borasida ikki xil qarash mavjudligini ko‘rish mumkin. Ularning biriga ko‘ra, siyosat axloqiy bo‘lmog‘i lozim, ikkinchisiga binoan esa, siyosat axloq bilan sig‘ishmaydi. Birinchi qarash mohiyatan axloqni siyosatdan yuqori qo yadi. siyosat axloqqa bo‘ysundirilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, maqsadlar va vositalar birligiga erishmoq lozim, ya’ni buyuk, pokiza ideallar faqat axloqiy pok vositalar orqali amalga oshirilmog‘i kerak. Lekin, bunda axloq siyosat vazifasini bajarmasligi lozim. Aks holda muayyan davlat institutlarining, xususan, huquq-tartibot va harbiy idoralar singari tashkilotlarning ishini ortiqcha darajada cheklab, ularni juda zaiflashtirib qo‘yish mumkin. Ikkinchi qarash esa mohiyatan siyosatning axloq bilan hisoblashmas- ligini taqozo etadi. Bu qarash tarafdorlari axloqni siyosatga bo‘ysundirishni, undan, kerak paytida, tamomila yuz о girish lozimligini ta’kidlaydilar. Ular nazdida, axloq buyuk ideallarga erishuv yo‘lidagi bir g‘ov, jamiyatni umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘ralashtirib qo‘yadi, ko‘ngli bo‘shlikka, sustkashlikka, pirovard natijada boshboshdoqlikka olib keladi. Shu bois buyuk maqsadlarga tezroq erishish uchun har qanday vositadan foydalanish mumkin. Zero, oxir- oqibat erishilgan maqsad yo‘l qo‘yilgan razilliklar, qattolliklar, aldovlarva firiblarni yuvib ketadi. Bu usul orqali faqat vaqtinchalik g‘alabaga erishish mumkin. Oqibatda esa bu g‘alaba nafaqat yo‘qqa chiqadi, balki mag‘lubiyatga aylanadi. Misol tariqasida yana sho‘rolar tuzumiga murojaat qilish mumkin. Zo'rlik, aldov va qatag‘onlar bilan xalqni baxtli qilishga urinish, «xalq baxti» uchun millionlab odamlarning yostig‘ini quritish evaziga erishilgan g‘alaba oxir-oqibatda buyuk mag‘lubiyat sifatida nihoya topdi. Yuqorida keltirganimizdek, ulug‘ maqsadlarni iflos vositalar bilan amalga oshirish o‘sha maqsadlaming ham toza emasligini amalda isbotlaydi. Endilikda sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibiga kirgan xalqlar axloqsiz siyosat tufayli jahondan ajralib qolgani, yolg‘on, poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachilik bu mintaqalar uchun odatga aylanib ketgani hammaga ma’lum. Bu illatlardan tozalash, qutulish uchun yana necha o‘n yillar kerak ekani ko‘zga ko'rinib turgan reallikdir. Demak, siyosatda axloqdan ko‘z yumish uni axloqiylashtirishda yuzaga keladigan ba’zi nuqsonlardan yuz bor, ming bor ko‘p va fojeiydir. Shu sababli o‘z siyosatini tubdan axloqiylashtirish — har bir zamonaviy davlatning hozirgi kundagi birlamchi vazifasi.

103. Axloq va huquq. Tayanch atamalar: ular o‘rtasidagi umumiylik va farq, ijtimoiy ong shakllari, huquq, qonun, axloq, jamoatchilik fikri.



Axloq va huquq. Axloqiy talab huquqiy qonun-qoidalarda o‘z aksini topadi, deyish bilan biz axloq va huquqning mustahkam aloqaga ega ekanini tasdiqlab turibmiz. Zero, aslida ham shunday. Muayyan jamiyatdagi huquqiy qonun-qoidalar o‘sha mintaqa xalqlari tomonidan asrlar mobaynida ishlab chiqilgan axloqiy aqidalar, tamoyillar, me’yorlar, shuningdek, nisbatan umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan urf-odatlar zamirida vujudga keladi. Lekin ba’zi bir urf-odatlar, an’analar huquqiy me’yorlar darajasiga ko‘tarila olmasligi ham mumkin. Buning sababi, ularning, awalo, nisbatan xususiy tabiatga ega bo‘lganida, qolaversa, axloqiy va huquqiy taraqqiyot talablariga javob bera olmasligida. Masalan, johiliyat davrida arablarda qiz tug‘ilsa, uni tiriklay ko‘mib tashlash odati bo‘lgan. Keyinchalik, musulmonlik yoyilganda, bu odat g‘ayrimuslimlik odati sifatida rad etildi. Hozirga kelib, unday hodisa huquqiy qonunlar asosida jinoyat deb qaraladi. Yoki bizning mintaqada qadimda mavjud bo'lgan xun olish odati ham hozirda jinoyat sifatida jazoga loyiq hisoblanadi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, axloq bilan huquq, garchand, bir ildizga ega bo‘lsa- da, ularning jamiyat axloqiy hayotini boshqaruv usuli har xil: axloq asosan tushuntirish, pand-o‘gitlar vositasida ish ko‘rsa, huquq majburiy usul, jazo choralari orqali ish olib boradi. Nafaqat bugungi kunda, hatto qadim-qadimda ham axloq bilan huquqning farqiga borilgan. Buni miloddan awalgi 1800-yilda Somirdagi Nippur shahrida bo‘lib o‘tgan sud jarayoni yozib qoldirilgan giltaxtada ko‘rish mumkin: uch kishi — sartarosh, bog‘bon va yana bir (hujjatda kasbi qayd etilmagan) kimsa Lu Inanna degan ibodatxona xizmatchisini o‘ldiradilar hamda bundan uning xotinini xabardor qiladilar. Lekin marhumning xotini jinoyat to‘g‘risida mahalliy hokimiyatga hech narsa demaydi. Biroz vaqt o‘tgach, huquq-tartibot mutasaddilari mazkur jinoyatdan xabar topadilar va Ur-Nippur podshosi bu masalani hal etishni bizning tushunchamizdagi oliy sud vazifasini bajaruvchi Nippur fuqarolari yig‘iniga topshiradi. Sud-yig‘inda so‘zga chiqqan to‘qqiz kishi uch qotil va ular bilan birga marhumning xotiniga ham o‘lim jazosi berilishini so'raydi. Biroq ikki kishi so‘zga chiqib, xotinning qotil emasligini aytadilar. Yig‘in qatnashchilari keltirilgan isbot-dalillarni e’tiborga olib, marhumning xotini qotillikda bevosita ishtirok etmagani uchun uni jazodan ozod qiladilar. Giltaxtada: «Kimlar haqiqatdan o‘ldirgan boMsalar, o‘shalarning jazolanishi kifoya», degan xulosa yozib qoldirilgan1. Bundan shunday fikrga kelish mumkin: erini oMdirganlarini bilib, hokimiyatga xabar bermagani xotinning vijdoniga havola, zero, bu - uning huquqi; u axloqiy qonun-qoidalarni buzdi, lekin huquqni buzadigan xatti-harakatlarni sodir etgani yo‘q. Ayni paytda, shuni ham aytish kerakki, huquq axloqqa nisbatan ancha aniq va ancha muayyan ichki bo‘linishlarga ega. Chunonchi, xalqaro huquq, fuqaro huquqi, jinoiy huquq, mehnat huquqi va h.k. singari nisbatan qat’iy chegaralangan huquqiy me’yorlar mavjud. Axloq esa huquqqa nisbatan ancha keng qamrovli. Chunonchi, huquqiy qonunlar mavjud tuzumga, muayyan shaxs va yosh doirasidagi kishilarga tatbiq etilsa, axloqiy qoidalar, hikmatlar, pand-o‘gitlar barcha tuzumlar hamda turli yoshdagi kishilarga birdek taalluqli bo'ladi. Shuningdek, huquqiy me’yorlar aniq adresni taqozo qiladi, axloqiy qoidalar esa mavhumligi va umumiyligi bilan ajralib turadi.

104. Axloq va Dinning bog`liqligi. Tayanch atamalar: islom etikasi, sufizm, I. Karimovning islom dini haqidagi fikrlari.

Axloq va din. Awalo, axloq bilan din masalasini olib qaraylik. Bu borada yana, yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha qilib, shuni aytish mumkinki, mohiyatan din inson hayotining axloqiyligini taqozo qiladi. Shu bois diniy-shar’iy tamoyillar va me’yorlar, Hadisi sharifdagi o‘gitlar axloq-odob qoidalari bilan chambarchas bog‘liq. Chunonchi, inson eng oliy qadriyat sifatida qat’iy muhofaza etiladi. Odam o‘ldirish mumkin emas, odam o‘ldirish eng ulkan axloqsizlik hisoblanadi. О g rilik, birovning haqini yeyish, munofiqlik, aldash, yolg'on gapirish va shu kabi boshqa turli illatlar ham diniy-shar’iy, ham axloqiy nuqtayi nazardan man etiladi. Aksincha, insonni e’zozlash, odamlarning bir-biriga ko'makdosh bo‘lishi, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, halollik, rahmdillik, qavm- doshi qanday yuksak darajada bo‘lmasin, unga xushomad qilishdan tiyinish, faqat Yaratgangagina sig‘inish singari fazilatlar ayni paytda ham diniy taqvo, ham axloqiy talab tomonidan ma’qullangan xatti- harakatlardir. Shu bois axloqni dindan butunlay mustaqil, muxtor ma’naviy hodisa sifatida talqin etuvchi markscha-lenincha qarashlar mantiqiy va ilmiy asosga ega emas. Din, ta’kidlaganimizdek, insonni axloqiylashtirishning vositasi tarzida ish ko‘radi. Demak, diniy taqvo bilan axloqiy talabning ildizi bir. Har ikki holatda ham vijdon ko‘zga ko‘rinmaydigan boshqaruvchi murvat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu — botiniy ko‘rinish; zohiriy ko‘rinish esa shar’iy hukmlar va huquqiy qonunlarda o‘z aksini topadi.

105. Fan va axloq. Tayanch atamalar:fan va axloqning o‘zaro ta'siri va o‘ziga xos xususiyatlari, Sokrat, Platon bilim va axloq haqida, Farobiy aqliy va axloqiy tarbiya haqida.



Axloq va fan. Axloqning fan bilan o‘zaro aloqadorligi masalasi ham muhim. Ba’zi bir qarashlarga ko‘ra, axloqning fanga aloqasi yo q. Bunday qarashlarni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Zotan, axloqning axloqshunoslik tadqiqot obyekti sifatidagi maqomiyoq uning fanga aloqadorligini ko'rsatib turadi. Ayniqsa, axloqning ijtimoiy fanlar bilan aloqasi miqyoslidir. Chunonchi, ko'pgina ilmiy qarashlar, nazariyalar insonni bevosita yoki bilvosita yuksak axloq egasi, donishmand va halol inson boiishga chaqiradi. Lekin, ayrim nazariyalar ham borki, ularni axloqsiz deb atash о rinli. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, mashhur «Maltus nazariyasi». Ingliz iqtisodiyot nazariyotchisi Maltus (1766 1834) ilgari surgan g‘oyaga ko‘ra, aholi geometrik progressiyaga, iste mol mahsulotlari arifmetik progressiyaga muvofiq rivojlanadi. Aholi о sa borib, yer yuzida qashshoqlik, oziq-ovqat yetishmovchiligi vujudga keladi. Shu bois urushlar olib borish tabiiy hoi sifatida о zini oqlaydi. Maltus bu o‘rinda urushni targ‘ib etish bilan axloqsizlikning eng yuksak ko‘rinishini namoyon etmoqda. Shuningdek, insoniyat jamiyatini qarama-qarshi sinflarga bo‘lib tashlashni, hokimiyatni zo ravonlik, qon to‘kish, terror orqali qo‘lga kiritishni va shu yo sinda tutib turishni targ‘ib etuvchi markscha-lenincha sinfiylik hamda sotsialistik inqilob nazariyalari ham ilmdagi axloqsizlikning bo‘rtib ко zga tashlanadigan namunasidir. Ma’lumki, barcha fanlar, xususan, tabiiy fanlarning har biri o‘z sohasida haqiqatning ayon bo‘lishiga xizmat qiladi. Axloqning pirovard natijasi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil mavjudot qilib tarbiyalashdir. Ana shu nuqtada axloq va fan bilvosita munosabatga kirishadi. Ayni paytda ilm-fanda erishilgan olamshumul yutuqlar insoniyat jamiyati oldiga yangi-yangi axloqiy vazifalar va muammolar qo‘yadi. Chunonchi, so'nggi paytlarda fan-texnika taraqqiyotining yuksak darajasi va ekologik buhronlarning yuzaga chiqishi sababli ekologik axloqshunoslik singari axloq ilmining yangi yo‘nalishlari vujudga keldi; noosferadan yoki boshqacha aytganda, texnosferadan etosferaga — axloqiy muhitga o‘tish zarurati insoniyat jamiyati axloqiy madaniyati oldidagi eng dolzarb vazifa sifatida qo'yilmoqda; zero, bu vazifaning faqat axloqshunoslik doirasidagi muammogina emasligini, keng qamrovli ekanini, butun Yer yuzining bundan keyin mavjud bo'lishi yoki bo‘lmasligi muammosiga aylanganini bugun yaqqol sezish mumkin. Shu bois texnikaviy fanlar taraqqiyotining navbatdagi bosqichlari faqat axloq talablariga mos, ta’bir joiz bo‘lsa, axloqiy nazorat ostida amalga oshmog‘i lozim. To‘g‘ri, ba’zilar bizga, fan — mutlaq obyektiv hodisa, u mohiyatan xolis, shunga ko‘ra, uni axloqqa bu qadar bo‘ysundirish nojoiz, deb e’tiroz bildirishlari ham mumkin. Biroq fanni odamlar, turli hissiyot, ehtiroslarga moyil, turli axloqiy fazilatlar, hatto illatlarga ega bo‘lgan kishilar yaratishini yodga olsak, bunday e’tirozlarning o‘zi nojoiz ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Zero, har bir olimning ma’naviy- axloqiy holati uning kashfiyotida qay darajadadir aks etmasligi mumkin emas. Xullas, fan ham bevosita, ham bilvosita axloq bilan bog'liq va aynan shu bog'liqlik tabiiy-texnikaviy fanlarni insoniylashtirish vazifasini bajaradi.

106. Erkinlik va zaruriyat haqidagi nazariyalar. Tayanch atamalar: axloqiy erkinlik, mustaqil shaxs, ijodiy shaxs bo‘la olish imkoniyati, axloqiy zaruriyat, uning ob'ektiv xarakteri.

Ratsional yo‘nalishdagi mutafakkirlardan yana biri ingliz faylasuf! Tomas Hobbsdir (1588-1679). Uning axloqiy qarashlari asosan «Inson haqida» (1640), «Leviafan yoki moddiyat, cherkov hamda fuqarolik davlatining hokimiyati va shakli» (1651), «Erkinlik va zaruriyat haqida» (1652), «Falsafa asoslari» (1642—1658) asarlarida aks etgan. Faoliyatning axloqiy tomoni shundaki, inson o‘z erkini u yoki bu tarzda anglamasdan turib, yuzaga chiqarishi mumkin emas. Hobbs ixtiyor erkinligiga erkinlik tushunchasini qarshi qo‘yadi, hammadan awal inson faoliyatiga taalluqli bo‘lgan erkinlik ayni paytda ma’lum jihatdan tabiat jarayonlarini ham izohlaydi. Faylasufning fikriga ko‘ra, erkinlik tushunchasini aql-idrokli mavjudotlarga nisbatan qo'llangani kabi jonsiz mavjudotlarga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi: agar suv solingan idish sindirilsa, suv ham erkinlikka chiqishi m umkin. Biroq erkinlik tushunchasini narsalar dunyosi va odamlarning o‘ziga xosliklari bilan xilma-xil munosabatga kirishadigan insonga nisbatan qo‘llash ayniqsa murakkab. Chunki u, odatda, biror jihatdan erkin bo‘lsa, ikkinchi jihatdan erkin bo‘la olmaydi. Erkinlik tushunchasi aslo zaruriyat tushunchasiga zid emas, ular bir-birini inkor etmaydi. Daryoning erkin oqimi o'zining zaruriyati bilan yo‘naladi. Odamlar faoliyatida erkinlik va zaruriyatning birlashuvi yana ham muhim. Shu nuqtayi nazardan inson erkining tabiati har xil bo‘ladi, zero, u erkinlikning m a’lum zaruriyat bilan muayyan tarzda birikuvi bilan belgilanadi. Umuman olganda, Hobbsning qarashlarida axloqiy qoidalar shaxs xudbinligidan kelib chiqsa-da, ayni paytda ular yaxshi munosabatlarga asos bo‘lib ham xizmat qiladi degan fikr ilgari suriladi.

Olmon mumtoz faylasuflari orasida Fridrix Vilhelm Yozef Shelling (1775-1854) alohida o‘rin tutadi. Axloqiy masalalar asosan uning «Inson erkinligi va u bilan bog‘liq narsa-hodisalar mohiyati haqida falsafiy tadqiqot» (1809) asarida o‘rtaga tashlanadi. Erkinlik va zaruriyat bir-birida yashaydi. Gap shundaki, Kant aytganidek, to‘g‘ridan to‘g‘ri zaruriyatni tanlay berish kerakmi yoki bunda insonning ham mas’uliyati bormi? Shelling insonning mas’uliyati haqida gapiradi. Lekin bu mas’uliyatning bir qismi oliy dargohga berilgan. Yovuzlik zaruriyat yuzasidan yuzaga keladi va shunday zaruriy tarzda yo‘qoladi. Buning uchun ezgulikni yovuzlikdan to‘la ajratib olmoq lozim.

Kirkegaard nazdida odam — sintezlashish oqibatida vujudga kelgan ruh: «Odam ruhdir, — deb yozadi u. — Biroq ruhning o‘zi nima? Bu — Men degani. Unda Men degani nima? Men, bu — munosabat, o‘z- o‘ziga nisbatan m unosabat.v. Odam, bu — cheklanganlik va cheksizlikning, vaqtinchalik va abadiylikning, erkinlik va zaruriyatning sintezi (omuxtasi), qisqacha aytganda — sintez»1

107. Iroda erkinligi muammosi. Tayanch atamalar: iroda erkinligi masalasida Sokrat, Kant ?arashlari, fatalistlar, volyuntaristlarning iroda erkinligi ?a?idagi fikrlari.

Aql – bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita – idrok orqali bog’lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo’lsa-da, idrokka ko’p jihatdan yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach, dunyoqarash darajasidagi savollarning birortasiga ham uzil-kesil – ha yoki yo’q deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi yoki dunyoda hyech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga ko’ra yuz beradimi? Xudo bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan bo’lardi. Aql esa bunday savollarni beradi, biroq ularga javob topa olmaydi. Uning da’volari imkoniyat darajasida emas. Sof nazariy aql o’z mag’lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.

Ammo nima uchun u shunga qaramay bilishning oliy bosqichi deb e’tirof etiladi? Shuning uchunki, aqlning sof g’oyalari (Kant ularni tamoyillar deb nomlagan) bilishda oliy tartibga solish vazifasini bajaradi. Ular idrokka yo’l ko’rsatadi. Aql g’oyalarini ufq chizig’iga o’xshatish mumkin: garchi bu chiziqqa yetib bo’lmasa-da, u insonga makonda mo’ljal olish, ko’zlangan maqsad sari to’g’ri harakatlanish imkonini beradi. Shunga qaramay, Kant bilish nazariyasida metafizik bo’lib qoldi: u aqlning ziddiyatliligi (ya’ni cheksizlikning ziddiyatlililigi)ni uning ojizligi, narsalar mohiyatini anglashga qodir emaslik belgisi sifatida talqin qildi. Holbuki, bu amalda, Gegel keyinroq ko’rsatganidek, aqlning qudratli kuchidan dalolat beradi.

Sof aql tanqidida Kant falsafa o’zidagi narsalar, ya’ni dunyoning oliy qadriyatlari haqidagi emas, balki faqat bilish chegaralari haqidagi fan bo’lishi mumkin, degan xulosaga keladi. Oliy mohiyatlar va oliy qadriyatlar – bu Xudo, ruh va erkinlik bo’lib, ularni biz biron-bir tajribada ko’ra olmaymiz, ular haqida oqilona fan bo’lishi mumkin emas. Biroq ularning borligini isbotlashga qodir bo’lmagan nazariy aql, buning aksini isbotlashga ham qodir emas, ya’ni u Xudoning borligiga, ruhning o’lmasligiga va iroda erkinligiga ishonishni taqiqlamaydi. Insonga e’tiqod va ishonmaslik o’rtasida yo’l tanlash imkoniyati berilgan. U e’tiqodni tanlashi lozim, chunki vijdon ovozi, axloq ovozi undan shuni talab qiladi. Ammo bu endi nazariy aqldan amaliy aqlga, gnoseologiyadan axloqqa o’tishdir.

Kant falsafada o’ziga xos to’ntarish yasadi va falsafani alohida fan sifatida tushunish asoslarini yaratdi. Yangi bilish nazariyasini asoslashga harakat qilib, u XVII-XVIII asrlarning bilishni borliqdan ko’chirilgan andoza sifatida talqin qiluvchi empirik nazariyalarini tanqid qildi. Kant muammoni boshqa zaminga ko’chirdi va falsafada gnoseologiyaning bilish jarayoniga subyekt – obyekt munosabati sifatida qaraydigan yo’nalishiga asos soldi.


109. Tafakkurning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Tayanch atamalar: vokelik, izchillik, akliy bilish.

Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-rasional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo’lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog’lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

1.  Tafakkurda voqyelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo’lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni, bog’lanish usullarini o’rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o’xshash va muhim belgilariga ko’ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug’iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o’rtasidagi muhim bog’lanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.

2.  Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo’ladi.

3.  Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo’lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan obyektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o’rganish, hodisalarni oldindan ko’rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.

4.  Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to’lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqye bo’lish shaklidir.

110. Tafakkur shakli nima? Tayanch atamalar: ta'riflash, tafsivlash, hukm, xulosa.

Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish