Jismoniy shaxslarning omonatlari buyicha operatsiyalarni amalga oshirish va xisobga olish tartibi. Omonat kassalarida operatsion kunni yakunlash va kunlik xisobot tuzish tartibi, kunlik amalga oshirilgan operatsiyalarning so‘nggi nazorati. Omonat kassalarda omonat operatsiyalarini bajarishda quyidagi hujjatlar yuritiladi:
Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi
Kirim orderi
Chiqim orderi
«Kun davomida ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarni hisobini yuritish jadvali»
«Yo‘qolgan omonat daftarchalari bo‘yicha arizalarni ro‘yxatga olish daftari
«Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning harakatini hisobga olish daftari»
Omonat daftarchasi
Ushbu hujjatlar unda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan shaxsan imzolanishi shart.
Omonatlar bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan noto‘g‘ri yozuv uni o‘qish imkonini beradigan darajada o‘chirilishi va o‘chirilgan noto‘g‘ri yozuv ustidan (Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida bo‘sh joyida yoziladi) to‘g‘ri ma’lumotlar yozilishi va yozuvga tuzatish kiritgan xodim tuzatish sanasini ko‘rsatib, familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, uni imzolashi lozim.
Orderlarda hech qanday tuzatish, o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Orderlarda biror-bir tuzatish mavjud bo‘lsa, ular bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi. Omonat daftarchasida yo‘l qo‘yilgan noto‘g‘ri yozuv ustidan chiziladi va amalga oshiriladigan operatsiya keyingi bo‘sh satrda yozilishi lozim. Tuzatish haqidagi yozuv nazoratchi tomonidan imzolanadi va omonat kassa muhri bilan tasdiqlanadi. Barcha qo‘lda yoziladigan hujjatlarga yozuvlar faqat ko‘k yoki qora rangli, siyohli yoki sharikli ruchkada amalga oshiriladi. Omonatchilar tomonidan to‘ldiriladigan hujjatlarda omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismini tuzatishga ruxsat etilmaydi
8-mavzu. Nakd pulsiz xisob-kitob operatsiyalari xisobi. Nakd pulsiz xisob-kitoblar mohiyati, turlari, shakllari va ularni tashkil etish asoslari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar
ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo‘yicha bir-biriga
bo‘lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag‘larini bir
hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali amalga oshirilishi
tushuniladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan shakllar orqali amalga oshiriladi: bular
-To‘lov topshiriqnomalari; -To‘lov talabnomalari; -Inkasso; -Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari; -Plastik kartochkalar; -Memorial orderlar;
To‘lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma
asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda
tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag‘larni mol
sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq
qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.