Tijorat bankning xisob-kitob cheki bilan xisob-kitoblar xisobi.
Bank plastik kartochkalari bilan xisob-kitoblar va ularning xisobini yuritish tartibi.
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan to‘lov vositasi bo‘lib,
kartochka egasining tegishli bankdagi hisob raqamida mablag‘ borligiga guvohlik
beruvchi va naqd pul to‘lanmasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kortochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki
yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan va mahsulotni realizatsiya qiluvchi,
ishni bajaruvchi yoki xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka
tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan turib o‘zaro naqd pulsiz hisobkitoblarda,
shuningdek, naqd pul beradigan shoxobchalardan va bankomatlardan
naqd pul mablag‘larini olishda qo‘llaniladi. Tegishliligiga ko‘ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va koorporativ turlariga
bo‘linadi:
Shaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
Oilaviy kartochka – bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining
ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
Korparativ kartochka – bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni tashkil
etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga berilgan plastik
kartochka. Koorporativ kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi
to‘lovlarni to‘lash, shuningdek, naqd pul mablag‘larini to‘lashda foydalanish ma’n
qilinadi. Harakatlanish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Debet – ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va mijoz o‘rtasidagi
shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida mavjud bo‘lgan pul
vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to‘lashda foydalanish va yoki
naqd pul vositalarini (korparativ kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini
beradigan kartochka;
Kredit – undan foydalanish uni ushlovchi emitent bilan tuzilgan
shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki naqd pul
vositalarini olish uchun (korparativ kartochkalardan tashqari) emitent tomonidan
berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan
kartochka;
Elektron hamyon – jismoniy shaxsning kartochkasi bo‘lib, undan foydalanish
uni ushlovchi tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki plastik
kartochkadagi qoldiq mablag‘lari chegarasida naqd pul mablag‘larini olishni
amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir necha “elektron hamyonlar” joylashishi mumkin. Plastik kartochkalar bo‘yicha operatsiyalarning hisobi 22618 va 22620 -
hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi. platik
kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish uchun turli asbobuskunalar,
ya’ni bankkomat, terminallar kerak bo‘ladi.
Ular hisobi quyidagi hisobvaraqarda olib boriladi:
16541 - To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
16543 - To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |