Muddatli va jamg‘arma depozitlari buyicha operatsiyalar xisobi. Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo’naltiriladigan
yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg’arma omonatlar
hisoblanadi. Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida bank
omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so’ng, bank
omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasi qo’yilishi shart. Jamg’arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ma’lum maqsad uchun jamg’ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo’naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg’arma omonatlar hisoblanadi.
Omonatchiga foizlar yutuq ko’rinishida to’lanadigan omonatlar yutuqli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag’lari, omonatga qo’shimcha
foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
shartli jamg’arma omonatlarida esa bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo’ladi masalan bu shartlar “Omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng, omonat beriladi” yoki “Voyaga
yetgach beriladi” kabi shartlar belgilangan bo’lishi mumkin.
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin
qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi.
Muddatli omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida muddatli bank
omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so’ng,
muddatli bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasini qo’yishi
shart. Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib
berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni
olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Depozitlar buyicha foizlarni xisoblash va to‘lab berish xamda buxgalteriya xisobida aks ettirish tartibi. Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizom asosida amalga oshiriladi. Omonatlarga to‘lanadigan foiz stavkalari darajasi banklar tomonidan qonun hujjatlari talablari doirasida belgilanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini o‘zgartirish huquqiga ega. Bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar foizlari miqdorini kamaytirgan taqdirda, bu haqda omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Jamg‘arma va muddatli omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdori, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha hisoblanadi. bank omonati summasiga foizlar har bir oy o‘tganidan keyin omonatchining talabi bilan to‘lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa omonat shartnomasida ko‘zda tutilgan taqdirda, foizlar yoziladigan omonat summasiga qo‘shilib borilishi mumkin. Banklar omonatchilar bilan kelishgan holda omonat bo‘yicha foizlarni oldindan to‘lab berishi mumkin