7-mavzu. Banklarda depozit operatsiyalari xisobi. Depozit operatsiyalarining mohiyati, turlari va ularni rasmiylashtirish xamda xisobini tashkil etish tartibi. “Depozit” lotincha “dipositum” – “saqlashga topshirilgan buyum”. Depozit mijozlarning bankka vaqtincha foydalanish uchun bergan mablag’lari hisobidan shakllantiriladi shuningdek bank va mijoz o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarni aks ettiradi Depozit operatsiyalarning subyektlari bo'lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan: - davlat korxona va tashkilotlari. - xususiy korxona; - banklar va boshqa kredit muassasalari; va boshqalar
Depozit operatsiyalarining obyekti bo'lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag'lari (qo'yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishga asos esa, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqib. yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar qo’yilmalari; Mablag’larni olish shakliga ko’ra: - muddatli depozit mablag’lar; - talab kilib olingunga qadar depozit mablag’lar; - aholining jamg’arma qo’yilmalari.
Tijorat banklarining depozit siyosati – maqsadlar, vazifalar, ustuvorliklar, imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda har bir tijorat banki tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan tadbirlar majmuasi ekanligi; depozit siyosati depozitlarning maqsadli va yaxlit portfelini shakllantirishni nazarda tutadi.. Tijorat banklarida ochiladigan depozitlar turlari.Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar; Jamg’arma omonatlar; Muddatli omonatlar;
Omonat sertifikatlari;
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar xisobi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar omonatchilarning talab
qilinishi bilanoq beriladigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag’lar
talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati
alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag’i bo’yicha vujudga keladigan munosabatlari bank hisobvarag’i shartnomasi bilan tartibga solinadi. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo’yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko’ra (agar, bank omonati shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa) omonatchining tegishli ko’rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan
kechikmagan holda uning to’lovlar bo’yicha topshirig’ini bajarishi shart. Bank mijoz va bank o’rtasida tuzilgan shartnomaga muoffiq omonatning asosiy summasini va belgilangan foizlarni qaytarishi lozim.