1 “Bank xisobi” fanining maksadi, predmeti va vazifalari. Boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Download 139,74 Kb.
bet19/36
Sana11.06.2023
Hajmi139,74 Kb.
#950594
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
eeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeee

To‘lov talabnomasi – bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag‘
oluvchilarning belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi
talabnomani o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir.
Hisob-kitoblarning to‘lov talabnomalari orqali o‘tkaziladigan shaklida
ishlatiladigan asosiy hujjat bu – to‘lov talabnomasidir
To‘lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:
yuklab jo‘natilgan tovarlar uchun;
bajarilgan ishlar uchun;
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun;
amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko‘zda
tutilgan boshqa to‘lovlar uchun.
To‘lov talabnomasida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan talabnoma
nomeri, uni to‘ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisobvaraq nomeri, xizmat
ko‘rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to‘lovchi korxonaning nomi, uning
bankdagi hisobvaraq nomeri, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi,
to‘lov summasi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
To‘lov talabnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi
orqali amalga oshiriladi:
Debet 20210 - “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i”
Kredit 10103 - “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
Inkasso topshiriknomasi va akkreditivlar bilan xisob-kitoblar xisobi.
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to‘lov aylanmasida juda kam ulushni
tashkil etadi. Jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni
kafolatlash maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi.
Akkreditiv-mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontrogenti
foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Akkredetiv so‘zining o‘zi
lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi. Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to‘lovchining shaxsiy
mablag‘idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib beruvchining banki
tasarrufiga alohida “Akkredetivlar” balans hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib
bersa, bunday akkreditivlar qoplagan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan
bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo‘lib, bank va
boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan xo‘jaliklarga
bunday akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning
qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to‘lovchi korxonaning pul
mablag‘lari alohida hisobvaraqqa o‘tkazib qo‘yilishi talab qilinmaydi. Bank
to‘lovchi hisobvarag‘ida to‘lov hujjatlari kelib tushganda pul bo‘lmagan taqdirda
bank mablag‘lari hisobidan to‘lov berishni kafolatlaydi. Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo‘ljallangan
bo‘lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar
o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi. Xaridorning hisobvarag‘idan to‘lovni o‘tkazish bo‘yicha
operatsiyalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet “Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag‘i”
Kredit “Emitent bankning vakillik hisobvarag‘i” Debet 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i” (yoki 16103)
Kredit 22602 - “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari”
Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida
bank xabar beriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan
hisobvarag‘iga mijozning akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘idan pul mablag‘larini
o‘tkazish quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22602 - “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari”
Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar”
hisobvarag‘i. Inkasso topshiriqnomasi – ushbu topshiriqnomani bergan bank mijozining bank-emitentga to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabidir. Inkasso topshiriqnomasi bank bo‘limiga undirib oluvchi tomonidan 3 nusxada topshiriladi. birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi
tomonidan imzo, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov amalga oshirilgan sana,
qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
– ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to‘lovchining hisobvarag‘iga
ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana,
bankning to‘rtburchak muhri izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan
holda to‘lovchiga beriladi;
– uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushirlgan, mas’ul
bajaruvchi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi
ko‘rsatilgan holda to‘lovni oluvchiga beriladi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda bajariladigan
buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to‘lov to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi
banklarning joylashuviga bog‘liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo‘limi xizmat
ko‘rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali
bajariladi: Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit”
hisobvarag‘i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i. Hisob Markazi orqali to‘lov undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning
vakillik hisobvarag‘iga kelib tushadi. Bir vaqtning o‘zida kelib tushgan pul
mablag‘lari undiruvchi tomonning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi Debet 16103 “Undiruvchiga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag‘i”.
Kredit “To‘lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit”
hisobvarag‘i.



Download 139,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish