Dokuchayev tuproqlarni bonitirovkalashda, ularni sinflarga, guruhlarga, tiplarga, tipchalarga, ayirmalarga bo‘lishda tuproqdan, ya’ni uning tabiiy xususiyatlaridan foydalanish kerak ekanligini isbotladi va bu usul baholash usulini negizi ekanligini ko‘rsatdi.
Tuproqni tabiiy xossalarini e’tiborga olmasdan juda sifatli darajada bajargan iqtisodiy-statistik baholash usuli ham kutilgan natijaga olib kelmaydi.
Shunday qilib Dokuchayev va Sibirtsevlar tuproqni bonitirovkalashda uni, ya’ni tuproqni har tomonlama tabiiy xususiyatlarini o‘rganilishi lozimligi va shu asosda baholashni ishlab chiqdilar.
Bonitirovka ishlarini bajarish o‘z ichiga ikki davrni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |