10-ma`ruza. Lalmikor yerlarda shudgor. Yerni ishlashda resurs tejovchi texnologiyalar Reja



Download 17,46 Kb.
bet1/2
Sana24.11.2022
Hajmi17,46 Kb.
#871511
  1   2
Bog'liq
10-lekciya


10-ma`ruza. Lalmikor yerlarda shudgor. Yerni ishlashda resurs tejovchi texnologiyalar
Reja:
1. Erni baxorda haydash
2. Beda ekilgan dalalarni haydash
3. Bug’doy ekilgan dalalarni haydash
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 7, 8, 9

Kuzgi shudgor tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga va ekinning hosildorligiga ijobiy ta`sir etadi. Ekin maydonlarining har xil darajada sho’rlangan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxora va Navoiy viloyatlarida erni haydamasdan yoki kuzgi shudgordan so’ng shartli turda yuvish ishlari o’tkaziladi. Sho’r yuvilganidan keyin tuproq zichlanadi. Baxorda ekish oldidan bu erlarni o’rtacha va engil tuproqlarni ekin turiga bog’liq chizel yoki diskli borona bilan, og’ir tuproqlarni esa plug bilan haydash talab qilinadi. Qoraqalpog’iston va Xorazmning tuprog’i sho’r, sizot suvi yaqin va relьefi asosan tekis hisoblanadi.


Agar sho’r yuvilmasa tuproq tarkibidagi tuz miqdori ekilgan ekin urug’larining unib chiqishiga imkon bermaydi, agarda siyrak ko’chat ko’kargan sharoitda ham o’sishi va rivojlanishi juda past bo’lib, ayrim vaqtlari o’simlik qurib qoladi.
Tuproq sho’rlanishining asosiy manbai hisoblangan er osti sizot suvlari er yuzasiga yaqin joylashgani uchun sho’r yuvish ishlarini biroz qiyinlashtiradi. Chunki, sho’rlanish darajasiga qarab har bir gektarga uch mingdan 6-ming m3 suv beriladi. Agar zovurlar ishlab turmasa sizot suv er yuzasiga yaqin bo’ladi va bunday sharoitda chayib sug’orishga berilgan suv tarkibida erigan tuzlar bilan uni to’yintiradi. Natijada yuqoridan pastga va zovurga qarab oqim bo’lmaydi, tuproq sho’ri yuvilmaydi.
Shuning uchun sho’r yuvish ishlarini zovurlarni doimo ishlatib er osti sizot suvlarining chuqurda joylashishiga erishishimiz va shu vaqt sho’r yuvishni o’tkazish kerak. Bu davr Qoraqolpog’iston Respublikasi ekin maydonlari uchun kuz-qish oylariga to’g’ri keladi. Barcha ekish maydonining 70% ini kuzda, 30% ini baxorda sug’orish kerak.
Baxorda shamolli kunlar ko’proq bo’lsa, erning yuza qismi etilib, pastki qavati esa haydash uchun etilmaydi va qiyinchiliklar tug’diradi. Erning yuza qismi namsizlanishi natijasida qalin qatqaloq hosil bo’ladi. Bu esa haydashda kesaklar hosil qilib, pastki qatlamlarga ko’miladi va erning ko’pchishini ta`minlaydi. Er yuza qismining tuprog’i mayin bo’lgani bilan pastki qatlam tuprog’i serkesak, “o’tirishmagan” bo’ladi. Ekishda qatorlar to’g’ri va ekish chuqurligi to’g’ri bo’lmaydi. Dastlabki qator oralariga ishlov berish vaqtida o’simliklarning ildizi shikastlanishi yoki uzilishi mumkin, natijada hosil kamayadi. Shuning uchun baxorgi haydashdan keyin er bir necha marta chizellanadi, mola bostiriladi, ya`ni pastki qatlamdan kesaklar yuqoriga chiqarilib maydalanadi va tuproq muayyan darajagacha zichlashtiriladi. Shundan keyingina urug’ ekiladi.

Download 17,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish