Beda poyani haydash Beda ildizini baxorda ko’karib chiqishining oldini olish va organik massaning chirishini sekinlashtirish uchun bedapoyani haydash texnologiyasini to’g’ri o’tkazish kerak. Buning uchun bedapoyani og’ir diskli borona bilan uzunasiga va kuldanangiga beda ildiz bo’g’zi 2-4 bo’lakga kesiladi.
Bedapoyani 20-25 oktyabrdan 10-15 noyabrgacha haydash kerak. Haydash chuqurligi har bir xududning tuproq-iqlim sharoitiga qarab belgilanadi. Sizot suvlari chuqur joylashgan quriq va og’ir tuproqli erlarda bedapoyani sifatli haydash uchun 7-10 kun oldin erni sug’orish kerak. Bedapoyani ikki yarusli plugda chuqur haydash yana ham yaxshi natija beradi.
Beda ildiz massasining chirishiga ta`sir etadigan omillardan biri haydash chuqurligidir. Bedapoyani kuzda 30-32 sm chuqurlikda haydalganda ildizining chirishi va ajralib chiqqan ammiak gazi ko’klamda ekilgan nihollarga salbiy ta`sir etadi va u qurib qoladi. Sayoz ko’milgan ildizlar g’o’zaning qator oralariga dastlabki ekin oralariga dastlabki ishlov berilganda uning sifatsiz bajarilishini va ko’chatning kamayishiga sabab bo’ladi.
İlmiy-izlanish ma`lumotlariga ko’ra, bedapoyani hamda organik qoldiqlar ko’p bo’lgan maydonlarni har yili har xil chuqurlikda haydash foydali ekanligini ko’rsatadi.
Uch yillik bedani 40-60 sm chuqurlikda haydalsa, keyingi yillari ekin oldidan 20, 25, 30, 35 yoki 40 sm chuqurlikda haydash kerak. Ekin maydonlarini har yili turli chuqurlikda haydash beda va boshqa ekinlar to’plagan organik moddalardan samarali foydalanish, kam harajat qilingani holda ko’p hosil etishtirish imkonini beradi.
Ang’izni haydash.G’alla ekinlari hosili yig’ishtirib olingan dala ang’iz deyiladi. İshlash qator oralari ishlanadigan erlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Chunki, quruq va yoz issiq sharoitida g’alla ekinlari hosili o’rib yig’ib olinganidan keyin tuproq namsizlanib haddan tashqari qotib ketadi. Tuproqda chirindining kam bo’lishi uning yanada zichlashishiga sabab bo’ladi. Bunday erlarni haydashdan oldin tegishli tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Tuproq belgilangan texnologiyada va usulda ishlangan taqdirda bu vazifalarni to’liq hal qilish mumkin bo’ladi. İshlash tizimi uni lushchilniklar, og’ir diskli borona bilan yuza yumshatish va kuzgi shudgorlashdan iborat.
Sug’oriladigan xududlarda, ayniqsa sho’r tuproq sharoitida somon yig’ishtirib olishi bilanoq ang’iz sug’oriladi, er etilishi bilan plug bilan haydalib keyin “zig-zag” barona yurgiziladi. Kunning salqinroq vaqtida haydash yaxshi natija beradi, so’ngra er tekislanib, mola bostiriladi va oraliq ekin ekish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi tog’li va tog’ oldi vodiylarining ko’p qismida sug’orilmaydigan dehqonchilik qilinadi. Yillik yomg’ir miqdori bu erlarda asosan g’alla etishtirishga imkon beradi.
Lalmikor erlardan olinadigan hosil asosan yomg’ir suvlarining erda to’planishi, saqlanishi va taqsimlanishiga bog’liq. Shuning uchun ham agrotexnik tadbirlar yog’ingarchilikdan to’planadigan namni saqlab qolishga, tuproq unumdorligini oshirishga va ekinlardan yuqori hosil olish uchun zarur bo’lgan shart- sharoitlarni yaratib berishga qaratilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi tog’li va tog’ oldi vodiylarining ko’p qismida sug’orilmaydigan dehqonchilik qilinadi. Yillik yomg’ir miqdori bu erlarda asosan g’alla etishtirishga imkon beradi.
Lalmikor erlardan olinadigan hosil asosan yomg’ir suvlarining erda to’planishi, saqlanishi va taqsimlanishiga bog’liq. Shuning uchun ham agrotexnik tadbirlar yog’ingarchilikdan to’planadigan namni saqlab qolishga, tuproq unumdorligini oshirishga va ekinlardan yuqori hosil olish uchun zarur bo’lgan shart- sharoitlarni yaratib berishga qaratilishi kerak.
Ang’iz tegishli chuqurlikda ag’darib haydalib, yil davomida ekin ekilmay, maxsus ajratilgan dala shudgor hisoblanadi. Shudgorda yil davomida yozning yarmigacha ekin ekilmay begona o’simliklarni yo’qotish uchun quruq ishlov berib turiladi. Dalani yil davomida yoki yilning yarmigacha shudgor turida bo’sh qoldirish yuqorida ko’rsatilgan xududlarga to’g’ri keladi, sho’rlangan tuproq sharoitida bu mumkin emas.
Ang’izni haydash muddatiga qarab qora shudgor shudgor va toza shudgorga bo’linadi. Toza shudgor o’z navbatida erta, o’rta, kech va band shudgorlarga bo’linadi.
Ekin hosili yig’ishtirib olinganidan keyin darhol er haydalsa qora shudgor deb ataladi. Ayrim vaqtlarda bug’doy hosili yig’ib olinganidan keyin kelgusi yili baxorgacha erga ishlov berilmaydi. Kelgusi yili baxorda asosiy haydov o’tkazilib va ekin ekmasdan begona o’simliklarga qarshi quruq ishlov beriladigan dalalar toza shudgor hisoblanadi. Baxorgi haydash mart oyida o’tkazilsa erta, aprelda o’tkazilsa o’rta, may oyidagisi esa kechki toza shudgor deb ataladi.
Toza shudgorning foydaliligini va erdan unumli foydalanish uchun u band shudgor bilan almashinib turadi.
Qora yoki toza shudgorga qandaydir qator orasi ishlanadigan ekin Ekilgan er band shudgor deb ataladi.
Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida Ekilgan sideratlar ham band shudgor hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar 1. Er bahorda nima uchun haydaladi ?
2. Bahorgi haydash qay vaqtda o’tkaziladi ?
3. Bedapoyalar qanday haydaladi ?
4. Bug’doy ekilgan dalalar qanday haydaladi ?
5. Nima uchun shudigor qilinadi ?
6. Shudigorlash turlari ?
7. Sho’rlangan erlarda shudigorlash ?
8. Kuzgi shudigor nima ?
9. Lalmikor erlarda shudigor turlari ?