Tuproqlarga baho berish dunyo mamlakatlarida yagona usul va uslubiyatga tayangan deb bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishi ham qiyin. Shu bois tuproqlarni bonitirovkalash turli mamlakatlarda alohida-alohida ishlandi.
Masalan; Germaniyada tuproqlarni baholashda agrogeologik tamoyilga asoslangan, Teyer tasnifi asosida boshlangan. Bu usulga ko‘ra asosiy taksonomik birlik tariqasida tuproq ayirmasi qabul qilingan bo‘lib, ayirmani ajratish mexanik tarkibga ko‘ra amalga oshirilgan.
Keyinchalik A.Teyer bu ishini biroz takomillashtirdi, ya’ni ancha sermazmun tasnifni ishlab chiqdi. Bu tasnifga ko‘ra asosiy shkalada tuproqlar 6 turga, ya’ni gilli, qumoqli, qumli, gumusli, oxakli o‘z navbatida bular 3 tadan va 4 tadan sinflarga ajratildi.
Keyinchalik nisbatan qulay bo‘lgan maxsus bonitirovka jadvali Kraft tomonidan ishlangan bo‘lib, unda tuproqni turi, qalinligi, undagi gumus miqdori, yerning qiyaligi, namligi, ekin turi va boshqalar e’tiborga olingan.
Bu usulning qulayligi shundan iboratki, bunda tuproqning har bir xossa va xususiyatlari uchun aniq ballar berilgan. Aniq bir turdagi tuproqni bonitet ballini aniqlash uchun shu tuproqning xossalariga berilgan ballarni jamlash kifoya qiladi.
Masalan; mergel-qumoqli tuproq - 25 ball, shu tuproqni qalinligi 24 dyum - 10 ball, gumus miqdori 12 % - 5 ball, qiyaligi uchun 10 ball, tuproqni ustki holati uchun 10 ball. Demak maydonning bonitet balli 25+10+5+5+5+10=60 ball.
Hozirgi vaqtda Kraft usuli o‘rniga Dokuchayev-Sibirtsev usullariga tayangan uslubiyatlardan foydalaniladi.
Angliyada tuproqni baholashda ikki tipdagi usullardan foydalaniladi. Bu usullar tuproqni potentsial unumdorligi va daliliy mahsuldorligiga tayangan holda ishlangan.
Rassel fikriga ko‘ra hosil taqdiri 3 guruhdagi sabablarga bog‘liq.
Dehqonga bog‘liq bo‘lmagan omillar, sabablar.
Qimmatbaho tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq omillar.
Oddiy omillar, qaysiki dehqon har yili qo‘llay oladi.
Birinchi guruh omillariga iqlim, joyning geografik o‘rni, relyef , tuproq qatlami qalinligi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillariga esa yerlarni zovurlash, sug‘orish kabi katta miqdordagi kapital sarflanishi lozim bo‘lgan ishlar kiradi.
Uchinchi guruhga tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlash, begona o‘tlardan tozalish va boshqalar kiradi.
Yana guruhlarni e’tiborga oluvchi 2 tipdagi uslubiyat ishlab chiqilgan bo‘lib, tuproqlar baholanadi.
Birinchi tipdagi bonitirovkalash usulida tuproqni potentsial unumdorligi e’tiborga olinadi.
Rassel fikriga ko‘ra bunda iqlim, relyef kabi tabiiy kattaliklarga tayangan holda tuproq 3 kategoriyaga 10 ta sinfga bo‘linishi kerak.
Ikkinchi tipdagi uslubiyatda tuproqni baholash olingan hosil asosida olib boriladi, bu usul albatta juda dag‘al bo‘lib, buni Rasselni o‘zi ham ta’kidlagan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tuproqni baholash ishlari 1899 yildan toki 1952 yilga qadar qishloq xo‘jaligi vazirligini tuproq xizmati guruhi tomonidan olib borilgan. Hozirgi kunda tuproq muxofazasi xizmati tashkil etilgan va ular tuproqni bonitirovkalash bilan shug‘ullanadi.
AQSH da 2 usul keng qo‘llaniladi: a) majmuaviy usul bo‘lib, ko‘p yillik hosil asosida yerlar baholanadi, b) omilliy usul bo‘lib, tabiiy omillar e’tiborga olinadi, bunda tuproq xossalari va ularni yaxshilash nazarda tutiladi.
Tuproqlar ularning mexanik tarkibi, qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi, toshliligi va boshqalarga qorab sinflarga ajratiladi va ballar beriladi.
Bu usul o‘zining ma’no va mazmuniga ko‘ra tabiiy tarixiy hisoblanadi. Usulda 100 balli shkaladan foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda AQSH da yerdan foydalanishni qulaylashtiruvchi maxsus agroguruhli, tasnifli jadval ishlandi.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |