1 author: Murodjon Isagaliev Fergana State University, Uzbekistan, Fergana 23


SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ME’YORIY BAHOSI



Download 248,8 Kb.
bet51/51
Sana02.01.2022
Hajmi248,8 Kb.
#306847
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
2019 (1)

SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ME’YORIY BAHOSI


Sug‘oriladigan yerlarning me’yoriy bahosi negizida tuproqni hosil bilan korrelyatsiyalanuvchi xossalari, sof foyda qiymatini ko‘rsatuvchi shu yerning solishtirma bahosi etadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining ball bonitetlari asosida kadastrli xasoblangan hosildorligi xilma-xil bo‘ladi, ya’ni ekin turi tuproqning ball bonitetiga bog‘liq bo‘ladi.

  1. jadval.

Tuproqning ball bonitetlari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarini kadastrli hisoblangan hosildorligi, ts/ga. (1994.10.01.)


Ball bonitet- lari

ts/ga

Paxta

Don

Beda

Don uchun

makka


Bir yillik o‘tlar

Ildiz mevalilar

10

4

6

20

7,5

30

90

20

8

12

40

15,0

60

180

30

12

18

60

22,5

90

270

40

16

24

80

30,0

120

360

50

20

30

100

37,5

150

450

60

24

36

120

45,0

180

540

70

28

42

140

52,5

210

630

80

32

48

160

60,0

240

720

90

36

54

180

67,5

270

810

100

40

60

200

75,5

300

900

Bir ballning

bahosi


0,4

0,6

2,0

0,75

3,0

9,0

Bir gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan sof daromad quyidagicha hisoblanadi.


Fmsd

S myam

R
xdm

(1)


100

Fmsd - sug‘oriladigan yerdan olinadigan me’yoriy sof daromad; Smyam - sug‘oriladigan yerning me’yoriy yalpi mahsulot, so‘m;

Rxdm - har xil sifatli yerlar foizidan hosil bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning hisoblangan daromad me’yori.

Sug‘oriladigan yerlarning me’yoriy sof daromadi asosiy ekin turi bo‘yicha va asosiy ekinlar bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Bunda bir gektar yerdan etakchi ekinlar bo‘yicha aniqlangan me’yoriy yalpi maxsulot, shu ekinlarning kadastrli hisoblangan hosildorligini ishlab chiqish va uni sotish bahosiga tengdir.

Asosiy ekin turlarini esa umumiy ekin maydonidan har bir qishloq xo‘jalik ekini bo‘yicha baholarini hisoblab chiqish asosida quyidagicha hisoblanadi.


P R

R

D R

O R

(2)


xdm

1 1 2 3

P D Î

Bu yerda: P1 - bir gektar yerdagi paxta xomashyosining qiymati; D - bir gektar yerdagi don mahsulotining qiymati;

O - bir gektar yerdagi oziqa ekinining qiymati;

R1,R2,R3 - ekinlarning foiz hisobidagi solishtirma miqdori.

Ekin turini solishtirma salmog‘i aniq bo‘lsa, u holda yalpi mahsulotni korrektirovkalash (tuzatish) koeffitsiyentlaridan foydalanish mumkin.



  1. jadval.

Paxta bo‘yicha yalpi mahsulot qiymatini korrektirovkalash koeffitsiyentlari.


Umumiy ekin maydonida paxtaning solishtirma

salmog‘i, %.



Korrektirovkalash koeffitsiyenti

K 30

0,526

K 40

0,594

K 50

0,661

K 60

0,729

K 70

0,797

Har gektar yerni o‘zining tabiiy xususiyatlariga, ya’ni ball bonitetlarining

miqdoriga qarab daromad me’yoriy ishlangan bo‘lib, u quyidagicha tasvirlanadi.



  1. jadval.

Yerlarning hisoblangan daromad me’yori.


Bonitet ballari

Daromad me’yori, %.

Ball bonitetlari

Daromad me’yori, %.

10

-

60

18

20

6

70

21

30

9

80

24

40

12

90

27

50

15

100

30

Sug‘oriladigan yerni bir gektarining me’yoriy bahosi quyidagicha hisoblanadi.


N mb

Fmsf

Ê i


 100

B sf

Nmb - sug‘oriladigan bir gektar yerning me’yoriy bahosi. Fmsf - bir gektar yerdan olinadigan me’yoriy sof foyda.

Bsf - bank qo‘yadigan suda foizi;

Ki - xo‘jalik yuritishni intensivlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent.

Qishloq xo‘jaligini yuritishning intensivlik darajasi (Ki) o‘rtacha tariqasida quyidagicha qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun -0,70, Andijon viloyati uchun -1,2, Buxoro -1,0, Jizzax -0,8, Qashqadaryo -0,8, Navoiy -0,8, Namangan -1,1, Samarqand

-1,2, Surxondaryo -1,3, Sirdaryo -0,8, Toshkent -1,2, Farg‘ona -1,1, Xorazm -1,0, O‘zbekiston Respublikasi uchun o‘rtacha 1,0.

Yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash joyining, ya’ni yerning shahar markazlari, bozorlar, temir yo‘llaridan uzoq va yaqinligi, transport vositalari uchun qulayligi va boshqalar uchun ham tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llaniladi.



  1. jadval.

Yer maydonini transportga qulayligini, shahar markaziga nisbatan joylashuvini e’tiborga oluvchi koeffitsiyentlar.


Aholi yashash joyidan uzoqligi,

km.


Mahsulotni topshirish joyidan

uzoqligi, km.



Uzoqlanish

koeffitsiyentlari.



< 2

2-4


4-6

>6

o‘rtacha





<4

1.50

1,47


1,44

1,40


1,46

< 2

2-4


4-6

>6

o‘rtacha



4-8


1,38

1,35


1,32

1,29


1,33

<8-12

2-4


4-6

>6

8-12


1,26

1,23


1,21

1,19


o‘rtacha




1,22

< 2

2-4


4-6

>6

o‘rtacha



12-16


1,17

1,15


1,13

1,11


1,14

< 2

2-4


4-6

>6

O‘rtacha



16,20


1,09

1,07


1,05

1,03


1,06

< 2

2-4


4-6

>6

O‘rtacha



>20


1,01

1,00


1,00

1,00


1,00

Aniq ma’lumotlar etishmasa mahsulot sotiladigan joygacha va moddiy texnik

ta’minotlar markazigacha oraliqlarni e’tiborga olib, o‘rtachasi asos uchun qabul qilinadi.

Viloyat markazlariga nisbatan xo‘jalik 10-20 km radiusda joylashgan bo‘lsa, ushbu koeffitsiyentlar 10-15 foizga, Toshkent shahri atrofida esa 20-30 foizga oshirilishi mumkin.

LALMIKOR YERLARNING ME’YORIY BAHOSI


Amalda yog‘in miqdori bilan ta’minlangan, yarim ta’minlangan va ta’minlanmagan lalmikor yerlarga baho beriladi.

Bu yerlarda etakchi ekin tariqasida boshoqli don ekinlarni e’tiborga olib, me’yoriy baho shu ekinlar bo‘yicha hisoblanadi. O‘rtacha ko‘p yillik ma’lumotlar bo‘yicha hosildorlik, yog‘ingarchilik bilan ta’minlanmagan bahorikor yerlarda 3,5 ts/ga, yarim ta’minlangan yerlarda 6,5 ts/ga va ta’minlangan yerlarda 9,0 ts/ga atrofida bo‘ladi.

Bir gektar yerdan olinadigan don mahsulotlarining umumiy maydondagi solishtirma salmog‘ini hisobga olgan holda quyidagicha koeffitsiyentlardan foydalaniladi.


  1. jadval.

Korrektirovkalash koeffitsiyentlari.


Yog‘in miqdor bilan

ta’minlanganlik darajasi



Umumiy maydonda boshqa don

ekinlarining salmog‘i, %.



Yalpi maxsulot qiymatini

korrektirovkalash koeffitsiyenti



Ta’minlangan

65

0,65

Yarim ta’minlangan

60

0,60

Ta’minlanmagan

55

0,55

Har xil sifatdagi yerlar uchun sof daromad asosidagi hisoblangan daromad me’yori quyidagicha taklif etiladi:



  1. yog‘in miqdori bilan ta’minlanmagan yerlarda 10 % gacha;

  2. yarim ta’minlangan yerlarda 11-20 % gacha;

V) ta’minlangan yerlarda 20-30 % gacha.

Sug‘oriladigan yerlar uchun me’yoriy sof daromad (Fmsd).




Fmsd

Ñ myam

Ðxdm

asosida hisoblanadi.



100

Lalmikor bir gektar yerning me’yoriy bahosi esa




N mb

Fmsf

Ê




i
 100

B sf

bilan hisoblanadi, zarur bo‘lgan hollarda yerning joylashgan o‘rniga qarab ilovadagi uzoqlanish koeffitsiyentidan foydalaniladi.


YAYLOVLARNING ME’YORIY BAHOSI


O‘zbekiston yaylovlari quruq xashakka nisbatan (ts/ga) hosildorligi va joylashgan o‘rniga qarab uch guruhga (kategoriyaga) bo‘linadi:

  1. Hosildorligi 2 ts/ga gacha bo‘lgan cho‘l mintaqalaridagi yaylovlar (I- kategoriya).

  2. Hosildorligi 2-5 ts/ga gacha bo‘lgan adirlarda joylashgan yaylovlar (II- kategoriya).

  3. Hosildorligi 5 ts/ga dan yuqori tog‘ (tau) mintaqasida joylashgan yaylovlar (III-kategoriya).

Yaylov yerlari uchun me’yoriy baholar hisoblanganda ana shu kategoriyalarning ahamiyati katta.

  1. Birinchi kategoriyali yaylovlarning bir gektariga belgilanadigan me’yoriy baho sug‘oriladigan yerning viloyat bo‘yicha minimal me’yoriy bahosiga teng miqdorda olinadi.

  2. Ikkinchi kategoriyali yaylovlar uchun esa sug‘oriladigan yerlarning minimal qiymatidan ikki barobar kamaytirilgan holatda olinadi.

  3. Uchinchi kategoriyali yaylovlar uchun esa besh barobar kamaytirilgan holatda olinadi.

QISHLOQ XO‘JALIK YERLARINING MEHYORIY BAHOSINI HISOBLASH TARTIBI


Respublika miqyosidagi qishloq xo‘jalik yerlarining me’yoriy bahosiga ta’sir etuvchi qo‘shimcha omillar:

    1. Xududning transport tarmoqlari, muxandislik kommunikatsiyalari, bozorga bo‘lgan qulaylik holati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalari bilan ta’minlanganligi va boshqalar.

    2. Nisbatan yaqin aholi yashash joylarining ijtimoiy sohada rivojlanganlik darajasi.

    3. Qishloq aholisining zichligi.

    4. Atrof holati, sanitariya-gigiena sharoiti.

    5. Qishloq aholisining daromad va ish bilan bandlik ko‘rsatkichi.

    6. Mavjud yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi.

Me’yoriy bahoga u yoki bu darajada ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olib, yerni hisoblab chiqilgan me’yoriy bahosini hisoblashda hajmining 25 % miqdorida ko‘paytiruvchi yoki kamaytiruvchi koeffitsietlar qo‘llanishi mumkin.

Yerning me’yoriy bahosiga ta’sir etuvchi qishloq xo‘jalik ekin turining narxi amaldagi qonun bo‘yicha qabul qilinadi.

Yerni me’yoriy baholashda dastlabki ma’lumot bo‘lib "O‘zdavyerloyixa" instituti va filiallari tomonidan bajarilgan tuproq bonitarovkasi, yer kadastri xujjatlari,


tuproq xaritalari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qiymati, maydoni, hosildorligi kabi umumiy va statistik ma’lumotlar xizmat qiladi.

Hisob-kitob ishlari "O‘zdavyerloyixa" instituti va uning filiallari, joylardagi yer tuzish xizmati xodimlari tomonidan bajariladi.

Yer maydonining me’yoriy bahosi va boshqa ishlar yer egasi mablag‘i hisobiga ham bajariladi, maxsus ma’lumotnoma tariqasida rasmiylashtiriladi.

Misol tariqasida quyidagicha hisoblash mumkin: Berilgan ma’lumotlar: Yerning bonitet balli - 50 ball;

Paxtachilik bilan band yerlar foizi - 50 %; Qabul qilingan shartli bank ssudasi - 5 %;

Yerning joylanishi va mahalliy sharoiti e’tiborga olinmagan.

Sug‘oriladigan yerdan olinadigan me’yoriy sof daromad (Fmsd) uchun quyidagi ko‘rsatkichni tashkil qiladi:



Fmsd

S myam

R
xdm

jadv

.1 



jadv

.2 



jadv .3



20
 2100

100


so ' m   0 ,661 100
 15

100


416430

100
 4164 ,3



Bu yerda 2100 so‘m bir tsentner paxta narxi.

Sug‘oriladigan yerning me’yoriy bahosi:




N mb

Fmsf

Ê i


 100

4164



,3  1,1  100

4580



, 4  100
 91608 s .

B sf 5 5

Demak, bir gektar sug‘oriladigan yerdan keladigan me’yoriy sof daromad 4164,3 so‘m bo‘lsa, bunday yerni datlabki me’yoriy bahosi 91608 so‘mni tashkil qiladi.



Tayanch iboralar. TEI, sof daromad, bonitet ball, agroekologik sharoitlar koeffitsiyenti, me’yoriy bahosi, ekspozitsiya, korrektirovkalash koeffitsiyenti, lalmikor, bahorikor, eroziya, yaylovlarning me’yoriy bahosi, toifa, sifat.

Takrorlash uchun savollar.


  1. Yer bilan tuproqni baholashning asosiy farqlari nimada?

  2. Sug‘oriladigan tuproqlarni baholash uchun ishlangan formulani yozing?

  3. Yerga to‘lanadigan kompensatsiyalovchi narx?

  4. Qishloq xo‘jaligi yerlarni baholashning vaqtinchalik usuli?

  5. Agroekologik sharoitga ko‘ra koeffitsiyentlar?

  6. Sug‘oriladigan yerlarning me’yoriy bahosi?

  7. Paxta bo‘yicha yalpi mahsulot qiymatini korrektirovkalash koeffitsiyentlari?

  8. Lalmikor yerlarning me’yoriy bahosi?

  9. Yaylov yerlarning me’yoriy bahosi?

  10. Qishloq xo‘jaligi yerlarning me’yoriy bahosini hisoblash tartibi?



MAVZU: TUPROQ VA YER NARXI

Tuproqni tabiiy xossalari, ya’ni fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa xususiyatlari uning unumdorligini belgilaydi. Tuproqning bu xususiyatlari osongina buzilishi va hatto qayta tiklanmaydigan holatga tushishi mumkin. Tuproqni



unumdorligini keskin pasaytirib yuborish butunlay yo‘qotish bu uncha murakkab ish emas, ammo uni tiklash juda mashaqatli mehnat, katta ilm talab qiladi.

Tuproqqa beparvo qarashimizga asosiy sabablardan biri bu uni bebaho ekanligidir. Ana shu narsa ko‘p hollarda katta-katta maydonlarga keskin zarba berish sabablari tariqasida ko‘rinadi, ya’ni tuproqni struktura qoplami, strukturasi buziladi.

Keyingi vaqtlarda katta-katta maydonlarda tuproq unumdorligi turli sabablarga ko‘ra pasaymoqda. Bu jarayonda gumusning degradatsiyasi yaqqol ko‘rinmoqda.

Mamlakat miqyosida tuproqlarning unumdorligini keskin pasayayotganligini bonitirovka natijalarini solishtirishdan ham bilsa bo‘ladi. Keyingi 10 yilda Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 10 ballga kamaygan.

Shunga qaramasdan bu jarayon, ya’ni tuproq unumdorligini kamayishi pul tariqasida hech qaerda aytilmaydi. Hozirgi iqtisodiy sharoitda bu holatni ma’qullash juda qiyin.

Mamlakat tuproq resurslaridan samarali foydalanish uchun, yangicha davrda, tuproqni, tuproq qatlamini saqlash va unumdorligini oshirishga qaratilgan narxlar ishlab chiqish va shu asosda yer maydonchalarini baholash vaqti keldi. Bunda eng avvalo tuproqni unumdorligiga tayangan asosiy narxni aniqlash zarur, keyinchalik yer maydonchasining o‘rni va ayrim texnologik xususiyati e’tiborga olingan holda ularning ham summasini aniqlash mumkin.

Yer va tuproq narxi sharoitga qarab, ya’ni u yoki bu maydondan foydalanish maqsadlariga qarab keskin o‘zgaradi, ayniqsa yer noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratilayotgan bo‘lsa, bu maydonning narxi qishloq xo‘jalik maqsadi uchun ajratilgan yerga ko‘ra keskin farq qilishi kerak.

Bu narx asosiy tuproq narxiga har xil koeffitsiyentlarni ko‘paytirishdan va qolaversa o‘zaro kelishuvga asosan qo‘yilishi mumkin.

Tuproq va Yer maydonchasiga qo‘yilgan narxlar quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutmog‘i zarur:


    1. tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;

    2. unumdor tuproqli yerlarni noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishni maksimal miqdorda cheklash;

    3. qayta tiklash ishlarini, ya’ni nobob yerlarni qishloq xo‘jalik oborotiga kiritish va hokazolar.

TUPROQ NARXINI ANIQLASH YO‘LLARI.


Tuproq narxi har xil omillarga bog‘liq ravishda aniqlanishi mumkin. Birinchi navbatda potentsial va samarali unumdorligiga tayangan holda aniqlanishi kerak.

Bu ko‘rsatkichlarni nisbiy baholash yo‘llari ko‘p bo‘lib, ulardan biri tuproqlarni bonitirovkalash va shu asosda bonitirovka jadvalini tuzish bo‘lib, bu ish amalga oshirilmoqda.

Potentsial unumdorlik etarli darajada tuproq ekologik indeksini (TEI) hisoblash orqali ham aniqlanadi. Bu usulga ko‘ra aniq bir ekologik sharoitda shakllangan tuproqqa tegishli tuproq ekologik indeks hisoblanadi va bu indeks shu tuproqning unumdorlik darajasiga proportsional sanaladi.

Tuproq narxini belgilovchi tuproq ekologik indeksi kattaligi narx aniqlovchi birinchi tarkibiy qism sanaladi. Ikkinchi tarkibiy qism bu tarif kategoriyasi hisoblanadi.

Tarif kategoriyalarini kiritishni sababi tuproq ekologik indeksining birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromad miqdori hamma joyda ham bir xil emas. Bu kattalik o‘simlik turi va uning hosildorligi, hosil tarkibi, turi va boshqalarga hamda xo‘jalikning mehnatni tashkillash, qishloq xo‘jalik mahsulotini etishtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardan nisbatan qimmati bu ko‘p yillik daraxtzorlar hisoblanadi, sabab bu yerlar nisbatan ko‘proq daromad beradi. Albatta nisbatan qimmat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiradigan yerlar qimmatroq baholanadi.

Sug‘oriladigan yerlar ham sug‘orilmaydigan maydonlarga nisbatan qimmatroq turadi. Sabab sug‘oriladigan yerlar nisbatan ko‘proq, kafalatli daromad beradi.

Tuproq ekologik indeksi orqali hisoblangan bonitet balli 1 ga teng bo‘lgan yerlar uchun 1989 yil I.I.Karmanov tarif kategoriyalarini ishlab chiqqan. Undan ayrim misollarni quyida jadval tariqasida keltiramiz.



  1. jadval.

Tuproq narxini hisoblash uchun tarif kategoriyalari.


Tuproqni tarif

kategoriyasi



Shu kategoriyaga kiruvchi tuproqlar

Bir ball bonitetga tug‘ri

keladigan tarif, rub/ga.



1

Tog‘li Qrimning ko‘p yillik daraxt-zorlarining

nimho‘l va nam tuproqlari



600

2

Cho‘l va chalacho‘l mintaqalarining sug‘oriladigan

tuproqlari



380

3

Markaziy Osiyodagi daryo sohillarida joylashgan

sug‘oriladigan yerlar



330

4


O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa

davlatlar hamda Rossiyaning janu-biy xududlaridagi sug‘oriladigan yerlar


280

Tuproq narxi anashu tarif kategoriyasida berilgan bir ball bonitetiga to‘g‘ri keladigan raqamni tuproqni ekologik indeksi orkali hisoblangan ball bonitetiga ko‘paytirish asosida hisoblanadi.

Masalan; Chalacho‘l mintaqasidagi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar 3 tarif kategoriyasidan joy olgan bo‘lib, bir ball uchun tarifi 380 rub/ga ni tashkil qiladi.

Demak tuproq narxini hisoblash uchun tuproq ekologik indeksi aniqlanadi. Agar tuproq ekologik indeksi 80 ga teng desak, u holda bu xududda tuproq narxi 80*380 rub/ga = 30400 rub/ga ni tashkil qiladi.

Ko‘rinib turibdiki, bu tarif kategoriyalari hali to‘liq va yakuniy emas, tahlilga, izlanishga, aniqlashga muhtoj. Sabab O‘zbekistonda qo‘riq yerlar, yaylovzorlar, lalmikor yerlar, yangi o‘zlashtirilgan, yangidan sug‘oriladigan, eskidan sug‘oriladigan va boshqa yerlar uchun alohida hozirgi narxni e’tiborga oluvchi tarif kategoriyasini gektariga so‘mlarda ishlab chiqish zaruriyati kun tartibidagi masalalar qatoridan joy olmoqda. Qolaversa, I.I.Karmanov uslubiyatida O‘zbekiston sharoitidagi tuproq unumdorligini cheklovchi omillar uchun maxsus koeffitsiyentlar ham ishlanmagan.

I.I.Karmanov ta’rif kategoriiyalari unumdorligi cheklanmagan, ya’ni sho‘rlanmagan, eroziyalanmagan, gleylashmagan, gipslashmagan va boshqa tuproqlar uchun ma’qul va qo‘llaniladi.

Unumdorligi cheklangan, ya’ni sho‘r, gipsli va boshqa tuproqlar uchun esa bir balli tarifga maxsus tuzatuvchi koeffitsiyentlar kiritiladi. Bunday tuproqlarda hosil etishtirish uchun sarf harajatlar ko‘payadi, sabab ularning unumdorliklari cheklangan, shu bois bunday yerlarda o‘rtacha yillik daromad kamayadi. Demak bunday tuproqlarni narxi pastroq bo‘lishi kerak va u shunday ham.

Unumdorligi cheklangan tuproqlarni narxini hisoblashda qo‘llaniladigan tuzatish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi. Cheklangan omilga ega bo‘lgan tuproqni tuproq ekologik indeksi olinib shunga o‘xshagan, ya’ni shu tipdagi unumdorligi cheklanmagan boshqa ayirmani indeksiga taqsimlanadi.

Masalan, sug‘oriladigan kuchsiz eroziyalangan tipik bo‘z tuproqni TEI 50 bo‘lsa, yuvilmagan tipik bo‘z tuproqni TEI 58 ga teng bo‘lsa, u holda tuzatish koeffitsiyenti

Tk = 50:58 = 0.86.

Olingan natijaga, ya’ni 0,86 ga bir qo‘shiladi va o‘rtacha koeffitsiyent quyidagicha hisoblanadi:

Tk = (0,86+1):2 = 0.93.

Bu 0,93 koeffitsiyent endi tarif kategoriyasiga tuzatma tariqasida ishlatiladi.

Misol uchun yuvilmagan, ya’ni eroziyalanmagan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq 3 chi kategoriyaga kiradi, (bir ball uchun tarif 380 rub/ga) bu holatda uning narxi 58*380=22040 rub/ga.

Kuchsiz yuvilgan tipik bo‘z tuproqni ham shu kategoriyada deb hisoblasak, u holda uning narxi 50*380=19000 rub/ga ga teng bo‘ladi. Bu guruh tuproqlari uchun tuzatma kiritilishini e’tiborga olsak, uning tuzatma koeffitsiyenti 0,93, demak tuproq narxi 0,93*380=353.4 rub/ga.

Unumdorlikni cheklovchi omillar qancha ko‘p bo‘lsa, tuzatma koeffitsiyentni ta’siri ham shuncha kuchli bo‘ladi. Tuproqlarni xususiyatlari aniq bo‘lsa, quyidagi tayyor koeffitsiyentlardan ham foydalanish mumkin.

Kuchsiz sho‘rlangan bo‘z tuproqlar - 0,85; o‘rtacha darajada sho‘rlangan - 0,72; kuchli darajada sho‘rlangan - 0,48.

Kuchsiz darajada yuvilgan bo‘z tuproqlar - 0,88; o‘rtacha darajada yuvilgan - 0,69;

kuchli yuvilgan - 0,48.

Qumoq mexanik tarkibli - 0,75. Qumli mexanik tarkibli - 0,43. Toshlilik darajasi o‘rtacha - 0,79. Toshlilik darajasi kuchli - 0,66.

Shunday qilib alohida ta’kidlash kerakki, tuproq xossalarini ijobiy va salbiy tomonlarga o‘zgarishini narxda, pul bilan ifodalash ishlari juda-juda kuchsiz ishlangan bo‘lib, hali bu boradagi o‘zini echimini kutayotgan masalalar juda ko‘p.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Yer, tuproq narxi ham dinamikada, kishilik jamiyatining turmush darajasi, qishloq xo‘jalik ekinlarini narxi, texnika va

texnologiya narxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Demak tuproqqa, yerga qo‘yiladigan narx har bir alohida sharoitda o‘sha vaqt uchun hisoblanishi kerak. SHu bois bitta aniq doimiy formula yoki qonun-qoida yozilishi qiyin va murakkab ilmiy ish hisoblanadi.


YER SOLIG‘I VA NARXI


Tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari, tabiiy geografik sharoiti, o‘rnashgan joyi, ekologik holati birgalikda uning narxini belgilashi mumkin. Uning qiymatidan kelib chiqib, unga soliq belgilash ham yo‘lga quyiladi.

Tuproqni xossalarini nisbatan osongina yomon tomonga qaratib buzish mumkin, lekin uni tuzatish, yaxshilash esa juda murakkab va mashaqqatli mehnat talab qiladi.

Ko‘pchilik hollarda tuproqqa bo‘lgan munosabatimiz yomon, yoxud beparvo, bu esa oxir oqibatda tuzatib bo‘lmas natijalarga olib keladi. Bunday bo‘lishiga sabab tuproqlarimiz, yerlarimiz bepul, qolaversa egasiz.

Mamlakat miqyosida oladigan bo‘lsak yiliga unudorlikni yo‘qolgan qismini hisoblasak katta-katta raqamlarni tashkil qildi. Biz bu yo‘qotishni pulga aylantiradigan bo‘lsak, miliardlab so‘mni tashkil qiladi. Lekin bu yo‘qotishlar pul tariqasida hech ham hisoblangani yo‘q. Hatto almashlab ekish maydonida birigada uchun, xo‘jalik uchun ham hisoblanmaydi.

Yerdan, tuproqdan yana ham samaraliroq foydalanish uchun yangicha sharoitda, yangicha xo‘jalik yuritishda, tuproqlarni degradatsiyalanishdan himoya qilishda ularga, ya’ni tuproqqa va Yerga narx qo‘yish maqsadga muvofiq. Albatta bizning mamlakatimizda Yer davlat mulki ekanligini ham unutmasligimiz kerak.

Yerga va tuproqqa qo‘yilgan narx-navolar bir xilda bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas.

Narx eng avvalo tuproq unumdorligi va yer maydonining texnologik xususiyatlariga bog‘liq holda ishlangan bo‘lishi kerak. No qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratiladigan yerlarning narxi maqsadga qarab, joylashgan joyiga bog‘liq ravishda xilma-xil bo‘lishi tabiiy holdir.

Shuni alohida aytish mumkinki ishni biroz soddalashtirish uchun, tuproqqa va yerga alohida-alohida asosiy narx belgilanishi kerak. Bu narxga turli koeffitsiyentlarni ko‘paytirish asosida keyingi, ya’ni aniq bir moydon tuprog‘i yoki yeri uchun narx ishlanadi. Bu masalalar murakkab bo‘lib, qator o‘rinlarda o‘z echimini kutmoqda.

Ayni bir vaqtda tuproqqa narx belgilash, yerga narx qo‘yish quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zda tutadi.


  1. Eng avvalo tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilmog‘i darkor, ya’ni shuni ko‘zda tutadi.

  2. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishni kamaytirishga, imkoni bo‘lsa, to‘xtatishga xizmat qilishi kerak.

  3. Qishloq xo‘jaligi uchun nobop yerlarni qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritish, rekultivatsiya ishlarini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak.

Yerga, tuproqqa quyiladigan narxni bir xilga keltirish mumkin ham emas, mantikdan ham uzoq. Shu bois yerga, tuproqqa quyiladigan narx mintaqa, viloyat,

tuman, xo‘jalik tuproq ayirmasigacha borishi kerak. Demak alohida-alohida ishlanmog‘i darkor.

Masalan; bo‘z tuproqlar uchun narx ishlanganda eng avvalo bu tuproqlarni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan, nam bilan ta’minlangan va ta’minlanmagan hamda tipchalarga bo‘linishi e’tiborga olinadi va asosiy narx ishlanadi. Keyinchalik sho‘rlanganligi, eroziyalanganligi, mexanik tarkibi va boshqalarni e’tiborga oluvchi maxsus pasaytiruvchi koeffitsiyentlar ishlanib asosiy narxga ko‘paytirish asosida oxirgi narx chiqariladi.

Buni quyidagicha tasvirlash mumkin, aytaylik eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning yagona narxi 100 ming so‘m. Bu tuproq kuchsiz sho‘rlangan (pasaytiruvchi koeffitsiyent 0,85), kuchsiz yuvilgan (0,88), o‘rtacha toshli (0,79) bo‘lsa, u holda bu yerimizning narxi (N) N = 100*0,85*0,88*0,79=59 ming 92 so‘mni tashkil qiladi.

Bu o‘rinda eng murakkab ish dastlabki stavka narxini belgilash va koeffitsiyentlarni aniqlash hisoblanadi. Bu kabi ishlar respublika tuproqlari uchun ilmiy asoslangan tarzda haligacha ishlanmagan o‘z echimlarini kutmoqda.

Mamlakat bozor munosabatlariga o‘ta boshlagach 1990 yilda "Yer to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi, unga asosan yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pulli bo‘lishi belgilandi.

1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan "Yer solig‘i to‘g‘risida"gi maxsus qonun qabul qilindi, unda soliq solishning ob’ektlari va sub’ektlari, imtiyozlar, soliq to‘lash tartibi va hokazolar batafsil belgilab berildi.

Yer solig‘ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini tartibga solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo‘ldi.

Yerdan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlarni iqtisodiy usullar yordamida asrash hozirgi davrda yerdan pulli foydalanishni joriy etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Yer solig‘i stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.

Jahon bo‘yicha yer solig‘i stavkalari o‘rtacha yer qiymatining 5% ni tashkil qiladi. Bizning mamlakatimizda tabiiy geografik, iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olib bu raqam 3% deb qabul qilingan.

Yer uchun to‘lanadigan soliq miqdori bizning mamlakatimizda yerlarni sifati, tabiiy iqlim mintaqalari bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadida sug‘oriladigan yerlar uchun soliq stavkalari ma’muriy tumanlar bo‘yicha, ularning tuproqlarini ball bonitetilariga tayangan holda 10 darajaga bo‘lib belgilangan.

Bonitet ballarini aniqlashda yuqorida tanishganimizdek tuproqlarning genetikaviy kelib chiqishi, sug‘orishning davomiyliligi, agroiqlimiy resurslar va boshqa tuproqning qator xossa va xususiyatlari e’tiborga olinadi va 100 balli tizimda aniqlanadi.

Sug‘oriladigan yerlarda joylashgan jamoatchilik qishloq xo‘jaligi yerlari uchun to‘lanadigan yer solig‘i stavkalari quyidagicha qabul qilingan.

Misol tariqasida Farg‘ona viloyatining ayrim tuman va shaharlari uchun yer solig‘i stavkalari (42) jadvalda ko‘rsatilgan. Bu stavkalarni ishlab chiqish jarayonida tuproqning ball boniteti, kategoriyasi e’tiborga olingan.


  1. jadval.

Sug‘oriladigan jamoatchilik qishloq xo‘jaligi yerlari uchun olinadigan yer solig‘i stavkalari


(Farg‘ona viloyati ayrim tumanlari va shaharlari).

Tumanlar, shaharlar



Bir gektar yer uchun toifalar bo‘yicha yer solig‘i stavkalari, so‘mlarda

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Baho- lanma-

gan yerlar



0-10

ball


11-20

ball


21-30

ball


31-40

ball


41-50

ball


51-60

ball


61-70

ball


71-80

ball


81-90

ball


91-100

ball


Oltiariq

496,6

138,3

1106,9

1617,8

2299,0

337,6

4426,0

5745,9

7066,8

8612,4

2299,0

Oxunboboyev

471,1

705,9

1058,9

1547,5

2199,6

3192,9

4233,9

5496,6

6758,8

8236,8

2199,6

Bag‘dod

487,5

730,5

1095,1

1600,3

2274,5

3302,1

4377,3

5684,8

6988,8

8518,0

2274,5

Beshariq

540,1

810,5

1214,9

1775,8

2523,8

3665,3

4859,9

6309,5

7757,1

9455,1

2523,8

Buvayda

514,0

770,3

1155,6

1688,0

2399,8

3483,5

4619,5

5997,0

7373,4

8985,6

2399,8

Dang‘ara

530,4

794,3

1191,5

1740,6

2474,5

3591,5

4763,1

6183,0

7605,0

9266,4

2474,5

Quva

626,0

939,1

1407,9

2057,3

2923,8

4245,1

5618,5

7307,9

8988,0

10952,4

2923,8

Quvasoy sh.

567,5

850,3

1275,3

1863,5

2648,9

3845,4

5100,0

6621,8

8141,8

9922,8

2684,9

Farg‘ona sh.

599,9

899,0

1347,5

1968,8

2298,8

4063,8

5388,3

6995,4

8603,4

10484,8

2798,8

Lalmikor yerlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatzorlar uchun olinadigan yer solig‘i stavkalarini ishlab chiqishda qoidaga muvofiq ravishda yog‘ingarchilik bilan ta’minlanganlik darajasi 3 toifaga bo‘lib e’tiborga olingan va viloyatlar bo‘yicha quyida (43) jadvalda keltirilgan. Bunda tog‘ va tog‘oldi, adir va tekislik kabi toifalarga ajratib yer solig‘i stavkalari belgilangan.



  1. jadval.

Lalmikor ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatzorlar uchun olinadigan yer solig‘i stavkalari.

Viloyatlar



Mintaqalar bo‘yicha 1 ga yer uchun yer solig‘i stavkalari (so‘mlarda)

Tekislik (yog‘ingarchilik bilan ta’minlanmagan)

Adir (yog‘ingarchilik bilan yarim

ta’minlangan)



Tog‘oldi va tog‘ (yog‘ingarchilik bilan

ta’minlangan)



Andijon

70,3

74,1

112,4

Jizzax

66,3

69,8

113,1

Navoiy

66,3

69,8

113,1

Namangan

73,4

83,9

104,5

Qashqadaryo

73,4

83,9

104,5

Samarqand

66,3

94,3

119,0

Surxandaryo

59,0

83,9

104,5

Sirdaryo

66,3

87,8

112,4

Toshkent

70,3

116,3

139,6

Qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmayotgan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalarida suv havzalari, kanallar, kollektorlar, yo‘llar bilan band, jamoatchilik qurilmalari va xovlilar, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun alohida yer solig‘i stavkalari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun quyidagi (44) jadvalda keltirilgan.



  1. jadval.

Qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmayotgan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.

Respublika, Viloyatlar



1 ga yer uchun yer solig‘i stavkalari, so‘mlarda

Suv havzalari,

kanallar, kollek-torlar, yo‘llar



Jamoatchilik

qurilmalari va xovlilar



Qishloq xo‘jaligida

foydalanilmaydigan boshqa yerlar.



Qoraqalpog‘iston

14,4

8072,5

2,0

Andijon

23,4

13312,5

2,0

Buxoro

18,8

10557,5

2,0

Jizzax

16,4

9106,3

2,0

Navoiy

17,5

10347,5

2,0

Namangan

20,3

10763,8

2,0

Qashqadaryo

16,4

8798,8

2,0

Samarqand

22,3

11797,5

2,0

Surxandaryo

24,6

13657,5

2,0

Sirdaryo

12,9

7651,3

2,0

Toshkent

20,3

11071,3

2,0

Farg‘ona

20,3

11071,3

2,0

Xorazm

20,3

10763,8

2,0

Shaharlar va qo‘rg‘onlardagi yer uchaskalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari boshqalardan farqli bo‘ladi. Bu stavkalar shaharlar markazdan uzoq va yaqinligiga ko‘ra maxsus xududlarga bo‘linadi va differentsiatsiyalangan holda soliq to‘laydilar.



  1. jadval.

Shaharlar va qo‘rg‘onlardagi Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari.



Shaharlar, viloyatlar

Olinadigan yer solig‘i stavkalari

Korxona muassasa va tashkilotlardan 1 ga yer uchun (so‘mlarda)

Yakka tartibdagi turar joy qurish uchun berilgan yerlarga fuqarolardan

(1m2 uchun)



1-zona

2-zona

3-zona

4-zona

1-zona

2-zona

3-zona

4-zona

Farg‘ona

485913

441383

326888

342225

4,4

4,0

3,4

3,0

Andijon

592090

555680

519258

478015

5,4

5,1

4,7

4,4

Namangan

589243

552825

516411

486868

5,4

5,0

4,7

4,4

Marg‘ilon

391806

327308

275976

-

3,5

2,9

2,5

-

Chust

347931

283433

241968

-

3,2

2,6

2,2

-

Shahar va shahar posyolkalari iqtisodiy zonalari, hamda sug‘oriladigan va lalmi-yaylov xududlar, tuman va shahar xokimiyatlari tomonidan o‘rnatiladi.

Jadvallarda keltirilgan yer stavkalariga, yer maydonchasining joylashgan o‘rniga bog‘liq holda maxsus koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. Toshkent shahri atrofida 20 km radiusda - 1.30, viloyat markazlari atrofida 15 km radiusda 1.20, tuman markazlari atrofida 15 km radiusda - 1.15, boshqa shaharlar atrofida 5 km radiusda - 1.10.

Keltirilgan stavkalarga yerlarning sifatiga bog‘liq ravishda, ya’ni tuproqlarning ball bonitetiga bog‘liq holda alohida koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. Tuproqni ball

boniteti 40 ball bo‘lganda 0.75, 41-70 ballgacha 1.0 va 71 balldan boshlab 1.25 koeffitsiyentlar belgilangan.

Shahar va shahar posyolkalarining ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jalik yerlariga belgilangan stavkalar bo‘yicha 2.0 koeffitsiyentini qo‘llagan holda undiriladi.

Kon va karyyerlar band qilgan yerlar uchun yer solig‘i shu kabi zonalar uchun belgilangan stavkalarni 0.1 koeffitsiyentini qo‘llash asosida soliq to‘laydilar.

Shahar va shaharchalarda joylashgan uchastkalarga egalik qilinganlik va foydalanganlik uchun undiriladigan yer solig‘i maxsus ilova asosida (jadval) quyidagi tartibda hisoblanadi.



  1. jadval.

Shaharlar va shaharchalarda joylashgan uchastkalarga egalik qilinganlik va foydalanganligi uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.



Shaharlar, viloyatlar

Yer solig‘i stavkalari

1 ga uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan olinadigan (so‘mlarda)

Shaxsiy uy-joy qurilishiga fuqoralarga berilgan yerlar uchun (1 kv m.

so‘mlarda.)



1-hudud

2-hudud

3-hudud

4-hudud

1-hudud

2-hudud

3-hudud

4-hudud

Farg‘ona

2215

2012

1818

1560

20,14

18,29

15,62

14,18

Andijon

2699

2533

2967

2179

24,54

23,03

21,52

19,81

Asaka

1599

1305

1116

-

14,53

11,86

10,15

-

Namangan

2686

2520

2354

2166

24,42

22,91

21,40

19,69

Marg‘ilon

1786

1492

1258

-

16,23

13,56

11,44

-

Chust

1586

1292

1103

-

14,42

11,74

10,03

-

Misol: Uy egasi Toshtemirov Ergash Farg‘ona shahar, Beshbola ko‘chasida yashaydi, yakka tartibdagi turar-joy qurilishi uchun berilgan 655 kv. metr yer maydoniga ega. Bu maydon shaharning 4 xududida joylashgan. "Yer solig‘i to‘g‘risida"gi konunga muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun fuqorolarga bir oila uchun 0.06 ga (600 m2) gacha yer beriladi. Shunday qilib Toshmatov Ergash me’yoridan ortikcha 55 m2 (655-600) yer maydoniga ega.

Yakka tartibdagi qurilish uchun berilgan yerlarga yer solig‘i stavkasi ushbu yo‘riqnomaning 5 ilovasiga (jadval) muvofiq Farg‘ona shaharidagi 4 xududga 1 m2 yerga 14,18 so‘mdir. Bu holatda fuqoro 600 m2 uchun har kvadrat metriga 14 so‘m 18 tiyindan, me’yordan ortiqcha maydon uchun esa har kvadrat metriga ikki barobar miqdorda 14.18*2=28.36 so‘m to‘laydi. Soliqning umumiy summasi (600*14.18)+55*14,18*2=10067 so‘m 80 tiyin yoki yaxlitlab aytadigan bo‘lsak 10068 so‘m bo‘ladi.

Shu va shunga o‘xshash tartibda boshqa shahar va qishloq, posyolkalar aholisi uchun, korxonalar uchun Yer solig‘i hisoblanadi.


Tayanch iboralar. Potentsial unumdorlik, iqtisodiy unimdorlik, tuproq qatlami, koeffitsiyent, TEI, tarif kategoriyalari, eroziya, gips, gleylashgan, Yer solig‘i, mexanik tarkib, Yer va tuproq narxi, lalmikor yerlar, Yer solig‘i stavkasi.

Takrorlash uchun savollar.


  1. Tuproq va Yer narxlarining farqi?

  2. Tuproq va Yer maydonchasiga qo‘yilgan narxlar qanday maqsadlarni ko‘zda tutadi?

  3. Tuproq narxini aniqlash yo‘llari?

  4. Tuproq narxini hisoblashda qanday tarif kategoriyalaridan foydalaniladi?

  5. Tuproqqa narx belgilash va Yerga narx qo‘yish qanday maqsadni ko‘zda tutadi?

  6. Bo‘z tuproqlar uchun narx ishlashda eng avvalo qanday belgilariga asoslanamiz?

  7. Jahon bo‘yicha Yer solig‘i stavkalari o‘rtacha Yer qiymatining necha foizini tashkil qiladi?

  8. Yer solig‘i stavkalari to‘g‘risida misollar keltiring?

  9. Ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan va boshqa shu kabi yerlar uchun undiriladigan Yer solig‘i stavkalari?

  10. Aholi uchun har kvadrat metrga to‘lanadigan Yer solig‘i stavkalarini hisoblash tartibini tushintiring?

ADABIYOTLAR


    1. O‘zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi" T. 1998.

    2. O‘zbekiston Respublikasi "Davlat Yer kadastri" to‘g‘risidagi qonun T. 1998.

    3. O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida T. 2000 y.

    4. Abdullayev S., Sattorov D.S. Osnovnie pochvennie problemi Uzbekitana, trebuyushie srochnogo resheniya. «Orol dengizi xavzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasining dolzarb muammolari». Ilmiy- amaliy anjuman mahruzalar to‘plami (25-26 noyabr 2002 y) T. 2002.

    5. Gavrilyuk F.YA. Bonitirovka pochv M. 1974.

    6. Qayumov F.K., Abdug‘aniyev A., Frolov V.T., Maqsudov J.M. va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sifatiy, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat uslubi RX-16-025-00. T. 2000.

    7. Qo‘ziyev R.Q., Axmedov A.U., Maqsudov J.M. va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining sug‘oriladigan yerlarida tuproqning sho‘rlanganligini tekshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma RX-31-045-01. T. 2001.

    8. Qo‘ziyev R.Q. Tuproq unumdorligi va uning intensiv dehqonchilik tizimida o‘zgarishi. «Orol dengizi xavzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasining dolzarb muammolari». Ilmiy-amaliy anjuman mahruzalar to‘plami (25-26 noyabr 2002 y) T. 2002.

    9. Qo‘ziyev R.Q., Yo‘ldashev A. va boshqalar O‘zbekiston respublikasi sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini baholash. «Orol dengizi xavzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasining dolzarb muammolari». Ilmiy-amaliy anjuman mahruzalar to‘plami (25-26 noyabr 2002 y) T. 2002.

    10. Maqsudov J.M., Nagayev G.G., Akramov I.A., Qo‘ziyev R.Q., Axmedov A.U. Tuproq xaritalari va yerni baholash xujjatlaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma RX-31-044-01. T. 2001.

    11. Maqsudov J.M., Tursunov A.A., Komilov B. Solevaya syomka xozyaystv Xorezmskoy oblasti i izmenenie meliorativnogo sostoyaniya zemel. «Orol dengizi xavzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasining dolzarb muammolari». Ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalar to‘plami (25-26 noyabr 2002 y) T. 2002.

    12. Sattorov J.S., Elyubayev S. va boshqalar "O‘zbekistonda paxta etishtiriladigan yerlarning unumdorligini baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma T. 1994.

    13. Sattorov J.S., Turapov I.T., Qo‘ziyev R.Q. Sovremennoe sostoyanie i zadachi issledovaniy po bonitirovke pochv. «V kn. Nauchnqe osnovq bonitirovki pochv v usloviyax rqnochnqx otnosheniy». T. 1996 g.

    14. Tolipov G.A., G‘ulomov X.G., Maqsudov J.M., Akramov I.A. "O‘zbekiston Respublikasi Yer kadastri" T. 1994.

    15. Shishov L.L., Durmanov D.N., Karmanov I.I., Efremov V.V. Teoriticheskie osnovi i puti regulirovaniya plodorodiya pochv M. 1991.

80


View publication stats
Download 248,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish