Bu usulda tuproqlarni baholashni mazmuni quyidagilardan iborat.
Yerni sifat jihatdan baholashni so‘rov savollari orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida o‘tkazish.
So‘rov savollarga javob berish, to‘ldirish yer egalari va yer boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan.
So‘rov savollarini tarqatish, ularni to‘plash, tekshirish uezd politsiya boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan.
Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan savollarni tushunadigan va ularga to‘g‘ri javob beradigan xodimlar etarli bo‘lmagan. Chunki statistika xodimlari ichida hatto maxsus ma’lumot emas, balki to‘liq o‘rta ma’lumotli bo‘lmaganlari ham ko‘p uchrab turadigan holat bo‘lgan.
Politsiya maxkamasi esa ma’lumotlar soni to‘g‘rimi, hammasi to‘ldirilganmi yo‘qmi, shu savollarga javob bergan. So‘rovnoma ichidagi savollarni mohiyatini tushinadigan odam bu zanjirda deyarli bo‘lmagan.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan yerlarni baholash shu tarzda bajarilgan.
Bu usulni o‘zini oqlamasligi tezda ma’lum bo‘ldi, shu bois boshqa usullar izlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |