MA’RUZA-3. Eksperimental statistik modellashtirish usuli
Reja:
Eksperimental statistik modellashtirish usuli.
Eng kichik kvadratlar usuli;
Chiziqli regressiya;
Regression tahlil.
Agar modellashtirilayotgan ob’ekt yetarli darajada o’rganilmagan bo’lsa va determinlashgan modelni tuzish imkoniyati bo’lmasa, unda jarayonning matematik modeli eksperimental statik modellashtirish usuli bilan tuziladi. Bunda statistik material aktiv yoki passiv eksperiment qo’yish usuli bilan to’planadi.
Passiv eksperimentda, tajriba o’zgaruvchilarni galma-gal o’zgartirib borib yoki ishlab turgan texnologik apparatlarda aloxida parametrlarning o’zgarishlarini yozib borib yoki ishlab turgan texnologik apparatlarda aloxida parametrlarning o’zgarishlarini yozib borib, to’plangan statistik materialni regression xamda korrelyasion tahlil qilish usullari yordamida qayta ishlanadi.
Aktiv eksperiment o’tkazish bilan obyekt to’g‘risida statistik ma’lumot to’plashda, tajribani zamonaviy rejalashtirish usullarini qo’llanishi sababli, tajribalar sonini qisqartirsh mumkin.
Shunday qilib, tajriba (ma’lumotlarini) natijalarini qayta ishlashda regression va korrelyasion tahlil qilish usullarini qo’llab, jarayonning matematik modelini olish mumkin:
(3.1)
bu yerda, x1,x2,...xk- faktorlar (texnologik parametrlar) tajriba natijasida olingan.
Regressiya tenglamasining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
(3.2)
bu yerda, b0 - erkin xad
bj - chiziqli effekt koeffitsienti
bjj - kvadratik effekt
buj - o’zaro ta’sir koeffitsienti.
Bu tenglama koeffitsientlarini «eng kichik kvadratlar» usuli yordamida aniqlanadi, ya’ni quyidagi shart bo’yicha:
(3.3)
bu yerda,
ajratib olingan tajribalar soni, bu shart bo’yicha, funksiyaning hisobiy qiymati (Yxi ) va eksperimental qiymatlari farqlarining kvadratlarini yig‘indisi, minimumga intilishi kerak.
Ob’ektning chiqish parametrining (y) kirish parametridan (X) bog‘liqligini aniqlash uchun tajriba o’tkazilgan. Bu tajriba natijalari Y va X koordinata tizimsiga joylab chiqilgan. X ning butun o’zgarish intervali X bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Har bir intervalga tushgan nuqtalarni shu interval o’rtasiga moslab, shu intervalga tug‘ri kelgan ularning o’rtacha qiymatlarini hisoblanadi.
(3.4)
bu yerda,
ni- ushbu intervaldagi tajriba nuqtalari
X
3.1-rasm. Regressiya egri chizig’i
So’ngra, bu o’rtacha qiymat nuqtalarini birlashtirib, regressiyaning emperik egri chizig‘ini olamiz. Bu chiziq ko’rinishiga qarab, regressiya tenglamasini tanlab olish mumkin,
Do'stlaringiz bilan baham: |