Issiqlik almashinish qurilmalari.
Maqsadi, turlari, regenerativ, aralashtiruvchi, rekuperativ, truba, ilonsimon, truba ichida truba, plastinali, spiralsimon, g‘ilofli, sovituvchi qurilmalar.
Kimyo sanoatida maxsulotlarni issiqlik ta’sirida qayta ishlash jarayonidan keng foydalaniladi. Bu jarayon quyidagi maqsadlarga olib boriladi:
1) jarayon xaroratini berilgan darajada ushlab turish;
2) sovuq maxsulotni isitish yoki issiq maxsulotni sovitish;
3) bug‘ni kondensasiyalash;
4) eritmalarni qo‘yiltirish va shu kabi boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Bu jarayonlar aloxida olingan issiqlik almashinish qurilmalarida yoki texnologiya qurilmasining o‘zida amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinish qurilmalari umuman olganda ikkiga bo‘linadi:
1. Issiqlik almashinish qurilmalari
2. Ryeaktorlar.
Issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik almashinish jarayoni asosiy jarayon xisoblanadi. Reaktorlarga esa fizik-kimyoviy jarayonlar asosiy xisoblanib, issiqlik almashinish esa yordamchi jarayondir.
Kimyo, neftь-kimyosi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoatlari korxonalarida ishlatiladigan texnologik uskunalarning katta ulushini issiqlik almashinish qurilmalari tashkil qiladi. Kimyo sanoatida ishlatiladigan issiqlik qurilmalari umumiy qurilmalarning o‘rta xisobda 15-18% ini tashkil etsa. Nyeftь-kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatlarida esa bu raqam 50%ga teng, chunki kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari (bug‘latish, rektifiklash, quritish va boshqalar) issiqlikning berilishi yoki uzatilishi bilan bog‘liqdir.
Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Ish prinsipiga ko‘ra issiqlik almashgichlar uchga bo‘linadi: 1) rekuperativ; 2) regenerativ; 3) aralashtiruvchi.
Rekuperativ (yoki yuzali) issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muxitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o‘tadi.
Regenerativ issiqlik almashgichda kattiq jismdan tarkib topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontakda bo‘ladi. Kattiq jism unga tegib o‘tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o‘tganda esa kattiq jism o‘z issiqligini unga berib soviydi. Shunday qilib bunday qurilmalar (regeneratorlar) da issiqlik tashuvchi agentlarning xarakatidan tashqari kattiq jismning mavjud bo‘lishi zarur.
Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o‘zaro uchrashuvi va aralashuvchi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi.
Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko‘ra turlarga bo‘linadi: 1. Konstruktiv tuzilishi ko‘ra. 2. Ishlatilish maqsadiga ko‘ra. 3. Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra. 4. Issiqlik berish usuliga ko‘ra turlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |