Plastinali va spiralsimon issiqlik almashgichlar.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalar i suyuqliklarning metall listlardan tayyorlangan bir necha qator parallel plastinkalardan tuzilgan bo‘ladi. Plastinalar o‘rtasidagi kanallar ikki guruxga bo‘linadi: birinchi gurux kanallaridan issiqlik tashuvchi agent xarakat kilsa, ikkinchi gurux kanallaridan esa issiqlik qabul qiluvchi agent xarakat qiladi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalari juda ixcham bo‘lib, ikkala issiqlik tashuvchilarni katta tezlik bilan o‘tkazish imkonyatiga va yuqori issiqlik o‘tkazish koeffisiyentiga ega. Biroq, bunday qurilmalar katta bosimlarga bardosh bera olmaydi, isitgichni taomirlagandan keyin plastinalar orasidagi tegishli zichlikni yana xosil qilish qiyin.
Sanoat miqiyosida ishlab chiqarilayotgan plastinali qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi plastinalarning tipavoy o‘lchamiga ko‘ra 2 dan 600 m2 gacha yetadi; bunday qurilmalarni bosimi 1.6 MPa gacha va ish muxitining xarorati -30 dan + 180 S gacha o‘zgarganda ishlatiladi.
Bu qurilmalar qalinligi 1 mm bo‘lgan metall listdan tayyorlanadi.Plastinalar qat-qat burmalarining ko‘ndalang kesimi odatda 4-7 mm va asosi 14-30 mm bo‘lgan teng tomonli uchburchak ko‘rinishiga ega.
Bunday qurilmalar asosan atmosfera bosimida gazlar o‘rtasida issiqlik almashish uchun xizmat qiladi (masalan, xavoni tutunli gazlar bilan istish uchun ishlatiladi).
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalari to‘g‘ri turtburchaklik kesimiga ega bo‘lgan ikkita kanallardan iborat. Kanallar suyuqliklarning metall plastinalardan to‘zilgan bo‘lib, ular issiqlik almashinish yuzasi vazifasini bajaradi. Spirallarning ichki tomonidagi uchlari ajratuvchi tusik orqali biriktirilgan. Kanallar sistemasi qopqoq yordamida berkitilgan .
Gorizontal spiralsimon qurilmalar ikkita suyuqlik o‘rtasida issiqlik o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Vertikal spiralsimon qurilmalar esa kondensasiyalanayotgan bug‘ va suyuqlik orasida issiqlik almashinishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Sanoatda isitish yuzasi 10-100 m2 va ish muxitining xarorati 20-200 S bo‘lgandan xamda 1MPa gacha bosim bilan xam ishlashi mumkin bo‘lgan spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalari ishlab chiqariladi.
Afzalliklari: to‘zilishi ixcham, ikkala issiqlik tashuvchi agentni katta tezlik bilan o‘tkazish mumkinligi uchun katta issiqlik o‘tkazish koeffisiyentiga ega, gidravlik qarshiligi ko‘p yulli qobiq-trubali qurilmalarnikiga karaganda kam.
Kamchiliklari: tayyorlash va sozlash murakkab, 1MPa dan ortiq bosim bilan ishlash mumkin emas.
Gidromexanika.
Parallelepiped, massa, proyeksiya, koordinata, Eyler tenglama, Navye-Stoks, Bernulli, napor, gidromexanik.
Do'stlaringiz bilan baham: |