1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

Disneylend 
- multfilmlar asosida qurilgan madaniy dam olish maskani, u 
bog’da siz sevimli qahramonlarning karikaturalarini, mashhur voqealarni 
ko’rishingiz, umda o’zingiz ham ishtirok etishingiz mumkin.
Akvaparklardagi
basseynlar, suvli attraksionlar yordamida siz sun'iy 
to'lqinlarda suzishingiz, energiya olishingiz, tezlikni va hayajonni his qilishingiz 
hamda yaxshi kayfiyatga erishishingiz tayin.
Miniatura bog’larda
siz dunyoning eng buyuk mo'jizalarini 25 barobar 
maydalashtirilgan kichik nusxalarini ko'rishingiz va bahra olishingiz mumkin.


Lego Parklar 
esa sizga o'z qo'llaringiz bilan siz hohlagan ob’ektlarni yaratish 
imkonini beradi va bu sizga quvonch keltiradi. Buyuk Ustyugda siz haqiqiy “Santa 
Klaus”ni, uzoq Laplandiyada esa unbing “rasmiy uy”ini ko’rish mumkin.
Etnik bog’larda
turistlar xalqlarning milliy madaniyati hamda madaniyati 
tarixi bilan tanishishlari mumkin bo’ladi. 
Safari bog’larda
esa yovvoyi tabiatni kuzatish mumkin.
Mavzuli bog’lar tarixi umumiy dam olish joylari bilan boshlandi va ular bilan 
bevosita bog’liq.
Bakken-Park - Skandinaviyada eng qadimgi madaniy dam olish va o’yinli 
park. U 1583 yilda Kopengagendan 10 km. uzoqda joylashgan Klampenborg 
(Daniya)da ochilgan.
Hikoya qilishlaricha, 1583 yilda bir qiz shimoliy Kopengagendagi bog’da 
Qirol kiyikni ko'rib qoladi. Ushbu yerdan shifobaxsh suv topiladi. Suv atrofida asta-
sekin restoranlar, attraksionlar va dam olish ob’yektlari qurilgan.
O'rta asrlarda Yevropa shaharlarida dam olish bog'lari mavjud bo’lgan. Bu 
bog'lar, odatda, shahar tashqarisida joylashgan bo’lib, ularda mushakbozliklar, raqs 
va o'yinlar bo’yicha tadbirlar tashkil etilgan.
Bugungi kunda Bakken-parkida 150 dan ziyod attraksionlar, 35 ta restoran va 
kafelar mavjud bo’lib, yiliga 2,5 million tashrifchilarni qabul qiladi.
Mashhur qo’g’irchoq qahramonlari bilan bolalar uchun ishlaydigan P’yero 
parki o’z xususiyatlari bilan ajtralib turadi.
2005 yilda ushbu Parkda Xalqaro Santa-Klaus Kongresining 38 festivali 
bo’lib o’tdi hamda unda turli mamlakatlardan 150 dan ortiq san'at vakillari ishtirok 
etdi. Kongressning ochilish marosimida 300 nafar bolalar archa atrofida raqsga 
tushishdi. Santa-Klauslar Rojdestvo bayramini o’tkazishni muhokama qilishdi.
Tivoli
- dunyodagi birinchi istirohat bog'lari biri. U 1843 yilda Kopengagen 
(Daniya)da ochilgan. 
Park Kopengagen shahri markazida barpo etilgan. Bugungi kunda “Tivoli” 
parki 8 gektar maydonni o'z ichiga oladi. Parkda yoshlar, o'smirlar va kattalar uchun 
alohida attraksionlar tashkil etilgan. 
Park o’z ichiga Vikinglar kemasini, amerika tepaliklarini, turli attraksionlarni 
va karusellarni, pantomima teatrlarini o’z ichiga oladi. Uning repertuaridan Pierrot, 
Kolumbine, Arlekino va boshqalar joy olgan. Kontsert zalida Jazz festivallari bo'lib 
o'tadi. Bog'da rang-barang paradlar, mushakbozliklar bo’lib o’tadi. Bu Parkda 
mehmonlarga turli xil narx siyosatini taqdim etuvchi yigirma to'rtta restoranlar 
faoliyat ko’rsatadi. Tivolidagi eng jozibador joy sifatida qirg’oqda suzub yuruvchi 
Sankt Jorj kemasi restorani e’tirof etiladi.
Park aprel oyining o'rtalarida sentyabr oyining oxirigacha va noyabrь oyining 
oxiridan 23 dekabr (ba'zan 30 dekabr)fa qadar faoliyat ko’rsatadi.
1952-yilda “Efteling” (Sehrli o’rmon) parki ochildi. Ushbu mashhur bog’ 
Gollandiya janubidagi Kaatsheuvel shahrida 50 gektar maydonda joylashgan. 
Park bir necha qismga tematik qismlardan iborat. O’yinlar uchun qayiq bilan 
birga suvli bog'lar, o'yin maydonlari mavjud. Niderlandiyadagi "Efteling" bog’i 
asrlar davomida o’zining ertaknamoligi bilan Evropadagi eng sirli mehmondo'st va 
jozibador istiroxat bog’i sifatida nom qozonib kelgan.


Madaniyat va istirohat bog'ilari orasida mashhur bo’lgan bug’li karusel XIX 
asrda ochilgan. U yerda mashhur ovchilar qal'asi va amerika tepaliklari bor edi. Bu 
bog’da har biri 5 santimetrdan 60 santimetrgacha bo’lgan Gnom-laafa 
qo'g'irchoqlarini estalik sifatida sotib olishingiz mumkin. Estalik uchun har bir 
Gnom-laaf aning nomi va hususiyatlari ko’rsatilgan pasporti hamda muhri bor. 
Mavjud bog'lar faoliyatlarini kengaytirishda davom etishmoqda hamda 
yangilari jadal qurilmoqda. 
Xalqaro turizm rivojlanishida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida ayniqsa 
ko‘ngilochar parklarga e’tibor kuchayib bordi. Dunyodagi eng yirik Disneyland-
Koliforniya (AQSH)da joylashgan ajoyib tematik bolalar parkidir. U qiziqarli 
multfilmlar asosichisi Uolt Disney -Walt Disney multfilmlarining motivi asosida 
ishlangan attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Dastlabki Disneylend 1954 yil Kaliforniya 
shtatining Akaxayma shahri (AQSH)da yirik o‘yinchoq shahar, ko‘ngilochar 
tomosha va attraksionga to‘la qilib qurilgan va butun dunyoga mashhur bo‘lgan. 
Noyob ko‘rinishi, shakli ega bo‘lgan, hajmiga ko‘ra ishonib bo‘lmaydigan darajada 
katta shou-sanoatni tashkil etuvchi va 40 yildan uzoqroq ekspluatatsiya qiluvchi 
maxsus kompaniya Walt Disney Company tashkil etilgan.
1960 yildan beri Disneylend aksiyalarining 100% Walt Disney Production 
kompaniyasiga tegishli, keyinchalik uning nomi Walt Disney So. ga o‘zgartirilgan. 
Park hududida ko‘llar va anhorlar, temir yo‘llar, modellashtirilgan shahar va 
djunglilar, g‘orlar va tog‘lar mavjud. Haqiqiy mavjud bo‘lgan va fantastik 
hayvonlarning harakatlanuvchi modellari o‘rnatilgan, muntazam ravishda minglab 
aktyorlar ertak va tarixiy qahramonlar kostyumi va rolida tomosha ko‘rsatadilar. 
Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi butun industriya yaratilgan va 26 oteldan iborat 
tizim qurilgan (faqat Kaliforniyada), ko‘pgina restoranlar, transport tarmoqlari, sport 
inshootlari, suzish basseynlari, tennis kortlari, golf va kreket maydonlari
otchoparlar, velosipedlarda uchish uchun yo‘laklar hamda qishda konkida uchish 
yo‘laklari qurilgan.
1971 yilga kelib, bu Disneylend 100 million tashrif buyuruvchilarga xizmat 
qilgan. Dunyo bo‘yicha turistlarga disneylendga kirish va har xil shoularda 
qatnashish uchun turistik yo‘llanma beruvchi va o‘nlab ixtisoslashgan turlarni 
amalga oshiruvchi maxsus turistik agentlik tashkil topa boshladi.
1971 yil Florida shtatining Orlando shahri (AQSH)da unga o‘xshash tomosha 
markazi 

Walt Disney Word (75 kv.km) qurildi. Keyingi analogik park Tokioda 
qurilgan (1983 y). Bular nihoyatda katta mablag‘lar evaziga qurilib, katta miqtorda 
daromadlar keltira boshladi. Lekin, inqiroz sharoitida xalqaro turistlar harakati ham 
ma’lum miqtorda chegaralanib qolmoqda. 
Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini barqaror 
rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z fikrini bildirib, «2009 yil 
xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot 
darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish-ustuvor 
vazifa bo‘lib qoladi
1
»-deb ta’kidladi.
1
Каримов. И. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон 2009 -46 б. 


Haqiqatan ham inqiroz sharoitida mavjud turistik resurslardan maksimal 
darajada foydalanish va aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash xizmat ko‘rsatish 
sohasida dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun bu sohada 
bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolardan biri respublikamizda turistik 
resurslardan oqilona foydalanish va turizmni xalqaro darajada rivojlantirishdan 
iboratdir. Bu sohada Yevropa tajribasini ham olishimiz mumkin.
Yevropada tematik va turistik parklarni yaratish asosan 1980 yillardan keyin 
boshlandi. Parijda 1992 yil dunyodagi eng yirik YevroDisney ishga tushirildi. U 
2000 gektar hududni o‘z (40 ta katta attraksion, 6 ta yirik otel kottejlardan iborat 
posyolka) ichiga oladi. An’anaga ko‘ra attraksionlar tematik yo‘nalishga ega 
bo‘lgan “fantasyland” - bolalar multfilmlari motiviga ko‘ra, “Arontierland” 
“Yovvoyi G‘arb” kovboy burchagi, “adventureland” zamonaviy Gollivud filmi 
motiviga ko‘ra sarguzashtlar, “space mountains” galaktik sarguzashtlar — 
fantastikasi, “star war” yulduzlar urushi (jang) va h.k.
Parkda ko‘pgina attraksionlar qurilgan, jumladan, Amerika tog‘lari, raketada 
oyga uchish, kapitan Nemo yer osti kemasi, vahima xonalari va boshqalar. Park 
atrofida 5 ta stansiyali temir yo‘l o‘tadi. Yasama ko‘llarda qadimiy g‘ildirakli 
kemada, hamda qayiqlarda suzish mumkin. Ko‘pgina qal’alar, qasrlar, ko‘priklar, 
sharsharalar, tonellar, g‘orlar qurilgan. Park ishga tushirilgan yili 11 mln. turist 
tashrif buyurgan. 
Yevropa mamlakatlarida qurilgan parklar attraksionlarni tashkil etish va uning 
turistlar bilan to‘lishi nuqtai nazaridan qish oylarida bir qator muammolarga duch 
keldi. Bozorni o‘rganish va yaxshi marketing siyosati natijasida 1994 yildan 
boshlab, tezlikda rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 1993 yil Fransiyada 
park zarar bilan ishlovchi korxona bo‘lgan (1993 yil zararlar 113 mln. AQSH 
dollarini tashkil etgan). Parkka kirish biletlarining bahosi 20% ga pasaytirildi, bir 
vaqtning o‘zida yangi attraksionlar ochildi. Ko‘rilgan choralar natijasida turistlar 
oqimi 30% ga oshdi va parkka 9 mln. kishi tashrif buyurdi, foyda taxminan 100 mln. 
AQSH dollarini tashkil etdi. 
Yevropada tashkil etilgan parklar hududi juda katta bo‘lib, uni bosib o‘tish, 
har bir attraksionda ishtirok etish uchun kamida bir hafta vaqt ham yetmaydi. 
Parklardagi bayram-shoular kun bo‘yi uzluksiz davom etadi. An’anaga ko‘ra, har 
kuni barcha ertak qahramonlari ishtirokida bir nechta shou o‘ynalari namoyish 
etiladi. Mashhur filmlardan original tryuklarni bajaruvchi kaskadyorlar guruhi 
tamoshalar ko‘rsatishadi. Parklarda misli ko‘rilmagan katta miqdorda suvenir va 
o‘yinchoqlar sotiladi, ular mashhur disney qahramonlari Mikki Maus sichqoni va 
h.k. Odatda dunyoning turli tomonidan kelgan turistlar parkda 2-3 kunini o‘tkazadi 
(standart tur ikki kun tunash), lekin 7 kun davomiylikka ega bo‘lgan turlar ham bor. 
Parkda o‘yin va attraksionlardan tashqari tizimlashtirilgan maktablar mavjud, 
ta’lim dasturlari o‘tkaziladi Youth Programm (10-15 yoshli bolalar uchun 6 soatdan 
3ta dastur) va Adult Yarniy Advetures Programm (katta yoshdagi bolalar va kattalar 
uchun 2ta dastur), Management Seminare (shou-biznesning nazariya va amaliyoti) 
va Educator Seminar kattalar uchun maxsus seminarlar o‘tkaziladi.
Biznes nuqtai nazaridan Disneylend o‘zlarini shou-biznesga bag‘ishlamoqchi 
bo‘lgan mutaxassis va kishilar uchun ajoyib maktab hisoblanadi. Bugungi kunda 


Disneylendga tegishli turistik agentliklar tomonida turistlar uchun bir nechta maxsus 
dusturlar ishlab chiqilgan va faol sotilmoqda. Ularning eng mashhurlari All inclusive 
PacKades, Classic Pakades - Classic plan, Food'n Fin Card, Specialired-lardir.
Dunyoning turizmi rivojlangan mamlakatlari Disneylendlar orqasidan katta 
miqtorda daromad olishmoqda. Bu kabi tajribani respublikamiz turizmiga ham joriy 
etish ishlari o‘tgan asrning oxirlarida amalga oshirila boshladi. O‘zbekistonda 
birinchi bo‘lib, Toshkentda 1996 yilda Disneylend ishga tushirildi. Bu Disneylendni 
yanada rivojlantirish va maxsus dasturlar ishlab chiqish lozim, chunki mamlakatimiz 
turistik imkoniyatlari jihatidan Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. 
Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan har bir turistda bu Disneylend katta taassurot 
qoldirishi lozimdir.
Ba’zi bir turistlar Parijdagi tarixiy eksponatlarini ko'rish uchun Luvr muzeyini 
hohlasa, ko'pchiligi Evro Disney — Uold Disneyning kashfiyotlarini tomosha 
qilishni yoqtiradi. Juda ko'p markazlar, xiyobonlar attraksionlar bilan to'la. Bular — 
arg'imchoqlar, qiyshiq oynalarning kulgu xonalari, uchish joylari. Misol uchun, 
Disney bog'ining tematik davomi bo'lgan kosmik uchishlami boshqarish pulti 
shaklida jihozlangan bolalaming elektron o'yinlari uchun butun bir zalni ajratilgan 
«Disney Magik», Amerikada esa otlarda yurish, har xil fantastik, mexaniq va 
elektron ko‘rinishdagi tomoshalardir. Hozirgi kunda yuqori darajaga erishgan “ 
Disney Magik” kruiz laynerini keltirish mumkin. Attraksionlar tizimida bolalarning 
avtomat o‘yinlari katta o'rin tutadi, kattalar uchun esa yanada jiddiyroq o‘yin 
sanoatining yangi kategoriyasiga oid ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’quldir. Ular 
billiard, karta, ruletka va boshqalardir. 
Yevropa mamlakatlarida qurilgan parklar attraksionlarni tashkil etish va uning 
turistlar bilan to‘lishi nuqtai nazaridan qish oylarida bir qator muammolarga duch 
keldi. Bozorni o‘rganish va yaxshi marketing siyosati natijasida 1994 yildan 
boshlab, tezlikda rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 1993 yil Fransiyada 
park zarar bilan ishlovchi korxona bo‘lgan (1993 yil zararlar 113 mln. AQSH 
dollarini tashkil etgan). Parkka kirish biletlarining bahosi 20% ga pasaytirildi, bir 
vaqtning o‘zida yangi attraksionlar ochildi. Ko‘rilgan choralar natijasida turistlar 
oqimi 30% ga oshdi va parkka 9 mln. kishi tashrif buyurdi, foyda taxminan 100 mln. 
AQSH dollarini tashkil etdi. 
Ispaniyaning bir bo‘lagi bo‘lmish Tenerife orolida Logo bog’i joylashgan.
Tenerifeni bejizga abadiy bahor oroli, deb atashmaydi. Iqlimi ham shunga 
yarasha. Havosi na soviydi va na isib ketadi. 
Allaqachonlar so‘nib bo‘lgan Teyde vulqoni esa orolga ajib bir go‘zallikni 
hadya etgan. Qulay ob-havo sharoiti tufayli bu yerda 1200 turdagi nabotot va 109 
xildan ziyod hayvonot olami yashab keladi. Shunday bo‘lsa-da, Tenerifeda zaharli 
ilon va hashoratlar deyarli uchramaydi. Bu esa sayyohlarga orol bo‘ylab 
bamaylixotir sayr qilish, tabit manzaralaridan istagancha bahra olish imkonini 
beradi. Orolni dunyoga mashhur qilgan yana bir narsa: uning bag‘rida joylashgan 
Loro parkdir. Yashillikka burkangan ushbu oazis bir yo‘la uchta — ajabtovur 
hayvonot bog‘i, delfinariy va ulkan akvariumni o‘zida birlashtirgan. 
Loro parkka 1972-yili Volfgang Kissling tomonidan asos solingan bo‘lib, 
majmua har yili 1.500.000 tomoshabinga xizmat ko‘rsatadi. Parkka olib boruvchi 


asosiy yo‘l tailandcha uslubda qurilgan qishloqdan o‘tgan. Oltita uyning har biri 
yog‘ochdan, tomi esa haqiqiy tillodan ishlangan. Aytishlaricha, ushbu uylar 
yaqindagina orolga tashrif buyurgan Tailand qirolichasini ham hayratga solibdi. 
"Loro” degan nomga park o‘zining antiqa to‘tiqushlar kolleksiyasi tufayli sazovor 
bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ispan tilidan tarjima qilganda "loro” – 
"to‘tiqush” degan ma’noni bildiradi. 3500 dan ziyod to‘tiqushning hammasi ham 
qafasga mahkum etilmagan. Ularning anchagina qismi ochiq havoda, ayrimlari 
aktyor sifatida turli ko‘ngilochar tomoshalarda qatnashib turadi. Ana shunday 
tomoshalardan biri "Baby station” bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda 
to‘tiqushlar qoshiq yordamida mitti qushlarni bol bilan siylaydi. 
Bundan tashqari, park hududidan dunyodagi eng katta pingvinariy joy olgan. 
"Pingvinlar sayyorasi”da 180 ta shu turdagi qush yashaydi. Har kuni ular 
yashaydigan maydonga maxsus zambarakdan 12 tonna sun’iy qor otiladi. Bu 
pingvinlarga oz bo‘lsa-da Antarktida havosini tuyish, ularning yashashi va 
ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pingvinlar yashaydigan hudud oyna bilan 
o‘ralgan bo‘lib, tomoshabinlar harakatlanuvchi yo‘lak orqali qushlarning epchil va 
quvnoq xatti-harakatini kuzatishlari mumkin. 
Parkning ulkan akvariumida esa butun dunyodan keltirilgan 15 000 dan ziyod 
suv jonivorlari yashaydi. Shuningdek, oynavand suv olamida 40 turdagi tirik korall 
va tropik baliqlarni uchratasiz. Akvariumdagi ajabtovur tunnel esa sayyohlarni 
ohanrabo misol o‘ziga tortadi. Aynan shu yerdan turib yirtqich akulalarni yaqindan 
ko‘rish imkoniyati mavjud. Jonivorlar shundoqqina boshingiz ustidan suzib 
o‘tayotgan bir paytda ularning ko‘z ilg‘amas mikroskopik tishlarini ham ko‘rsa 
bo‘ladi. Dengiz sherlari hamda delfinlar shousi parkning eng ommabop ko‘ngilochar 
dasturi bo‘lib, tomosha 1 200 000 litr suv sig‘imiga ega basseynda o‘tkaziladi. 
Bir necha yil avval Loro parkning hayvonot bog‘iga dunyoning turli 
burchaklaridan 6 ta gorilla olib kelindi. Shu bahona bog‘ hududi kengayib, 
shimpanze, yo‘lbars, yaguar, turna, flamingo, timsoh va ulkan toshbaqalar ham 
uning bag‘ridan joy oldi. Dunyoda tengi yo‘q botanika bog‘i Loro parkning 135 000 
kvadrat metr maydonni egallagan. Bog‘da turli xil ekzotik o‘simliklar, kaktus va 
7000 dan ziyod palma daraxti parvarishlanmoqda. Bundan tashqari, bog‘dagi 
orxideya gullaridan iborat noyob kolleksiya, ajdarho daraxti xiyoboni va parkning 
eski qismidagi changalzor hech kimni befarq qoldirmaydi. 
Tenerifeda sarguzasht ishqibozlarining zerikib qolmasligi aniq. Chunki orolda 
ular uchun yetarli shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Masalan, dunyoga mashhur 
Guanchi piramidalarini olaylik. Ushbu piramidalar haligacha insoniyatni hayratga 
solishda davom etmoqda. Inshootni qurishda faqat toshlardan foydalanilgan. Sababi, 
o‘sha paytda mehnat qurollari asosan toshdan yasalardi. Guanchilar o‘shanda temir 
nimaligini bilishmagan. Shunga qaramay, ular qurgan inshootlar o‘zining pishiqligi 
va mustahkamligi bilan ajralib turgan. 
Abadiy bahor orolida bir-biriga ulanib ketgan tor ko‘cha, gavjum maydon va 
bozorlar, yog‘ochdan qurilgan an’anaviy uy va cherkovlar, diqqatga sazovor joylar 
ko‘p. Aytishlaricha, birgina Loro parkni aylanish uchun bir kun kamlik qilarkan. 
Buni bilgan sarguzasht ishqibozlarining orolga bir emas, bir necha bor tashrif 
buyurishlarining asl sababi ham shu. 


Mamalakatimizda ham hozirgi kunda bir qator mavzuli bog’lar, Disneylend 
va akva-parklar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Poytaxtdagi akvaparklardan birortasiga 
jo‘nashdan avval ularning hududlarida amal qiladigan asosiy qoidalarni yodga olish 
zarur: 
- kiyim bilan cho‘milish mumkin emas;
- uzun sochlar yig‘ilgan bo‘lishi kerak; 
- mast holda kelish, shuningdek, akvapark hududida alkogol ichimliklar ichish 
mumkin emas; 
- bolalar akvaparkda doim kattalar nazorati ostida bo‘lishi kerak; 
- vaqt rejimini buzganlik va shaxsiy saqlash qutichasining kalitini yo‘qotib 
qo‘yganlik uchun jarima solinadi; 
- o‘zi bilan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar olib kelish ko‘pchilik 
akvaparklarda taqiqlanadi (chaqaloqlar uchun ozuqalardan tashqari). 
Bundan tashqari akvaparklarga kirish narxlarini ko’rib chiqishimiz mumkin. 
9.1-jadval 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish