Muxammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy
merosi va uning didaktik qarashlari
Qomusiy olimlar о‘z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va
estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muxammad Al-
Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yо‘lga
qо‘yishda ilm-fanning muxim axamiyatiga ega ekanligi tо‘g‘risidagi g‘oyani ilgari
surgan xolda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib о‘rin egallaydi.
Ayniqsa, u matematika soxasida yangilik yaratgan nazariyotchi xamda pedagog-
uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy о‘z davrigacha bо‘lgan qadimiy
matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston,
Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini о‘rgandi va о‘zi
xayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.
Muxammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga о‘zining
ulkan xissasini qо‘shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-xisob al-jabr va-l muqobala”
asarida (“aljabr va –l muqobala xisobi xaqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va
chiziqli tenglamalar va ularni yechish yо‘llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan
iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik
bir bо‘lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qо‘llab о‘lchashlar
xaqida; uchinchi qism vasiyatlar xaqida bо‘lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb
ataydi.
Muxammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini
kengaytiradi. Induksiya yо‘li bilan umumiy yechish usullarini xal etadi, deduksiya
yо‘li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. “Aljabr va-
lmuqobala” asari bilan xam matematika fanini rivojlantirib, о‘zidan avvalgi
bilimlarni о‘rgandi va ularni sintezlashtirdi xamda amalda qо‘llash usullarini bayon
etdi.
Muxammad al-Xorazmiy о‘sha paytlarda amalda uchraydigan barcha
chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, xozirgi matematik simvol orqali
beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi:
ax
2
x vx(1)
ax
2
x s
vx
2
x s
x
2
-vxxs
x
2
-sxvx
x
2
xvx-s
Mutafakkir ushbu tenglamalarni yechish uchun “Al-jabr” va “al-muqobala”
(“tiklash” va “qiyoslash”) amallarini kiritdi. Bu amallarninng moxiyati tenglama
xadlarining ishorasini о‘zgartirgan xolda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga
о‘tkazish va yig‘ishdan iboratdir. “Al-jabr” keyinchalik matematika fanining aloxida
bо‘limiga aylandi va “algebra” deb ataladigan bо‘ldi. Mazkur amallar yordamida
xar qanday tenglamani kononlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib,
keyin yechiladi. Bu usul fan olamida muxim axamiyatga ega edi. Shu asar tufayli
“Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkripsiyada “Algoritmi” shaklini oldi, keyin
“Algoritmus” va nixoyat xozirgi zamon xisoblash matematikasining asosiy
tushunchasi “algoritm” (“algorifm”) ga aylandi. U matematikaning nazariy
rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yо‘llarini xam berdi. Meros
taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish xamda mol taqsim etish uchun zarur bо‘lgan
xisoblarni ta’lif etdi.
Muxammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind
arifmetikasi xaqida kitob” (“Hisob al-xind”)dir. Asar о‘nlik tizim raqamlari
(1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga
bag‘ishlangan.
Mutafakkir
xindlarning
falakiyot
va
matematikaga oid “Sindixin” nomli qо‘llanmasini о‘qib, uning yanglish va qiyin
tomonlarini qayta tikladi, uning mundarijasiga yangi boblarni qо‘shdi va bu asarni
“qisqargan Sindixind” (“Algorizmi xind xisobi xaqida”) deb atadi. Mazkur asar
faqat Sharqdagina emas, Yevropada xam qо‘llanma sifatida shuxrat taratdi. U
Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida
bayon etdi. Ungacha ancha qо‘pol sanoq usullaridan foydalanib kelingan. О‘nlik
tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy о‘zgarish deb
ta’riflanadi. Yevropaga 1,2.3,4,5,6,7,8,9 raqamlaridan foydalanish va nol yordamida
eng katta sonlarni yozish va joylarni aniq kо‘rsatish X-X1 asrlarda arablardan kirib
kelgan.
Muxammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bо‘lgan qо‘shish,
ayirish, bо‘lish xamda kо‘paytirish qoidalarini yaratgan. Shuningdek, turli
“jins”dagi sonlarni kо‘paytirish algoritmini xam bergan. Masalan, minut va
sekundlarni bir-biriga kо‘paytirish uchun, avvalo bir xil shaklga keltirish, ya’ni,
sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini kо‘rsatgan. Maxsus
bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining moxiyatini bayon etgan.
Muxammad al-Xorazmiy о‘zining falakiyotga doir ishlarida xindlarning
falakiyot jadvallarini taxlil etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashxur astronomik
jadvallar tuzdi.
Ma’lumotlarga kо‘ra VIII-XV asrlarda xammasi bо‘lib, yuztacha zij
(trigonometriya va falakiyotga oid) jadvallar mavjud bо‘lgan. Bu zijlar orasida
boshqa olimlar bilan birga Muxammad al-Xorazmiy tuzgan zijlar xam bor edi. Bu
kitob xam bir necha asrlar bu soxa olimlariga qiziqish uyg‘otadi va 1126 yilda
latinchaga tarjima qilinadi. Arab tilida birinchi yozilgan sinuslar va tangenslar ziji
Xorazmiyga taalluqli. Tadqiqotchilar fanda tekis, uchburchak trigonometriyasi va
sferik uchburchak trigonometriyasini tadqiq qilish xam Xorazmiydan boshlangan
deyishadi. Uning sinus zijlari latin tiliga о‘girilib, Yevropa falakiyotchi va geodez
olimlariga qо‘llanma sifatida xizmat qildi. Allomaning bu asari XII asrda latin tiliga
tarjima etilib, bir necha asr davomida undan foydalanib kelindi. Bundan tashqari
“Kitob surati-l-ard” (“Yevropa surati kitobi”) birinchi yozilgan geografiyaga oid
kitob sanaladi. Bu asar xaritani tavsiflagan asardir. Asar Muxammad al-
Xorazmiyning kо‘p yillik olib borgan tekshirish-kuzatish ishlarining natijasi edi.
Alloma sharq mamlakatlari ustida kuzatishlar olib borib, mamlakat va shaxarlarning
xaritalarini chizadi, nomlar rо‘parasiga uzunlik va kenglik darajalarini kо‘rsatadi. U
geografiyaga oid asarlarida yerni yetti iqlimga bо‘ladi xamda yerning xaritasini
chizadi. Olimning tо‘rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, Yaqin va о‘rta Sharq
xalqlari xaritasi) saqlanib qolgan
1
. Uning yuqoridagi asari xam Sharq va g‘arbda
katta xamiyatga egadir.
827 yilda Xorazmiy raxbarligida yer kurrasining kattaligini aniqlash
maqsadida yer meridianining bir gradusi о‘lchab chiqildi. Bag‘dodda yozilgan
trigonometriyaga oid dastlabki asar xam Xorazmiyga tegishli bо‘lib, unda sinus,
tangeneslarning о‘zgarish qonuniyati kо‘rsatiladi. Uning trigonometrik jadvali о‘sha
davr jadvalaridan farq qilgan.
Muxammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari
tо‘g‘risida xam asarlari bо‘lib, “Tarix kitobi” (“Kitob at-tarix”) xalifalik tarixiga oid
va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi.
Shuni ta’kidlash joizki, alloma о‘zigacha bо‘lgan ilmiy bilimlarning asosiy
g‘oyalari, tamoyil va metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni
о‘rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga xamda olgan
bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy
manbalarni tо‘plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va
kо‘nikmalarini xosil qilishga katta baxo berdi. Masalan, “Al-kitob al-muxtasar fi
xisob al-jabr va-l muqobala” asarida olimlarni uch guruxga bо‘lib shunday yozadi:
Ulardan biri о‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan о‘zib
ketadi va uni о‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.
Boshqasi о‘zidan avvalgilarning asarlarini sharxlaydi va bu bilan
qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yо‘lni yoritadi va uni tushunarliroq
qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni
tо‘playdigan odam bо‘lib, u о‘zidan avvalgilar xaqida yaxshi fikrda bо‘ladi,
takabburlik qilmaydi va о‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi.
Muxammad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlar faoliyatining
ezgulikka xizmat qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, о‘sha davrda ilmiy tadqiqot
ishlari va о‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini
kо‘rsatadi.
1
Ирисов А. Хоразмий ва Фаробий. –Тошкент, Ызбекистон, 1961, 8-9 бетлар
Barcha mutafakkirlar kabi Muxammad al-Xorazmiy xam kо‘rgazmali-
tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va
kо‘nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan.
Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni
izchil bayon etishga e’tibor berganligini kо‘rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va
murakkab masalalarini о‘z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala xisobi xaqida
qisqacha kitob”ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda,
mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va xar qanday bitimlarda, shuningdek,
yer о‘lchashda, kanallar о‘tkazishda, geometriyada va boshqa shunga о‘xshash
turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”
1
.Muxammad al-Xorazmiy bilishni
sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish xaqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali
bilish bu qisman bilish bо‘lsa, mantiqiy bilish esa xaqiqiy bilimning muxim
tomonini namoyon etadi.
Muxammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim xissa qо‘shdi. U
birinchilardan bо‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy
obyektlarning xarakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning
algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik g‘oyalar asosida
odamlarning xayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy
talablari asosida paydo bо‘lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish,
kanallar ochish shunday paydo bо‘lgan, deydi. U birinchi marta insonlar о‘rtasidagi
munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jixatlariga katta axamiyat berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |