sayohatga chiqishganida asosiy transport vositasi sifatida samolyotdan
foydalanishni afzal ko’rishadi.
Yolg’iz kishilar: hech qachon turmush qurmaganlar, beva hamda ajrashgan
kishilarga bo'linadi.
Mavsum oralig’i paytlarida va qishda mehmonxonalarga asosan keksa kishilar
va pensionerlar tashrif buyurishadi. Ular uchun bu davr eng qulay vaqt hisoblanadi,
ularga yozning issiq quyoshli kunlari unchalik muhim emas. Ushbu
turkumda
turistlar uchun aqliy o'yinlar va oddiy sport bo’yicha animatsiya dasturlari turli taklif
etiladi.
Yoshi katta odamlar (60-65 yil) va 65 yoshdan oshgan turistlar guruhining
o'sish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Ushbu guruh vakillari boshqa yosh kategoriyalari
ichida bozor odamlari,
pensiya yoshidagilar, keksalar yoki "uchinchi yosh" deb
ataladi. Bu bozor asta-sekin o'sib bormoqda, uning muhimligi turistik bozorning
boshqa
yosh segmentlaridan kam emas, keksalar uchun animatsion xizmatlar
animatsiya rahbarlari tomonidan o'rgalishi lozim.
Ushbu yosh guruhi turizm sohasida quyidagi mashhur asosiy to'rt guruhni o’z
ichiga oladi: 55 va 64 yosh orasidagi odamlar guruhi; 65 yoshdan 74
yoshgacha
bo’lgan odamlar guruhi; 75 yoshdan 84 yoshgacha hamda 85 yosh va undan katta
yoshlilar guruhi.
Turizmda 55 va 64 yosh orasidagi pensioner odamlar guruhi boshqa
guruhlarga nisbatan ko’proq pulga egaligi va pullarning erkin sarfi bilan
tavsiflanadi, ular uy qurish, ta'lim uchun harajatlar, bolalar uchun harajatlardan va
texnik harajatlardan xolidirlar.
65 yoshdan 74 yoshgacha bo'lganlar nafaqadagi faol insonlar hisoblanishadi
va turistik bozorda muhim yosh guruhini tashkil etadi. Uchinchi guruhni 75 yoshdan
84 yoshgacha bo’lgan odamlar tashkil etadi. Birinchi guruh bilan solishtirganda ular
unchalik faol va sayrga moyil emas. To'rtinchi guruh 85
yosh va umdan yuqori
yoshdagi kishilardan iborat. Turistik majmualar ushbu yosh bozor segmenti
salohiyatini ko’rib chiqqan emas. Ammo, bu yosh guruhini qiziqtiradigan
animatsiya dasturlarini bilish lozim bo’ladi.
Biz shuni unutmasligimiz kerakki, nafaqaxo’rlar eng ko’p bo’sh vaqtga ega
bo’lgan va sayohatlarga ko’p vaqt ajratuvchi aholi qatlami
hisoblanadigan aholi
qatlamidir.
Ba'zi nafaqaxo'rlar ishlashda hamda sayohatlarga pul sarflashda davom
etmoqda. Bu yosh guruhlari arzon tovarlar va arzon turistik xizmatlar iste'molchilar
bo'lishi mumkin, shuning uchun, ularga imtiyozli tariflar asosida turar joy, transport
va umumiy ovqatlanish bo’yicha chegirmalar taklif qilish tavsiya etiladi.
Keksa yoshli kishilar o’zlarining yoshlarini eslatishni yoqtirmaydilar.
Binobarin, ushbu yoshdagilar uchun dastur yaxshi o'ylangan bo'lishi kerak. Boshqa
tomondan, ushbu guruh vakillarining turmush tarzi yoshlar guruhlariga nisbatan farq
qiladi, ular yilning istalgan vaqtida uzoq vaqt davomida sayohat qilish imkoniyatiga
egadirlar. Shunday qilib, mavsum oralig’i paytlarida turistik majmuaning reklama
faoliyatida yaxshi tashkil qilingan bo’lishi lozim, ushbu reklamada barcha yosh
qatlamlariga mo’ljallangan dasturlar o’z ifodasini topishi lozim.