8
Atlantic (Sirg‘ali dahasi)
kun bo‘yi
juma, shanba,
yakshanba
ish kunlari
50 000
30 000
3 dan 12
yoshgacha
25 000
15 000
10-Modul. Turli kategoriyadagi turistlar bilan ishlash.
Reja:
1. Turistlar klassifikatsiyasi va turli kategoriyadagi turistlar bilan
ishlash.
2. Turistlarning turli yosh guruhlari bilan ishlash.
3. Dam olish faoliyatiga munosabati bo’yicha turistlar turlari.
4. Mehmonxonalarda bolalar uchun animatsiya.
5. Turistlarning etnik tasnifi.
1. Turistlar klassifikatsiyasi va turli kategoriyadagi turistlar bilan
ishlash
Turistlarning qiziqishlari ko’plab omillarga bog’liq: yoshi, jinsi, millati, ta'lim
darajasi, daromad darajasi, xizmat manfaatlari va boshqalar.
Masalan, daromad darajasining ortishi bilan bir qatorda dam olish faoliyatiga
qilinadigan harajatlar ham ortadi. Oilaning qanchalik darajada yaxshiroq va
qiziqarliroq dam olishlari uchun imkoniyatlari yuqori daromadi bilan belgilanadi.
Turistik faoliyat,
shuningdek, bo’lajak iste’molchilarning ta'lim darajasiga ham
bevosita bog’liq. O'rta ta'lim olgann kishilar ko'proq aktiv turizm bilan
shug’ullanishni afzal ko’rishadi. Oliy ma'lumotli odamlar ko’proq intellektual dam
olishga moyil bo’lishadi. Albatta, animatsiya xizmati iste'molchilari aniq daromad
guruhiga mansub bo’lishlari, yoshi, jinsi va mashg’uloti jihatidan bo’linishlari talab
etilmaydi, siz buni faqat shartli ravishda qabul qilishingiz mumkin.
Misol uchun, ayrim ishchilar nisbatan yuqori daromad olishi mumkin, lekin
ularning dam olish ehtiyojlari ma'muriy xodimlar yoki katta biznes vakillari
talablaridan ancha farq qilishi mumkin. Shu bilan birga, animator turistlarni tasnifini
bilishi va mijozlarning manfaatlarini hisobga olgan holda dasturlarini rejalashtirishi
kerak, zotan, ushbu dastur guruhdagi turistlarning
barchasi uchun mos tushishi
lozim.
Animatsion taklif barchani rozi qilishi uchun animator juda ko’p narsalarni
bilishi lozim. Turistik guruh vakillari talabalar, keksalar, ekstremal turistlar,
quyoshda toblanishni yoqtiruvchilar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Shu bilan birga, qisqa muddat ichida turistlarning sayohat davomida nimani
kutayotganligini bilish qiyinchilik tug’diradi. Quyidagi qoidalariga rioya qilinsa, bu
vaziyatdan chiqib ketish imkoniyati mavjud bo’ladi:
- Xizmatning barcha bosqichlari (yo’llanmani
olayotgan vaqtda,
mehmonxonaga joylashgan vaqtda, suhbat jarayonida)da sayyohlar haqida (yoshi,
jinsi, millati, faoliyat darajasi, sevimli dam olish faoliyati) ma'lumot olish.
- Animatsion dasturni to’g’ri tanlash uchun turistlarning klassifikatsiyasini
aniqlash va bilish.
- Turli toifadagi turistlar uchun mo'ljallangan dasturlarni zahirada saqlash.
Turanimator animatsion dasturlarni ishlab chiqishda turistlarning yosh
xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bu sizga ular bilan ishlashning to'g'ri shaklini
tanlashga imkon beradi, dam olish qiziqarli va to’liq
amalga oshishi uchun eng
samarali usul aktiv va passiv dam olishni umumlashtirishdir.
Turistlarni etnik tomonidan tasniflash mumkin. Turli millat va elat vakillari
uchun animatsiya dasturlarini tuzishda odamlarning tasodifan hafa qilib qo’ymaslik
uchun ayniqsa, ehtiyot bo'lish kerak, ularning milliy an'analarini bilish va uni
hisobga olish muhim.
Turli xil dasturlarni barcha jinsdagi turistlar uchun taklif qilkish
mumkin. Yoki dasturlar faqat ayollarga hamda faqat erkaklarga mo’ljallangan
bo’lishi mumkin.
Biroq, eng asosiysi, turistlarning yosh jihatdan tasniflashdir:
0-2 yosh – go’daklar (emizikli bolalar)
3-8 yosh
-
maktabgacha
bolalar
9-18 yosh – maktab o'smirlari
18-25 yosh - yoshlar, talabalar
26-64 yosh – yoshi katta insonlar
65 va undan katta - keksa va nafaqaxo’rlar.
Mehmonxonalarda dam oluvchilarning asosini yoshlar yoshlar tashkil
etishmoqda /30 yoshgacha bo’lgan yoshlar/. Bular maktab o'quvchilari, talabalar
hamda sport jamoalaridir. Ular juda faol odamlar va ular
uchun asosiy narsa - bu
o’zlarining dam olishlarini qiziqarli va zavqli o’tkazishdir. Shuning uchun
animatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi animatsiya jamoasi birinchi navbatda
aynan ushbu turistik turkumga kiruvchilarga e’tibor qaratmoqda.
Yoshlarni ikki yosh toifasiga ajratsa bo'ladi: 18 yoshdan 24 yoshgacha va 25
yoshdan 34 yoshgacha. Bu toifadagi turistlarning imkoniyati yuqori bo’lishadi va
yetarlicha ta’sir o’tkaza olishadi. Ushbu toifada ham turli xildagi turistlar guruhi
vakillari bo’lishi mimkin:
nisbatan turmush qurish, oilada birinchi farzandning
dunyoga kelishi, katta bo’lmagan uy xo’jaligi, kar’yerani ustun qo’yish kabilar
oilaning katta a’zolari uchun muhim bo’lishi mumkin.
Turistik bozorda yoshlar guruhining ikkita umumiy guruhlari mavjud: yolg’iz
yoshlar va farzandsiz yosh oilalar.
Do'stlaringiz bilan baham: