“Tahlil va nazorat qilish” funksiyasi.
Ushbu funksiya quyidagi asosiy vazifalarni bajarishni talab etadi:
- turistik komplekslardagi animatsion xizmat faoliyatini, operativ va
strategik boshqarish va iqtisodiy ko'rsatkichlari, ularning bajarilishini har bir vaqt
bo’yicha tahlil qilish;
- animatsion faoliyatning taktik maqsadlari, animatsiya dasturlari rejalari,
haqiqiy holatni, amalga oshirilayotgan vazifalarning natijalarini tahlil qilish;
- turistik komplekslarda turistlarga animatsiya xizmatlarini ko’rsatish rejasi
va loyihalarini tartibga solish;
- animatsiya menejmenti doirasida boshqaruv qarorlarining bajarilishini
hamda texnik va boshqa xizmatlarni nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |