Turizm sanoatida yangi, eng tez rivojlanayotgan soha – dam olish faoliyatidir.
Unga yaxshi bilimli, tajribali menejerlar kerak.
6. Animatorga qo’yiladigan talablar
Mehmonxona xodimi va turistlar o‘rtasidagi o‘zaro harakat jarayonida
mehmonlarda otelga, unda o‘rnatilgan tartibga, servisga, o‘zlari
uchun maxsus
yaratilgan barcha sharoitlarga munosabat shakllanadi. Demak ularda dam olishga
ishtiyoq uyg‘onadi. Mehmonlarni qabul qiluvchi mehmonxona barcha
xodimlarining kasbiy mahoarti va xushmuomilaliliga ko‘p narsa bog‘liq: shunga
qarab turist bu mehmonxonaga yana bir bor kelish – kelmasligini belgilaydi. Ushbu
mehmonxonada qisqa muddatli dam olishni turist uzoq vaqt eslab yurish-yurmasligi
ko‘p jihatdan mutaxassis – animatorlar kvalifikatsiyasiga bog’liq bo‘ladi.
Animator –
artist, uning butun faoliyati doimiy ravishda – har kuni, har
daqiqa, o‘n-o‘n besh soat davomida bor kuch va mahoratini ishga solishni talab
qiladi. Bunday qizg‘in va jo‘shqin faollikni har kim ham ko‘taraolmaydi. Shuning
uchun ham animatorlar ishini yaxshi tashkil etish juda muhim.
Mehmonxonalarda animatsiya menejmenti tarkibi quyidagi ko‘rinishda
ifodalanadi:
11.2-rasm. Mehmonxonalarda animatsiya menejmenti tarkibi
Animatsiya tizimida boshliq animatsiya bo‘yicha menejer. U bevosita bosh
menejerga buysunadi. U esa o‘z navbatida mehmonxona egasiga buysunadi.
Keng profilli mutaxassis sifatida animatsion faoliyat menejeri aholi turli
ijtimoiy-madaniy qiziqishlarini qoniqtirish va rivojlantirishga qaratilgan. U
maqsadli animatsion dasturlar va ularni amalga
oshirish uchun ijtimoiy
texnologiyalarini ishlab chiqadi, turizm sohasida innovatsion harakatni
rag‘batlantiradi va madaniy-estetik ijodkorlikni rivojlantirishning samarali pedogigk
metodlarini joriy etadi. Animator mutaxassisining prinsipial xususiyatlari shundaki,
u sotsiologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, huquq, boshqaruv nazariyasi, rejissura
asoslari va boshqa qator jamoatchilik ahamiyatiga ega bilimlarni puxta bilishi lozim.
Bugungi kunda bu nufuzli fanlar faqat maqsadgina emas, ijtimoiy-madaniy
faoliyatning yetakchi metafunksiyalarini amalga oshirish vositasi hamdir – kishini
Otel bosh menejeri
Animator-menejer
Metodist-animator
Tashkilotchi - animator
Ijrochi - animatorlar
dunyo madaniyati yutuqlari bilan tanishtiradi, uning dunyo jahoniy ijodiy
potensialini rivojlantiradi.
Menejer – animator vaqtincha jamoani boshqaruv psixologik –
pedagogik
asoslarini bilishi kerak. Qaysikim xilma-xil turistik jamoalarda ishlaydi va yetakchi
bo‘ladi. Chunki ushbu jamoalar yoshi, ma’lumoti, ijtimoiy mavqei jihatidan biri-
biridan farq qiladi. Animator o‘sha atrofidagilarning fikriga ta’sir eta olishi kerak.
Yetakchilikka moyillik muhim ahamiyatga ega, aynan: tashabbus ko‘rsata
olish mahorati, boshqalar diqqatini jalb etish va yo‘naltira olish, ularga hal qilish
yo‘llarini
taklif etish, o‘z tarafdorlari tilida so‘zlasha olish qobiliyati shular
jumlasidandir.
Menejer – animatorlar yuqori ishchanlik sifatiga, odamlar psixologiyasini
chuqur bilish, izchil yo‘lga qo‘yilgan sharoitlarda amaliy ish ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi zarur.
Animatsiya bo‘yicha menejerga bo‘ysinadi:
metodist-animator (xoreograf) u ssenariylar tayyorlash bilan
shug‘ullanadi va shoularni sahnalashtiradi. Kostyumlar ishlab chiqadi va
repetitsiyalar o‘tkazadi;
tashkilotchi – animator, u animatsion faoliyat
jarayonlarini zarur barcha
narsalar bilan bilan ta’minlanishini tashkil qiladi.
Animatsion jamoaning bevosita bir qismi hisoblangan odamlardan tashqari,
tomoshaning yanada qiziqarli chiqishi uchun rassom ham (agar u animataorlar
orasida bo‘lmasa) yordam beradi. U tomoshaga dekoratsiyalar o‘ylab topadi, unga
anonslar, afishalar chizadi. Shuningdek tikuvchi ham ishtirok etadi, u
animatorlarning oqshomgi liboslarini tikishga javob beradi.
Animator bo‘lish oson emas. Animator avval boshdan ma’lum ish
ko‘nikmalari va mahoratga ega bo‘lishi lozim va ushbu ishga ruhan tayyor bo‘lmog‘i
zarur. Yangilar ana shularning barisiga – til to‘siqlarini yengib o‘tishdan tortib, o‘z
personajlarini mahorat bilan o‘ynash san’ati darajasigacha o‘qitiladi, o‘rgatiladi.
Bundan tashqari, maxsus seminarlar va raqs bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
o‘tkaziladi, mavsumga dasturlar ishlab chiqiladi. Sport o‘yinlari va musobaqalar
o‘tkazish tadbirlari tuziladi. Har ikki haftada animatsion dasturlar almashtiriladi,
shuning uchun ham animator ish kunlari juda tig‘iz o‘tadi.
Tong soat yettidan boshlanadi. Shaxsiy gigena, zaryadka, nonushta. Ertalab
soat to‘qqizda animatorlar yig‘ilishga to‘planishadi, unda kun bo‘yi qilinadigan
ishlarning tashkiliy masalalari hal etiladi, shundan
keyin mehmonlar bilan
muloqotga kirishiladi, yoga mashg‘ulotlari, ertalabki gimnastika o‘tkaziladi.
Tushlikdan keyin basseynda suv gimnastikasi – tanaffus to kechki
ovqatgacha, kechki ovqatdan keyin esa rang-barang animatsion dasturga navbat
keladi: spektakl, mehmonlar bilan raqs, barlarda gurung, ko‘ngilochar shoular.
Animatorlar bilan qo‘shiqchilar, professional raqqoslar, musiqachilar birga
ishlaydilar, ko‘pincha ularni otel ma’muriyati
oqshomga maxsus taklif etib,
haqlarini to‘laydi. Animatorlarning ish haqlari esa ish tajribasiga qarab har xil
bo‘ladi: raqs tushmaydigan, faqat odamlarning ko‘nglini yozadigan animatorga 250-
300 dollar maosh taklif etilishi mumkin. Raqs tushadigan, qo‘shiq kuylaydigan,
musiqiy asboblarni chaladigan, hech bo‘lmasa inglizchani biladigan (nemischa bilsa
yana ham yaxshi) animator esa oyiga 600 dollar va undan ko‘proq ishlashi mumkin.
Rus tilini bilish ham juda muhim – yozda otellardagi mehmonlarning 70 % gachasi
rus tilida so‘zlashuvchi turistlar bo‘lishadi. Shuning uchun animatorlar orasida
MDH mamlakatlaridan yetarli darajada odamlar ko‘p.
Klub dam olishi tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, animatsion faoliyat sohasida
katta miqdorda mutaxassislar talab etiladi. Ko‘p jihatdan. animator faoliyati turistlar
ijodkorligini rivojlantirish, animatsion faoliyat mazmundorligini oshirish zamin
talablarini hisobga olgan holda
ish yangi shakllarini qidirish, moddiy va ifodali
vositalardan to‘liq hajmda foydalanishga qaratilgan.
Agar turizm sohasidagi xodimlarni qiziqarli va jozibador dasturlar bilan
qurollantirilsa, yosh va psixologik xususiyatlar, mahalliy an’ana va boshqa
mamlakatlar an’analari hisobga olinsa, bu turizmni yanada ommaviy qilishga imkon
beradi. O‘z sohasiga aholi barcha ijtimoiy qatlamlarini, shu jumladan, yoshlarni jalb
etishga katta ufqlar ochadi.
Hozirgi dunyoda turistik xizmatlar ko‘rsatishda shafqatsiz raqobat sharoitida
mehmonxonalar kompleksini ularda animatsion faoliyat tashkilisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: