Bunday tadbirlar unda faol ishtirok etishni talab qiladi. Tur tashkilotchilari
turistlar xavfsizligini ta'minlashga mas’uldirlar.
Turistik firmalari ham “O’rmonda sayr qilayotganda
birdan qaroqchilar
to’dasi hujum qilishi” singari sirli turlarni yaratadilar. Turistik firmalar tomonidan
bir necha dasturlar tayyorlangan: “Eh, qaroqchilar”, “Hujum”, “O’g’rilar” singari.
Bunda voqealar turistlar ishtirokida xuddi real xolatdagidek bo’lib o’tadi. Siz
Rossiya va Ukraina hududlarida ko’chib borib o’rnashgan dehqonlarning
harbiylashgan jamoasi (kazaklar) da teatrlashtirilgan Suvarakning “dafn”
marosimini ko’rishingiz mumkin.
Muzeyli rekonstruksiya ham muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Muzeylarda animatsiya
Muzey xodimlari o’tmish davrning shart-sharoitlarini, uning muhitini
yaratishadi va namoyish etish orqali tashrifchilarning bilimlarini oshishiga sharoit
yaratishadi. Muzeylardagi barcha faoliyati individual ehtiyojlarni qondirish, ayniqsa
bolalarning ehtiyojlariga asoslangan.
Misol uchun, ekologik ekskursiyalarda hayvonlar, o’simliklarni,
ularning
alohida hususiyatlari, ularning odatlari va o'ziga xos jihatlarini o'rganish
mumkin. Ushbu faoliyat o’smirlarda ota-bobolari an'analarini tasavvur qilish,
hurmat qilish, ijodkorlik, estetik jihatlarni shakllantirish kabilarga xizmat qiladi.
Muzeyda bolalar uchun animatsiya xizmatlari biror bir ertak asosida
shakllantirilishi mumkin. Misol uchun, Irkutiskiy viloyatidagi mehmonxonalarga
tashrif buyuruvchi turistlar o’lkashunoslik muzeyida mashhur shoir A.S.Pushkin
tavalludining 200 yilligiga bag’ishlab shoirning “To’polonchi orol”, “Yetti
qahramonlar o’rmoni”, “Oltin baliq bilan dengizga sayohat” singari ertaklari asosida
tashkil qilingan sahnalarni va bezaklarni ko’rishlari va
ularda ishtirok etishlari
mumkin.
Kattalar uchun, muzeyli animatsiyaning eng yorqin na’munalarida biri 2001
yilda Parijda bo'lib o'tgan xalqaro “Muzeylar kechasi” aksiyasi edi. 2005 yilda unga
Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlari qo'shildi. 2010 yilda kelib
mazkur harakatga a’zo davlatlar soni 42 taga yetdi. “Muzeyi Tungi” tadbiri har yili
may oyida o'tkaziladi. Tadbir muzeylar kuniga bag’ishlangan. Tadbir ishtirokchilari
teatrlashgan holatda qayta tiklangan voqealar, haykaltaroshlik, ijodiy asarlarning
guvohi bo’lishadi.
Turizmda animatsiya sohalaridan biri real odamlar bilan o’tkaziladigan
shou-muzeydir. Misol uchun, Plimut shahrida (AQSH)gi birinchi ko'chib yuruvchi
ingliz muzeyida milliy shou o’tkazilgan. Ko'rgazmada eksponatlar: uy, oshxona, bog
‘ va hokazolar real insonlar tomonidan gavdalantirildi.
“Skansen” - Stokgolmdagi kichik shved qishlog’ida
joylashgan ochiq
osmon ostidagi muzeylardan biridir. Bu yerda Shvetsiyaning turli hududlaridan
ko'chib kelganlarning qadimiy shahar va qishloq uylari, eski shved milliy libosi,
san'at va hunarmandchilik namunalari mavjud.
2014 yil 15 aprelda Germaniyaning Shpayer shahridagi Pfalts tarixiy
muzeyida “Asl buyumlar, chin hikoyalar” nomli muzey ochildi, unda 100 yil avval
cho‘kib ketgan afsonaviy “Titanik” paroxodiga tegishli 250
ta topilma namoyish
etilmoqda. Eksponatlar orasidan ko‘zoynaklar, seyf eshiklari, umivalnik, halokatni
aks ettiruvchi fotosuratlar joy oldi. Shuningdek tashrifchilar turli klassdagi kayutalar
interyerlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi: birinchi klass kayutalari shoyi
oboylar bilan qoplangan, ularning eng qimmati bugungi kunda 80 ming yevroga
baholanadi. Uchinchi klass kabinalari esa oddiy oq bo‘yoq bilan bo‘yalib, ikki
qavatli karavotlar bilan jihozlangan. “Titanik” layneri 1912-yil 15-aprelga o‘tar
kechasi aysberg bilan to‘qnashib ketib halokatga uchragan, natijada 2,2 ming
yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining 1,5 ming nafari nobud bo‘lgan.
Ko’plab turistlarni o’ziga jalb qilib kelayotagn muzeylardan biri - Madam
Tyusso muzeyi Londonning
Merilbon tumanida joylashgan, u 130 yildan buyon
faoliyat ko’rsatib kelayapti.
Mashhurlarning mumdan yasalga figuralari saqlanadigan bu muzey Buyuk
Britaniyadagi eng gavjum muassasalaridan biri sanaladi.
Madam Tyusso muzeyining filiallarini dunyoning turli burchakklarida
uchratish mumkin. Londondagi mum haykalchalari kolleksiyasi yer yuzida eng eski
deb tan olingan. Mariya Tyusso Londonga ingliz-fransuz urushidan so’ng 1802 yilda
ko’chib kelgan va shu erda ishlab qolib ketgan. Birinchi doimiy ko’rgazma 1835
yilda tashkil etilgan. 1884 yilda ko’rgazmani Bekyker-stritga, 1884
yilda esa,
Merilbond-roudga ko’chirib o’tkazishgan. Muzey ayni paytga qadar ushbu binoda
faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Muzeyning markaziy bo’limlaridan biri “Dahshatlar hujrasi” sanaladi. Uning
bir qismi fransuz inqiloblari va mashhur jinoyatchilar qurbonlarini o’z ichiga oladi.
Vaqti kelib, kolleksiya tarkibiga admiral Nelson va Valter Skottning timsollari
qo’shilgan. Keyin bu ko’rgazmaga mashhur kinoaktyorlar, siyosatchilar,
olimlarning haykallari ham qo’shilgan. Bu yerda siz Benjamin Franklin va Jan-Jak
Russo, «Bitlz» to’rtligi va Eynshteynni,
Freyd va Bred Pittni, Juliya Roberts va
Madonnani ham ko’rishingiz mumkin.
Shunday qilib, tarixiy voqealar animatsiya faol dam olish uchun eng
hayajonli animatsion turlar biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: